O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124

20  mln.  f.  st.  •  (2,8  —  2,4)-8  mln.  dollar.
Buyuk  Britaniyadan  im port 
b o ‘ y i c h a  
bajarilmagan  shartnom alar 
summasi  —  15  mln.  f.  st.  Amerikalik eksportyorlar qo'shim ch a  6  mln. 
d o lla r  o la d ila r,  c h u n k i  devalvatsiya  qilingan  v a lu ta n i  n isb a ta n  
qimmatlashgan  o ‘z  valutalariga  sotib  olganda  ular  yutadilar.
15  mln.  f.  st.  •  (2,8  —  2,4)-6  mln.  dollar.
2. 
Xalqaro kredit. 
Amerikalik qarzdorlarga qarzlari  bo'yicha hisob- 
kitoblarni  funt  sterlinglarda  qilish  qulay,  chunki  qarzni  so'ndirish 
uchun  ular  nisbatan  kam  m iqdorda  dollar  sarflaydilar.  Agar  5  mln.  f. 
st.  hajmida  qarz  so'ndirilsa  2  mln.  AQSH  dollari  tejaladi  (5  mln.  f.  st.
0,4 dollar miqdoridagi  kurslar farqiga ko'paytiriladi). A m m o amerikalik 
kreditorlar  zarar  ko'radilar,  chunki  ular  nom inal  jih a td a n   aw algi 
hajmda,  lekin  devalvatsiya  qilingan  valutada  real  jih a td a n   kamroq 
miqdordagi  summani  oladilar.  Y a ’ni,  AQSHlik  kreditorning  10  mln. 
f.  st.  talabi  mavjud  b o ‘lgan  paytda  yo'qotishlar  hajmi  4  mln.  AQSH 
dollarini  tashkil  etadi.
Shu  bilan  birgalikda  devalvatsiya  qilingan  naqd  valuta va  sterlingli 
hisob-varaq egalari  ham   zarar  ko'radilar.  Bunda  agressiv va  mudofaali 
devalvatsiya  ham da  revalvatsiyalar  farqlanadi.
Devalvatsiya va revalvatsiya  natijalari aniq shart-sharoitlarga bog‘liq 
b o ‘ladi  ham d a  ta ’siri,  agar  boshqa  omillarning  aks  t a ’siri  bo'lmasa, 
m a ’lum  bir vaqtdan  (lag)  so‘ng o ‘zini  namoyon etadi.  Xususan, AQSH 
dollarining  1971-  yildagi  devalvatsiyasi  faqat  1973-yildagina  AQSH 
to ‘lov  balansining  aktivlashishiga  ko‘maklashdi.
Dollar  kursini  ko‘tarishga  qaratilgan  A Q SH ning  valuta  siyosati 
(1980— 1984-yillarda  h a qiqatda  80%ga)  ularga,  inflatsiya  sur’atini 
pasaytirgan  holda,  xorijiy  kapitallar va  arzon  tovarlarning  oqib  kelishi 
sifatida  foyda  keltirdi.
D e v alv atsiy a  b a h o la r n in g   o ‘sishiga  va  m e h n a t k a s h l a r   hayot 
d a ra jasin in g   p a sayish iga,  revalvatsiya  esa  arz o n   xorijiy  tovarlar 
raqobatini  ko‘tara olmayotgan tarmoqlardagi  ishsizlikning ko'payishiga 
olib  keladi.  Devalvatsiya  m am lakatlar o'rtasida raqobatchilik kurashini 
kuchaytirib  yuboradi.  G ‘arbiy  Yevropa  davlatlarining  dollarning  ikki 
devalvatsiyasidan  yo'qotishlari  taxm inan  10  mlrd.  A Q SH   dollarini 
tashkil  etdi.  Rivojlanib  borayotgan  davlatlar  esa  yetakchi  valutalar 
devalvatsiyalaridan  zarar  ko'radilar.
Valuta  siyosatida  ikki  qaram a-qarshi  b o ‘lgan  tendensiya  o ‘zaro 
c h a m b a rc h a s  bog‘lanib  ketadi:  harakatlarning  muvofiqlashtirilishi, 
valuta  m uam m olarini  hal  etishning  o'zaro  yo'llarini  topish,  har  bir


alohida  m am lakatni boshqalar evaziga  imtiyozga  ega b o ‘lishga  intilish 
oqibatidagi  kelishmovchiliklar.  Buning  munosabati  bilan  vaqti-vaqti 
bilan  m am lakatlarning  valuta  siyosatining  turli  shakllari  yordam ida 
iste’mol bozorlari,  kapital qo'yilmalar jarayonlari,  xom ashyo  manbalari 
uch u n   valuta  janglari  qo'zib  turadi.  U shbu  janglarda  devalvatsiya  va 
revalvatsiya, valuta kurslari  rejimining ko‘p xilligi, valuta intervensiyasi, 
valuta  cheklovlari  ishlatiladi.
V aluta  cheklovlari  valuta  siyosatining  shakllaridan  biri  sifatida 
m u n ta z a m   ravishda  ishlatiladi.  Valuta  cheklovlari  —  bu,  rezident  va 
norezidentlarning  valuta  ham da  boshqa  valuta  qim m atliklari  bilan 
operatsiyalarini qonunchilik yoki m a ’muriy jihatdan taqiqlash,  limitlash 
va  cheklashdir.
Valuta cheklovlari  rezident  va  norezidentlar valuta operatsiyalarini 
tekshirish  orqali  valuta  qonunchiligiga  rioya  etilishini  t a ’minlaydigan 
valuta nazoratining tarkibiy qismidir.  Valuta cheklanishlari mavjudligida 
valuta  nazorati jarayonida litsenziya va ruxsatnomalarning b o r-y o ‘qligi, 
rezidentlar  to m o n id an   milliy  valuta  bozorida  xorijiy  valutalarning 
sotilishi  bilan   bogMiq  tala b la rn in g   b a jarilishi,  xorijiy  valuta d ag i 
to ‘lovlarning  asoslanganligi,  valuta  operatsiyalari  b o ‘yicha  hisobni 
yuritish  h a m d a   hisobotning  sifati  tekshiriladi.
Valuta cheklovlari mavjudligida valuta nazorati funksiyalari,  odatda, 
Markaziy  bankka  yuklatiladi,  ayrim  davlatlarda  esa  b u nin g  u c h un  
maxsus  organlar  tashkil  etiladi  (masalan,  Fransiyada  ikkinchi  ja h o n  
urushidan  s o ‘ng).
Valuta  siyosatining  turli-tum anligi  sifatidagi  valuta  cheklovlari 
quyidagi  maqsadlarni  ko‘zlaydi:  I)  to'lov  balansini  birxillashtirish;  2) 
valuta kursini  q o ‘llab-quwatlash;  3) joriy strategik vazifalarni  bajarish 
uchun  valuta  qimm atliklarining  davlat  q o ‘lida  to 'p la n u v i.  V aluta 
cheklanishlari  o'zining  kamsitish  xarakteri  bilan  ajralib  turadi,  chunki 
valuta  qimmatliklarini,  mayda  va  o ‘rta  tadbirkorlar  hisobiga,  ularni 
xorijiy  valutalar  olishi  uchun  qiyinchiliklar  tug'dirgan  holda,  davlat 
hamda yirik korxonalar foydasiga qayta taqsimlanishiga  k o ‘maklashadi. 
Shu sababli monopollashmagan sektor valuta cheklanishlari kiritilishiga, 
odatda,  qarshi  chiqadi.
V aluta  cheklanishlari,  o d atda,  h a m k o r   savdogarlarga  n isbatan 
q o lla n ila d ig a n   tazyiq  va  kamsitish  siyosatining  tarkibiy  qismi  bo'lib 
hisoblanadi.  U shbularni  q o 'llanilishida  siyosiy  s a b a b la r  k a tta   rol 
o ‘ynaydi.
Valuta  cheklovlari  quyidagilarni  nazarda  tutadi:


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə