O. K. Iminov iqtisod fanlari doktori, professor



Yüklə 10,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/124
tarix23.09.2018
ölçüsü10,01 Mb.
#70228
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   124

d)  kontragentlarning  o ‘zaro  kelisha  olish  xarakterini  belgilovchi 
tashqi  iqtisodiy  bitimlar  b o ‘yicha  to'lov  layoqatliligi  va  nufuzi;
e) jah o n   bozorlarida  ushbu  tovar turiga b o ‘lgan  talab  va  taklifning 
darajasi.
Xalqaro hisob-kitoblaming shartlari va shakUari shartnomada o ‘zaro 
kelishiladi.
H isob-kitoblam ing  akkreditiv  shakli. 
D o k u m e n tä r  akkreditivlar 
uchun  m o ‘ljallangan  Soddalashtirilgan qoidalar va udumlarga muvofiq 
akkreditiv  bu  kelishuvdir  h a m d a   ushbu  kelishuvga  muvofiq  bank 
m ijo zn in g   iltim osiga  k o 'r a   hujjatlarga  m uvofiq  u c h in c h i  shaxs 
(akkreditiv  ochilgan  benefisiarga)  foydasiga  t o £lovni  amalga  oshirish 
yoki  t o ‘lovni,  benefisiar  tom onidan  qo‘yilgan  tratta  akseptini,  yoki 
hujjatlar negosiasiyasini  (sotib olinishini)  amalga oshirish majburiyatini 
o ‘z  zimmasiga  oladi.
Akkreditiv  b o 'y ich a   bankning  majburiyati  mustaqil  hisoblanib, 
tomonlarning  tijorat  shartnomasi  b o ‘yicha  huquqiy  munosabatlariga 
bog‘liq  emas.
Ushbu  qoida  banklar va  ularning  mijozlari  manfaatlarini  himoya- 
lashga  qaratilgandir:  eksportyorga  hujjatlar  rasmiylashtirilishidagi 
talab lar  cheklovini  va  to 'lo v n i  faqat  akkreditiv  shartlari  asosida 
olinishini;  importyorga esa eksportyor tomonidan akkreditivning barcha 
shartlarini  aniq  bajarilishini  t a ’minlaydi.
D o k u m e n tä r   akkreditivlar  b o 'y ich a   h isob-kito blarda  quyidagi 
taraflar  ishtirok  etadi:
—  importyor  (buyruq  beruvchi),  u  akkreditiv  ochish  t o ‘g‘risida 
bankka  murojaat  etadi;
—  akkreditivni  ochuvchi  emitent-bank;
—  avizo qiluvchi bank,  ushbu bankka eksportyorga uning foydasiga 
akkreditiv  ochilganligi  t o ‘g‘risida  habar  berish  va  akkreditiv  m atnini, 
uning  haqqoniyligini  tasdiqlagan  holda  topshirish  topshirig‘i  beriladi;
—  foydasiga  akkreditiv  ochilgan  benefisiar-eksportyor.
H is o b - k it o b la r n in g   in k a s s o   sh a k li. 
In k a s s o   bu,  m ijo z n in g
topshirig’iga  asosan  bank  tom onidan  importyordan  unga  jo'natilgan  
tovarlar  va  k o ‘rsatilgan  xizmatlar  uchun  t o ‘lovning  olinishi  h a m d a  
ushbu  m ablag‘larni  eksportyorning  bankdagi  hisobvarag’iga  oigan 
holdagi  bank  operatsiyasidir.  Inkasso  operatsiyalari  inkasso  bo'yicha 
Soddalashtirilgan  qoidalarga  muvofiq  ravishda  eksportyordan  olingan 
y o ‘riqnomalarga asosan  banklar tom onidan  amalga oshiriladi.  Inkasso 
hisob-kitob  shaklida  quyidagi  taraflar  ishtirok  etadi:


1)  ishonib  topshirayotgan  shaxs  —  mijoz,  o ‘z  b ankiga  inkasso 
operatsiyasini  amalga  oshirishga  topshiriq  beruvchi  shaxs;
2)  inkasso  qilish  bo'yicha  operatsiya  o ‘tkazishni  ishonib  rem itent- 
bankka  topshiriq  beruvchi  shaxs;
3)  valuta  mablag'larini  oluvchi  ham da  inkasso  qilish  b o ‘yicha 
operatsiyani  amalga  oshiruvchi  bank;
4)  t o ‘lovchi  b o‘lmish  importyorga  hujjatlarni  taq dim   etib,  ekspor- 
tyor  nom idan  chiquvchi  bank;
5)  t o ‘lovni  to'lovchi.
Bankning  pul  o ‘tkazmasi. 
U  pul  o'tkazm asini  oluvchi  shaxsga 
m a ’lum  bir  summ ani  to'lashdan  iborat  bo'lgan  bir  ban kn ing   boshqa 
bir bankka topshirig'idan  iboratdir.  Banklar xalqaro  hisob-kitoblarning 
k o ‘p g in a   h o la tla rid a   o ‘z  m ijo z la rin in g   to p sh iriq la ri  a s o sid a   pul 
o ‘tkazm alarini  amalga  oshiradi.  U sh bu   operatsiyalarda  quyidagilar 
ishtirok  etadi:  pul  o'tkazmasini  o ‘tkazuvchi  qarzdor-shaxs;  o ‘tkazm a 
t o ‘g ‘risidagi  topshiriqni  qabul  qilgan  o ‘tkazuvchi  shaxsning  banki; 
o ‘tkazm a  oluvchining  hisob  raqam iga  o 'tkazm a  sum m asin i  oluvchi 
bank;  o ‘tkazm ani  oluvchi  shaxs.
Bank  o ‘tkazmasi  shakli  asosida  inkassoga  haq  t o ‘lash,  yakuniy 
hisob-kitoblar  b o ‘yicha  toMovlar  h a m d a   b o 'n a k   to 'lo v la ri  amalga 
oshiriladi.  Bundan tashqari,  o 'tk az m a  vositachiligida qayta hisoblashlar 
va  boshqa  operatsiyalar  bajariladi.
Bank  o'tkazm asi  pochta  yoki  telegraf orqali,  tegishli  p o c h ta   yoki 
telegraf to ‘lov topshiriqnomalari  bilan  zamonaviy sharoitda esa SV IFT 
tizimi  orqali  amalga  oshiriladi.
Bank  o ‘tk azm alari  bo sh q a   t o ‘lov  shakllari  b ila n   b i r   q a to r d a  
ishlatilishi  m u m k in   (m a s a la n ,  in k asso   h a m d a   k a f o l a tl a r   b ilan ) 
eksportyor  o ‘tkazmalarni  bank  kafolati  bilan  bir  q ato rd a  ishlatishni 
afzal  k o ‘radi.
C hunki  im portyor  to m o n id an   tovarlar  u c h u n   h a q   t o ‘lanm agan  
taqdirda  m azkur  bank  o 'zining   kafolati  evaziga  ek sp o rty o rg a   haq 
to 'la b   beradi.  Sotib  olingan  to v arlarg a   pul  o ‘tk a z m a s in i  am alga 
oshirishda  im po rty or  ko‘p  h o latlarda  bank  kreditidan  foydalanadi. 
M azkur  kreditning  muddati  akkreditiv  holatidagi  kredit  m u d d a tid a n  
qisqaroqdir.
Bank pul  o ‘tkazmasining iqtisodiy tnazm uni tovar yoki  xizmatlarga 
u lar  y etk azib   b e rilm a sd an   tu rib   ( b o 'n a k   toMovlari)  y o k i  u larn i 
importyor to m on id an  olinganidan so 'n g   (ochiq hisob-varaq  shaklidagi 
hisob-kitoblar)  pul  to'lanayotganligiga  b o g iiq   b o ‘ladi.


B o ‘nak shakiidagi hisob-kitoblar. 
Mazkur hisob-kitoblar eksportyor 
uchun  nihoyatda samaralidir,  chunki tovarlar yetkazib berilgunga qadar 
importyor  tom o nidan  ularga  haq  to ‘lanadi  (ba’zida  tovarlar  ishlab 
chiqarilgunga  qadar).  Agarda  importyor  tovarlarga  b o ‘nak  shaklida 
haq  toMasa,  u n d a   u  eksp o rty o rn i  kreditlagan  boMadi.  M asalan, 
shartnom a  qiymatining  bir  qismiga  bo‘lgan  b o ‘nak  toMovlari  xorijda 
obyektlar  qurilishi  bilan  bogMiq  shartnomalar  shartlariga  kiritiladi. 
Q iym ati  yuqori  b o ‘lgan  h a m d a   alohida  b u y u rtm a   asosida  ishlab 
chiqarilgan jihoz,  suv  kemalari,  havo  kemalarining  importi  sharoitida 
ham qisman  amalga oshiriladigan b o ‘nak toMovlari q o ‘llaniladi.  Xalqaro 
amaliyot  talablariga  muvofiq  bo'nak  shakiidagi  toMovlar  shartnoma 
sum m asining  10  foizidan  33  foizigachasini  tashkil  etadi.  Shartnoma 
s h a r tla r in in g   bajarilm asligi  va  tovarlar  y e tkazilm asligi  ho latida 
eksportyor banki  olingan  bo'nakni  eksportyorning  topshiriqiga  asosan 
b o ‘nak  toMovi  sum m asi  ha jm id a ,  im portyor  foydasiga  qaytarish 
t o ‘g ‘risida  kafolat  beradi.
B undan  tashqari,  bir  qator  tovarlarga  b o ‘nak  bilan  haq  toMash 
tartibi  qabul  qilingan.  U shbu  tovarlarga  qim m atbaho  metallar,  yadro 
yoqilgMsi,  qurol-aslaha va boshqa shu kabilar kiradi.  Zikr etilgan hisob- 
kitob shartlariga  importyorning roziligi uning m azkur tovarlar yetkazib 
berilishi  yoki  m anfaatlari  kafolatlarda  mavjud  b o ‘lgan  eksportyor 
tazyiqiga  bogMiqdir.
O chiq  hisob-varaq  b o ‘yicha  hisob-kitoblar. 
U larning  mohiyati 
to v a r la r   o lin g a n id a n   s o ‘ng  im p o rty o rn in g   ek sp o rty o rg a   b o ‘lgan 
m u ntazam   toMovlaridadir.  Joriy  qarzdorlik  summasining  hisobi  savdo 
b o ‘y i c h a   h a m k o r l a r n in g   k ito b la r id a   y u ritila d i.  X a lq a ro   h isob - 
kitoblarning  ushbu  shakli  ochiq  hisob-varaq  b o ‘yicha  kredit  bilan 
bogMiqdir.  Ochiq  hisob-varaq  b o ‘yicha  qarzdorlikni  so'ndirish  bilan 
bogMiq  hisob-kitoblar  tartibi  kontragentlar  o ‘rtasida  tuzilgan  kelishuv 
shartlari  bilan  belgilanadi.
O datd a,  belgilangan  muddatlardagi  m untazam   toMovlar  ko ‘zda 
tutiladi  (tovar  yetkazib  berilganidan  so‘ng  yoki  oyning  boshida  yoki 
oxirida  importyor tom o n id an  tovarlar qayta sotib boMinganidan so‘ng). 
Hisob-kitoblarning  solishtirma  tekshiruvi  amalga  oshirilganidan  so'ng 
ochiq hisob-varaq bo‘yicha qarzdorlikning vakuniy so‘ndirilishi banklar 
orqali,  odatda,  bank  o'tkazm asi  yoki  chekidan  foydalangan  holda 
amalga  oshiriladi.  Shu  sababli  bank  statistikasi  ochiq  hisob-varaq 
b o ‘yicha  hisob-kitoblarni  k o ‘p  holatlarda  bank  o ‘tkazmalari  sifatida 
bisobga.  oladi.


Yüklə 10,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə