Broker krediti ayrim mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniya,
Germaniya, Niderlandiya, Belgiya) firma va bank kreditlarining oraliq
shakli sifatida harakat qiladi. Ushbu kredit tijorat tusidagi bitimlarga
tijorat krediti singari ham da bir vaqtning o'zida bank kreditiga ham
aloqadordir. Chunki brokerlar, odatda, banklardan qarz olib turadilar.
Brokerlik vositachilik haqi shartnoma summasining 1/50— 1/32 qismini
tashkil qiladi. Broker firmalari Buyuk Britaniyada assotsiatsiyaga birlash-
gan. Brokerlar jah o n bozoridagi holat t o ‘g'risidagi m a ’lumotga egadir.
K re d it o p e ra ts iy a la rin i a m a lg a o s h irish d a n tash qari u la r sotib
oluvchilarni t o ‘lov qobiliyatlari yuzasidan kafolatlarni ham taqdim
etadi. Zamonaviy bosqichda broker kreditlarining tashqi savdodagi
rol i pasayib ketdi.
Tashqi savdo aylanmasining o'sishi ham da virik hajmdagi sum m a-
larni katta tavakkalchilik asosida uzoq muddatlarga jalb etishning
muammolari o'rta va uzoq muddatli xalqaro kreditlarning rivojlanishiga
olib keldi. Bankirlik va aksept faoliyati bilan shug‘ullanuvchi uylar
ham da tijorat banklari tom onidan ishlab chiqilgan eksportni veksellar
vositachiligida kreditlash tizimi tashqi savdoning o ‘sib borayotgan
talablarini qondira olmay qoldi. Bir qator (Buyuk Britaniya, Fransiya,
Yaponiya va boshqa shu kabi) mamlakatlarda mashinalar va
jihozlar
eksportini o ‘rta h a m da uzoq muddatli kreditlashning maxsus tizimi
yaratilgan. Ushbu kreditlash turlarining shakllari qisqa muddatli (firma,
bank, davlatlararo kredit va shu kabi) kreditlashning shakllariga o'x-
shash b olish i bilan o'ziga xos xususiyatlarga ega. Iste’mol bozorlari
uchun kurash borasida eksportyorlar muddati 1—5 yildan to 7— 10
yilgacha bo‘lgan o ‘rta muddatli kreditlarni veksellar orqali rasmiylash-
tirgan holda taqdim etadi.
Yirik kredit muassasalari uzoq muddatli xalqaro kreditlarni nazariy
asosda 40 yilgacha, am alda esa 10— 15 yil muddatga taqdim etadi.
M azkur kreditlash turi bilan kapitalni o ‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqa-
rish orqali jalb etuvchi davlat va yarim davlat mulkiy maqomiga ega
maxsus kredit tashkilotlari shug‘ullanadi.
Banklar qiymati b o ‘yicha teng b o ‘lgan tovarlarni o'zaro yetkazib
berishga asoslangan kompensatsion bitimlar yuzasidan uzoq m uddatli
kreditlarni taqdim etadilar. Ushbu turdagi kreditlar
hainma vaqt maqsa-
dli xarakterga ega bo'ladi.
Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o'zlash-
tirish uchun m ashina h a m d a jihozlarni 8— 15 yil muddatga kreditga
olgani holda qarz oluvchi mazkur kreditni qurilgan va qurilayotgan