O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti


II BOB. UZLUKSIZ TA’LIMDAGI TASVIRIY SAN’ATNI RIVOJLANTIRISHDA KLASTER HAMKORLIGINING O‘RNI



Yüklə 275,42 Kb.
səhifə6/10
tarix10.05.2023
ölçüsü275,42 Kb.
#109503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

II BOB. UZLUKSIZ TA’LIMDAGI TASVIRIY SAN’ATNI RIVOJLANTIRISHDA KLASTER HAMKORLIGINING O‘RNI
2.1 Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at fani taqvimiy mavzuli rejalarining mazmuni.
O‘zbekiston maktablarida Tasviriy san’at ta’limi mazmunini dunyo standartlari darajasiga olib chiqish zamonaviy ta’lim tizimi uchun dolzarb muammolardan hisoblanadi. Bu esa so‘zsiz barkamol insonni shakllantirishga zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi paytda 1-4-sinflar Uchun 270 soatga mo‘ljallangan “Tasviriy san’at va badiiy mehnat”, 5-7- Sinflar uchun 245 soatga mo‘jallangan “Tasviriy san’at” dasturlari tayyorlangan.
Shuningdek, 1-7-sinflar uchun mo‘jallangan 560 soatli “Tasviriy San’at” dasturi ham ishlab chiqildi.
Xullas, bugungi kunda maktablarda Tasviriy san’ati darslarining o‘qitilishi, mashg‘ulotlarning takomiillashtirib borilishi va darslar samaradorligiga erishishning qator metodik asoslari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular asosida maktab tasviriy san’at o‘qituvchilari o‘zlarining tasviriy san’at darslari samaradorligi uchun qator metodik imkoniyatlarga ega bo‘lishdi.
Umumta’lim maktablaridagi tasviriy san’at darslari grafika, rangtasvir, kompozitsiya, haykaltaroshlik kabi katta mavzularga bo‘lib o‘tilmoqda. Bularning orasida o‘quvchilar uchun natyurmort, manzara, janrli kompozitsiya, amaliy san’at yo‘nalishlarida umumiy ma’lumotlar beriladi. Ular quyidagilardan iborat:
5-sinfda 3 chorakda “Sharq me’morligi” mavzusida rasm chizish 2 soat,
Men istagan shahar 2 soat,
Me’moriy manzara 2 soat berilgan
6-sinfda 3 chorakda “tasviriy san’atda manzara janri” mavzusida rasm chizish 2 soat,
7-sinfda 1 chorakda
Impressionism uslubida manzara ishlash “Puantilizm” 2 soat,
“Sharq me’morligi” mavzusida rasm chizish 2 soat,
3 chorakda “Sharq me’morligi” mavzusida rasm chizish 2 soat,
Men istagan shahar 2 soat,
Me’moriy manzara 2 soat berilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki, me’moriy va shahar mavzusidagi kompozitsiyalarni ham hisobga olganda jami 18 soat manzara janriga murojaat qilinadi. Sof manzara mavzusi 6-sinf 3 chorakda “tasviriy san’atda manzara janri” mavzusi 2 soat, 7-sinf 1 chorakda Impressionizm uslubida manzara ishlash “Puantilizm” 2 soat bilan cheklanganligini ko‘ramiz. 5-7 sinflar oraligida uch yil davomida o‘tiladigan bu soatlar o‘quvchilardagi atrof-borliqqa, Ona yurtimizning go‘zal tabiatiga nisbatan hissiy munosabatlarini shakllantirish uchun yetarlimi? degan haqli savol tug‘iladi. Albatta yo‘q. O‘quvchi yilning har bir faslida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, tabiatdagi g‘aroyib go‘zalliklar ko‘rinishini his qilishi, mohiyatini tushunib yetishi lozim. Undan ta’sirlanib chiziqlar, ranglar yordamida o‘z hissiyotlarini ifodalashga o‘rganishi zarur.

Yüklə 275,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə