O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti


Pedagogik ta’lim klasteri tasviriy san’at ta’limidagi muammolarning yechimi sifatida



Yüklə 275,42 Kb.
səhifə5/10
tarix10.05.2023
ölçüsü275,42 Kb.
#109503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

1.2. Pedagogik ta’lim klasteri tasviriy san’at ta’limidagi muammolarning yechimi sifatida.
Hozir butun jahon bo‘ylab ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar zamonaviy mutaxassislardan ijodiy qarorlar qabul qilishda mustaqillik va tezkorlik malakalariga ega bo‘lishni talab qiladi. Globallashuv natijasida har bir sohada vujudga kelayotgan muammolarning to‘g‘ri yechimini topishning o‘zi katta muammo bo‘lib qolmoqda. Buning ustiga barcha sohalarda dasturlar kundan-kun yangi ma’lumotlar bilan to‘yinib bormoqda. Shu jumladan ta’lim tizimidagi mavjud muammolar ham butun dunyo hamjamiyati tomonidan hal etilishi zarur bo‘lgan dolzarb masalalardan biridir.
Jahonda pedagogik ta’lim tizimining raqobatbardoshligi darajasini oshirish va jahon standartlari darajasiga ko‘tarish zamonaviy shaxsning his-tuyg‘ulari, didi, tafakkuri, axloqiy va hayotiy ko‘nikmalarini tarbiyalash hozirgi globallashuv sharoiti uchun muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Fan va ta’limning ishlab chiqarish bilan uyg‘unligi barcha sohalarda taraqqiyotni ta’minlaydi. Rivojlangan dunyo mamlakatlarida ushbu tizimdagi xorijiy tajribalar buning aniq isboti bo‘lib turibdi. Bu borada tabiiyki, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsiyasi muhim va dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu esa o‘z-o‘zidan innovatsion klasterga yo‘l ochib beradi. Tabiiyki, bu borada Respublikamizda qanday ishlar bajarilgan? degan o‘rinli savol tug‘iladi. Mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin ta’lim tizimida amalga oshirilgan eng jiddiy innovatsion loyihalar sifatida pedagogik texnologiyalar va interfaol metodlar asosida dars mashg‘ulotlarini tashkil qilish bilan bog‘liq ishlarni ko‘rsatishimiz mumkin. Afsuski, ta’lim tizimida faoliyat yo‘nalishi, kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifi va kelib chiqish manbaiga ko‘ra tasniflangan boshqa yirik innovatsion jarayonlarni ko‘rsata olmaymiz.
Jamiyatimiz rivojlanishining chuqur ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan hozirgi bosqichida talabalarga ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirish yo‘llari va vositalarini izlab topish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Chunki, ta’lim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Darhaqiqat, uzoq vaqtdan beri u yoki bu sohani o‘z ichiga qamrab olgan butun ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalarni umumiy maqsad yo‘lida birlashtirish zaruriyati bizning mamlakatimizga ham allaqachon yetib keldi.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar bevosita uning demokratik, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Bugungi kun yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash, ta’lim sohasini isloh qilish, tizimni tubdan takomillashtirish, xususan, tizimga rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etish g‘oyasi kun tartibidagi dolzarb va ustivor vazifalaridan biri sifatida davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlanib kelinmoqda. Shuning uchun ham Respublikamizda oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida aholining oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan ma’nan yetuk va jismonan barkamol yosh kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustivor yo‘nalishlaridan biri deb belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, yetuk mutaxassislar tayyorlashning optimal yo‘llarini aniqlash, ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz yuksaltirish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kengaytirishga bo‘lgan e’tiborlarini har qadamda his qilib turibmiz. Mamlakatimizda “Uchinchi Renessans” poydevori qurilayotgan, ta’lim sohasida islohotlar amalga oshirilib, ta’lim tizimi tubdan modernizatsiya qilinayotgan bir davrda har bir soha mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirish muammosi yanada dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Pedagogik ta’limning ushbu muhim ijtimoiy ahamiyati o‘z-o‘zidan uzluksiz ta’lim tizimini klaster rivojlanish modeliga o‘tkazish zaruratini belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi PF-5987-son farmonida ta’lim klasterlarini yaratish sohada samaradorlikni ta’minlovchi omil sifatida5 ko‘rsatib o‘tilgan edi. Jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarida umumiy jihatlar va tabiiy qonuniyatlar mavjud bo‘lib, bu borada o‘ziga xos yangi yo‘llarni qidirishdan ko‘ra, ba’zan rivojlangan mamlakatlardagi tayyor andozalarni olish, ulardan ijodiy foydalanish yaxshiroq natija beradi. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda iqtisodiyot tarmoqlarida xalqaro tajribada sinalgan va mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etuvchi innovatsion tajribalarni qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday innovatsiyalardan biri “klaster modeli” bo‘lib, bugungi kunda u agrar, to‘qimachilik, yengil sanoat va farmasevtika sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Qisqa muddat ichida klaster modeli iqtisodiyotda istiqbolli innovatsion yo‘nalish sifatida e’tirof etilib, uni boshqa sohalarda qo‘llash tajribalari amalga oshirilmoqda.
Xalqaro amaliyotda sinalgan va iqtisodiyotning ishlab chiqarish tarmoqlarida samarali model sifatida e’tirof etilayotgan klaster modeli bugungi kunda ta’lim tizimiga ham shiddat bilan kirib kelmoqda 6[6].
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev ilk marta 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashriflari paytida O‘zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish to‘g‘risida gapirdilar va uning ilmiy asoslari ko‘rsatib o‘tildi. 
“Klaster tizimining mamlakatimizda keng joriy etilayotgani Prezidentimizning elni farovon, xalqni boy qiluvchi innovatsion g‘oyalaridan biri sifatida tarixga kirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi qarori bilan tashkil etilgan Chirchiq davlat pedagogika instituti ana shu muammoning ilmiy-nazariy va amaliy yechimini topishni o‘zining asosiy strategik tadqiqot yo‘nalishi sifatida belgilab olingan. Bu pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslarini yaratishni va uni amaliyotga tatbiq etishning mexanizmlarini ishlab chiqishni taqazo qiladi.7 Ta’lim klasteri yaratilgan sohada ehtiyojlarga muvofiq ravishda mehnat bozorini tartibga solish8 - bu klaster hamkorligining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Hozirgi kunda Toshkent viloyati ta’lim tizimida ta’lim turlari o‘rtasida o‘zaro nazorat ham, raqobat ham, manfaatlarning qondirilishi ham ta’minlanishi zarur bo‘lgan shunday yangi mexanizm yaratilishi hayotiy zaruratga aylanib bo‘lgan edi. Chunki, hukumat, ish beruvchi va bitiruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aniq mexanizmlarning yaxshi ishlamasligi, tarmoqlar va sohalar bo‘yicha ish bilan ta’minlashning markazlashtirilgan mehnat taqsimoti yo‘qligi oqibatida bitiruvchning muassasalar bo‘yicha ish qidirib sarson bo‘lishiga olib keladi.
Bundan tashqari, nafaqat ijtimoiy sheriklik balki, fan, biznes va davlat integratsiyasining istiqbolli shakli sifatida ta’lim klasterini yaratish va uni amaliyotga tatbiq etish orqali ish beruvchining ta’lim jarayonidagi ishtirokini rag‘batlantirish mumkin. Respublika oliy ta’limi mehnat bozorida raqobatdosh, bilimli, mas’uliyatli, o‘z kasbini yaxshi biladigan va tegishli faoliyat sohalariga yo‘naltirilgan, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha jahon standartlari darajasida samarali ishlashga qodir bo‘lgan malakali o‘qituvchilarni tayyorlashning ustuvor vazifasini hal etadi.9
Klaster o‘zi nimani anglatadi? Avvalo bu modelning ma’no va mazmunini tushunib olishimiz kerak. Aslida “klaster” (cluster) so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, tarjima qilinganda “to‘plam”, “to‘p”, “guruh”, “konsentratsiya”, “guruhlarga to‘plash”, “to‘plamlarda o‘sish” kabi ma’nolarni anglatadi. Dastlab bu termin statistika va kompyuter sohasida paydo bo‘lgan, keyinchalik iqtisodiyot va sotsiologiyada ham keng qo‘llanila boshlandi. Ta’lim bir-birini to‘ldiruvchi ko‘plab mustaqil va o‘zaro bog‘liq qismlardan iborat murakkab tizim hisoblanadi. Qarama-qarshi ta’sir natijasida har qanday tizim samarali ishlaydi. Haqiqatdan ham harakatsiz borliq yo‘q, ichki va tashqi qarama-qarshiliklar natijasida u har doim harakatga, o‘zgarishga mahkum. Shuning uchun maktab va oliy ta’lim hamkorlik shakllarini rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday sheriklik uchun o‘quv jarayonini tashkil qilishda klaster modelidan foydalanishni tavsiya qilish mumkin. Yana shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, tinimsiz o‘zgarib turgan bozor iqtisodi jarayonida faqat ta’lim xizmatlarini amalga oshirishgina emas, balki, shaxsni raqobatbardoshlikka o‘rgatish ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan klasterning asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu modelning paydo bo‘lishini tahlil qilinganda shuni aytish mumkinki, klasterlarga asoslangan ta’lim M. Porter (The Competitive Advantage of Nations, 1990; On Competition, 1998) tomonidan ishlab chiqilgan. Olim tomonidan o‘sha paytda eng ilg‘or hisoblangan Massachusets va Garvard universitetlarining Massachusets ta’lim klasteri tahlil qilingan, boshqa shtatlar bilan (birinchi navbatda Kaliforniya bilan) va boshqa davlatlar bilan solishtirilgan holda mamlakat ta’lim sohasidagi klasterning o‘rni batafsil ko‘rsatilgan10 [3].
Jahon olimlari tomonidan bunga juda ko‘plab ta’riflar berilgan. Masalan: Klaster - shakllanish mexanizmining o‘zaro raqobatbardoshlik o‘sishiga sabab bo‘ladigan bir-biriga bevosita bog‘liq sohalarning jamlanishi.11
Klaster - raqobatbardosh samaradorlikka erishishdan manfaatdor bo‘lgan sohalar birlashishining tashkiliy shakllarini kuchaytirish mexanizmi.12
Klaster - ixtiyoriy komponentlar qatorida o‘zining to‘liq funksional ishchanlik qobiliyatini saqlaydigan bir nechta teng huquqli bo‘laklardan iborat bo‘lgan tuzilma.13
Klaster - bu ma’lum bir xususiyatlarga ega bo‘lgan mustaqil hamkorlik sifatida qabul qilinishi mumkin bo‘lgan bir xil elementlar birikmasi14.
Klaster - bu qo‘shni va tegishli tashkilotlar umumiy faoliyati va bir-birini to‘ldiruvchi sifatida tavsiflanadigan ma’lum bir sohada bir-biriga o‘zaro bog‘liq kompaniyalar guruhi15.
Klaster - bu jug‘rofiy jihatdan mahalliylashtirilgan, bir-biriga bog‘langan kompaniyalar, uskunalar yetkazib beruvchilar, tarkibiy qismlar, ixtisoslashtirilgan xizmatlar, infratuzilma, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlarning o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi alohida kompaniyalar va umuman klasterning raqobatdoshlik sifatlarini mustahkamligini oshiruvchi tizimdir16.
Ta’limda bu kabi yondashuvlarni o‘rganuvchi ilmiy ishlar tahlili shuni ko‘rsatadiki klasterli yondashuv – bu tizimda (ta’lim–fan-ishlab chiqarish) innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashni shakllantirish quroli bo‘lgan sanoat va ta’lim dasturlariga mos keladigan ehtiyojlardir17[2]; kelajakdagi iqtisod uchun kadrlar salohiyatini oshirish innovatsion faoliyatnin tashkillashtirishning samarali usuli18 [3]; ta’lim tizimining uzluksizligi prinsipiga asoslangan qayta tashkil etib, turli xil o‘quv muassasalarini birlashtirish (bog‘cha-maktab-OTM)19 [5].
Demak, klaster bo‘lish uchun jug‘rofiy jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar va tegishli tashkilot guruhlari umumiy faoliyat bilan ajralib turadigan, shu bilan birga bir-birini to‘ldiradigan ma’lum bir sohada harakat qilishlari kerak.
Klasterli ta’lim kasbiy pedagogikada nisbatan yangi yo‘nalish, uni o‘quv jarayoniga tatbiq etish pedagogik sharoitlarni aniqlashni va vakolatli mutaxassisni shakllantirish samaradorligini eksperimental tekshirishni talab qiladi20.
Mamlakatimizda alohida tadqiqot ob’ekti sifatida pedagogik ta’lim klasteri va uni amaliyotga tatbiq etish muammosini o‘rganish toboro keng yo‘lga qo‘yib borilmoqda. Pedagogik ta’lim innovatsion klasterining ilmiy-nazariy asoslari, uning uzluksizlik, uzviylik va izchillik bilan bog‘liq yangi innovatsion yo‘nalish sifatidagi tavsifi va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlari G‘. I. Muhamedov21, U. N. Xodjamqulov22, Sh. Q. Mardonov23, R. Eshchonov, D. Bekchanov24larning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Xususan, klaster yondashuvi asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyasi S .A. Toshtemirova25, Sh. Botirova, N. Koshanova, Q. Mahmudovlarning tadqiqotlarida muayyan darajada yoritib berilgan.
Mamlakatimizda aynan tasviriy san’atni o‘qitish metodikasini takomillashtirish va yoshlarga badiiy ta’lim berishni rivojlantirish masalalarida o‘zbek olimlaridan X. Alyaminov, A. Amanullaev, B. Azimova [125,35], S. Bulatov [23], J. Darmenov, B. Oripov [125,96], A. Sulaymonov [125,132], N. Tolipov [39], N. Slugina [125; 127-b.], A. Turdaliev, O. Xudoyorova [134], [135], Q. Qosimov [24; 12-b.], O‘. Nurtoev [134], B. Qo‘chqorov, R. Hasanov [145], [147], X. Egamov [140], A. Mavlonov [125; 148-b.] va boshqalar tomonidan ahamiyatga molik ilmiy tadqiqot ishlari bajarilgan. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish sohasida ijobiy natijalarga erishishga imkon beradigan faol ta’lim berish usullari amalda tatbiq qilish ustida ijobiy ishlar qilingan. B. B. Boymetov o‘quv mashg‘ulotlarida milliy naqsh rozetkalarini chizishdan foydalanishni taklif etgan bo‘lsa26, R. K. Rajabov ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun ustoz-shogird tizimida o‘quvchilar bilan individual ishlashga27 ko‘proq urg‘u beradi, S.F.Abdirasilov “pedagogik texnologiyaning ahamiyati avval o‘zlashtirgan nazariy bilimlarni yangi o‘zlashtiriladigan bilimlar orasida integrativ bog‘lanishlar28”, K. M. Gulyamov hamkorlik hamda yakka tartibda ta’lim olish va ta’limni kompleks loyihalashtirish muammolarini, R. Z. Xayrov tasviriy san’at fanidan o‘quvchilarni individual o‘qitish muammosini o‘rganib, bu usulning afzallik tomonlarini amaliyotga tatbiq etishga harakat qilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida ta’lim klasterlarini tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslari, xususan, hududiy ta’lim klasterlarining tuzilmasi va amaliyotga tatbiq etish mexanizmlarini ishlab chiqish, kasbiy ta’limda klaster modelini tatbiq etish muammolari A. Yasheva, B. Pugacheva, A. G. Granberg, M. Galushkina, A. V. Leontev; klaster modeli vositasida ta’limni boshqarishni nazariy va ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirish texnologiyalari N. V. Gorodnova, P. F. Anisimov, G. I. Ibragimov, D. L. Skipin, V. P. Panasyuk, N. Ye. Yegorov; Ta’lim muassasalari hamkorligini tashkil etishning klaster modeli N. Ye. Stenyakova, O. G. Gruzdova, ta’lim tizimi rivojlanishida klaster yondashuvi T. I. Shamova, ta’limda nnovatsiyalar va Oliy ta’limda klaster tizimini shakllantirish masalalari S.A. Ivanova, A. V. Lagutkin, L. Yu. Grudsinalar, ishlab chiqarish va ta’limni klaster vositasida integratsiyalashning mazmuni, shart-sharoitlari va omillari N. A. Mishura, L. L. Naumova; individual sub’ektlar va klaster ishtirokchilarining imkoniyatlarini oshiradigan ijtimoiy hamkorlik asosida amalga oshiriladigan ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlari A. S. Subetto, Ye. A. Korchagin, N. A. Sharay, L. N. Nikolaeva, T. V. Vdovinalar tomonidan tadqiq etilgan.
Tasviriy san’atda talabalarning badiiy jihatdan rivojlanishida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish vazifalari B. G. Ananev, V. Bakushenskiy, L. S. Vigotskiy, Ye. I. Ignatev, A. G. Kovalev, S. L. Rubinshteyn, B. M. Teplov va boshqalar ilmiy izlanishlarida o‘rganilgan.
Tasviriy san’at darslarida ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirish kontekstidagi nazariy-uslubiy muammolar V. P. Einchenko (71,72,73), A. I. Ikonnikov (78), V. S. Kuzin (95 , 96), VK Lebedko (100), SP Lomova (112), LG Medvedeva (118), AS Puchkova (148), NN Rostovsev (162), V N. Stasevich (178), NK Shabanova (194,195), EV Shoroxova (197) va. boshqalar tadqiqotlarida chuqur o‘rganilgan.
Tasviriy faoliyatning eng muhim psixologik xususiyatlari: B.G.Ananev (9,10), R. Arnhem (14), N. N. Volkov (36,37), L. S. Vigotskiy (41,42, 43,44), E. I. Ignateva (74), VS Kuzina (95,96), A. N. Leonteva (102,103), B. F. Lomova (112), R. S. Nemova (131), O. I. Nikiforova (133), S. L. Rubinshteyn (164), B. M. Teplova (180, 181 ), P. M. Yakobson (204) kabi mashhur olimlarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Pedagogik oliy ta’lim rangtasvir mashg‘ulotlarida talabalar shaxsiyati, pedagogik qobiliyatlari va tasavvurlari shakllanishi M. A Semyonova, S. Ye. Tokarev, G. M. Zemlyakova, M . M. Starikov, T. G. Bezgodova va boshqalarning tadqiqotlarida, o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari N. S. Bogolyubov, S. Ye. Ignatev, Ye. A. Yermolinskayalar ishlarida o‘z aksini topgan.
Shaxsning ijodiy rivojlanishi nazariyasi V. V. Alekseeva, A. V. Bakushinskiy, G. V. Labunskoy, A. A. Melik-Pashaev, B. M. Nemenskiy, B. C. Sherbakov, L. V. Shkolyar, N. N. Fomina, B. P. Yusovlar tomonidan o‘rganilgan.
Xorijlik olimlardan A. Marshall, M. Porter, O. Solvel, G. Lindgvist, S. Ketelslarning ilmiy izlanishlarida klaster modelining muayyan sub’ektlar raqobatbardoshligini oshirishdagi roli, ta’lim klasterlari modelining yagona tipologik xususiyatlari AQSh va Yevropa mamlakatlari misolida ochib berilgan. Xorijiy tajribalarni o‘rganish natijasida ta’lim tizimiga yangicha yondashuvni talab qiladi degan xulosaga kelindi.
Darhaqiqat, Respublikamizda ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatni ko‘tarish uchun ta’lim tizimidagi vorisiylikni ta’minlash va sub’ektlarning malakali pedagog xodimlarga bo‘lgan ehtiyojining muntazam qondirilishiga erishishda pedagogik ta’lim klasterining ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Pedagogik ta’lim klasterining vorisiylik tamoyili asosidagi vazifalaridan biri o‘qituvchilarning ijtimoiy himoyasi borasidagi muammolarni tadqiq etish, jamiyatda o‘qituvchining hurmatini oshirishga oid muammolarni kun tartibiga qo‘yish bilan bog‘liq.
Bu Chirchiq davlat pedagogika institutining asosiy strategik yo‘nalishida jamiyatdagi pedagoglik kasbi maqomi va mavqeini oshirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, iqtidorli o‘quvchilarni o‘qituvchi-pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va oqilona seleksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish29 vorisiylikni ta’minlash sharti sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, tasviriy san’at yo‘nalishida ham zamonaviy mehnat bozoriga mos raqobatga chidamli kadrlar tayyorlash asosiy maqsad hisoblanadi. Oqilona seleksiya ishlarini olib borishda yoshlardagi tasavvurining kengligi, estetik didi va tafakkurining kuchliligi, ijodkorlikka moyilligi bu fan uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yaqin yillargacha bu masalaga barmoq orasidan qaraldi, oliy ta’limga kirish imtihonlarida abiturientlarning matematik salohiyatiga ko‘proq e’tibor berib kelindi. Bu esa ushbu sohaning umumiy tizimida obro‘sizlanishi, ta’limda oqsoqlanishiga sabab bo‘ldi. Bizning tadqiqot ishimizda ushbu muammolar yechimini izlashga qaratilgan ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida Oliy ta’limda talabalarning, maktablarda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish jarayonida bir qator qarama-qarshiliklar aniqlandi:
- uzluksiz ta’lim tizimi muassasalarining o‘zaro hamkorlik aloqalarining ob’ektiv mavjud holati va mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarga bo‘lgan talablar o‘zgaruvchanligi o‘rtasida;
- o‘quv jarayonida ijodiy fikrlash, ijodkorlik ko‘nikmalarini tarbiyalashga qo‘yilayotgan yuqori talablar va bu ko‘nikmalarni tarbiyalashda ahamiyati katta bo‘lgan tasviriy san’at faniga ajratilgan soatlarning kamligi o‘rtasida;
- zamonaviy ta’limda texnologiyalarini yangilashga bo‘lgan yuqori ehtiyoj va o‘qituvchilarning yangi innovatsion texnologiyalarni qabul qilishga bo‘lgan hohishlarining sustligi o‘rtasida;
- talaba va o‘quvchilardagi ijodkorlik faoliyatining samaradorligi va ijodiy muhit yaratishga qaratilgan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayoniga jalb etishning uslubiy-pedagogik modelining yo‘qligi o‘rtasida;
- o‘quv predmetining ijodiy xususiyati va umumiy ta’lim fanlariga nisbatan ta’sirining kamligi o‘rtasida.
Oliy va umumiy o‘rta ta’lim hamkorligida talaba va o‘quvchilardagi ijodkorlik ko‘nikmalarini tarbiyalashning samarali ishchi o‘quv modelini yaratishda nazariyaning holati va amaliyotga bo‘lgan ehtiyoj mazkur tadqiqot (“Tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvi va o‘qitish texnologiyalari) mavzusini belgilab berdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda tajribali maktab o‘qituvchilaridan iborat “Ishchi guruh” shakllantirildi. Uzluksiz ta’limda va alohida ta’lim muassasalari ichida mavjud muammolar, tasviriy san’atning boshqa fanlar bilan integratsiya masalalarini aniqlashga qaratilagan rejalar ishlab chiqildi. Guruhda viloyat xalq ta’limi tizimidagi muammolarni o‘rganish, tahlil qilish natijasida uning yechimini topishga qaratilgan quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • ijodiy uchrashuvlar, amaliy seminarlar, savolnomalar orqali maktablarda tasviriy san’atni o‘qitishdagi muammolarni aniqlash;

  • maktabdagi fan o‘qituvchilariga psixologik va metodik yordam ko‘rsatish;

  • o‘quvchilarning tasviriy san’atga qiziqishini oshirish maqsadida institutda va maktablarda ko‘rgazma, tanlovlar uyushtirish; belgilangan ushbu vazifalar asosida avvalo, tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvi va o‘qitish texnologiyalarini qaror toptirish modeli ishlab chiqildi, viloyat fan o‘qituvchilari uchun “Pedagogik sinergiya” ilmiy-amaliy seminarlari tashkil etildi, kafedra bilan turdosh OTMlar, O‘zbekiston badiiy akademiyasi, umumta’lim maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik shartnomalari tuzildi. Mahallalardagi o‘quvchilar va ish bilan band bo‘lmagan yoshlar kafedrada tashkil etilgan ijodiy to‘garaklar va qo‘shimcha kasb o‘rgatish kurslariga jalb etila boshlandi. Hamkorlikdagi faoliyat va o‘zaro muloqotlar samarasida Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimiining hozirgi holatidan kelib chiqib tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvini tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilab olindi:

  • O‘quv-uslubiy ishlar;

  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar;

  • Ilmiy-tadqiqot ishlari;

  • Qo‘shimcha kasb-hunar o‘rgatish;

  • Bitiruvchilar bilan ishlash;

Zamonaviy sharoitda biz avvalo kelajak uchun mutaxassislar - ya’ni, hozirgi o‘quvchilarga sifatli ta’lim beradigan yuqori kasbiy mahoratga ega bo‘lgan malakali o‘qituvchini tayyorlashimiz kerak. Bu jarayonda klasterli yondashuv umumiy ta’lim tizimining rivojlanishini innovatsion boshqarish mexanizmi sifatida unga kiritilgan har bir o‘quv muassasasi faoliyati samaradorligini ta’minlashga imkon beradi.30
Institutimizda asosiy tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvi va o‘qitish texnologiyalarini qaror toptirish avvalo uzluksiz ta’lim tizimidagi ushbu sohaga tegishli alohida muassasalar, kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlik integratsiyasi asosida amalga oshiriladi. Bunday aloqalar albatta o‘z-o‘zidan har bir muassasa ichidagi muammolarni yechishni talab qiladi. Soat mexanizmi singari bu jarayonda har bir mexanizm o‘z vazifasini bekamu-ko‘st bajarishi ishning samaradorligiga olib keladi. Oliy ta’limda bu mutaxassislik fanlarining boshqa fanlar bilan aloqasi, kafedra faoliyatining maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilishi, jamoaning har bir a’zosi klasterning mohiyati va ta’limdagi ahamiyati haqida aniq tassavvurga ega bo‘lishi, professor-o‘qituvchidan talabagacha hamda rag‘batlantiruvchi kuch sifatida talabalarning o‘zaro ta’siri orqaligina amalga oshirilishi mumkin deb o‘ylaymiz.
Bizning mutaxassislarimiz ta’biri bo‘yicha “Pedagogik ta’lim klasteri – muayyan jug‘rofiy hududning raqobatbardosh pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida bir-biri bilan uzviy aloqadagi teng huquqli alohida sub’ektlarning, texnologiya va inson resurslarining integratsiyalashuvini kuchaytiruvchi mexanizm”31 hisoblanadi.
Kasbiy ta’lim va fan mintaqa madaniyati integratorlari rolini o‘ynaydigan Oliy ta’lim muassasalari hududlarning innovatsion rivojlanishida alohida o‘rin tutadi. Bu yangi manzarada OTM, mahalliy hokimiyat idoralari, yoki boshqa ta’lim muassasalarining klaster hamkorligiga vositachilik qilish, yordam berish va qo‘llab-quvvatlash kabi imkoniyatlardan oqilona foydalanishi juda muhim.Shundan kelib chiqib institutning ichki imkoniyatlari sifatida “Pedagogik sinergiya” imiy-amaliy seminari, “Maktab-laboratoriyalar” hamda “Talabalar ijodiyoti” klubi faoliyati orqali tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvi vazifalarini muvofiqlashtirish mumkin deb o‘ylaymiz.
Mana shu uchta tizim ishlashi natijasida integratsiyalashgan ilmiy va ijodiy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, fanlar integratsiyasiga asoslangan STEAM ta’limi amalga oshiriladi, mustaqil ta’limga yo‘naltiriladi, talabalar rahbarlik qiladigan mini to‘garaklar tashkil etish orqali ularda kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi va bu bilan pedagogik amaliyot amalga oshiriladi. Kafedrada klaster yondashuviga asoslangan turli to‘garak a’zolarining bir mavzu atrofida birgalikda ijod qilishi ya’ni, “ijodiy ustaxona” mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bu yerda bitta maqsadga qaratilgan barcha talabalar va o‘quvchilar hamkorlikda ishlaydigan “ijodiy muhit” yaratildi.

Bunday tashkillashtirilgan tizimda:

  • institut hamkor muassasalarining ta’lim jarayoniga klaster yondashuvi asosida metodik jihatdan rahbarlik qiladi;

  • klaster yondashuvida hamkor ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlarini o‘zaro muvofiqlashtiriladi va uzluksizligi ta’minlanadi;

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasasi(lar)da iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida kafedrada hamkor muassasalar bilan hamkorlikda tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn sohalarida ijodiy tanlovlar o‘tkazadi;

Umuman olganda, boshqa yo‘nalishlarda bo‘lganidek tasviriy san’at sohasida ham zamonaviy klasterlarni muvaffaqiyatli shakllantirishning asosiy shartlaridan biri, uning fan bilan aloqadorligini ta’minlagan holda, butun ta’lim tizimidagi tasviriy san’atni o‘qitish jarayonini nazariy tahlil qilish, mavjud kamchiliklar, muammolarni izlab topish, uni bartaraf etish mexanizmlarini aniqlash va amaliyotga tatbiq qilgan holda, tadqiqotning salbiy va ijobiy tomonlarini o‘rganishdan iborat bo‘ladi. Chunki, sohadagi yangi tendensiyalarni o‘z vaqtida tushunish, unga moslashish, innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish, samarodorlikni prognozlash, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish bilan bog‘liq klasterning samarali ishlashini ta’minlovchi yo‘nalishlar ilmiy faoliyatsiz bo‘lishi mumkin emas32 [4].
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi tomonidan kasbga oid muammolarning yechimini topishga oid vazifalar pedagoglar tayyorlash mazmuniga ta’sir qiladigan asosiy faktorlardan hisoblanadi. Talabadagi ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash malakasiga ega har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash, o‘zligini topish uchun sharoitlar yaratib berish badiiy ta’limning asosiy vazifalaridan biridir 33[1].
Zamonaviy pedagogning professional kompetentligi haqida gap borar ekan pedagogik faoliyatining amalga oshirilishida undagi nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasi yakdilligini alohida e’tirof etish mumkin. Bundan tashqari pedagogik oliy ta’lim muassasalari talabalari pedagogika va psixologiya bo‘yicha ham chuqur bilimlarga ega bo‘lishi, zamonaviy maktablar, bolalar bog‘chasi, kollejlardagi mavjud holatni yaxshi bilishi (amaliyot orqali), pedagogik faoliyatlarida vujudga keladigan turli vaziyatlarda yetakchilik ma’suliyatini bo‘yniga oladigan va o‘z sohasidagi mavjud muammolarni hal etishda mustaqil tadqiqotlar olib borish malakasiga ega bo‘lishlari kerak. Boshqacha qilib aytganda o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan asosiy talab ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilimni keyinchalik kasbiy faoliyatida to‘g‘ri amalga oshiradigan mutaxassis tayyorlashdan iborat. Shuningdek, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchisi ham oliy ta’limdagi o‘qish jarayonida nafaqat kasbi bo‘yicha maxsus vazifalarni bajarish, balki, ijtimoiy hayotda kerak bo‘ladigan amaliy tajribalarga ham ega bo‘lishi kerak. Bu keyinchalik unga amaliyot va korporativ muhitga muvaffaqiyatli qo‘shilishga yordam beradi, o‘quv muassasasi va ijtimoiy-ishlab chiqarishga moslashuvini osonlashtiradi34 [5].
Shuning uchun ham ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish g‘oyasi tasviriy san’at o‘qituvchisi - pedagog-rassomlar tayyorlashdagi eng asosiy vosita bo‘lishi kerak. Bunga asoslanib, tasviriy san’at sohasidagi oliy pedagogik ta’lim va maktab amaliyotining integratsiyasi amalga oshiriladi. Tasviriy san’at pedagogikasi sohasidagi ta’lim klasteri – bu ta’lim mutaxassislarini tayyorlashda o‘quv va innovatsion maqsadlarni amalga oshiradigan, kelishuvlar asosida o‘zaro ta’sir ko‘rsatadigan tizimdir.
Iqtisodiyotda istiqbolli innovatsion yo‘nalish sifatida tan olingan mehnat sohasi va ta’lim o‘rtasida yuzaga keladigan integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq klaster modeli bizning o‘ylashimizcha tasviriy san’at yo‘nalishi ta’lim tizimida ham yangi mexanizm sifatida o‘zini oqlaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, klaster yondashuvida manzara kompozitsiyasi ishlash o‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatdan uyg‘unlashtirish jarayoni deb xulosa qilish mumkin.





Yüklə 275,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə