O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti



Yüklə 275,42 Kb.
səhifə3/10
tarix10.05.2023
ölçüsü275,42 Kb.
#109503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

Tadqiqot ob’ekti:
Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at orqali ta’lim klasterini tatbiq etish asosida o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish.
Tadqiqot predmeti:
- Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at orqali ta’lim klasterini tatbiq etish asosida o‘quvchilarning ijodiy faolligini oshirish jarayoni.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari:
Umumta’lim maktablarida tasviriy san’at orqali ta’lim klasterini tatbiq etishdagi asosiy maqsad:
1. Mavjud nazariy tushunchalarni tahlil qilish, umumiy pedagogik amaliyotni rivojlantirishning asosiy tizimlari va bosqichlarini aniqlash va tavsiflash asosida uzluksiz tasviriy san’at ta’limining nazariyasi va amaliyotini shakllantirish.
2. Vizual modellashtirish asosida “Maktab-institut” tizimidagi o‘quv jarayonida tasviriy san’at ta’limi mazmunining uzluksizligini ta’minlash texnologiyasini ishlab chiqish va asoslash.
3. Maktab-institut ilmiy-tadqiqotlar tizimida o‘quvchilarning qiziqishlarini oshirish maqsadida uning shaxsiy tajribasi va modellashtirishning didaktik shartlari va shakllarini aniqlash.
4. Maktab-institut ta’lim tizimida tasviriy san’at ta’limining kasbga yo‘naltirilgan tarkibiy uzluksizligini samarali amalga oshirish uchun kompleks tashkiliy-pedagogik va o‘quv-uslubiy ta’minotini ishlab chiqish, uning samaradorligini eksperimental ravishda tekshirish va o‘quv jarayoniga joriy etish.
“Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at ta’limining nazariy va amaliy masalalarini dastlabki o‘rganib chiqilishi natijasida tizimdagi uzluksizlik haqida tasavvur paydo bo‘ldi va natijada quyidagi faraz shakllandi. Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri “Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at ta’limining uzluksizligini ta’minlashning innovatsion texnologiyasi bo‘lib, agar u quyidagi nazariy va metodologik prinsiplarga asoslanadigan bo‘lsa, estetik madaniyat darajasini va talabalarning ijodiy kompetensiyasini rivojlantirishni ta’minlaydi:
- O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish vazifasi shaxsni tarbiyalashning har bir bosqichida “Maktab-institut” ta’limining asosiy tarkibiy elementlarini yangilash va birlashtirish uchun didaktik mexanizmlar, yetarli shart-sharoitlar, kasbiy va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishidagi faoliyat usullari yaratilishini ta’minlashi kerak;
- “ Maktab-institut” tizimida tasviriy san’at ta’limining kasbga yo‘naltirilgan tarkibiy uzluksizligi modeli o‘quv va kasbiy motivatsiya hamda faollikni oshirish sharoitida o‘quvchilar shaxsiyati va vizual modellashtirish tajribasini asoslash nazariyasiga asoslanadi;
- Tarkibiy qismlar uzluksizligini ta’minlash didaktikasi - butun tizimni (vizual abstraksiyalar yordamida real dunyoning konsepsiyasi va ob’ektlarini aks ettiradigan muammolarni idrok etish usuli) vizual modellashtirish usuli va vositalari, mahalliy modellashtirish, idrok etish, xotira, tafakkur, vazifalar yechimi, tasavvur va mantiqiy (kognitiv) fikrlash hamda ijodiy faoliyatni boshqarish kabi asosiy ta’lim elementlari va uni takomillashtirish aloqalarini o‘z ichiga oladi;
- Ta’limning ikki bosqichida (Maktab-institut) uning kasbga yo‘naltirilgan tarkibiy tuzilishini tanlash - kelajakda ijodkor-o‘qituvchilar estetik didi va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun vazifalar majmuasi, tasviriy san’at kurslari aloqadorligining mazmuni hamda uzluksizligiga asoslangan bo‘ladi;
- O‘quvchilar tajribasini shakllantirish va tasviriy san’atni o‘qitishda vizual modellashtirishning asosiy didaktik shartlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: didaktik modullar va butun ta’lim tizimi mazmunining uzluksizligini ta’minlash; Muayyan sodda va tushunarli tushunchalar va aksincha usullar, g‘oyalar, harakat bosqichlarini amalga oshirishga qadar umumiy pedagogik qoidalarga rioya qilish; Pedagogik usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalangan holda ijodiy, o‘quv va kasbiy muammolarni hal qilish uchun maktabda tasviriy san’atga qiziqishni shakllantirishning bosqichli usullarini loyihalash; tasviriy san’atni o‘qitish mazmunining uzluksizligiga asoslangan ta’limning turli darajalarida tanlov va turli vaziyatlar uchun moslashuvchan vazifalarni loyihalash.

Yüklə 275,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə