O ‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti san’atshunoslik fakulteti



Yüklə 275,42 Kb.
səhifə9/10
tarix10.05.2023
ölçüsü275,42 Kb.
#109503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti

Birinchi guruh (bo‘sh o‘zlashtiruvchilar); bu guruhda tasviriy faoliyati sust, bo‘sh o‘zlashtiruvchi, bajargan ishlarida qo‘pol xatoliklar mavjud. Qo‘yilgan maqsadga to‘laligicha erisha olmaydilar. Bu guruhga ijodkorlik faoliyati va badiiy didi shakllanmagan bolalarni kiritdik.
Ikkinchi guruh (o‘rta o‘zlashtiruvchilar); bajargan ishlarida qo‘pol xatoliklar yo‘q, ammo ifodalilik, jonlilik sezilmaydi. Qo‘yilgan maqsadga har doim to‘laligicha erisha olmaydilar. Bu guruhga ijodkorlik faoliyati va badiiy didi sust bolalarni kiritdik. Ammo o‘quv materiallarini umumiy tushuntirishdan keyin mustaqil ishlash orkali o‘zlashtiradigan o‘quvchilar.
Uchinchi guruh (yuqori o‘zlashtiruvchilar); badiiy qobiliyatlariga ega, hamda tasviriy faoliyatga ko‘nikma va malakalarga ega bolalar tashkil etadi. Bu guruhdagi bolalarning ishlari kompozitsion va originalligi bilan qiziqarlidir. O‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishda maqsadga to‘liq erishadilar. Ularda tasviriy faoliyati yaxshi rivojlangan, kuzatuvchanligi, ijodiy tasavuri taraqqiy qilgan, rasm materiallarini tez o‘zlashtira oladigan o‘quvchilar. Badiiy tassavuri kuchli, boy fantaziyaga ega bu bolalar erkin mavzularda ijod etishni va rasm ishlashni yaxshi ko‘radilar.
Tajriba-sinov ishlarimizning ta’kidlovchi bosqichida o‘quv dasturining quyidagi mavzularidan foydalanildi:
5-sinfda. “Sharq me’morligi” mavzusida rasm chizish, “Men istagan shahar” mavzularida rasm ishlash. 6-sinfda. Harakatdagi odam, sportchi gavdasini grafik usulda va haykaltaroshlik usulida ishlash, Rangtasvir yoki qalamtasvirda 2-3 figurali mavzuli kompozitsiya ishlash, Haykaltaroshlikda Sport va san’atga oid lirika va drammatizmni aks ettiradigan 2-3 figurali mavzuli kompozitsiya ishlash, Sharq mumtoz adabiyoti syujetlari asosida miniatyura usulida mustaqil kompozitsiya ishlash, O‘zbek xalq ertaklari sujetlari asosida miniatyura usulida illustrasiya ishlash, Sharq mumtoz adabiyoti syujetlari asosida miniatyura usulida mustaqil kompozitsiya ishlash, “Bahorgi ishlar” mavzusida syujetli kartina eskizini ishlash, Rangtasvirda syujetli kartina eskizini ishlash, Adabiy asar syujeti asosida mustaqil kompozitsiya ishlash, Mifologik mavzuda portret ishlash, Tarixiy mavzuda portret ishlash, Mifologik mavzuda sujetli kartina ishlash.
Tajriba-sinov natijasida shunday xulosaga kelindiki, erkin mavzuda kompozitsiya ishlash darsning mazmunli va qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Bu usul bir necha o‘nlab o‘quvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirish ularning tasviriy faoliyatini baholash imkonini berdi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish, xulosaga kelishda o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variant, ularning maqbul hamda nomaqbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Shu bois umumta’lim maktablarining tasviriy san’at darslarida bu metodlarni qo‘llash ko‘proq samara beradi.
Tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda kompozitsiya ishlashga o‘rgatish orqali bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirish amaldagi umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirishga xizmat qildi.
Tasviriy san’at darslarida erkin mavzuda kompozitsiya ishlash orqali bolalardagi ijodiy fikrlash qobilyatlarini shakllantirish bo‘yicha xulosalar dastlab maktab metodbirlashmasida, so‘ngra Chirchiq davlat pedagogika instituti Tasviriy san’at kafedrasi yig‘ilishlarida muhokama qilinib, yig‘ilish qarori asosida himoya uchun taqdim etildi.


Xulosa
Tasviriy san’at ta’limidagi muammolar tasniflandi. Butun jahon zamonaviy ta’lim tizimidagi integratsiyalashuv jarayoni uchun muhim innovatsiya sifatida tan olinayotgan ta’lim klasterini tasviriy san’at ta’limida ham ilmiy-pedagogik muammo sifatida tadqiq qilish va uning samarador usul ekanligini ilmiy asoslash uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi dolzarb muammo ekanligi aniqlandi.
Mavzu bo‘yicha xorij tajribasini o‘rganish natijasida klaster yondashuvini qaror toptirish orqali zamonaviy mehnat bozori talablari asosida ta’limga innovatsiyalarni olib kirish, tasviriy san’at ta’limida mavjud muammolarning ilmiy yechimini topish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi. Ta’limga nisbatan bunday yondashuv o‘z navbatida tasviriy san’atda mavjud muammolarning yechimini o‘zaro hamkorlikda hal etish imkonini beradi.
Respublikamiz uzluksiz ta’lim tizimiining hozirgi holatidan kelib chiqib, ilg‘or xorijiy tajribalarga asoslangan klaster yondashuvini tasviriy san’at ta’limiga tatbiq etishning asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib berildi, tasviriy san’at ta’limida klaster yondashuvi va o‘qitish texnologiyalarini amaliyotga joriy etishning zaruriyati asoslandi.

Yüklə 275,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə