243
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv
dasturi
SPORT MUSOBAQALARI
Maktab musobaqalarining o`tkazilishi - darsdan tashqari maktabning
ommaviy sport tadbirlari haqida kalendar ish rejasiga muvofiq va maktab
rahbarlarining nazoratida bo`lishi kerak. Avvalo, "Umid nihollari"
musobaqasida qatnashish va "Alpomish", "Barchinoy" testlarini o`tkazish.
Maktabning ichki musobaqalari sinflararo, sinf guruhlararo o`tkaziladi.
Bundan tashqari musobaqalar shaxsiy birinchilik uchun ham o`tkaziladi
("Yuguruvchi kuni", "Sakrovchi kuni" va boshqalar).
Maktab birinchiligi
uchun sinflararo musobaqalar, spartakiada shaklida
ham o`tkaziladi. Musobaqalar har xil sinflarda:
"O`qituvchilar va murabbiylar kuni", "Mustaqillik" va "Navro`z"
bayramlariga bag`ishlab o‘tkazilishi mumkin. Shunga o`xshash
ommaviy
sport turlari bo`yicha musobaqalarni maktablararo o`tkazishni amalga
oshirish kerak. Tuman, shahar musobaqalariga qatnashish uchun
maktablarda eng yaxshi sportchilardan terma jamoalar tuzib musobaqalarda
qatnashiladi.
SPORT SEKSIYALARI
Seksiyalarning maqsadi - o`quvchilarning umumjismoniy
tayyorgarligini
oshirish, jismoniy tarbiya va sportning har turini
vositalaridan foydalanish yo`li bilan o`quv dasturi asosini tuzish. Bu
sho`balarga asosan boshlang`ich, o`rta sinf o`quvchilari jalb qilinadi.
Ayniqsa tayyorgarlik va tibbiy guruhlarga ajratilgan o`quvchilar taklif
qilinadi. Mashg`ulotlar haftasiga ikki marta 45- 60 daqiqadan o`tkaziladi.
Umumiy rahbarlikni jismoniy tarbiya o`qituvchisi amalga oshiradi. Bunday
mashg`ulotlarni o`tkazish uchun jamoatchi sport instruktorlari, yuqori
sinf faollari, bolalar va o`smirlar sport maktablarining o`quvchi
sportchilari jalb qilinadilar.
Sport sho`balari - sportning u yoki bu turi bilan shug`ullanuvchi
o`quvchilar uchun tashkil qilinadi. Sport sho`balarini tashkil qilish
uchun eng avvalo sharoit hisobga olinadi.
Umumiy rahbarlik esa jismoniy
tarbiya o`qituvchisiga yuklatiladi. Shunga o`xshash mashg`ulotlarni o`tish
uchun jamoatchi ustoz murabbiy (trener), jamoatchi yo`riqchi,
maktabning eng yaxshi sportchilari, bolalar va o`smirlar sport
maktabining yaxshi sportchi o`quvchilari taklif qilinadi. Ba`zan haq
to`lash yo`li bilan sport turlariga ustoz murabbiy (trener) taklif qilinadi.
Mashg`ulotlari haftada 2-3 marta o`tkaziladigan sho`balarga qatnashadigan
o`quvchilar oldin, albatta, tibbiy ko`rikdan o`tishlari shart (tibbiy
nazorat maktabda yoki poliklinikada o`tkaziladi).
244
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
12345678901234567890123456789012123456789012345678901234567
O‘quv dasturi
SPORT BAYRAMLARI
Bu tadbirlar maktabning barcha an`analariga muvofiq, ommaviy
sport tadbirlari kalendari va boshqa tadbirlar bilan oldinma-keyin yilda
ikki marta, o`quv yilining boshlanishi yoki yakunlanishini nishonlash
arafasida va mavsumning boshida hamda yakunida, shuningdek,
musobaqalarning tantanali
ochilishi va yopilishida, ommaviy sport
musobaqalarini o`tkazish hamda uchrashuvlar, gimnastika va sport
turlaridan qatnashishlar hamda g`oliblarni mukofatlashda o`tkaziladi.
Dasturdan foydalanish bo`yicha tavsiyalar
1. Jismoniy tarbiya o`qituvchisi dastur
asosida ish boshlashdan oldin,
birinchi navbatda dasturning tushuntirish xatini, ya`ni, soatlar
taqsimoti, o`quv me`yorlari va nazorat darslarini diqqat va e`tibor
bilan o`qib chiqishi lozim.
2. Sentabr oyidagi 1-2 darslardayoq quyidagi talablar bo`yicha test
o`tkaziladi:
- 30 metr ga yugurish, vaqt o`lchovi soniya hisobida;
-
joydan turib uzunlikka sakrash, o`lchov metr va sm larda;
- tennis koptogini uzoqqa uloqtirish, o`lchov metr va sm.lar hisobida;
- arg`amchida 30 soniya davomida sakrash, o`lchovi sanoq bilan.
Chorakni yakunlash davrida yuqorida ko`rsatilgan testlar o`tkazilishi
shart.
JISMONIY TARBIYA O`QUV DASTURINING BO`LIMLARI
BO`YICHA
SOATLAR TAQSIMOTI
1-sinf (68 soat)
2-sinf (68 soat)
T/r Bo`lim
Soat
1. Gimnastika
16
2. Yengil
atletika
14
3.
Harakatli o`yiniar va sport o`yini
elementlari
38
T/r
Bo`lim
Soat
1. Gimnastika
16
2. Yengil
atletika
16
3.
Harakatli o`yinlar va sport o`yin elementlari
36