O ‘zbekiston respublikasioliy va 0 ‘rta maxsus t a ’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika im V er siteti



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/40
tarix08.06.2022
ölçüsü1,74 Mb.
#89096
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
2.9. hozirgi o`zbek adabit tilidan kurs ishi metodikasi



1
17


kerak. Varaqning chap tomonidan 3 sm, o 'n g tomonidan 
1,5
sm, yuqoridan 2,5 sm, 
quyidan 2,5 sm hoshiya qoldiriladi. Satrlar oralig‘i 1,5 interval b o iish i lozim.
Q oiyozm a shaklidagi kurs ishining hajmi esa 
40-45 varaqdan 
iborat b o iish i 
shart. Qo iyozma shaklidagi kurs ishida ham varaqning chap tomonidan 3 sm, o‘ng 
tomonidan 1,5 sm, yuqoridan 2,5 sm, quyidan esa 2,5 sm hoshiya qoldirilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatida adabiyotlar soni kamida 20-25 ta atrofida 
bo‘lishi kerak.
Kurs ishining har bir sahifasi hoshiyalanadi. Kurs ishining titul varag'idan 
boshqa barcha varaqlari birma-bir sahifalanadi.
Kurs ishining birinchi va ikkinchi titul varag'i 1-, 2-ilovalarda berilgan tartibda 
rasmiylashtiriladi. Keyingi varag'ida kurs ishi mavzusining rejasi yoziladi. Rejada 
ko'tarilgan masalalar alohida boiim larda (boblarda) beriladi.
Kurs ishi mavzusini ikki yoki uch bo'lim (bob) orqali yoritish tavsiya etiladi. 
Har bir bo‘lim (bob) raqamlanadi. B o iim (bob) nomlari sarlavha tarzida yozilishi 
lozim. Bo'lim (bob)laming nomlari bosh harflar bilan, uning bandlari kichik harflar 
bilan yoziladi.
Bo'lim (bob) nomlarini yozishda b o 'g 'in ko'chirishga ruxsat berilmaydi, 
shunga ko'ra bo'lim (bob) nomlari qisqa va aniq ifodasiga ega bo'lishi lozim. 
Sarlavhalar oxirida nuqta qo'yilmaydi. Ishning har bir b o iim i (bobi) yangi sahifadan 
yoziladi.
Talaba kurs ishida mavzuga doir o 'z ilmiy qarashlarini asoslash maqsadida 
boshqa ilmiy manbalardan iqtiboslar (sitatalar) keltirishi mumkin. Bunday iqtiboslar 
(sitatalar) kurs ishida aynan berilsa, qo'shtim oqqa olinadi. Agar iqtiboslar (sitatalar) 
rus yoki boshqa tillarda yozilgan bo'lsa, ulaming taijimasi beriladi. Ulaming muallifi, 
qaysi ilmiy manbadan olinganligi, manba chop etilgan nashriyot, sana, ishning 
sahifasi belgilangan tartibda satr ostidagi havolalar orqali yoki "Foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxati"dagi ilmiy manbaning tartib raqami bo'yicha qavs ichida qayd 
etiladi.
Kurs ishining muhim tarkibiy qismlaridan biri ilmiy havolalardir. Ilmiy 
havolalar 
talabaning kurs ishini yozishda qanday manbalarga tayanib ish olib
18


borganligini ko‘rsatib turadi. Kurs ishida beriladigan havolalar, asosan, ikki xildir. 
Bular:
a) daliliy materiallar, tajriba-sinov ishlariga havolalar;
b) ilmiy tadqiqotlarga, tadqiqotchilaming fikrlariga havolalar.
Kurs ishida talaba nazariy xulosasini daliliy misollar orqali asoslab berishi 
lozim boiadi. Umuman, har qanday ilmiy tadqiqot ishida boigani kabi kurs ishida 
ham daliliy materiallarga tayanib ish ko‘riladi. Tilshunoslikka oid tadqiqot ishlarida 
daliliy materiallar ko‘pincha badiiy nutq ko‘rinishlaridan tanlab olinadi. Kurs ishida 
keltirilgan har bir daliliy materialning manbasi aniq ko'rsatilgan b o iish i kerak. 
Odatda, daliliy material keltirilgach, uning manbasi qavs ichida to iiq , b a’zan shartli 
qisqartmalar bilan beriladi. Masalan: 
Mirzakarimboyga xotin bo lish uning xayoliga
bir lahza kelgan bo'lsa edi.., Gulnor balki bunchalik o rtanmagan, bunchalik
vahimaga, sarosimaga tushmagan bo'lar edi...
(Oybek. «Qutlug' qon») 
Siz -
qochoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsayozgandek bo ‘lib qochgansiz.
(A.Q.)
Ba’zi ishlarda tajriba-sinov ishlari natijalari daliliy material sifatida keltiriladi. 
Agar natijalar e’lon qilingan b o isa, ishda nashr manbayi, e io n qilinmagan b o isa , 
o'tkazilgan o ‘mi va vaqti, uni qayd etgan muassasa ko‘rsatilishi zarur.
Daliliy materiallar arxiv yoki muzeylardan olinganda, arxiv (muzey), uning 
joyi, fond raqami (nomi), qayd raqami ko'rsatiladi.
Kurs ishida berilishi mumkin b o ig a n havolalardan yana biri ilmiy 
tadqiqotlarga, tadqiqotchilaming fikrlariga havolalardir. Kurs ishida havolalaming bu 
turi ham keng qoilaniladi. Bunday havolalar, asosan, quyidagi uch usul bilan 
beriladi:
1. Sahifaosti izohlari;
2. Matn ichida ajratilgan izohlar;
3. Bob (boiim ) oxirida keltirilgan izohlar.
Kurs ishida havolalami 4 turda berish mumkin:
1) 
muallif va uning asari nomi, asar chop etilgan nashriyot nomi, nashr yili, 
zarur betlami to iiq ko‘rsatgan holda;
19


2) raqamlash usuli bilan;
3) muallif va uning asari nashr etilgan yilni ko'rsatuvchi qisqartma holida;
4) tadqiqotchi lozim ko'rgan qisqartma shakllaridan birida beriladi.
Havolalami qayd etishning birinchi turidan, asosan, sahifaosti izohlarda
foydalaniladi. Bu usul fikrlar manbayini kitobxonga yetkazishning eng qulay usulidir. 
Ammo bu usul kurs ishi sahifasining ko‘p hajmini egallaydi, shu bilan birga, 
o ‘quvchi diqqatini chalg'itishi mumkin.
Bu turdan kurs ishida beriladigan izohlarda ham foydalanish mumkin. Bu 
holda kurs ishi matni ichida havolalar arab raqamlari bilan ketma-ket tarzda belgilab 
boriladi va sahifaostida har bir tartib raqamiga mos manba aniq va to iiq ko‘rsatiladi. 
Ishda bir muallifning ayni bir tadqiqot ishi takror-takror keltirilganda, birinchi 
keltirilishda to iiq berilib, qolgan o ‘rinlarda faqat muallif ko‘rsatiladi va 
“Ko'rsatilgan asar” havolasi beriladi va unga aloqador betlarga ishora qilinadi.
Havolalami raqamlash usuli bilan berish eng tejamli usuldir. Bunda ilmiy 
manbalar kurs ishining oxirida “Foydalanilgan adabiyotlar” sarlavhasi ostida qat’iy 
alifbo tartibida joylashtiriladi. Matn ichida havola berishga ehtiyoj tug'ilganda 
manbaning “Foydalanilgan adabiyotlar” ro ‘yxatidagi tartib raqami, undan keyin 
vergul qo‘yilib, zarur betlar ko'rsatiladi. Masalan: 

Odatda kommunikativ
vaziyatning uch asosiy unsuri mavjud bo 'ladi, ya ’ni so 'zlovchi, tinglovchi va mavzu
yoki œcborot. So ‘zlovchi muayyan axborotni tinglovchiga yetkazish uchun, albatia

vosita - tegishli kanalni tanlaydi. Bilamizki, asosiy kanal tilning ozidir. Ammo
axborotni to la yetkazishda umumiy vaziyat va maqsadga muvofiq boshqa kanallar
ham ishga tushiriladi. Bu o rinda paralingvistik va ekstralingvistik vositalar nazarda
tutiladi. Haqiqatan ham, turli jestlar, yuz ifodasi, boshni qimirlatish, gavda
harakatlari, mahon yaqinligi, ovoz tabiati, kiyimlar, so'zlovchi va tinglovchining
ijtimoiy yoki boshqa maqomi kabi xilma-xil omillar kommunikatsiya jarayonida
alohida qimmatga ega. Uzatilmoqchi bo'lgan axborotning mazmuni, maqsadi va
tabiatiga uyg 'un tarzda kommunikatsiya kanali tanlanadi "
[139, 40].
Ushbu izoh M Y oidoshevning “Badiiy matnning lingvopoetik tadqiqi” deb 
nomlangan doktorlik dissertatsiyasidan olingan b o iib , u kurs ishining “Foydalanilgan
20


adabiyotlar” ro yxatida 139-raqam ostida keltirilgan, izoh tadqiqot ishining 40- 
sahifasidan olingan.
Matn ichida bir o ‘rinda bir necha manbaga havola etilganda, har bir manba 
raqami nuqtali vergul bilan ajratib boriladi.
Havola berishning bu usuli tejamli boisa-da, o‘z noqulayliklariga ega. 
Birinchidan, fikr olingan manbani, tadqiqotchi kimlaming g'oyalari va materiallariga 
tayanib ishlayotganligini bilish uchun o'quvchi har gal bob (ish) oxiriga qayta-qayta 
murojaat etishi zarur. Ikkinchidan, bunday tizimdan foydalanish muallifdan katta 
ehtiyotkorlikni talab qiladi. Bitta raqamdagi xato manbaga havolani tamoman 
o‘zgartirib yuboradi.
Havolalami uchinchi usulda (asar muallifi va uning bosilgan yiliga ishora 
etuvchi qisqartmalar bilan berish y o ii) berish eng qulay va tejamkor usuldir. Bu 
usuldan havola berishning hamma turlarida bemalol foydalanish mumkin. Havola 
berishning ushbu usulidan foydalanganda manbaning shartli qisqartmalari yo ishning 
boshida (shartli qisqartmalar bo‘limida), yoki ishning oxirida “Foydalanilgan 
adabiyotlar” qismida to ‘liq beriladi.
Hozirgi vaqtda barcha turdagi mustaqil tadqiqot ishlarida, jumladan, o'quv 
fanlari bo'yicha yoziladigan kurs ishlarida ham havola berishning birinchi usulidan -
muallif, uning asari nomi, nashriyoti, nashr yili, zarur betlarini to ‘liq ko'rsatgan holda 
sahifaosti izohlarida berish ko‘p tavsiya etiladigan an’anaviy hamda eng qulay 
usullardan hisoblanadi.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə