Odam anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə10/11
tarix26.01.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#99435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
anatomiya oraliq 2 variyant

 

 

 

1.Hujayraning yaratilish tarixi. 
Tirik organizmlarning ichki tuzilishini o’rganish mikroskopning kashf 
etilishi bilan bog’liq. 1665 yilda ingliz olimi Robert Guk daraxt po’stlog’idagi
po’kak to’qimadan yupqa kesmalar tayyorlab mikroskop yordamida kuzatganda 
ajoyib yangilikni kaslif etdi. U daraxtning po’stlog’i bir xil massadan iborat
bo’lmay, balki juda mayda bo’shliqlardan ya’ni, katakchalardan iborat 
ekanligini aniqladi. Bu mayda bo’shliqlarni R. Guk «sellula» (katakcha, uyacha,
hujra) deb aladi. «Hujayra» atamasi ham shu ma’noga ega. O’zinig 1665 
yildagi “Mikrografiya “ nomli kitobida ta’riflaydi 1671-yilda London qirollar
jamiyatida o’simliklarning mikroskopik tuzulishi haqida 2 ta ma’ruza
topshirildi. Bu tatqiqotlar italiyalik Marchello Malpigi va angliyalik

Neemiya Gryularga taalluqli edi. Ikkalasi ham bir xil xulosaga keladilar,
ya’ni o’simlik to’qimasi hujayralardan tashkil topgan. 
To’qima so’zini ham birinchi bo’lib Neemiya Gryu ishlatadi.
Mikroskop bilan qiziqib qolgan Marchello Malpigi birinchi bo’lib
hayvonlar terisi , talog’i , buyragi va boshqa organlarining mikrskopik
tuzulishini o’rganadi. Natijada u tasvirlab bergan organlarning ayrim
strukturalari uning nomi bilan ataladigan bo’ldi . Masalan , Malpigi
naychalari, buyrak koptokchalari , Malpigi qabati va boshqalar shular
jumlasidandir . Keyinchalik bir qator olimlar har xil o’simlik va hayvonlarning
to’qimalarini mikroskop yordamida tekshirib, ularning hammasi ham 
hujayralardan tashkil topganini aniqladilar. Masalan, gollandiyalik olim A.
Levenguk 1680-yilda qondagi qizii qon tanachalari- eritrositlarni o’rganadi. 
Uzoq vaqt davomida hujayraning asosiy qismi uning tashqi qobig’i deb
hisoblangan. Faqat XIX asrning boshlarida olimlar hujayra qandaydir suyuqroq 

modda bilan to’ldirilgan degan xulosaga keladilar. 1831 yilda ingliz botanigi B.


Braun hujayralarda yadro mavjudligini aniqlaydi. Chex olimi Ya. Purkine 1839- 
yilda hujayra tarkibidagi suyuqlikni protoplazma deb alashni taklif etadi.
Shunday qilib, XIX asr boshlarida o’simlik va hayvon organizmlari 
hujayralardan tashkil topgan degan xulosa vujudga keladi. 1838-39 yillarda
nemis olimlari: botanik M. Shleyden va zoolog T. Shvann o’sha vaqtgacha 
fanda to’plangan ma’lumotlarga tayanib hujayra nazariyasining asosini
yaratdilar. Keyinchalik hujayra nazariyasi juda ko’p olimlar tomonidan 
rivojlantirildi. Nemis shifokor olimi R. Virxov, hujayrasiz hayot yo’qligini,
hujayraning tarkibiy qismi yadro ekanligini va hujayra faqat hujayradan 
ko’payishini isbotlab berdi.
Mikroskop 
texnikasini
yanada

takomillashtirilishi,


elektron 
mikroskoplarning yaratilishi va molekulyar biologiyaning usullarini paydo
bo’lishi hujayra sirlarini yanada chuqurroq o’rganishga, uning murakkab 
tuzilmalarini bilishga, ularda kechadigan turli-tuman biokimyoviy jarayonlarni
aniqlashga imkon yaratdi. Bugungi kunda hujayra nazariyasining asosiy 
qoidalari quyidagilardan iborat: 1. Barcha tirik organizmlar, ya’ni
mikroorganizm, o’simlik va hayvonlar tanasi hujayralardan tashkil topgan. 
2. Yangi hujayralar faqat avval mavjud bo’lgan hujayralarning bo’linishi tufayli
vujudga keladi. 3. Organizmlarning hujayralardan tashkil topishi ularning kelib 
chiqishi bir xil ekanligidan darak beradi. 4. Hujayra tirik organizmlarning
tuzilish va funksional birligi hisoblanadi. 5. Har bir hujayra mustaqil ravishda 
hayot kechirish xususiyatiga ega. Hujayra nazariyasi biologiya fanining
rivojlanishiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Bu nazariya tufayli organizmlar bir xil 
morfologik asosga ega ekanligi isbotlandi. Hayotiy hodisalarni umumbiologik
nuqtai-nazardan tushuntirishga imkon yaratildi. 
Hujayra biologiyasini o’rganishda mamlakatimiz olimlarining ham katta
hissalari bor. Akademik K. Zuparov, J. Hamidov va ularning shogirdlarini bu 
boradagi ishlari diqqatga sazovordir.


Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə