Odam anatomiyasi va fiziologiyasi



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə11/11
tarix26.01.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#99435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
anatomiya oraliq 2 variyant

 

 

2.Hujayra nazariyasi
Barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va kelib chiqishidagi 
umumiylikni ko’rsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri bo`lib, unga binoan
hujayra bakteriyalar, zamburug’lar, o’simliklar va hayvonlarning eng kichik 
tuzilish birligi. Hujayra nazatiyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy
rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi 
Ch.Darvinning evolyutsion ta’limoti va energiyaning o’zgarishi qonuni bilan bir
qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir. 
Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan
bir davrga to’g’ri kelmaydi. O’simlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik o’simlik 
poyasi va po’kaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk o’zi
yasagan mikroskop orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini "Mikrografiya" 
nomli asarida bayon etgan (1665). Ingliz bota-nigi N.Gryu hujayra qobig’i xuddi
mato (gazlama)ga o’xshash tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan. 
18-asrda falsafiy g’oyalar tasirida fanda tirik tabiatning birligi haqidagi
fikrlar paydo bo’la boshladi. K.Volf o’simlik va hayvonlarning tuzilishidagi 
qandaydir umumiylikni aniklashga harakat qildi. Uning "hujayra", "donachalar"
va "pufakchalar" kabi tushunchalari, shuningdek, nemis olimi L.Okenning 
organizmlar "pufakchalar" yoki "infuzoriyalar" dan tashkil topgan, degan fikrlari
fanda hujayra nazariyasi to’g’risidagi dastlabki tushunchalar bo’lgan. 
19-asr boshlarida o’simliklarni mikroskop yordamida o’rganish borasida
erishilgan yutuqlar tufayli hujayra — o’simlik moddalari umumiy massasining 
bo’shliq qismi emas, balki o’z qobig’iga ega bo’lgan va bir-biridan ajralib
turadigan strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi. 19-asrning 30-yillari oxirida 
o’simliklarning deyarli archa organlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi
aniklandi va nemis olimi F.Meyenning "Botanika" (1830) kitobida hujayra 
o’simlik to’qimalarining umumiy tuzilish birligi sifatida e’tirof etildi. Lekin

shundan keyin ham hujayra bu bir bo’shliq, asosiy qismini qobiq tashkil qiladi;


uning ichidagi narsalar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi 
to’g’risidagi tushuncha uzoq vaqt saqlanib qoldi. O’simlik hujayrasi yadrosi
ingliz olimi R.Braun tomonidan kashf etilgan (1831), ammo nemis olimi 
M.Shleyden yadroni hujayrani hosil qiluvchi, ya’ni sitoblast deb hisoblagan.
Shleyden ta’biricha donador substansiyadan yadrocha hosil bo’lib, uning 
atrofida esa hujayra vujudga keladi; keyinchalik hujayraning hosil bo’lishi
jarayonida yadro yo’q bo’lib ketadi. 19-asrning 2-choragi boshlarida chex olimi 
Ya.Purkine maktabining tadqiqotlari hayvon organizmi to’qimalarining mik-
roskopik tuzilishi bo’yicha juda ko’p ma’lumotlar berdi. Lekin Ya.Purkine 
o’zining "donachalar nazariyasi"da "donachalar" (u hujayrani shunday deb
atagan edi), yadro va boshqa qismlardan tashkil topganligini yozadi. Hujayra 
nazariyasini rasmiylashtirishda T.Shvann (1839) xizmatlari juda katta. U o’zi
olgan ma’lumotlar, Shleyden va Ya. Purkine maktabi va boshqa olimlarning 
tadqiqotlariga asoslanib, hujayra nazariyasini yaratdi; o’simlik va hayvon
to’qimalari tuzilishini taqqoslab ular uchun umumiy hisoblangan hujayraviy 
tuzilish tamoyillarini ko’rsatib berdi. Ammo Shvann ham xuddi Shleyden
singari hujayraning asosiy qismi uning po’sti va hujayra strukturasiz shiradan 
hosil bo’ladi, deb hisoblagan. Hujayra nazariyasining bundan keyingi
rivojlanishi protoplazma va hujayra bo’linishining kashf etilishi bilan bog’liq. 
Nemis olimi R.Virxov (1958) "Hujayra patologiyasi" asarida hujayra
nazariyasini patologik hodisalarga tatbiq etib, yadro hujayrada yetakchi 
ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor qaratdi va hujayraning bo’linish yo’li bilan
ko’payish tamoyilini (har bir hujayra hujayradan hosil bo’ladi) asoslab berdi. 
19-asrning 70—80yillarida barcha hujayraviy tuzilishga ega bo’lgan
organizmlar uchun universal hisoblangan hujayraning bo’linish usuli ya’ni 
mitoz, asr oxirida esa hujayra organoidlari kashf etiladi; hujayra
protoplazmaning oddiy yig’indisi emasligi tan olinadi.
Hujayraviy tuzilish haqidagi tushunchalar rivojlanishining dastlabki
davrlaridanoq hujayra bilan organizmning bir butunligi haqidagi muammo 

paydo bo’lgan. Bu muammoning yechimi 2 yo’nalishda rivojlandi. Mexanistik


tushunchalarga ko’ra individning hayot faoliyati o’z vazifasini bajaruvchi 
hujayralar yig’indisidan iborat. Vitalistik konsepsiya nuqtai nazaridan esa
organizmning maqsadga muvofiq yashashi sifat jihatidan "o’zgacha ("yaxlitlik 
qismlarning yig’indisiga teng emas") va hayotiy kuch" ga bog’liq deb
tushuntirilgan. 
Mikroskop
texnikasining 

yanada
yakomollashtirilishi, 


elektron


mikroskoplarning yaratilishi va molekulyar biologiya usullarining paydo
bo’lishi hujayra sirlarini yanada chuqurroq o’rganishga, uning murakkab
tuzulmalarini bilishga, ularda kechadigan turli – tuman biokimyoviy
jarayonlarni aniqlashga imkon yaratdi .
Bugungi kunda hujayra nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan
iborat :
1. Barcha tirik organizmlar, ya’ni mikroorganizm , o’simlik va hayvonlar 
tanasi hujayralardan tashkil topgan.
2. Yangi hujayralar faqat avval mavjud bo’lgan hujayralarning
bo’linishi tufayli vujudga keladi.
3. Organizlarning hujayralardan tashkil topganligi ularning kelib
chiqishi bir xil ekanligidan darak beradi.
4. Hujayra tirik organizlarning tuzulish va funksional birligi
hisoblanadi .
5. Har bir hujayra mustaqil ravishda hayot kechirish xususiyatiga ega .
Hujayraning mitotik bo’linishini, hujayra organoidlarining kashf etilishi,
keyinchalik esa biokimyo va molekulyar biologiyaning rivojlanishi tufayli 
hujayraning strukturasi va funksiyasi tirik tabiat iyerarxiyasida hujayraviy
pog’onaning mavjudligi haqidagi tushunchalarning shakllanishiga olib keldi. 
Zamonaviy H.n. ko’p hujayrali organizmlarni muayyan vazifani bajaradigan va
bir-biriga ta’sir ko’rsatib turadigan hujayralardan tashkil topgan murakkab, 
integ-ratsiyalashgan sistema sifatida e’tirof etadi. Organizm qancha murakkab

tuzilgan bo’lsa, uning bir butunligi shuncha aniq namoyon bo’ladi. Hujayraning


asosiy strukturaviy elementlari shakllangan yadroga ega bo’lgan eukariot 
organizmlar hamda yadrosiz prokariotlar uchun ham tegishli. Mustaqil hayot
kechirishga moslashmagan hujayra parazitlari hisoblangan viruslarning 
mavjudligi tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi universal ekanligini
ko’rsatadi. 
Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə