Odam anatomiyasi va fiziologiyasi


Yurakning tuzilishi joylashishi va yoshga qarab o’zgarishi



Yüklə 46,14 Kb.
səhifə2/11
tarix26.01.2023
ölçüsü46,14 Kb.
#99435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
anatomiya oraliq 2 variyant

Yurakning tuzilishi joylashishi va yoshga qarab o’zgarishi.

Homiladorlikning 3 haftasidan boshlab embrionda yurakning rivojianishi boshlanadi. Yurak, ikki naycha ko’rinishida bo’yinga yaqin joyda shakillana boshlab, keyinchalik ushbu naychalar qo’shilib S-simon shakilga ega bo’ladi. Keyinchalik esa, yurakning holati, kattaliklari, tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishida juda murakkab o’zgarishlar yuz beradi. Yurakni 4 ta kameraga bo’ladigan to’siqlar paydo bo’ladi. Homila rivojlanishining 2-oyining oxiriga kelib, yurak ko’krak qafasiga siljib o’tadi va uyerda yoshga qarab o’z holatini o’zgartiradi.

Bola tug’ilgandan keyin ham uning yuragida katta o’zgarishlar bo’lib turadi. Chunonchi, bola tug’ilganida chap va o’ng yurak qorinchalarining og’irligi birday bo’lsa, bir necha vaqt o’tishi bilan chap qorinchaog’irligi keskin oshib ketadi. Yosh bolalarning yuragi o`lchami, hajmi, shakli, joylashishi bilan kattalar yuragidan farq qiladi. Bolaning birinchi yoshida yurakning bo`lmacha va qorinchalari bir tеkis o`smaydi. 2 yoshdan boshlab bir tеkis o`sadi, 10 yoshdan kеyin yurak bo`lmachalari o`sishdan orqada qoladi. Balog`atga еtish davrida yurak yana tеz o`sadi. (K. T. Alimatov, L. S. Klemesheva, A. T. Matchanov, Sh. I. Alimuratov “Ulg’ayish fiziologoyasi” Toshkent 2004 yil 46- 47- betlar)

Yangi tug’ilgan bolada, yurak ko’ndalang joylashgan bo’ladi. Bola 5 yoshga to’lgach 5 qovurg’alarao bo’shliqda proyeksiyalansa, 10 yoshga kelib kattalarnikiga mos keladi. Qizlarda yurak massasining ortishi ertaroq boshlanib, ertaroq tugallanadi.

Yangi tug`ilgan bolalalarda yurakning vazni 20-23 g, 4 yoshda 30 g, 5 yoshda 100 g, 10 yoshda 165-185 g, 15 yoshda 250 g, katta yoshdagi erkaklarda 220-300 g, ayollarda esa 180-220 g, bo`ladi. 1 yoshda yurakning vazni yangi tug’ilgan chaqaloqnikiga nisbatan ikki marta, 3 yoshda 3 marta, 5 yoshda 4 marta, 10 yoshda 6 marta, 16 yoshda 11 ortadi. Bu ortish asosan chap qorincha devorining qalinlashuvi hisobiga bo’ladi.

Bolaning yoshi ortishi bilan yurakning hajmi ham ortib boradi: 1 yoshning oxirida yurakning hajmi 42 sm3, 7 yoshda 90 sm3, 14 yoshda 130 sm3, katta odamda 280 sm3 ni tashkil etadi.

Yurak qon aylanish doirasining markaziy organi bo’lib, odam hayotining ohirgi daqiqasigacha hamma vaqt mutasil qisqarib (sistola) va kengayib (diastola) turadi. U qonni venalardan arteriyaga bir meyyorda xaydab, nasos vazifasini bajaradi, uning tomirlar sistemasida to’htovsiz oqib turishini ta’minlaydi. O’rta yashar odamning yuragi minutiga o’rta hisobda 70 — 75 marta, bir sutkada esa 100000 marta qisqara oladi. Yurak ko’krak bo’shlig’ida o’ng va chap o’pkalar orasida joylashgan. Orqa tomondan u umurtqa pog’onasidan qizilo’ngach va aorta bilan ajratilgan, pastdan yurakka diafragma taqalib turadi.

Yurak ko’krak qafasining qoq o’rtasidan bo’ladigan chiziqdan chap tomonda va uning asosini uchi bilan tutashtiradigan bo’ylma o’q gorizontal tekislik bilan 40° ga teng burchak hosil qilishi kerak. Biroq yurakning normal joylashuvi ko’p jihatdan odam gavdasining tuzilishiga bog’liq. Ozg’in odamlar — asteniklarda yurak aksariyat vertikal holda joylashadi, to’la odamlar — gipersteniklarda yurak deyarli gorizontal holatda yotadi. Normosteniklarda esa yurakning qiya holati ustunlik qiladi. (yoshga oid fiziologiya 1991yil)

Yurakning og’irligi erkaklarda 300 g ayollarda esa bir oz kamroq — 220-250 g bo’ladi. Yurak perikard haltacha — seroz parda bilan o’ralgan bo’lib, u yurakni himoya qilib turadi va uni ortiqcha kengayib, cho’zilib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Bu haltachaning ichki yuzasi yupqa seroz plastinka bilan qoplangan, u aorta va o’pka arteriyasi oldida bevosita yurakka o’tadi va uning tashqi pardasi epikard deb ataladi. Uning ostida qalin parda miokard bo’ladi, miokard ko’p sonli maxsus muskul hujayralari — kardiomiotsitlardan hosil bo’gan.

Birlamchi muskul pardasining qalinligi tahminan 3 mm bo’lib ikki qavatdan iborat. Qorinchalarda muskul pardasi uch qavatli chap qorinchada (10-14 mm) u o’ng qorinchadagiga qaraganda bir muncha (4-7 mm) qalinlikda bo’ladi. Yurakning ichki pardasi — epikard cho’ziluvchan, silliq bo’lib, qon tomirlarning ichki pardasiga o’xshaydi. Yurakning hamma bo’shliqlari ichini qoplab turadi va burmalarga yig’ilib, bo’lmacha-qorincha klapanlari tavaqalarini hosil qiladi. Yurak klapanlari shunday tuzilganki qon faqat muayyan yo’nalishdagina oqishi mumkin. Klapanlarga yopishgan muskullar va iplari klapanlarning teskari tomonga ag’darilishiga halaqit beradi. O’ng bo’lmachalar va qorincha uch tavaqali klapan bilan, chap bo’lmachalar esa ikki tavaqali klapan bilan bo’lingan. Bo’lmachalar qisqarganda ular ochiq bo’ladi, qorinchalar qisqargan vaqtda esa berikladi va qonning teskari oqimiga to’sqinlik qiladi. Qorinchalarda qon bosimini ortishi yarimoysimon klapanlarni ochadi va qon o’pka arteriyasiga, so’ng aortaga ya’ni kichik va katta qon aylanish doiralariga o’tadi. (Yoshga oid fiziologiya 1991)

Yurak to’rt qisimdan iborat bo’lib, ular o’ng va chap bo’lmacha, o’ng va chap qorincha.


Yüklə 46,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə