Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə107/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Fakultet Ilmiy-uslubiy
Kengashi raisi: J.komilov


QO’ShIMChA DIDAKTIK MATERIALLAR


YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASHGA QARATILGAN TESTLAR


1- TEST. «SEVGI VA YoQTIRISh MAYLI ShKALASI» TESTI

Oila qurish motivlaridan biri sevgi-muhabbat hisoblanadi. Oilaviy munosabatlarning qay darajada kechishi ko’pincha shu motivga bog’liq. Lekin har qanday inson o’z his-tuyg’ularining sevgi obekti, ya’ni tanlagan kishisiga nisbatan qanday ekanligini bilib olishi kerak. Quyida keltiriladigan test shaxsdagi his-tuyg’ularidan sevgi va yoqtirishning darajasini aniqlashga yordam beradi. Buning uchun shu 14 ta tasdiqlarning ushbu javob variantlaridan birini belgilaysiz: a) ha, bu shunday; b) ehtimol shundaydir; d) u qadar bo’lmasa kerak; e) butunlay unday emas. Bunda iloji boricha tez ishlashga harakat qiling. Bu tasdiqlarning toq va juft o’rinda turganlarining ballarini summasini hisoblash orqali o’zingizdagi hissiyot turini aniqlashingiz mumkin. Buning uchun toq va juft tasdiqlar bo’yicha olgan ballaringizni hisoblab chiqing. Ya’ni toq sondagi tasdiqlar orqali sevgi darajasini, juft sondagi tasdiqlar esa yoqtirish (mayli) darajasini bildiradi. Qaysi shkala bo’yicha ballaringizning ko’p ekanligi, sizning munosabatingizda shu his-tuyg’u turining ustunligini ko’rsatadi. Muhabbat eng qadimiy va navqiron tushuncha. U shu kungacha qarigan emas, bundan keyin ham qarimaydi. U hamisha — Oila psixologiyasi


T a s d i q l a r
1. Men unga mutlaqo hamma narsani ishonishim mumkin. 4 3 2 1
2. Birga bo’lgan vaqtlarimizda bizning kayfiyatimiz doimo mos tushadi. 4 3 2 1
3. U faqat menikidir deb ayta olaman. 4 3 2 1
4. U juda aqlli kishi. 4 3 2 1
5. Uning uchun men mutlaqo hamma narsaga tayyorman. 4 3 2 1
6. Ko’pchilik hollarda, u odamlar bilan tanishgan vaqtlarimizda ularga yoqa boshlaydi. 4 3 2 1
7. O’zimni noxush (yomon) his qilgan vaqtlarimda faqat u bilan suhbatlashgim,
hasratlashgim keladi. 4 3 2 1
8. Biz u bilan qalban o’xshashmiz deb o’ylayman. 4 3 2 1
9. Agar, usiz yashashga to’g’ri kelib qolsa, unda menga juda og’ir (qiyin) bo’lar edi. 4 3 2 1
10. Men unga o’xshagan bo’lishni xohlar edim. 4 3 2 1
11. Unga doimo yaxshi bo’lishi uchun men o’zimni javobgar deb his qilaman. 4 3 2 1
12. U menga nisbatan yaxshi munosabatda ekanligiga ishonchim komil. 4 3 2 1
13. Uning boshqalardan ko’ra, menga ko’proq ishonishini his qilish menga yoqadi. 4 3 2 1
14. U men bilgan qizlar (yigitlar) orasida eng jozibali (yoqimlidir). 4 3 2 1



Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə