Оила психологияси


-TEST. «BU KATTA SEVGIMI YoKI ENGIL-ELPI YoQTIRIShMI?» TESTI



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə108/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

2-TEST. «BU KATTA SEVGIMI YoKI ENGIL-ELPI YoQTIRIShMI?» TESTI

Quyida beriladigan savolli vaziyatlarga mos kelgan javobni tanlasangiz, u holda sizdagi hislaringizning qanday ekanligini bilib olish imkoni tug’iladi. Javob namunasining o’zingizga ma’qulini tanlayotganingizda miyangizga birinchi bo’lib kelgan fikrni tanlash maqsadga muvofiq ekanligini unutmang.


1. Uchrashuvga keta turib, Siz:
a) o’zingiz yoqtirgan ko’ylagingizni kiyasiz;
b) u yoqtirgan ko’ylakni kiyasiz;
d) ko’ylaklaringiz orasida eng yangisini kiyasiz.
2. Siz sevgilingizning ota-onalariga ro’baro’ kelib qolsangiz:
a) Siz bundan juda xijolat bo’lasiz;
b) bu siz uchun yoqimli va qiziqarli;
d) ularga duch kelmasam bo’lardi, deb o’ylaysiz.
3. Agar Sizning sevgilingiz Sizga kitob taqdim etsa:
a) Siz boshqa kitobga almashtirishga tayyorsiz;
b) shunday kitobni orzu qilardim, deysiz;
d) bexosdan «Menda bu kitobdan bor!», — deysiz.
4. Agar u sizga qo’ng’iroq qilaman deb va’da bergan bo’lsa-da, lekin nechundir qilmasa:
a) Siz yig’laysiz;
b) kun bo’yi telefon oldida o’tirasiz;
d) dugonangiz (do’stingiz) bilan aylangani chiqib ketasiz.
5. Agar Siz uning onasiga yoqmasangiz, ya’ni uning onasi Sizni yoqtirmasa:
a) Siz uning onasi talablari bilan hisoblashasiz;
b) uning onasiga yoqish uchun astoydil harakat qilasiz (gul berasiz, yaxshi so’zlashasiz);
d) onasidan yoqtirmaslik sababini so’raysiz.
6. Agar Sizga u biror joyga borishni taklif etsa-yu siz uning moddiy ahvoli tang ekanligini bilsangiz, u holda Siz:
a) xarajatlarni birgalashib to’lashni taklif etasiz;
b) shunchaki sayr qilishni taklif etasiz;
d) biror-bir mavzuda suhbat uyushtirasiz (yangi filmlar, tomoshalar haqida).
7. Janjallashib qolsangiz, janjaldan keyin Siz o’zingizni aybdor ekanligingizni his qilsangiz ham, Siz:
a) uning qo’ng’iroq qilishini, u birinchi bo’lib kelishini kutasiz;
b) undan siz kechirim so’raysiz;
d) o’rtoqlaringizga (dugonangizga) bo’lgan janjalni o’zingizni aybdor ko’rsatmay so’zlab berasiz.
8. Agar sizning sevgilingiz sportni sevsa, Siz:
a) u bilan musobaqalar tomosha qilgani borasiz;
b) uning «xobbi»sini, qiziqishini ma’qullaysiz;
d) uyda yolg’iz qolishni afzal ko’rasiz, gohida uning xobbisi ustidan kulasiz.
9. Siz tasodifan ilgari yoqtirgan kishingiz bilan ko’chada
uchrashib qolsangiz, Siz:
a) u bilan uchrashishdan voz kechasiz;
b) unga, endi boshqa kishini sevishingizni aytasiz;
d) o’tgan damlaringizni eslab, u bilan uchrashuvga rozi bo’lasiz.
10. Sevganingiz bilan uzoq ayriliqdan Siz:
a) yolg’izlikdan qiynalmaslik uchun, dugona yoki do’stlaringiz bilan birga vaqt o’tkazasiz;
b) yolg’izlikda o’zingiz vaqt o’tkazasiz va doimo (sevganingizga) maktublar yozasiz.
d) undan oldingi yoqtirgan odamingiz bilan uchrashishga harakat qilasiz va unga o’zingizni bildirasiz.

Test natijalarini baholash:







Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə