Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə109/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

A

B

D




A

B

D

1.

2

3

1

6.

2

3

1

2.

2

3

1

7.

2

3

1

3.

2

3

1

8.

2

3

1

4.

2

3

1

9.

2

3

1

5.

2

3

1

10.

2

3

1

Test natijalari tahlili:
15 balldan kam: O’zingizni va uni aldashingiz behuda, siz uni sevmaysiz.
15—28 ball: Sizning o’ylashingizcha, Siz uni sevib qolgansiz, lekin buni aniq ishonch bilan aytish asosli emas.
28 balldan yuqori: Siz haqiqatan ham uni sevasiz.
Agar sevsang, muhabbatingga arziydiganni sev. Sevilgan odam Ptolomey yoki Aflotun darajasida bo’lishi shart emas, lekin oz bo’lsa-da, idrok egasi bo’lmog’i kerak. «Qobusnoma»dan.


3-TEST. «SIZ UNI QAY DARAJADA SEVASIZ?» TESTI

Quyidagi test orqali sevgi obektingizga nisbatan sizdagi hisssiyot darajasini bilib olish mumkin bo’ladi. Buning uchun qo’yilgan savolga javoblarning uchtasidan birini tanlashingiz zarurdir va tanlash jarayonida uzoq o’ylamaslik kerak bo’ladi.


1. Siz odamni bir marta ko’riboq, shu onning o’zida sevib qolish mumkinligiga ishonasizmi?
a) nimaga bo’lmas ekan, aslida shuning o’zi haqiqiy sevgi;
b) bunaqasi bo’lmaydi, bu sevgi emas;
d) ba’zan shunaqasi ham bo’lib turadi.

2. Agar Sizning do’stlaringiz unga shubha, nafratli munosabatda bo’lishsa, siz uni sevgan bo’larmidingiz?


a) so’zsiz;
b) o’ylaymanki, ha.
d) hech qachon.

3. Siz u bilan oldin ko’rgan filmingizni yana qaytadan ko’rgani borarmidingiz?


a) agar u buni iltimos qilsa (so’rasa) borgan bo’lardim.
b) buni qilishdan baxtiyor bo’lardim.
d) Siz kinodan so’ng ham uchrashishingiz mumkin.

4. Agar u sizning do’stlaringizga yoqmasa, unda Siz nima qilgan bo’lardingiz?


a) do’stlarim bilan munosabatlarimni aniqlab olgan
bo’lardim;
b) to’g’ri tanlaganligimdan shubhalanardim;
d) bunaqasini tasavvur qila olmayman.

5. U haqda gapirayotgan vaqtingizda dastavval nimani eslaysiz?


a) qaddi-qomatini, yoqimli yuzini, ba’zan chiroyli sochini;
b) aqlini, ma’lumotliligini, tarbiyalanganligini, o’zini tuta bilishligini, gaplashganlikdagi tetik manerasini, ba’zan samimiyligini.
d) nima to’g’ri kelsa shuni, chunki o’zim tanlaganligimning barcha afzalliklarini men sanab o’tishga qodir emasman.
6. Sizlar birga bo’lmagan vaqtlaringizda, u nima bilan mashg’ul bo’lishligini bilasizmi?
a) hozircha Siz o’zingizning raqibingiz (raqibangiz) yo’qligiga ishonasiz, shuning uchun bunaqa arzimagan narsalar bilan boshingizni qotirib o’tirmaysiz;
b) ha, chunki biz doimo oxirgi uchrashuvimizdan so’ng o’tgan vaqtlarda har birimiz bilan nima hodisa ro’y berganligini bir-birimizga gapirib beramiz;
d) biz ikkalamiz ham erkinmiz, shuning uchun u nima xohlasa shuni qilishi mumkin.
7. Bir kunmas bir kun Sizlarning munosabatlaringizga yakun yasalishini tasavvur qila olasizmi?
a) men bu haqda o’ylashga jur’at eta olmayman;
b) erta mi kechmi, bu, albatta ro’y beradi.
d) biz bir-birimizga shu qadar bog’lanib qolganmizki, bunday bo’lishi mumkin emas.
8. Hayot so’zsiz go’zal, faqat ikkovlon bo’lsa?
a) agar odam sevgan bo’lsa, aks holda u buni tasavvur ham qila olmaydi;
b) ha, yolg’izlikda zerikarli bo’ladi;
d) birgalikdagi hayot, faqat bir-birini haqiqatan sevuvchi ikki qalb uchun go’zal.
9. Agar Sizlar ikkovingiz yolg’iz qolgan bo’lsangiz, hayotning «buyuk» masalalari haqida gaplashasizlarmi?
a) bunga deyarli vaqt etmaydi;
b) nimaga kerak?
d) ha, ko’p gaplashamiz.
10. Sizda u bilan tanishgan vaqtingizdagiga qaraganda boshqa odam bo’lib qolganligi haqidagi tasavvur bormi?
a) Siz uni qanday tasavvur qilganigizcha qoldi;
b) u boshqacha odam bo’lib chiqdi, biroq u shundayligicha sizga yana ham ko’proq yoqadi;
d) albatta, u dastlabki daqiqalarda tasavvur etilganidan ideal emas.
Test natijalarini baholash: a b d . a b d





Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə