Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə111/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

2,4,6,8,10,12,14,16 — savollardagi «ha» va
1,3,5,7,9,11,13,15 — savollardagi «yo’q»
javobiga 10 balldan, har bir savol belgisiga 5 balldan qo’shing.


Test natijalari tahlili:
100—160 ball. Siz his-hayajonga beriladigan odamlar turiga mansubdirsiz. Chuqur sevish xislatiga egasiz va vafodor bo’la olasiz, o’z muhabbatingizdan tortinmaysiz va uni namoyon eta bilasiz. Ammo ba’zi bir holatlarda muhabbatingiz Siz uchun qayg’u-alam manbayiga aylanishi, yaqin kishingiz bilan munosabatdagi qiyinchiliklar haqiqiy fojiaga sabab bo’lishi mumkin. Sevgining murakkab san’atini o’rganib olish uchun barcha ko’rsatkichlarga egasiz, chunki sizda sevish va shunday javob his-tuyg’ularini uyg’otish qobiliyati mujassam.
50—99 ball. Siz ta’sirchan insonsiz. His-tuyg’u masalasi hayot uning hamma vaqt ham birinchi o’rinda turmasligini isbotlab bergan bo’lsa-da, siz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday holatlar bo’lganki, tuyg’u butunlay sizni qamrab olgan, biroq bu vaziyatlarda o’zingizni yo’qotish xavfi sizdan yiroq. Realizm, sabr-bardosh, ayrim paytlarda g’urur — aynan shular sizning xatti-harakatingizni boshqarib turadi. O’zgarib turish xususiyatingiz sevgilingiz tomonidan unga nisbatan sovuqlik yoki erkatoylik, deb qabul qilinishi mumkin.
4-test. «Sevgi-muhabbatga loyiqmisiz?» testi.
O‘zbekistonning taniqli yozuvchilaridan bo‘lgan Pirimqul Qodirov ta’kidlaganidek «Sevgi — bu shunday bir ulug‘ va ilo- hiy so‘zdirki, kimdir bu so‘zni bir gap bilan, kimdir ko‘p gap bilan, va yana kimdir aytolmay qoladi». Quyida taklif etilayot- gan test biz oilaviy hayot kechishi yoki kimgadir keraklilik hissi bo‘lishi uchun shaxsning o‘zi bu hisga loyiqligini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun siz quyidagi gaplarni «ha» yoki «yo‘q» so‘zlari bilan tasdiqlashingiz kerak bo‘ladi.

  1. Erkak kishi, menimcha, hamisha ayolga nisbatan faol- roq bo‘lishi kerak.

  2. Men sevimli kishimga hatto arzimas sababga ko‘ra ham shodlik bag‘ishlashni yaxshi ko‘raman.

  3. Begona kishilar orasida sevimli, muloyim bo‘lishdan o‘zimni yo‘qotib qo‘yaman.

  4. Sevimli kishimga o‘zimni nihoyatda zarur, deb hisoblay- man.

  5. Hamkorlikdagi hayotning 15 yilidan keyin xislatlar asosiy narsaga aylanadi.

  6. Men osonlik bilan o‘z his-tuyg‘ularimni namoyon eta- man va ular haqida bamaylixotir gapira olaman.

  7. Farzandlarim, uyim, xislatlarim bo‘lmaganida hayotimni o‘zgartirardim.

  8. Taqdirim bilan bog‘liq bo‘lgan kishi men uchun eng aziz va mehribon inson sanaladi.

  9. Ochig‘ini aytganda, sevgi nima ekanini aytishga qiynala- man.

  10. Men sevadigan inson bilan oramizda yuz berayotgan narsalar juda muhim va asosan o‘zim uchun.

  11. Men sevgilimni sog‘inishdan ko‘ra, uni ko‘proq rashk qilaman.

  12. Taqdir meni bog‘lagan insonni juda sevaman.

  13. Ayrim paytlari sevgan insondan charchab ketaman.

  14. Har doim suyukli kishini shod etishga harakat qilaman.

  15. Ba’zi hollarda bir-birimizni tushunmayotgandek va tur- mushimizni turlicha tasavvur etayotgandek tuyuladi.

16. Oilaviy hayot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun muhim qarorlarni er-xotindan biri qabul qilishi lozim.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə