Оила психологияси



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə113/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Ota-onalarga eslatma
«Bolaning yolg’on gapirishi»
Aksariyat ota-onalar bolaning yolg’oniga juda ranjiydi. Tabiatan bola ertami-kech yolg’on so’zlaydi, shuning uchun bu voqeani g’ayritabiiy hol sifatida qabul qilmang. «Yolg’on gapirish fenomeni» 5-6 yoshda namoyon bo’ladi. 5-6 yoshga qadar, ya’ni 3-4 yoshgacha bolada, asosan xayol surish, yoki fantaziya davri hukm suradi. Yolg’on gapirishning asosiy 4 sababi mavjud:

  1. Bizning maqtovimizga yoki qo’llab-quvvatlashimizga erishish uchun.

  2. Aybni yashirish uchun.

  3. Jazodan qutulish uchun.

  4. O’z qarshiligini bizga ifoda etish uchun.

Shunday ekan, bolani yolg’on gaplardan qaytarish uchun, avvalambor, bolani tinchlantirib, yolg’on so’zlashga asos yaratuvchi «ehtiyojni» bartaraf etish kerak. Buning uchun esa, yuqoridagi sabablarning qaysi biri tufayli bola yolg’on gapirmoqda? Qanday xatoga siz yo’l qo’ydingiz? Shu kabi savollarga o’z-o’zingizga javob bering va uni tahlil qiling. Shuni unutmaslik lozimki, bola tarbiyasi, unga ta’sir etuvchi omillar, avvalo, oila muhitidan boshlanadi. Xalqimizda «bola tarbiyasiga etti mahalla javobgar», deb bejiz aytilmagan. Zero, bola tarbiyasi, avvalo, uning mahallasidan, oilasidan, so’ngra bog’cha va maktabdan boshlanib, keyingi bosqichlarda davom etadi.
Bolada tushkunlik alomat-larining paydo bo’lishi bilan, darhol unga shu xolatdan chiqib ketishga ko’maklashing!
1) bola bilan suhbat qiling, uning ahvoli bilan qiziqing, kelajak haqida gapirib, xamkorlikda rejalar tuzing. Bolani qo’llab-quvvatlab, o’ziga, kelajagiga ishonchni shakllantiring. O’z maqsadiga erisha olishiga umid bering. Bolani xech qachon “qovog’i soliqligida”, “farosatsizligida” ayb-lamang, undan ko’ra, uning shaxsiy fazilatlarini yanada kuchliroq qilib ko’rsating. Bolani chaqqon, a’lochi, omadli tengdoshlari bilan xech qachon taqqoslamang. Bu taqqoslashlar u siz ham past bo’lgan o’z-o’zini qadrlash xissini yanada pasaytirib yuboradi. Undan ko’ra, kechagi xolati bilan bugungi xolatini solishtiringda, ancha ijobiy o’zgarishlarga ega bo’laetganiga unda ishonch xosil qiling.
2) bola bilan astoydil shug’ullaning, yangilikka intiling, u bilan yangi mashg’ulotlar, avval qilmagan ishlarni birgalikda bajarishga urining, bola o’zining kerakligini, sizning mehringizni tuyishi zarur. Bir xillikda kechayotgan turmush tarzingizni ozgina bo’lsa xam o’zgartirishga harakat qiling.
3) o’smir kat’iy kun tartibiga rioya qilishi lozim. Vaqtida dam olishi, yaxshi ovqatlanishi, xarakatli mashqlarni bajarishiga alohida e’tibor bering. Tushkunlik-psixofiziologik jaraen ekanligini unutmang, bunday xolatda o’smirning jismoniy xolatiga e’tibor bering.
Kamqonlik, buqoq, gijja kabi kasalliklar bevosita bola xulqiga ta’sir etadi.
Tarkibida “V” vitamini mavjud maxsulotlar: ko’k piyoz, oq piyoz, mol go’shti, jigarni iste’mol qilgan odamning xotirasi o’tkir bo’ladi.
1 kun davomida 100 gr er yong’oq yoki 2 dona yong’oqni tanovul qilish bilish jarayonlarini mustaxkamlaydi.
Shokolad, asal, urik, semechka, tarvuz va grechkada magniy elementlari mavjud, kaltsiy elementlari: tuxum, baliq, sut maxsulotlarida ko’p, ular nafaqat xotirani mustaxkamlaydi, balki butun organizm faoliyatida muxim axamiyat kasb etadi.
Bodom, pista, no’xat - bularning barchasi fikrlashni, ya’ni tafakkurni mustaxkamlashga, xurmo va anjir kabi mevalar mantiqiy tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi.
Bir kun davomida 100 gramm pishloq yoki 0,5 litr sut bir kunlik kaltsiy normasini tashkil etadi.

Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə