Оила психологияси


Bolaning ruhiy zo’riqishida



Yüklə 2,34 Mb.
səhifə114/121
tarix27.09.2023
ölçüsü2,34 Mb.
#124155
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   121
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Bolaning ruhiy zo’riqishida siz imkon boricha “Tuzukmisan? Seni bir nima bezovta qilaetganga o’xshaydi? Ahvoling yaxshimi? Men qanday yordam berishim mumkin?», deb murojaat qiling. Unga o’z fikrlarini yig’ishga yordam bering, qayta ifodalashdan (“Demak, seningcha....,shundaymi?”) foydalani-shingiz mumkin, ya’ni uni aytgan fikrlarida asosli gaplarini o’ziga qaytadan eshittirishingiz kerak. “Xech nima bo’lmaydi, hammada ham o’ziga yarasha muammolari bor, hamma yashaydi, sen ham shular qatorida chidab, yashaysan!”, degan iboralarni ishlatmang. Chunki, bola irodasizlikni qabul qilishni, o’zini kuchsizligini, keraksizligini tan olishni istamaydilar.
Kelajak bilan bog’lashga urinib ko’ring. “Yaqinlaringni o’ylamaysanmi?”, degan savol o’rniga muammosining echimiga qaratilgan yo’llar haqida birgalikda fikrlashga intiling. Uni kelajak bilan bog’lovchi omillar haqida o’ylang.
Ruxiy taranglikni yuzaga keltirgan sababni aniqlang. Savol-javob orqali avval uni qiynaetgan xolatni aniqlab, so’ngra o’ziga ishonch xissini oshirish orqali muammo echimini birgalikda topishga tayyorligingizni ifodalang.

BOLANI MUHIT TARBIYaLAYDI.

  • Agar bola ko’p tanqid qilinsa – u tergashni o’rganadi.

  • Agar bolaga qarshilik ko’rsatilsa – u urushqoqlikka ko’nikadi.

  • Agar bola ko’p mazax qilinsa – u o’ta tortinchoq bo’lib qoladi.

  • Agar bola ko’p sharmanda qilinsa – u o’zini aybdor deb biladi.

  • Agar bolani ko’p qo’llab-quvvatlashsa – u o’zida ishonch hissini mustahkamlaydi.

  • Agar bolani ko’p maqtashsa – u baholashni va taqqoslashni o’rganadi.

  • Agar bola bilan rostgo’y bo’lishsa – u adolatlikka intiladi.

  • Agar bola xavfsizlik hissi bilan yashasa – u o’ziga yaxshi munosabatda bo’ladi.

  • Agar bola samimiylik va mehr muhitida tarbiyalansa u bu dunyoda mehr – muhabbatni qadrlaydi.




Yüklə 2,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə