Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


O‘qituvchining pedagogik faoliyati



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə28/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

O‘qituvchining pedagogik faoliyati

OLIY O‘QUV YuRTIDA TAShKIL ETILADIGAN TA’LIM JARAYoNIGA QO‘YILADIGAN TALABLAR


Таълим мазмуни
Talabalar- ning o‘quv- bilish faoliyati





O‘qitish vositalari

O‘qitish shakllari

O‘qitish metodlari



Маъруза


Лаборатория машғулоти


Амалий машғулот


Семинар машғулоти
Ўқув ва дала амалиёти

Мустақил таълим
Nazorat, o‘z-o‘zini nazorat
Bitiruv malakaviy ishi


Олинган натижаларни таҳлил қилиш, тегишли ўзгартиришлар киритиш


Oliy ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat yuritayotgan professor- o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida innovastion texnologiyalardan foydalanish yuzasidan muayyan tajribalarni egallash barobarida, olingan natijalarni tahlil qilish, umumlashtirish, talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalaridagi bo‘shliqlarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini belgilash borasida ma’lum qiyinchiliklarga uchrayotganligi sir emas.


Mazkur jarayon jadval tarzida berilmoqda.
Dastlab oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining yaxlitligi va tizimliligini tasavvur etish lozim. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan o‘qitish jarayonining yaxlitligi va tizimliligi tahlil etilganda, avvalo shu muassasasida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘yiladigan talablar, davlat va ijtimoiy buyurtmalarni aniqlab olish zarur.
Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘yiladigan talablar O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o‘z ifodasini topgan.
Mazkur talablar asosida oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan o‘qitish jarayonining ta’lim mazmuni belgilanadi. Mazkur mazmun huquqiy va me’yoriy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.
Oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat yuritadigan professor- o‘qituvchilar zimmasiga mazkur mazmunning muayyan bir qismi, ya’ni belgilangan o‘quv kursi bo‘yicha o‘qitish jarayonini tashkil etish vazifasi yuklatilgan.
Professor-o‘qituvchilar o‘z zimmalariga yuklatilgan kurs mazmunni talabalar ongiga etkazish maqsadida talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etadi. Talabalarning muayyan bir o‘quv kursi bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish uchun o‘rganiladigan mavzu mazmuniga mos holda o‘qitish vositalari, metodlarini maqsadga muvofiq tanlashi, ta’lim mazmuniga mos o‘qitish vositalari, o‘qitish metodlari o‘qitish shakllarida mujassamlashadi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitish shakllariga: ma’ruza, laboratoriya, amaliy va seminar mashg‘ulotlari, mustaqil ta’lim, o‘quv, dala, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlari, bitiruv malakaviy ishlar kiradi.
Professor-o‘qituvchilar mazkur o‘qitish shakllarida pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish yo‘llarini loyihalashi zarur.
Ta’lim-tarbiya jarayonida teskari aloqani amalga oshirish uchun, ya’ni olingan natijalarni tahlil etish uchun talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetenstiyalarini nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayoni yo‘lga qo‘yilishi lozim.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan tashkil etiladigan ta’lim-tariya jarayonining samaradorligini o‘rganish va tahlil qilish natijasi
talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish yuzaki, ya’ni standart o‘quv va test topshiriqlari asosida olib borilayotganligi, umumiy va xususiy kompetenstiyalarni nazorat qilish e’tibordan chetda qolayotganligi, talabalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayoni tashkil etilmayotganligini ko‘rsatdi.
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv kursi mazmuni bo‘yicha test topshiriqlari bankini tuzib, mazkur testlardan My test dasturi vositasida adaptiv test topshiriqlarini yaratib, talabalarning o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayoni tashkil etilmoqda va bu jarayon ta’lim samaradorligining ortishiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuni qayd etish kerakki, talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetenstiyalarini nazorat qilish va o‘z-o‘zini nazorat qilish jarayoni oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas uzviy qismi bo‘lib, mazkur jarayonni maqsadga muvofiq tashkil etilishi ta’lim samaradorligini orttirishga zamin tayyorlaydi.
Har bir o‘quv kursining ta’lim mazmunini tahlil qilish uchun quyidagi nazariy asosga tayanish lozim.
I.Ya. Lerner tomonidan ta’lim mazmunining tarkibiy qismlariga:

  1. Bilimlar (ilmiy tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar);


  2. Faoliyat usullari (ko‘nikma va malakalar);


  3. Ijodiy faoliyat tajribalari;


  4. Qadriyatlar tizimi kiritilgan.


Amaldagi nazorat turlarida aksari hollarda bilimlarga urg‘u berilib, ta’lim mazmunining keyingi uchta tarkibiy qismlari: faoliyat usullari (ko‘nikma va malakalar), ijodiy faoliyat tajribalari, qadriyatlar tizimi e’tibordan chetda qolmoqda.


O‘quv kurslari bo‘yicha tuzilgan test topshiriqlarining aksari reproduktiv darajadagi test topshiriqlari bo‘lib, ishchi dasturda ko‘rsatilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning faqat bilimni aniqlash imkonini beradi. Ko‘nikma va malakalarni aniqlash uchun tavsiya etilgan topshiriqlarning aksari qismi bir xil tarzda tuzilgan bo‘lib, talabalarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish e’tiborda chetda qolayotganligini ko‘rsatdi.
Professor-o‘qituvchilar pedagogik faoliyatida vujudga kelayotgan mazkur qiyinchiliklar talabalar tomonidan o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash va ularni baholash uchun foydalaniladigan nazorat topshiriqlarini xilma-xillashtirish jarayonida vujudga kelayotganligi sababli, shu muammoni yoritish lozim deb topildi.
Shuni qayd etish lozimki, professor-o‘qituvchilar tomonidan talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash uchun tayyorlangan test topshiriqlari shu kurs darsligidan olingan bo‘lib, ularning qiyinlik darajasi reproduktiv, ya’ni o‘quv materiali qayta ishlanmasdan, aqliy operastiyalar bajarilmasdan, xotirada saqlangan ma’lumotlar asosida javob qaytariladigan test topshiriqlari sanaladi.
Mazkur test topshiriqlari talabalarning o‘zlashtirgan bilimlarini yuzaki aniqlash imkonini beradi, bu holatda ta’lim samaradorligini aniqlash ancha mushkul.
Shuningdek, yuqorida qayd etilgan qiyinlik darajasiga ega testlar talabalarda tarkib toptirilgan ko‘nikma va malakalarni aniqlash imkoniga ega emas.
Yuqorida tasvirlangan holat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonining ajralmas qismi bo‘lgan teskari aloqa, ya’ni nazorat va o‘z-o‘zini nazorat jarayoni talab darajasida tashkil etilmayotganligidan dalolat beradi.
O‘qitishda ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o‘zlashtirish darajasini aniqlash jadval tarzida berilmoqda.
Talabalar tomonidan ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan ijodiy faoliyat tajribalarini aniqlashda foydalaniladigan nazorat turlari talabalar tomonidan aqliy operastiyalar: tahlil, sintez, taqqoslash, qiyoslash, umumlashtirish va xulosa yasashni, ya’ni ijodiy fikr yuritishni talab etadi.

Yüklə 462,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə