Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi


prinstip. Test topshirig‘i mazmunining variativligi prinstipi



Yüklə 462,37 Kb.
səhifə38/82
tarix28.11.2023
ölçüsü462,37 Kb.
#135475
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82
Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash (1)

prinstip. Test topshirig‘i mazmunining variativligi prinstipi.

Test topshirig‘i birinchi marta amaliyotga joriy etilganda, ularning mazmuni talabalarga ma’lum bo‘lib qoladi va test javoblari xaqidagi axborotning chetga chiqib ketish hollarining oldini olish uchun, mazkur prinstip test savollari va javoblarini ko‘p variantli qilish, ularni almashtirib, yangilab turishni taqoza etadi. Bu holatda test topshiriqlarining mazmuni va uni bajarish qiyinchilik darajasini saqlash talab etiladi.


    Test topshiriqlariga qo‘yiladigan talablar.

Test topshiriqlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:


  • Test topshirig‘i mazmunining to‘g‘riligi;


  • Savolning mantiqiy jihatdan to‘g‘ri tanlanishi;


  • Test topshirig‘i shaklining to‘g‘riligi;


  • Test topshirig‘ining savol va javobning qisqaligi;


  • Test topshirig‘i elementlarining to‘g‘ri joylashganligi;


  • Test topshirig‘ining to‘g‘ri javoblari bir xil baholanishi;


  • Talabalarga test topshirig‘ining bajarish bo‘yicha bir xil ko‘rsatma berilishi;


  • Ko‘rsatmalarning test topshirig‘i va mazmuniga mosligi.


Bundan tashqari test topshiriqlari Davlat test markazi tomonidan belgilangan talablarga javob berishi lozim.


Test topshiriqlarini tuzishda mazmun asosiy o‘rinni egallaydi, shu sababli o‘quv kursi mazmunidagi bilimlarni aniqlash va ularga mos o‘quv maqsadlariga erishish darajasini belgilaydigan test topshiriqlarini tuzish maqsadga muvofiq.
Professor-o‘qituvchilar o‘rganiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqqan holda Blum taksonomiyasiga asosan o‘quv maqsadlarini aniqlashi va shu asosda mashg‘ulotlarni tashkil etishi lozim. O‘quv maqsadlarini mashg‘ulotning
didaktik maqsadlariga muvofiq belgilanishi ta’lim samaradorligini aniqlash va kamchiliklarga barham berilishiga zamin tayyorlaydi.
O‘quv maqsadlari taksonomiyasi Benjamin Blum - tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘z ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo‘llash, tahlil qilish, sintezlash, baholash kabilarni o‘z ichiga oladi8.
Blum taksonomiyasini quyidagicha izohlash mumkin:





Yüklə 462,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə