Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


§ 2.3. XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

§ 2.3. XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari 
Xiva xonligining qo‗shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalarini
o‗rganish uning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari majmuida ko‗rib chiqsak
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Sababi, O‗rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan 
tashqi iqtisodiy aloqalari so‗nggi o‗rta asrlarda yildan – yilga tobora jadallashib 
borganligi va Rossiya tovarlari O‗rta Osiyo xonliklari orqali Xitoy, Hindiston , 
Eron va boshqa mamlakatlarga kirib borganligi kuzatiladi.
Demak, Xiva Rossiya bilan na faqat siyosiy va iqtisodiy munosabatlar 
o‗rnatgan, hattoki u Rossiyaning sharq davlatlari bilan aloqasida vositachi davlat 
ham bo‗lgan. Rossiyaning Xiva va Buxoroga va ular orqali sharq
davlatlariga jo‗natgan savdogarlari va missiyalarining yozma bildirishnomalari, 
hisobotlari biz uchun manba vazifasini o‗taydi, chunki ularda Xiva xonligining
siyosiy va iqtisodiy hayoti haqida batafsilroq malumotlar talayginadir. 
Masalan: N.A.Xalfin Rossiyaning O‗rta Osiyo xonliklari bilan savdo 
munosabatlarida xivaliklarning muhum rol o‗ynashini ta‘kidlagan. Xivaliklar 
tuyalarda tovarlar bilan Buxoroga borishgan, u erda buxoro tovarlari va chet el 


mollarini olib Orengburg, qirgiz cho‗llari orqali, yoki Mang‗ishloq va Kaspiy 
dengizi orqali Astraxanga borishgan
75
.
O‗rta Osiyo bilan Hindiston va Afg‗oniston o‗rtasidagi iqtisodiy-savdo 
aloqalari to‗g‗risida XIX asrning 30-yillari boshlarida maxfiy topshiriq bilan 
Buxoroga safar qilgan ingliz agenti Aleksandr Borns ko‗p xarakterli ma‘lumotlar 
beradi. A.Borns Astrobod bilan Xiva savdo aloqalari yo‗lning notinchligi va 
doimiy hujum xavfi tufayli unchalik taraqqiy etmaganligini bayon qiladi. 
Astrobodga bir yilda bitta yoki ikkita Xiva karvoni kelgan bo‗lib, ularning har 
birida 80 yoki 100 tuya yuk keltirilgan. Borns xabariga ko‗ra, Xiva bilan Astrobod 
oralig‗i karvon uchun xatarli bo‗lganligi sababli savdo karvonlari Kaspiy 
dengizining sharqiy qirg‗oqlari bo‗ylab yurgan
76

XIX asrning 30-yillari boshlarida O‗rta Osiyo bozorlarida ingliz va rus 
tovarlari o‗rtasidagi raqobat tobora kuchaya boradi. Shu davrlarda ingliz tovarlari 
Afg‗oniston orqali O‗rta Osiyo xonliklariga, rus tovarlari esa O‗rta Osiyo 
xonliklari orqali Afg‗onistonga ko‗proq kirib kela boshlaydi. Natijada afg‗on 
savdogarlari xalqaro savdo munosabatlariga tobora keng jalb qilina boshlangan. 
A.Borns xabariga ko‗ra, afg‗on savdogarlari rus yarmarkalariga ham tashrif 
buyurishgan. Buxoro savdogarlari afg‗on savdogarlarining ingliz tovarlarini O‗rta 
Osiyo bozorlariga olib kelayotganligidan narozi bo‗lishgan
77

1838 yilda Qandahor, G‗azna, Kobul, Qunduz, Balx, Buxoro kabi Xiva 
karvonsaroylari ham nil bo‗yog‗iga to‗lib ketgan. Ma‘lumotlarga ko‗ra 1838 yil 
Buxoro bozorlarida nilning pudi ikki tillo-yu to‗rt yoki besh tangadan sotilgan. 
Lekin o‗sha yillardagi bo‗yoqlar sifati avvalgilardan ancha past bo‗lgan ekan. 
Shuning uchun nilning narxi tushib ketgani rost emish. Bundan avg‗on 
savdogarlari sezilarli zarar ko‗rishgan. 1838 yili har bir tuya yukdan (16 pud) bir 
tillodan zarar ko‗rilgan ekan
78

75
Хаlfin N.А. Rоssiya i хаnstvа Srеdnеy Аzii (pеrvаya pоlоvinа XIX v.). M., 1974.
76
Bоrns А. Putеshеstviе v Buхаru. CH. III. M., 1949. c. 172. 
77
Sоkоlоv А.YA. Tоrgоvаya pоlitikа Rоssii v Srеdnеy Аzii i rаzvitiе russkо-аfgаnskiх tоrgоviх оtnоshеniy. T. 
1971. s. 38. 
78
Svеdеniya о prоizvеdеniyaх i tоrgоvlе Buхаrii. Vir. iz jur. «Mаnufаkturа i tоrgоvlya». 1840. Хmir kоl. Srеdnyaya 
Аziya. T. 1. 


Orenburg general-gubernatori Perovskiy ham afg‗on savdogarlarining 
Buxoro va Xivaga ko‗plab ingliz tovarlarini olib kelayotganligini e‘tirof qilib, 
ularni rus tovarlariga nisbatan ancha past narxlarda sotayotganligidan mamnun 
bo‗lgan. Biroq, shunga qaramasdan ingliz tovarlarining xaridorlari kam. Buning 
sababi afg‗onlar ingliz tovarlarini Buxoro va Xiva tovarlariga ayirbosh qilmasdan, 
faqat naqd pulga sotishadi, deb ta‘kidlagan edi
79

Afg‗onistonning ichki va tashqi tranzit savdo aloqalarida mamlakatda 
yashovchi afg‗on savdogarlari kabi tojiklar, hindlar va eronlik savdogarlar katta rol 
o‗ynagan. Ko‗chmanchi afg‗on qabilalari hisoblangan povinda vositachi rolini 
bajargan. Elfinston ma‘lumotiga ko‗ra, povinda orasida XIX asr boshlarida 3000 
f.sterl. boylikka ega bo‗lgan bir nechta savdogarlar bo‗lgan. Ular O‗rta Osiyo bilan 
Hindiston o‗rtasida hamkorlik qilgan. 
XIX asrning 40-yillarida Rossiyada Xiva xonligi haqida bir qator maqolalar 
e‘lon qilina boshlaydi. Jumladan, 1840 yilda e‘lon qilingan G.Gilmersenning 
―Xiva, v nineshnem svoem sostoyanii‖ maqolasida Xivaning Afg‗oniston bilan 
savdo qilishi, hattoki, Xivada 15 afg‗on oilasi yashaganligi, ular asosan savdo 
qilish uchun Xivaga kelishganligi, ba‘zilari tabiblik bilan ham shug‗ullanganligi 
ta‘kidlangan
80
.
U makolada karvonlardan boj solig‗i pul bilan olinishi va aniq soliq miqdori 
belgilanmaganligi, soliq avval Urganchda, keyinchalik Xivada olinganligini xabar 
kiladi. U xonlikning qovun, tarvuz, qovoq, sariq va oq sholg‗om, turup, sabzi, 
qand, no‗xot, piyoz, turk loviyasi, bodring, kartoshka kabi ekin turlari haqida 
ma‘lum kilib, Xivaning ho‗l mevalarga boy emasligi sababli juda qimmat 
bo‗lganligini va uni faqat badavlat kishilar sotib olishganligini ta‘kidlagan. Mayiz 
va jidda Mashhaddan keltirilgan va u aroq tayyorlashda ishlatilgan. Bir pud Eron 
mayizi 16 tanga (8 rub.) turgan. Mahalliy uzumdan kuchsiz aroq tayyorlangan va 
uning bir shtofi (chelakning o‗ndan bir qismiga barobar keladigan vino, aroq 
o‗lchovi va shu miqdordagi aroq, vino) 5 tanga turgan. Bir funt olma Xozaraspda 
79
Sоkоlоv А.YA. O‘shа аsаr. s.38. 
80
Gilmеrsеn G. Хivа v ninеshnеm svоеm sоstоyanii. Vir. «Оtеchеstvеnniе zаpiski». 1840. s. 105. 


taxminan 10 kop. bo‗lgan, tarvuz va qovunlar arzon bo‗lib, katta qovun 3 kop.dan 
5 kop.gacha sotilgan. Gilmersen Xiva qo‗shinlari qilich, nayza, miltiq bilan 
qurollanganligi, sardorlari sovut kiyganligi, sovut Erondan keltirilganligini 
ta‘kidlagan
81

1840 yilda bosilib chiqqan iikinchi maqolada Xivanig ichki va tashqi savdo 
aloqalari to‗g‗risida ma‘lumot berilgan. Mamlakat ichki savdosi unchalik muhim 
bo‗lmay, unda asosan g‗alla va mayda narsalar, qullar sotilganligi xabar qilingan.
Mazkur maqolada Xiva butun Osiyoning savdo yo‗llari kesishgan joyda 
joylashgan, undan Hindiston, Xitoy, Eron, umuman Sharqiy va Janubiy Osiyo 
mamlakatlariga boradigan yo‗llar boshlanadi, deb uning geografik jihatdan qulay 
ekanligini e‘tirof qila turib, yana Xivaning cho‗l zunasida joylashganligi uchun 
o‗zining mahsulotari bilan keng savdo qilolmaydi, deb qo‗shib qo‗yilgan. Xiva 
Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo‗llari kesishgan joyda joylashgani 
uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o‗taydigan joy bo‗lib qolgan. Sartlar 
Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib, ularni Orenburg va Astraxanga 
etkazib bergan va u erda o‗z tovarlarini yupqa movut, barxat, kumush, tillo, qand, 
igna, ustara, pichoq, yupqa bo‗z, ko‗zgu, qog‗oz, mis, qo‗rg‗oshin va cho‗yan 
idishlar, hamda boshqa Evropa tovarlariga ayirbosh qilgan
82
.
1840 yillarda Buxoroda bo‗lgan Xanikov Buxoroning Xiva bilan savdo 
munosabatlari haqida ma‘lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o‗tish qiyinligi 
sababli Buxoro Xivaga kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari jo‗natgan. 
Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan. Muallifning 
yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom ettirish qiyin, 
shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho‗yan va teri buyumlarini ko‗proq sotib 
olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining bir qismi Buxoroga ham olib 
borilgan
83
.
Xiva xonligi haqidagi ma‘lumotlardan biri 1843 yili «Manufaktur i 
81
O‘shа аsаr. s. 117, 121. 
82
Хivа, ili gеоgrаfichеskое i stаtistichеskое оpisаniе Хivinskоgо хаnstvа, sоstоyashеgо tеpеr v vоynе s Rоssiеy, 
zаimstvоvаnnое iz rаzniх оtеchеstvеnniх i inоstrаnniх pisаtеlеy, s izоbrаjеniyami kоstyumоv i vidа gоrоdа Хivi. 
M.: 1840. s. 79. 
83
Хаnikоv N. Оpisаniе Buхаrskоgо хаnstvа. SPb., 1843. 


torgovlya» jurnalida nashr qilingan maqola hisoblanadi. Unda yozilishicha, 
Rossiya, Eron, Qo‗qon va Buxorodan metal buyumlar: qo‗rg‗oshin, mis, temir, 
cho‗yan oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo‗li orqali Rossiya, Eron va 
Buxoroga olib borilgan. 
Maqolada 1837 -1838 yillardagi tillo va kumush tangalar kursining 
muntazam o‗zgarib turishi haqida ma‘lumot beriladi. Xabardan Xivada muomalada 
bo‗lgan pullar kursi haqidagi ma‘lumot ham o‗rin olgan. Unda yozilishicha Xivada 
tillo pul zarb qilingan. 1 tillo 26-35 tanga yoki 15 rub.ga teng kelgan, 2 tanga 
(kumush pul) 1 abbosiy chaqaga teng kelgan, 1 abbosiy 1 rub.ga tenglashtirilgan. 
Demak, 1 tillo qiymat jihatidan 15 rub.ga mos kelsa, u holda 1 tanga 50 rus kop.ga 
to‗g‗ri kelgan. O‗sha paytda tillo va mis narxi oshib ketgan, ammo Erondan 
olinadigan kumush narxi pasayib ketgan ekan, tillo 15 rub.ga ko‗tarilgan. 
Mazkur makolada Xiva orqali Rossiya Eron va Buxoro bilan savdo qilishi 
va Xivadan ketadigan tuyadan bir zolotnikdan, Xivaga kirib keladigan tovarlardan 
esa 1/40 miqdorda soliq olinishi xabar qilingan. Bozorlarda va savdo bo‗ladigan 
joylarda boj solig‗i olingan. Sotilgan tuya uchun xazinaga 3 rub., ot, ho‗kiz va 
qoramol uchun 1 r,, qo‗ydan 50 kop. soliq olingan
84
.
G.I.Danilevskiyning «Opisanie Xivinskogo xanstva‖ asaridagi ma‘lumotlar 
orasida Xivaning Qo‗qon kabi Hirot va Mashhad bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri savdo 
aloqalariga ega emasligi, vaholanki, savdo karvonlari Erondan to‗g‗ri Marv orqali 
o‗tib, Xiva xonligining hech qaerida to‗xtamay to‗g‗ri Buxoroga o‗tib ketishi qayd 
etilgan. U Xiva xonligi haqidagi barcha ma‘lumotlarni tahlil qilib, Xiva uchun
yagona va mumkin bo‗lgan savdo Rossiya bilan savdodir, degan xulosaga kelgan. 
Xivaliklar o‗zining karvonlirini rus tovarlari bilan to‗ldirib Xivaga olib ketishi 
mumkin, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar kabi, G.I.Danilevskiy Xivada 
musulmon savdogarlardan 2%, rus savdogarlaridan 5% boj solig‗i olinganligini 
ta‘kidlaydi. Masalan deydi u, 1842 yil Rossiyaga keltirilgan va olib ketilgan 
tovarlar 700000 rub.gacha etgan bo‗lib, boj solig‗i 35000 rub.ni tashkil qilgan
85
.
84
Svеdеniya о Хivinskоm хаnstvе. Vir. iz jur. ―Mаnufаktur i tоrgоvlya‖. 1843. Хmir. kоl. T. 9. S. 105, 129, 130, 
149.‖ 
85
Dаnilеvskiy G.I. Оpisаniе Хivinskоgо хаnstvа. ZIRGО, 1851. Kn.: 5. s. 136. 


1850-54 yilarda Rossiyaga Buxorodan Orenburg va Troitsk orqali 1193 r. 43 
k.lik jami 60 p. 51 f., Toshkentdan Troitsk orqali 21300 r.27 k.lik 1,317p. 34 f. 
choy keltirilgan. Demak, choy asosan Xitoydan Toshkent orqali Rossiyaga ko‗prok 
keltirilgan ekan. 1853 yilda Xivadan Rossiyaga 160 r.s.ga 4 pud indigo 
keltirilgan
86

P.Nebolsin ma‘lumotlariga ko‗ra, XIX asr o‗rtalarida Xiva Eron va Buxoro 
bilan savdo qilgan bo‗lib, Erondan, deyarli birgina Mashhaddan Xivaga uzunligi 
36 arshin (0,711 metrga teng uzunlik o‗lchovi), ya‘ni 25 metr) va eni 11-12 
vershok (4,4 sm ga barobar uzunlik o‗lchovi) ya‘ni 48,4-52,8 sm lik) mayda gullik 
va qirg‗oqlari yashil yirik guldastali chit o‗ramlari keltirilgan. Bunday chitlarning 
bir bo‗lagi 1,5 tillodan 2 tillagacha sotiladi. Bu tovarlar evaziga Xiva Eronga tanga 
pul, rus va mahalliy charm, rus movuti, xiva ipagi, kunjut va boshqa buyumlarni 
chiqaradi. Xivaga Koshg‗ardan Qo‗qon orqali ko‗k choy keltirilgan
87
.
XIX asr 70-yillarida nashr qilingan maqolada Xivaning Astrobod bilan 
savdo aloqalarida yovmud turkman qabilasi faol ishtirok etgan bo‗lsa, cho‗l orqali 
Mashhad Buxoro savdosida esa tekya turkman qabilalari qatnashganligi hikoya 
qilinadi. Cho‗l xududlaridan Xivaga va u erdan Buxoroga asosan qullar, otlar, 
tuyalar, qo‗ylar, gilamlar, kiygiz va mayda qaqir-ququrlar olib borilgan. Qullar 
fakat pulga sotilgan, kolganlari esa ayirbosh qilingan. Xiva va Buxorodan g‗alla, 
qo‗zi terisi, rus metal buyumlari va ip gazlamalar turkman qabilalariga 
chiqarilgan
88
.
Xiva va cho‗l xududlari orqali savdo aytaylik asrlar davomida davom etib 
kelmaganda edi, XIX asrning 70-yillarida bu darajadagi savdo haqida gap bo‗lishi 
ehtimol edi. Xulosa shulkim, Xiva va Turkmanlar yurti o‗rtasidagi savdo o‗ziga 
xos xususiyatga ega bo‗lganki, buni sotiladigan tovarlar ro‗yxati ham tasdiklaydi. 
Xivaning
Astrobod bilan savdosi esa yovmud qabilalari orqali amalga oshirilgan 
bo‗lib, yovmud turkmanlari 100-150 tuyada taroq uchun ishlatiladiga qoraqayin 
86
Grigоrеv V.V. Rаzbоr sоchinеniya P.I.Nеbоlsinа: ―Оchеrki tоrgоvli Rоssii s Srеdnеyu Аziеyu‖.1856. s. 175. 
87
Nеbоlsin P. Оchеrki tоrgоvli Rоssii s strаnаmi Srеdnеy Аzii, Хivоy, Buхаrоy i Kоkаnоm. SPb., 1856 
88
Nаshi slsеdi v Srеdnеy Аzii. Хivа i Turkmеniya s bоlshоyu kаrtоyu. SPb., 1873. s. 34. 


daraxti va unchalik ko‗p bo‗lmagan neft keltirishgan. Eronga chegaradosh 
turkmanlar ot, tuya, qo‗y, gilam, to‗z, neft chiqargan, uning o‗rniga Erondan qurol, 
yog‗och, porox, tamaki, bo‗yok va mevalar keltirilgan
89

Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko‗rsatmalari, 
fundamental asarlar, hamda rus axborotida e‘lon qilingan maqolalar bizga Xiva 
xonligi haqida, qolaversa xonlikning tashqi iqtisodiy aloqalari to‗g‗risida muhim 
ma‘lumotlarni berishi bilan hanuzgacha o‗z qadrini saqlab qolmoqda. Ko‗rib 
o‗tganimizdek, Xiva xonligi XIX asrda Rossiya bilan juda yaqin savdo-iqtisodiy 
munosabatlariga kirishgan. Xonlik an‘anaviy savdo aloqalarini davom ettirgan 
holda Buxoro, Eron va Hindiston bilan ham munosabatlarni jadallashtirgan. 
Hattoki, xonlik Rossiya bilan sharq davlatlari o‗rtasidagi savdo munosabatlarida 
vositachi davlat vazifasini ham bajargan. 
Biroq Rossiya O‗rta Osiyoni bosib olish maqsadlarida Angliya manfaatlari 
bilan to‗qnash kelib qoldi. 
1764 yili Hindistondan Fransiyani siqib chiqarilib, uning mustamlakasiga 
aylantirilishi natijasida Buyuk Britaniya «nigohini» O‗rta Osiyoga qaratilishi 
Rossiyani tashvishga solib qo‗ydi va bu ikki imperiya o‗rtasida o‗zaro raqobat 
ko‗chaydi. Inglizlar josuslik maqsadlarida 1824 yili Markfordni, 1831 yili A. 
Byornsni Buxoroga, 1843 yili kapitan Ebbortni Xivaga, Volerni Buxoroga yuborib, 
O‗rta Osiyo to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗play boshladilar. 1838-1842 yillarda ingliz-
afton urushlari natijasida mag‗lubiyatga uchrasada O‗rta Osiyo bozorini qo‗lga 
kiritish maqsadidan voz kechmagan edi. Angliya hukumati 1841-1842 yillarda o‗z 
maqsadlarini ko‗zlab Rossiyaning O‗rta Osiyoni istilo qilishining oldini olish 
maqsadlarida Stoddart va Kannolini xonliklariga maxsus missiya bilan yubordi. 
Xonliklarning harbiy kuchlarini birlashtirishga Qo‗qon va Xiva xonlari (Sheralixon 
va Olloqulixon) rozi bo‗lishdi. Buxoro amiri Nasrullaxon esa ingliz elchilarini qatl 
qildirdi. Chor Rossiyasi va xonliklar o‗rtasida nifoq urug‗ini sochib, undan 
ustakorona foydalandi. Podsho Rossiyasining O‗rta Osiyoni tezroq eg‗allashidan 
asosiy maqsadlari nimalardan iborat edi?
89
O‘shа аsаr. 123-b. 


1. Bu davrda Rossiya - G‗arbiy Evropa mamlakatlari va AQSHdan iqtisodiy 
jihatdan orkada qolayotgan edi: 1860 yil Rossiya Fransiyadan 7,2 barobar, 
Gyormaniyadan 9 barobar, Anliyadan 18 barobar kam sanoat mahsuloti ishlab 
chiqargan edi. Ishlab chiqarilgan mahsulotining sifati past, tannarxi esa yuqori edi. 
SHu sababli rus tovarlari Evropa bozorida raqobatga bardosh beraolmas edi. 
Rossiya uchun yangi bozor tekin xom-ashyo manbai kerak edi. 
2. 1855-1857 yillardagi Qrim urushida Rossiyaning mag‗lubiyatga uchrashi 
natijasida Bolqondagi «orzusini» amalga olmaganligi O‗rta Osiyoning ahamiyatini 
yanada oshirdi. Ikkinchi tomondan urushda Angliyani Turkiya tomonidan turib 
Rossiyaga qarshi urushganligi uchun «otni qamchilab O‗rta Osiyoni bosib olish 
unga dimlomatiya tarsakisini» bermoqchi bo‗ldi. 
3. AQSHdagi 1861-1862 yildagi fuqarolar urushi natijasida Amerika 
paxtasini Evropa va Rossiyaga kelmay qolishi natijasida Rossiya engil 
to‗qimachilikni qiyin ahvolga solib qo‗ydi. Natijada Rossiyaning O‗rta Osiyoga 
nisbatan tajovuskorlik harakati tezlashdi. O‗rta Osiyoni Rossiya tomonidan bosib 
olinishi istilochilik va bosqinchilik harakati edi. 
Chor Rossiyasining O‗rta Osiyoni bosib olish harakatlarini 3 davrga bo‗lish 
mumkin. Birinchi davr: Chor Rossiyasining O‗rta Osiyoni bosib olish harakatlari 
XVIII asr boshlarida boshlangan edi. Birinchi intilish podsho Petr 1 zamonida 
1714-1717 boshlangan edi. Ilk bor buyuk davlatchilik nuqtai-nazaridan turib O‗rta 
Osiyoning boyliklariga ko‗z olaytirgan Petr 1 edi. SHu maqsadda 1714 yili 
Preobrajenskiy polkining poruchigi knyaz Aleksandr Bekovich-CHerkasskiy 
boshchiligida yuborilgan ekspeditsiya Kaspiy dengizining Sharqiy kirgoklarini 
o‗rganib, Krasnovodsk kultigida istehkom qurishi, Xiva xonligiga etib borib xonni 
rus fuqaroligiga o‗tishga undashi, undan Buxoroga o‗tib amirni ham Rossiya 
panoxiga o‗tkazishi kerak edi. Amalda ekspeditsiya Krasnovodsk qo‗ltig‗ida 3 ta 
istehkom qurdi. Askarlarni bezgak va boshqa kasalliklar bilan qirilib ketishi 
natijasida ekspeditsiya 1716 yili Astraxanga kaytib ketishga majbur bo‗ldi. 
Kapitan Ivan Buxgols boshchiligidagi ikkinchi ekspeditsiya 3727 piyoda 
617 ta otliq, 2000 kazak askarlar, 230 dengizchi va 22 ta to‗p bilan 1715 yilning 


boshida Tabolsk yo‗liga chiqib Irtish daryosi bo‗ylab suzib bordi va Yalishev qo‗li 
yonida qal‘a qurdi. Ekspeditsiyami janubga yurishga qalmiqlarning hujumi yo‗l 
qo‗ymadi va qaytishda 1716 yili Omsk qal‘asini qurib qoldiradi. Ikkala 
ekspeditsiya ham o‗z oldiga qo‗yilgan vazifalarni to‗liq bajara olmadi. 
1717 yilda poruchik Bekovich-Cherkasskiy boshchiligidagi yangi tuzilgan 
ekspeditsiya Orol dengizining - G‗arbiy sohili bo‗ylab Amudaryo orqali Xivaga 
etib SHerg‗ozixon bilan muzokaralar olib boradi. Sherg‗ozixon xiyla ishlatib 
ekspeditsiya a‘zolarini qirib tashlaydi. Bekovich-Cherkasskiyning boshini esa Xiva 
bozori darvozasining tepasiga osib qo‗yadilar. Qurilgan qal‘alarni esa turkmanlar 
buzib tashlashadi. Shunday qilib, Petr I ning qabih niyatlari shu tariqa amalga 
oshmay qoladi. Petr I Buxoro xonligini o‗ziga tobe qilish maqsadida 1718 yilda 
elchi F. Benevenini maxsus topshiriqlar bilan Buxoroga yuboradi. Podsho josus 
elchi orqali xonlikning iqtisodiy, harbiy, fuqarolik va diplomatik ahvoli haqida 
etarli tasavvurga ega bo‗lmoqchi edi. F. Beneveni 1721 yilda Buxoroga etib kelib, 
o‗z faoliyati davomida turli ma‘lumotlarni podshoga etkazib ham turdi. 
Bu vaqtda ya‘ni, XVIII asrning birinchi choragida ko‗chmanchi Qozoqlar 
Yoyiq daryosi va Kaspiy dengizidan Xiva xonligi chegarasiga bo‗lgan ulkan 
hududda Katta, O‗rta va Kichik juzga bo‗lingan holda istiqomat qilar edilar. Qozoq 
sultonlari o‗rtasidagi o‗zaro urushlar ularni tobora zaiflashtirayotgan edi. SHu 
hududda yashagan qalmiqlar ham tez-tez Qozoqlar ustiga yurish qilib, qonli 
to‗qnashuvlar bo‗lib turar edi. 1723 yildagi ocharchilik Qozoqlarga yana qimmatga 
tushdi. Ular nochor axvolda tashkaridan yordam kutdilar. Kichik juz oqsoqoli 
Abulxayrxon 1730 yilga kelib . Rossiya davlatiga murojaat qilib, o‗z juzining 
Rossiya panoxiga olishini suradi va 1732 yilda kichik juz Rossiya imperiyasi 
himoyasiga o‗tdi. Abulxayrxon chul orqali O‗rta Osiyoga o‗tadigan va u erdan 
qaytadigan rus savdo karvonlarini talonchilik hujumlaridan himoya qilishni o‗z 
zimmasiga oldi. Keyinroq 1739-1740 yillarda O‗rta juz, 1747 yilda Katta juz ham 
Rossiya tobeligiga olindi. Kichik, O‗rta va Katta juzlarning Rossiya tobeligiga 
o‗tishi bilan rus hukumatining O‗rta Osiyo tomon harakat qilishi uchun qulay 
imkoniyat yuzaga keldi. 


 Ikkinchi davr: Chor Rossiyasi, uning keyingi podsholari to XIX asrning 
ikkinchi yarmigacha asosan o‗zining elchilarini josus sayyohatchilarni yuborish 
orqali Osiyoning tabiatini, boyliklarini, harbiy, iqtisodiy imkoniyatlarini" 
o‗rganishga kirishadi. Birgina Nikolay I podsholigi (1833-1855) va Aleksandr II 
podsholigi (1855-1881) davrlar Qozog‗istonda 103 ga yaqin harbiy qal‘a va 
tayanch punktlari quriladi. 1840 yilning noyabrida Orenburg gubernatori general-
mayor V. A. Perovskiy 2 ta zambarak, 40 ta arava, hamda 5000 piyoda askar, 
10000 tuyadan iborat harbiy askari bilan Xivaga qarshi yurish boshladi. Biroq 
cho‗ldagi qattiq sovuqlar, kiyim-kechak va suvni. etishmasligi natijasida kasallik 
ko‗payadi. Petrovskiy esa orkaga kaytib ketishga majbur bo‗ladi. Endi Rossiya 
xonliklar bilan diplomatik (ko‗prok josuslik maqsadida) va savdo aloqalarini 
kuchaytirishga harakat qila boshladi. Shu bilan bir vaqtda Rossiya barpo etilgan 
istehkomlarda urush uchun zarur bo‗lgan qurol-aslaha,oziq-ovqat zahiralari, 
bosqinchilik uchun yurishlarda qo‗l keladigan barcha zaruriy ashyolarni tayyorlab 
bordi va XIX asrlarning ikkinchi yarmida faol harakatlarni boshlab yubordi. Bu 
uchinchi davr 1852 yildan boshlandi. 
Xiva - Rossiya munosabatlarida muhim jihat shunda ediki, o‘zaro savdodan 
har ikkala davlat ham birdek manfaatdor edi. 
Xiva savdogarlari uchun Rossiyaga boradigan savdo yo‘llari xavfsiz edi. 
Shuningdek, Xiva xonligida Rossiya zavod va fabrikalari ishlab chiqargan tayyor 
iste‘mol tovarlariga ehtiyoj baland edi. Ayni paytda Rossiya Xiva xonligjga o‘z 
tovarlarini sotadigan bozor deb qarar edi. Rossiya tovarlari Yevropaning ilg‘or 
davlatlari tovarlari bilan raqobat qila olmayotgan bir davrda bu juda muhim edi. 
Ikkinchidan, Xiva xonligi, Rossiya sanoati uchun zarur xomashyo mahsulotlarini 
arzon narxlarda yetkazib beruvchi o‘lka ham hisoblanardi. 
Biroq har ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarining qaror 
topishiga to‘sqinlik qilgan omillar ham mavjud bo‘lgan. Bular: savdo karvonlariga 
hujum qilish xavfming mavjudligi, har ikki taraf tomonidan Kichik juz qozoqlarini 
va qoraqalpoqlarni o‘z fuqarolari deb hisoblashlari; shuningdek, har ikki 


tomonning o‘zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida uzoq vaqt bk 
to‘xtamga kela olmaganliklari bilan bog‘liq edi. 
N. Muravyov ekspeditsiyasi.Rossiya hukumati - 1819- yilda Xivaga rus 
armiyasi zobiti N. Muravyovning ekspeditsiyasini jo‘ natdi. Ekspeditsiyaning 
maqsadi turkmanlar yerini, Xiva xonligining turkmanlar bilan munosabatini hamda 
yangi savdo yo‘li ochilishi (Xiva - Turkmanlar yeri - Kaspiy dengizining sharqiy 
qirg‘og‘i - Boku - Astraxan) istiqbollarini o‘rganish edi. 
Ekspeditsiya dastlab turkmanlarning yovmut qabilasi joylashgan hududda 
bo‘ldi. Yovmutlarning Rossiya fuqaroligiga o‘tish istaklarini o‘igandi. Shundan 
so‘ng N. Muravyov Xivaga yo‘1 oldi va Rahimxon qabuliga kirishga ham 
muvaffaq bo‘ldi. Biroq Xiva xoni savdo yo‘lining o‘zlashtirilishiga rozi bo‘lmadi 
va o‘rta Osiyoning boshqa xonliklari bilan munosabatlarida Rossiya harbiy 
yordamiga tayanish mumkinligi haqidagi taklifni ham rad etdi.
Chunki Muhammad Rahimxon Rossiyaning yovmut qabi-l lasini o‘z 
ftiqaroligiga qabul qilish istagi tagida aslida nima yotishini anglab yetgan edi. 
Bundan tashqari, Rossiya hukumatining savdo karvonlari xavfsizligini ta‘minlash 
bahonasida chegarada mustahkam istehkomlar qurish haqidagi rejalari Xiva 
hukmron doiralarini cho‘chitib ham qo‘ygan edi. 
S. Sialkovskiy va V. Peijovskiy ekspedisiyalari. Rossiya hukumati savdo 
karvonlari xavfsizligini ta‘minlash maqsadida qo‘riqchi harbiy qism ajratishga 
qaror qildi. 1824- yilda Orenburg savdogarlari S. Sialkovskiy boshchiligidagi 
harbiy qism hamrohligida yo‘lga chiqdi. Bu savdo karvoni Buxoro amirligiga 
borishi kerak edi. 1825- yilning yanvar oyida karvon Xiva qo‘shini qarshiligiga 
uchradi. Xiva amaldori karvonning Buxoroga emas Xivaga yuborilishini talab 
qildi. S. Sialkovskiy bu talabni rad etdi va orqaga qaytishga qaror qildi. Xiva 
qo‘shini Buxoroga olib boradigan savdo yo‘lini bekitib qo‘ydi. Bu hodisa Rossiya-
Buxoro savdo aloqalariga katta ziyon yetkazish xavfmi tug‘dirdi. 
Xiva-Rossiya munosabatlari keskinlashgan bir sharoitda Muhammad 
Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o‘g‘li Olloqulixon o‘tirdi. U Xiva-Rossiya 
munosabatlaridagi keskinlikni yumshatishga urindi. 


1826-1829- yiUardagi Eron - Rossiya va 1828-1829- yillardagi Rossiya-
Turkiya urushi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan 
o‘zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi o‘rta Osiyo 
xonliklariga suqulib kira boshladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya 
tovarlarining xonliklar bozorini to‘ldirish xavfi ham vujudga keldi. Bundan 
tashqari, Eron bilan urush oqibatida Rossiya-Eron savdo-sotiq ishlarining ahvoli 
yomonlashdi. Bunday paytda o‘rta Osiyo xonliklari bilan savdosotiqni har 
qachongidan ko‘ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda, Rossiya 
hukumati rus asirlarini ozod etishni ham talab eta boshladi. Biroq Rossiya 
hukumati Xiva xonligiga nisbatan o‘z talablari doirasini tobora kengaytirib bordi. 
Chunonchi u keyinchalik Xivadan Amudaiyoda Rossiya savdo kemalarining 
suzishiga ruxsat berishini ham taiab eta boshladi. 
Bora-bora Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy yo‘l bilan tartibga solish 
yo‘lini tanladi. Shu maqsadda 1839- yilda V. Perovskiy harbiy ekspeditsiyasi 
tashkil etildi. 
Uning ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to‘p va yuk ortilgan o‘n ming 
tuya bor edi. Biroq Ustyurtning qattiq sovug‘i, oziqovqat va yem-xashakning 
yetishmasligi oqibatida ekspeditsiya talafot ko‘rdi. Oqibatda, V. Perovskiy orqaga 
qaytishga majbur bo‘ldi. U 1840- yilning iyun oyidagina Orenburgga qaytib kela 
oldi. 
Lekin ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini 
Peterburg bilan kelishuv yo‘lini axtarishga majbur etdi. 


Josus Jeyms Abbot. Xonlikda ingliz razvedkasi ham faoliyat boshladi. 
Chunonchi, 1840- yilda Xivaga kapitan Jeyms Abbot keldi va u Olloqulixon bilan 
uchrashdi. U Xiva xonini Rossiyaga qarshi harbiy istehkomlar qurishga daVat etdi. 
U bunday istehkomlar qurilishi mumkin bo‘lgan joylarni aniqlash bo‘yicha ish olib 
borayotgan paytda Rossiya harbiylari tomonidan asir olindi va Peterburgga 
jo‘natildi. U yerdan Londonga jo‘natib yuborildi. Shu tariqa Buyuk Britaniya 
razvedkasi Xiva va Rossiya o‘rtasida haibiy harakatlar keltirib chiqarishdek 
maqsadiga erisha olmadi. 
«Majburiyatlar akti». Rossiya hukumati Xiva xonligi bilan munosabatlarga 
aniqlik kiritish maqsadida G. Danilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini 
yubordi. 
Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g‘li 
Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida 1842- yilning 27- dekabrida Xiva-
Rossiya o‘rtasida «Majburiyatlar akti» deb ataluvchi shartnoma imzolandi. 
Aktda Xiva xonining Rossiya bilan tinchlik, mustahkam do‘stlik 
munosabatida bo‘lishi e‘lon qilindi. Bundan tashqari, Aktda Xiva xoniga: 
Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlaridan voz kechishi, savdo 
karvonlarining hamda qozoq qabilalarining talanishiga yo‘1 qo‘ymaslik; rus 
asirlarini saqlamaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini 
ta‘minlash kabi majburiyatlar yuklandi. 
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e‘tibor 
berildi. Chunonchi, boj to‘lovlari Rossiya tovarlari qiymatining 5% miqdoridan 
oshmasligi belgilab qo‘yildi. Biroq «Majburiyatlar akti» qog‘ozda qolib ketdi. 
o‘zaro munosabatlar keskinlashib bordi. 


Xulosa 
O‗rta Osiyoda shakllangan uchta mustaqil - Buxoro, Xiva va Qo‗qon 
xonliklari tarixiga bag‗ishlab alohida-alohida asarlar yaratilgan edi. 
Bu tarixiy asarlar mazkur xonliklarning tarixini o‗rganishda asosiy manba 
bo‗lib xizmat qiladilar. Xiva xoni va tarixnavisi Abulg‗oziy tomonidan tarixiy 
asarlar yozish an‘anasi, keyinchalik atoqli tarixnavislar va ajoyib shoirlar 
SHermuhammad Munis, Muhammad Rizo Ogahiy va Muhammad YUsuf Bayoniy 
tomonidan davom ettirilgan edi. Xorazm tarixi bo‗yicha yozilgan hamma tarixiy 
asarlarni o‗zbek tilida ijod etgan mazkur tarixnavislar bir-birlarining ishini davom 
ettirib, uzoq davrni o‗z ichiga qamrab olgan Xiva xonligi tarixini o‗rganishda 
ajoyib ma‘lumotlarga boy qator qimmatli tarixiy asarlar yaratildi.
Bitiruv malakaviy ishda ushbu asarlarning tahlili asosida Qo‗ng‗irotlarning 
hukmronligi davrida davlatning tashqi va ichki siyosatiga doir qator yangi fikrlar 
o‗rganildi

Qo‗ng‗irot urug‗idan bo‗lgan Eltuzar (1804 — 1806) o‗zini xon deb e‘lon 
qiladi. Shundan so‗ng Xorazmda shu suloladan Muhammad Rahimxon I (1806 — 
1825), Olloqulixon (1825-1843), Rahimqulixon (1843—1846), Muhammad 
Aminxon (1846 — 1855), Abdullaxon (5 oy), Qutluqmurodxon (7 oy), Sayid 
Muhammadxon (1856 — 1865), Muhammad Rahimxon II — Feruz (1865 — 
1910), Asfandiyorxon (1910 — 1918)lar hokimlik qilgan. Xivalik tarixchi olimlar 
tomonidan XVII — XIX asr va XX asr boshlarida Xiva xonligi tarixi bilan bog‗liq 
siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‗rganishda mufassal ma‘lumot 
beruvchi «Shajarayi turk», «Shajarayi tarokima», «Firdavs ul-iqbol», «Riyoz ud-
davla», «Zubdat ut-tavorix», «Jomi‘ ul-voqeoti sultoniy», «Gulshani davlat», 
«Shohid ul-iqbol», «Shajarayi Xorazmshohiy» va «Xorazm tarixi» nomli qator 
qimmatli tarixiy asarlar yaratildi. 
Shuni ta‘kidlab o‗tish zarurki, bu qo‗lyozma tarixiy asarlar o‗z davrining 
ilg‗or fikrli kishilari tomonidan yozilgan bo‗lsa-da, o‗sha davrdagi hukmdorlar 
ra‘yidan o‗tolmasdan, ularning manfaatlariga mos qilib yozilgan edi. Chunki 
mualliflar shu tarzda yozishga majbur edilar. Bu asarlarda qo‗shni xalqlar sha‘niga 


aytilgan «tug‗yonkor», «isyonkor», «mufsid» kabi noloyiq iboralarni ham 
uchratamiz. 
O‗z davri va muhitining ta‘siri tufayli mavjud kamchiliklarga qaramay, 
Xorazmda tasnif etilgan mazkur tarixiy asarlar, Xiva xonligining XVII — XIX va 
XX asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‗rganishda 
aniq ma‘lumot beruvchi asosiy manba bo‗lib xizmat qiladilar. 
Xiva xonligining siyosiy hayotida ro‗y bergan katta voqealardan biri Xiva 
xonligini podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinishi edi. Muhammad Yusuf 
Bayoniy o‗zining «Shajarayi Xorazmshohiy» asarida bu masalaga juda mufassal 
to‗xtalib o‗tgan va bu borada juda qimmatli ma‘lumotlarni keltirgan. 
Ayniqsa, shaharlarni mudofaa qilishda olib borilgan ishlar, ko‗rsatilgan 
qarshiliklarga qaramay, Xiva xonligiga qarashli shaharlarning podsho Rossiyasi 
armiyasi tomonidan birin-ketin bosib olinishi va chor generallarining bu erda olib 
borgan shafqatsiz siyosati aniq ko‗rsatib berilgan. Bayoniy shu davrda ana shu 
voqealar ichida yashagan, ularni o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan va u voqealarning tirik 
shohidi edi. Bu masalani aniq ma‘lumotlar asosida o‗rganishda va yoritishda Xiva 
tarixnavisi Bayoniy tomonidan yozilgan bu tarixiy asar katta ahamiyat kasb etadi.
Xiva xonligining Buxoro, Qo‗qon xonliklari, Rossiya va Eron bilan olib 
borgan diplomatik va savdo munosabatlarini o‗rganishda ham bu asarlarda 
anchagina ma‘lumotlarni uchratamiz. Biz Abulg‗oziy, Munis, Ogahiy va Bayoniy 
asarlarini o‗qir ekanmiz, Xiva xonligiga Buxoro, Kuqon xonliklaridan, Rossiya va 
Erondan ko‗plab elchilar kelganligi va ularga javoban u mamlakatlarga ham 
elchilar yuborilganini ko‗ramiz. Xonlikning iqtisodiy hayotida feodal er egaligi, 
sug‗orish ishlari va yangi erlarni o‗zlashtirish va soliq masalasi asosiy 
masalalardan edi. Bu masalalar bo‗yicha ham mazkur tarixnavislarning asarlarida 
ancha ma‘lumotlar keltirilgan. 
Xonlikning iqtisodiy hayotida asosiy masalalardan biri bo‗lgan soliq 
masalasiga kelsak, xivalik tarixchilar o‗z asarlarida voqealarni bayon etar ekanlar, 
xonlik hududida bo‗lgan shaharlar va qishloqlarga kimlarning soliq yig‗ish uchun 
borganligi, qaysi davrlarda qaysi xalqlarning Xiva xonligiga soliq to‗laganliklari 


haqida ham ma‘lumotlar keltirib o‗tganlar. Savdogarlardan, shuningdek, Xiva 
xonligi hududidan o‗tgan Buxoro xonligiga tegishli savdogarlardan ham olingan 
soliqlar haqida ham ba‘zi ma‘lumotlarni uchratamiz. 
XVII — XIX asrlarda va XX asr boshlarida Xiva xonligida qurilish ishlari 
bo‗yicha ham ma‘lum ishlar amalga oshirilgan. Madrasalar, masjidlar, 
qal‘alar,bog‗lar, ko‗priklar va boshqa shu kabi inshootlar qurilgan. 
Qo‗ng‗irotlar hukmronligi XX asr boshlarida mustabid sovet davlati 
xokimiyatining o‗rantilishi bilan inqirozga uchradi. Lekin ikki asrdan ortiq davrda 
hukmronlik qilgan bu sulola davrida Xiva xonligi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniyat va 
fan sohalarida etakchi davlat darajasiga ko‗tarildi. 



Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə