Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


 Xiva xonligining tashqi siyosati



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

2.2. Xiva xonligining tashqi siyosati. 
XVI asrdan boshlab tarix sahnasida muhim iz qoldirgan O‗rta Osiyo 
xonliklaridan biri Xiva xonligidir. Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi o‗zining 
geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi va suv yo‗li bilan taminlanganligi 
sababli O‗rta Osiyodagi eng rivojlangan davlatlardan bo‗lgan. Xiva xonligi karvon 
yo‗llari ustida joylashgan. Ayniqsa, u Rossiyaning Buxoro bilan savdo aloqalarida 
muhim o‗rin egallagan. Xiva xonligi G‗arb bilan Sharq o‗rtasidagi savdoda faol 
qatnashgan. Xonlikning tashqi savdo aloqalaridagi keng ishtiroki uning 
hunarmandchilik taraqqiyoti bilan bog‗liq. Xonlik poytaxti bo‗lgan Xiva shahri 
hunarmandchiligi uzoq tarixiy ananalarga ega. O‗rta asrlarda shahar 
hunarmandchiligi ixtisoslashtirilgan edi. Jumladan, Xivada gilam to‗qish, 
yog‗och o‗ymakorligi, to‗quvchilik va boshqa hunarmandchilik tarmoqlari mavjud 
bo‗lgan. 
1753 yil Xiva va Buxoroda bo‗lgan rus savdogari D.Rukavkin paxta 
ekinining mo‗lligi va hunarmandchilik korxonalari ochish uchun davlatning 
ma‘lum tartib qoidalarining yo‗qligini yozadi. Uning xabariga ko‗ra, bu erda hech 
60
O‘shа jоydа. — l. 46–47. 


qanday ruxsat olmasdan, xoxlagancha zavodlar, yani korxonalar ochish mumkin 
bo‗lgan. Bu o‗rinda albatta xivaliklarning xususiy korxonalarni ochishga davlat 
tomonidan to‗siqning bo‗lmaganligi etirof etiladi. 
XIX asrning 30-40-yillarida Xivada hunarmandchilik sohalarining eng 
muhimlaridan biri zargarlik hisoblangan. Zargarlar tilla buyumlar, taqinchoklar 
yasashda feruza, koral, marvarid, lal, zumrad, rangli shisha, sapfir kabi toshlardan 
ko‗p foydalangan. 
XIX asrning ikkinchi yarmida saqlanib qolgan hunarmandlar va savdogarlar 
nomlari, Xiva bozorlarida tovarlar xilma-xilligi haqida tasavvur qilishga imkon 
beradi. Jumladan, pazachier haydash asboblari yasovchilar, xarrak-temirchilar, 
kuchanchi-buyincha yasovchi ustalar, misgar, zargar, pichoqchi, qinchi, bo‗yoqchi, 
choponfurush, telpakdo‗z, konchi, kovushdo‗z, tavoqchi, qulfgar, kiyizfurush, 
juvozchi, sholikor-sholitegirmonida ishlovchi, qassob, tuzchi, kallapoz-qo‗y kallasi 
sotuvchilar, baliqchi, nonvoy, choy va tamaki sotuvchilar, baqqollar, yog‗och 
furushlar, ko‗mirchi, shamchi, sovunchi, sarrof, jarchi va boshqalar. 
Bozorlarda bazi hunarmandlarning do‗konlari ham bo‗lib, mahsulotni shu 
erda ham tayyorlagan va ham sotgan. Demak, do‗kon ham korxona, ham rasta 
vazifasini o‗tagan. Masalan: temirchi, misgar, tunkachi, sandiqchi va boshqalar. 
Po‗stindo‗zlar, ipak mato to‗quvchilar, etikchilar va boshqalar uylarida ishlaganlar, 
va bozor kunlari mahsulotni bozorga olib chiqib sotganlar
61
. Xiva ananaviy metall 
buyumlar ishlab chikarish markazi bo‗lib, XIX asrning o‗rtalarida u erda 38 misgar 
bo‗lgan.
Shunday qilib, Xorazmning hunarmandchiligi iqtisodiy hayotda muhim rol 
o‗ynagan. Eng muhim badiiy buyumlar yasash ananalari Xorazm ustalaridan meros 
bo‗lib kelgan.
Mamlakatda 
hunarmandchilikning 
rivojlanishi 
bevosita 
iqtisodiy 
taraqqiyotga, ichki va tashqi savdo aloqalarining rivojlanishiga zamin yaratgan. 
61
Fаyziеv А.F. Rеmеslо Хivi v pеrvоy pоlоvinе XIX vеkа.//Pоzdnеfеdеrаlniy gоrоd Srеdniy Аzii.
Tоshkеnt. 1990 g. Str. 170


Demak, serqirra hunarmandchilik tarmoqlarining mavjudligi Xivaning 
azaldan moddiy va ma‘naviy madaniyat markazi bo‗lib kelganligini, xivaliklarning 
boshqa davlatlar bilan iqtisodiy-savdo aloqalarini davom ettirib kelganligini XVI 
asrda ham kuzatish mumkin, degan xulosa qilishga imkoniyat beradi.
Xiva xonligi XVI asrda Rossiya, Hindiston, Eron, Buxoro xonligi bilan 
savdo aloqalarida bo‗lgan. Xivaning tashqi iqtisodiy aloqalarini Xivaga kelgan 
rossiyalik va chet ellik elchilarning, hamda Rossiyaga borgan xivalik elchilarning 
keltirgan ma‘lumotlarini tahlil qilish asnosida yoritishga harakat qilamiz. 
Jumladan, 1585 yil 11 noyabrda xivalik elchi Xo‗ja Muhammadning 
Rossiya podshosi Fedor Ivanovichga keltirgan tortiqlari orasida tillo zari yuritilgan 
har xil ranglar bilan bo‗yalgan, qimmatboho mashhad kamoni ham bo‗lgan
62
. Bu 
esa Xivaning Eron bilan savdo qilganligining bir isboti hisobanadi 
A.Chuloshnikov XVI asr o‗rtalarida Moskva davlatining O‗rta Osiyo 
xonliklari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yoritish jarayonida rus hukumatining 
Hindistonni bilishga intilishini ham e‘tibordan chetda qoldirmagan. Ko‗rib 
o‗tilganidek, XVI asr ikkinchi yarmidan e‘tiboran Rossiya Hindistonga boradigan 
karvon yo‗llarini qidirib O‗rta Osiyo va Eronga maxsus elchiliklar jo‗natgan edi. 
Bu vaqtlarda Roosiya bilan Hindiston o‗rtasida bevosita iqtisodiy munosabatlar 
yo‗lga qo‗yilmagan bo‗lsa ham, hind tovarlari o‗rtaosiyolik savdogarlar orqali Rus 
erlariga kirib kelgan. A.Chuloshnikov o‗rta asrlarda O‗rta Osiyo bilan Rossiya 
o‗rtasida savdo aloqalarining quyidagi usullari mavjud bo‗lganligini e‘tirof qiladi. 
Birinchidan, shox va xonlar o‗rtasidagi savdo bo‗lib, ular ishonchli vakillari – 
shaxslar, mehmonlar va savdogarlar orqali amalga oshirilgan. Ikkinchidan, xususiy 
savdogarlarning erkin tovar ayirboshlashi, va nihoyat, uchinchidan, hadya 
tariqasida xon va elchilarning nodir buyumlarni ayirboshlashi
63
.
XVII asrda ham Xiva xonligi bilan Rossiya o‗rtasida elchilik va savdo 
aloqalari davom etgan. Elchilar Xiva xoni nomidan rus podshosiga tortiqlar olib 
borgan. Hadyalar tarkibida hind tovarlari ham bo‗lgan. Masalan, 1641 yil noyabrda 
62
Mаtеriаli pо istоrii Uzbеkskоy, Tаdjikskоy i Turkmеnskоy SSR. CH. 1. M., 1932. s. 99. 
63
CHulоshnikоv А. Tоrgоvlya Mоskоvskоgо gоsudаrstvа s nаrоdаmi Srеdnеy Аzii XVI-XVII vv. V kn.: Mаtеriаli 
pо istоrii Uzbеkskоy, Tаdjikskоy i Turkmеnskоy SSR. CH. 1. L-1932. s. 68 


Xiva elchisi Muhammad Amin Bahodir tomonidan 100 ta hind viboykasi olib 
kelinganligi, elchining o‗zida boshqa tovarlar qatorida 100 bo‗lak hind chiti, 4 
idishda nil bo‗yog‗i bo‗lganligi ma‘lum
64
.
1646 yil 1 sentyabrda xivalik elchi Nazar Nodirqulov Astrobodda yo‗lda 
kelayotgan vaqtida o‗g‗irlangan tovarlari ro‗yxatida boshqalar qatori 6 ta hind 
dokasi, 5 ta hind tillo izufrey, 9 ta hind viboykasi, qo‗y terisidan ishlangan 10 ta 
hind bosh kiyimi bo‗lgan
65
. 1645 yilda Xiva xoni Abulg‗ozixon hind podshosiga 
xat yozib, unda ilgarilari urganch xonlari hind shoxlari bilan tinchlikda yashashgan 
va savdogarlar bir-birlarining tomonlariga qatnab turganligini aytib, endilikda ikki 
mamlakat o‗rtasidagi o‗sha do‗stlik va savdo aloqalarini davom ettirishni taklif 
qilgan. Hozirda esa Urganch xoni Hindiston shoxi bilan do‗stlik aloqalari 
o‗rnatgan bo‗lib, savdogarlar bir-birlarining mamlakatiga qatnab turadi, deb bu 
haqda 1646 yil 7 noyabrda Astraxanga borgan Xiva elchisi Shayxbobo ma‘lumot 
bergan
66
. Shu kabi xabarlar asosida XVI-XVII asrlarda Xiva bilan Hindiston 
o‗rtasida do‗stona siyosiy va iqtisodiy savdo munosabatlari o‗rnatilgan, deyish 
mumkin.
1667 yil 19 dekabrda Xiva elchisi Po‗lat-Muhammad mahkamada Xiva xoni 
Hindiston shoxi bilan bordi-keldi qiladi va savdogarar har ikki tomonga borib erkin 
savdo kiladilar deb javob bergan. Urganchdan Hindistonga quruqlik yo‗li bilan bir 
yarim oyda boradi, degan. Ularning tovarlari hind, doka, qalampirmunchoq, 
dolchin, buyoq va boshqa tovarlar
67

Rus elchisi Ivan Fedotov 1669 yil 13 iyunda Xiva xoni Anusha xon huzurida 
bo‗lgan va Rossiyaga qaytib kelgach, o‗z axborotida buxoroliklar va xivaliklar bir-
birlari bilan o‗zaro savdo qilishi, bozorlarda uchratgan tovarlari, ularning narx-
navosi haqida ma‘lum qilgan. U Urganchlik savdogarlar Buxorodan viboyka, ip 
gazlama va rang-barang ipak matolari keltirishini, lekin, buxorolik 
savdogarlarning Xiva va Urganchga kam kelishini e‘tirof etgan. SHu bilan birga 
64
Mаtеriаli pо istоrii Uzbеkskоy, Tаdjikskоy i Turkmеnskоy SSR. CH. 1. L-1932. s. 168 
65
O‘shа аsаr. 198 b. 
66
O‘shа аsаr. 317 b. 
67
Russkо-indiyskiе оtnоshеniya v XVII vеkе. Sbоrnik dоkumеntоv. M., IVL., 1958. s. 162. 


I.Fedotov hindlar va balxliklar Xivaga kelishmaydi hamda Xivada hind omborlari 
ham yo‗q, deb xabar beradi. Qizig‗i shundaki, elchi Xiva bozorlarida sotilayotgan 
tovarlar narxini Astraxanda sotilish narxi bilan taqqoslab, bu tovarlarni Rossiyada 
sotishdan foyda chiqmaydi, deb hisoblagan
68

I.Fedotov ko‗rsatmalaridagi hindlar va balxliklarning Xiva bilan savdo 
qilishmasligi haqidagi xabari ikki yil avval, ya‘ni 1667 yildagi Xiva elchisi Po‗lat 
Muhammadning bergan ma‘lumotlariga zid keladi. Aftidan, I.Fedotov sharq 
davlatlarda savdoning o‗ziga xos tamonlaridan bexabar bo‗lgan. Ko‗p holatlarda 
O‗rta Osiyo xonlari bilan Hindiston shoxlari o‗rtasidagi savdo A.Chuloshnikov 
eslatib o‗tgan savdo usullari orqali amalga oshirilgan..
Mahmud ibn Vali ―Bahr-ul asror‖ asarida Balx viloyati, uning jug‗rofik 
o‗rni, odamlari, poliz va sabzavot ekinlari haqidagi bo‗limda u erda etishtiriladigan 
va chetdan olib kelinadigan mahsulotlar haqida xabar berib, Xorazmdan 
ko‗ktarnay qovuni, Buxorodan qora qovun, mulla payandagi va daroyi
Samarqandning zagare qovuni va gilosi, shimoliy Xitoyning shaftolilari, 
Xorazmning tut daraxtlari, Marg‗ilonning charxi deb atalgan o‗riklari, 
Samarqandning sangak olmasi va boshqalarning Balxga keltirilganligi va hattoki u 
erda etishtirila boshlanganligini ta‘kidlaydi
69

Demak, Xorazm qovunlari Balxda ham mashhur bo‗lgan. Ma‘lumki, qovun 
suvsiz o‗smaydi, ko‗p sug‗orilsa unchalik shirin ham bo‗lmaydi. Mahmud ibn Vali 
Xorazmda sug‗ormasdan qovun etishtirish siri haqida ma‘lumot beradi. Uning 
yozishicha, yantoqning uzun tomiri uzunasiga kesilib, unga qovun urig‗i 
joylashtiriladi, ya‘ni ekiladi. Qovun o‗sib chiqib, pishgunga qadar yantoq ildizi 
suvi bilan oziqlanadi. Bunday qovun katta va shirin bo‗lgan
70
. Bu kabi qovun 
etishtirish usuli hozirgi kunda ham Buxoro viloyatining ba‘zi cho‗l xududlarida 
qo‗llaniladi. Mahmud ibn Vali Xorazmning rus erlari bilan savdodan katta foyda 
olishini ta‘kidlab o‗tgan edi. 
68
Хаnikоv YA.V. Pоyasnitеlnаya zаpiskа k kаrtе Аrаlskаgо Mоrya i Хivinskаgо хаnstvа, s iх оkrеstnоstyami. SPb., 
1851. s.39-40. 
69
Mахmud ibn Vаli. Mоrе tаyn оtnоsitеlnо dоblеstеy blаgоrоdniх (gеоgrаfiya). Vvеdеniе, pеrеvоd, primеchаniya, 
ukаzаtеli B.А.Ахmеdоvа. T.: 1977. s.24-25. 
70
O‘shа аsаr. 44 b. 


Xulosa shuki, XVI-XVII asrlarda Xiva xonligi doimo rus davlatining diqqat 
markazida bo‗lgan. Elchilarning va o‗rta asr mualliflarining bergan ma‘lumotlariga 
ko‗ra, xonlik Hindiston bilan yaqin savdo aloqalarida bo‗lgan. 
XVIII asrda Rossiya O‗rta Osiyo xonliklari bilan yakin savdo aloqalari 
o‗rnatishga jadal kirisha boshlaydi. Bu davrda dengiz savdosining ahamiyati ortib 
bora boshlaydi. Savdogarlar Astraxandan Kaspiy dengizi orqali Mangishloqqa, u 
erdan quruqlik bilan Urganch, Xiva va Buxoroga borishgan. 
O‗rta Osiyodagi agrar masalalar bilan shug‗ullangan E. Zelkina o‗rta asrlar 
boshlarida Evropa bilan Hindiston o‗rtasidagi savdo aloqalarida O‗rta Osiyoning 
alohida o‗rni bo‗lganligi, bu davrda savdo-sotiq juda ham gullab yashnaganligi, 
ammo, XVI-XVII asrlarda bu savdo bir oz sekinlashgan bo‗lsa, XVIII asrda yana 
jonlanish sezilganligini ta‘kilaydi. Muallif o‗rta asr bozorlaridagi qul savdosiga 
ham e‘tiborini qaratgan. Qulchilik bozori ko‗proq Xivada bo‗lganligi extimol. 
Zelkina ma‘limotiga ko‗ra, Xivaning katta bozorlarida 200 tagacha qullar bo‗lgan, 
O‗rta Osiyoda qullar mehnati samarasiz bo‗lib, ular asosan uy ishlarida va 
dalalarda ishlatilgan. U Xiva va Buxoroning Eron bilan chit, movut va qullar orqali 
qizg‗in savdo qilganligini ta‘kidlaydi
71
.
XVIII asrning 40-yillari oxirlaridan Erondagi ichki vaziyatning og‗irligi va 
g‗alayonlar hind savdosiga o‗zining salbiy ta‘sirini ko‗rsatgan. Eronda xonavayron 
bo‗lgan hind savdogarlari endilikda e‘tiborlarini O‗rta Osiyo savdosiga qaratishga 
majbur bo‗lgan. Avvallari unchalik rivojlanmagan hind savdosi, XVIII asrning 
ikkinchi yarimida muntazam davom etadigan va keng miqyosda olib boriladigan 
bo‗ldi.
Demak, birinchidan, Xiva xonligi Eron bilan savdo aloqalari o‗rnatgan 
bo‗lgan, ikkinchidan xiva tovarlari hind savdogarlari qo‗li bilan Rossiyaga olib 
borilgan, uchinchidan hindlar Eron orqali Xiva-Rossiya savdosida vositachi rolini 
bajargan. 
XVIII-XIX asrlarda Xiva xonligi muayyan dinamik taraqqiyot bosqichiga 
erishgan edi. Qo‗shni Buxoro amirligi, Qozoq juzlari va bebosh turkman 
71
Zеlkinа Е. Оchеrki pо аgrаrnоmu vоprоsu v Srеdnеy Аzii. M.: 1930. s. 20. 


urug‗larining murakkab o‗rovi sharoitida bo‗lishiga qaramay, xonlikda ba‘zi stabil 
holatlar kuzatiladi. SHu davrda Xiva o‗zining tashqi savdo munosabatlariga ham 
katta ahamiyat bergan. Lekin to‗plangan materiallar shuni ko‗rsatadiki, Xivaning 
tashqi iqtisodiy munosabatlari ko‗proq Rossiya va u orqali g‗arb mamlakatlari 
tomon intilgan. Xuddi shuningdek, G‗arb mamlakatlarining, xususan, Angliyaning 
Xivaga qiziqishi va u orqali Eronga chiqish tendensiyasi paydo bo‗lgan. Aslida bu 
intilish XVI asrdan boshlab kuzatiladi. Masalan, Angliyaning Moskvada tashkil 
etilgan savdo kompaniyasi Ioan Grozniy yorlig‗i bilan A.Jenkinson rahbarligidagi 
savdo ekspeditsiyasiga sabab bo‗lgan. 
Bu o‗rinda Xivaning sharq mamlakatlari bilan savdo munosabatlari qanday 
kechgani masalasi etarli darajada ma‘lumotlar bilan ta‘minlangan emas. Bu haqda 
XVI-XIX asrlar orasida Xivaga kelgan ko‗plab savdo karvon ekspeditsiyalari 
tomonidan berilgan hisobotlardagi ma‘lumotlargagina tayanilishi mumkin. Shu 
bilan birga Xivaga jo‗natilgan G‗arb mamlakatlarining, xususan, Rossiya va 
Angliyaning XVIII-XIX asrlar davomidagi savdo ekspeditsiyalari ma‘lumotlariga 
ham alohida to‗xtalishni maqsadga muvofiq deb topdik. Jumladan, 1726 yilda 
Xivadan Subxonqulibek boshliq elchilik missiyasi Peterburgga kelib Ekaterina 1 
saroyida qabul qilingan. Elchilikning maqsadi Petr 1 davrida Bekovich-
Cherkasskiy ekspeditsiyasining halokati tufayli uzilib qolgan savdo-iqtisodiy 
munosabatlarni tiklash edi. Holbuki, Xiva tomonidan Petr 1 ga qadar Rossiya bilan 
aloqalar o‗rnatish maqsadida 1585 yilda Xo‗ja Muhammad boshchiligidagi, 1641 
yilda Muhammad Amin Bahodir, 1646 yilda Nazar Nodirqulov, shu yilning o‗zida 
Shohbobo rahbarligidagi bir qancha elchilik missiyalari va nihoyat Petr 1 ning o‗zi 
davrida Shoxniyozxon elchiligi amalga oshirilganligi yuqorida ta‘kidlab o‗tildi. 
XVIII asrning 20 – 40 –yillari Rossiyaning O‗rta Osiyo xonliklari bilan
aloqalarida biroz sustkashlik seziladi. Bu holat Bekovich – Cherkasskiy
ekspeditsiyasining halokati tufayli 1716- yildagi Rossiya bilan Xiva o‗rtasidagi
savdo iqtisodiy aloqalarining to‗xtatilishi bilan bog‗liq edi..
1726 yilda Peterburgga xivalik elchi Subxonkulibek keladi. U rus 
hukumati oldiga Rossiya bilan Xiva o‗rtasida savdo munosabatlarini qaytadan


yurgizish masalasini qo‗yadi. 1726 yil 17 sentyabrda Oliy maxfiy kengash
Rossiyadan Xivaga savdogarlarni jo‗natish xivaliklar uchun ham, Xivadagi 
rossiyaliklar uchun ham foyda keltiradi, axir savdoning taqiqlanishidan ham 
xazina va ham savdogarlar zarar ko‗rmoqda, degan xulosaga kelgan edi.
Subxonqulibek elchilik missiyasiga javoban Rossiya Oliy maxfiy kengashi 
Xiva bilan savdo munosabatlari o‗rnatish to‗g‗risida maxsus qaror chiqargan va 
Astraxandagi tayanch punktidan foydalanib, o‗sha paytlarda Rossiya bilan savdo 
aloqalarida mashhur bo‗lgan Samarqandlik Yodgor Alimov rahbarligida Xivaga 
rus savdo karvoni jo‗natiladi. 
1728 yilda Xivaga jo‗natilgan ushbu karvon boshlig‗i Yodgor Alimovga 
Rossiya savdo aloqalari uchun nafaqat Xiva haqida, balki Buxoro, Samarqand, 
Balx, Badaxshon, Koshg‗ar, Toshkent, hatto Boburiylar Hindistonining Kobul va 
Laxor shaharlarigacha - qanday imkoniyatlar borligini o‗rganish vazifasi 
topshirildi. Ushbu savdo karvonini himoya qilish uchun Yoyiq kazaklaridan
tuzilgan otliq askarlar ajratildi. Yuqoridagi Oliy maxfiy kengash qarorida 
Astraxanda va Rossiyaning boshqa shaharlarida Xiva va Buxorodan keltirilgan 
mollar bilan savdo qilishga ruxsat berilgan edi. 
1729 yilda Yodgor Samarqandiy Rossiyaga Buxoro va Xiva xonlari 
nomidan elchilik yorliqlari bilan keladi. Xususan, unda Xiva xoni Rossiya 
savdogarlarining xavfsizligini ta‘minlash majburiyatini olgan edi. Ikki yildan
so‗ng, ya‘ni 1731 yilda Xiva xoni Ilbarsxon Astraxan gubernatori Izmaylovga 
maktub jo‗natib, karvonlarning xavfsizligini ta‘minlash haqida majburiyat olgan. 
Xon karvonlarni Astraxandan kemalarda Mang‗ishloqqacha, va u erdan quruqlik 
yo‗li bilan Xivagacha keladi. Xon Mang‗ishloqda savdogarlar uchun tuyalar va 
himoya qilish uchun otliq askarlar hozirlab qo‗yishni o‗z zimmasiga olgan. Savdo 
karvonlari Xivadan Rossiyaga qaytishda yana Mang‗ishloq orqali qaytishi va uning 
himoyasini tashkil qilishi va agarda favqulodda baxtsiz hodisa sodir bo‗lsa, xon 
hamma aybni o‗z zimmasiga olishi va ko‗rilgan zararni to‗lashi eslatilgan. Agarda 
karvon bilan baxtsiz hodisa dengizda sodir bo‗lsa, u holda xon javob bermasligi 
ham ta‘kidlangan. Xon savdo karvonlarining talanishini iloji boricha kamaytirish 


va avvalgi savdo ishlarini qaytadan kengaytirishga umid bog‗laganligini bildirgan 
edi. 
Xuddi shunday mazmundagi majburiyatlar Xiva xoni tamonidan 1734 va 
1736 yillarda takrorlangan edi. Va nihoyat, 1731 yil Rossiya hukumati polkovnik 
I.I.Garber rahbarligida Xiva va Buxoroga qo‗riqchilar bilan savdo karvoni 
jo‗natadi. Unga savdo yo‗llari xaritasini tuzish, Xiva va Buxorodagi iqtisodiy 
ahvol haqida ma‘lumotlar to‗plash, Xiva va Buxoroning savdo aloqalari, ularga bir 
yilda qanday tovarlar va qancha miqdorda kerakligi haqida ma‘lumotlar to‗plash 
topshirilgan edi. Bundan tashqari, Garberga Hindistonga borish yo‗lini aniqlash, 
oltin va qimmatbaho toshlar bor joylar haqida ma‘lumotlar yig‗ish vazifasi ham 
yuklangan edi. Lekin 1732 yili yuqoridagi ko‗rsatmalar asosida jo‗natilgan karvon 
yo‗lda qozoq sultoni Botirxon tomonidan talangani sababli maqsadga 
erishaolmagan. 
Shuni 
alohida 
ta‘kidlamoq kerakki, Rossiyaga O‗rta Osiyodan 
keltirilayotgan tovarlar orasida Eron tangalari ham bo‗lgan. Masalan, 1749 yil 
Orenburg orqali Astraxanga 14 savdogar 17896 rub.lik 17 partiya tovarlar, shu 
jumladan, 10532 rub.lik 15 pud 10 funt og‗irlikdagi kumushdan iborat bo‗lgan 3 
partiya tovarlar keltirilgan. 3 partiya kumush bu ―abbosiy‖ deb ataluvchi eronning 
kumush tangalari hisoblangan. O‗rtasoiyolik savdogarlar kumushni Orenburgda 
tovarlarga ayirbosh qilishgan. Kumushlar Moskvadagi pul zarbxonalarida har 
zolotnigi (rus o‗lchov birligi), ya‘ni misqoli (4.25 grammga teng og‗irlik o‗lchovi) 
18 kop.dan yoki bir pudi 691 r. 20 k.dan qabul qilingan
72
. Rossiyaga kumush 
tangalar Xiva va Buxorodan o‗rtaosiyolik savdogarlar orqali keltirilgan. Demak, 
XVIII asr o‗rtalarida Xiva bilan Eron o‗rtasida savdo aloqalari qalinroq bo‗lgan, 
degan xulosa qilish mumkin. 
Xiva va Buxorodan Astraxanga tovarlarni o‗rtaosiyolik savdogarlar, ya‘ni 
xivaliklar, buxoroliklar va turkmanlar olib kelgan. 30-yillarda Astraxanga 
keltirilgan jami tovarlarning taxminan 51% o‗rtaosiyoliklar zimmasiga tushgan. 
72
YUхt А.I. Tоrgоvlya Хivi i Buхаri s Rоssiеy chеrеz Аstrахаn (20-40-е gоdi XVIII v.) //Pоzdnеfеоdаlniy gоrоd 
Srеdnеy Аzii. T., 1990. s. 118. 


Ular orsida xivaliklar etakchi mavqeni egallagan. 1734-1735 yillarda o‗rtaosiyolik 
savdogarlar Astraxanga 17 ming rub.lik tovar olib kelgan bo‗lib, shundan 13 
minggi xivaliklar zimmasiga tushgan. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Astraxan orqali Rossiya bilan Xiva va 
Buxoro xonliklari o‗rtasidagi savdoda xivalik savdogarlar muhim o‗rinni 
egallaganlar. Astraxan bojxonasiga keltirilgan tovarlarni ro‗yxatga olish 
kitoblarida O‗rta Osiyodan Rossiyaga keltirilgan tovarlar ro‗yxati, tovarlarning 
o‗lchov miqdori va narxlari haqidagi ma‘lumotlarga asoslanib Rossiyaning O‗rta 
Osiyo bilan savdosida xivalik savdogarlar etakchi o‗rinni egallaganliklariga umid 
qilish mumkin. Xivaliklar o‗zlari bilan mahalliy tovarlar qatori Eron va Hindiston 
tovarlarini ham Astraxanga olib borganliklarini ko‗rishimiz mumkin. 
Xiva xonligi tarixi va uning qo‗shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalari 
to‗g‗risida anchagina ma‘lumotlar mavjud. Ma‘lumotlarning aksariyati Rossiya 
tomonidan O‗rta Osiyo xonliklarini, Eron va Hindistonni o‗rganish maqsadida 
jo‗natilgan elchilar va diplomatlar tomonidan yig‗ilgan dalillardan iboratdir
73
. 1734 
yili Angliya bilan Rossiya o‗rtasida Rossiya orqali sharq mamlakatlari bilan tranzit 
savdo yo‗llaridan foydalanish haqidagi bitim tuziladi. Bitim imzolangach, darhol, 
Rossiya kompaniyasining ingliz vakillari Rossiya orqali Eronga boradigan qulay 
savdo yo‗llarini qidira boshlaydilar va shu maqsadda O‗rta Osiyo, Ozarbayjon va 
Eronga bir necha xufiya ekspeditsiyalari tashkil qildilar.
Shu maqsadda, 1739 yili «Rus kompaniyasi»ning vakillari Djon Elton va 
Mungo Gremlar Xiva va Buxoroga jo‗natilgan edi. Lekin Nodirshoxning O‗rta 
Osiyoga hujumi xavfi haqidagi xabarni eshitgach, ular Astraxandan to‗g‗ri Eronga 
ketishni afzal ko‗rishgan. Bu boshlangan ishni yakuniga etkazish maqsadida 1740 
yil fevralda «Rus kompaniyasi» Xiva va Buxoroga yangi ekspeditsiya uyushtiradi. 
Uning tarkibida Georg Tompson va Regnald Xogg kabi josuslar bor edilar. Ular 
Xiva va Buxoroda savdo-sotiq sharoitlarini o‗rganishlari kerak edi. Mazkur 
ekspeditsiya Rossiyaning janubi-sharqiy chegaralari va Qozog‗iston cho‗llari 
73
YUnusоvа L.I «Tоrgоvlya gоrоdоv Srеdniy Аzii, Аzеrbаydjаnа i Irаnа v 30-40-х gg. XVIII v. (pо еvrоpеyskim 
istоchnikаm) //Pоzdnеfеоdаlniy gоrоd Srеdnеy Аzii. T.: 1990. s.122-128.


orqali yo‗lga tushadi. G.Tompson va R.Xogglarning kundaliklari Eronda bo‗lgan 
«Rus kompaniyasi» savdogari Jonas Xonvey kitobida nashr qilingan. Bu kitobdan, 
muallifning va XVIII asrning birinchi yarmida Eronga kelgan boshqa 
evropaliklarning yo‗l kundaliklari o‗rin olgan. Ushbu kitobdagi ma‘lumotlar XVIII 
asrning 30-40-yillarida O‗rta Osiyo shaharlari, Ozarbayjon va Erondagi ichki va 
tashqi savdoning ahvoli, shaharlar hunarmandchiligi to‗g‗risidagi xabarlardan 
iborat. G. Tompson va R.Xogg 1740 yili 9 sentyabrda Yoyiq shahri orqali 
Qozog‗iston cho‗llari, Orol dengizining shimoliy-g‗arbiy qirg‗oqlari orqali o‗tib 
Xivaga kirib kelishgan. Ingliz josuslari Xivadagi ichki savdoning holatini tahlil 
qilib, ular faqat Buxoro va Eron bilan savdo qiladilar, hayvon, mo‗yna va terilarni 
qirg‗iz (qozoq-A.R) va turkmanlardan oladilar deb, xabar qiladi. Qirg‗izlar va 
turkmanlar xivaliklar uchun xavfli qo‗shni hisoblanishgan ekan. Xivada uncha 
ko‗p bo‗lmagan paxta ekilgan, o‗rtacha sifatli qo‗y terisi (qorako‗l bo‗lishi 
mumkin), uncha ko‗p bo‗lmagan xom ipak etishtirgan va ipakdan mahsulot ishlab 
chiqarilan. 
Shunday qilib, ular Xivada ingliz sanoatini qiziqtiradigan xom ashyo manbai 
kam deb qayd etishadi. Hind tovarlariga kelsak, G.Tompson va R.Xogglar bu erda 
bo‗lganlarida hind tovarlarini ko‗rishmagan. Ular Xivaning Buxoro va Eron, 
hamda qo‗shni ko‗chmanchilar bilan savdo qilganliklarini e‘tirof etishgan
74

Inglizlar Xivada o‗zlarining tovarlari uchun bozor ham qidirgan, lekin 
izlanishlar natijasida ular Evropa tovarlariga xivaliklarning ehtiyoji kamligini 
sezishgan. SHuning uchun bu erda foydali savdo qilishga ko‗zi etmay, foydadan 
ko‗ra sarf-xarajat miqdori oshib ketadi, deb hisoblashgan. Boj masalasida, 
musulmon bo‗lmaganlarning tovarlaridan 5%, musulmonlarnikidan esa 2,5% boj 
solig‗i olingan. Demak, ingliz tovarlari uchun imkoniyatlar ancha cheklangan 
bo‗lgan. «Rus kompaniyasi» josuslari Xivada, Nodirshox qo‗shinlari Xivani 
egallashganigacha, ya‘ni, 1740 yili 15 dekabrgacha qolishgan. Ular o‗z tovarlarini 
eronliklarga sotib bo‗lishgan, ammo pullarini hali olishmagan ekan. 
74
O‘shа аsаr. s 124. 


R.Xogg eronliklarga nasiyaga bergan mollarining pullarini olish maqsadida 
Xivada qolgan, so‗ng Rossiyaga qaytmoqchi bo‗lgan. G. Tompson esa Buxoroga 
jo‗nagan. R.Xogg faqat 1741 yili aprel oyida Xivadan jo‗nab ketishga muvaffaq 
bo‗lgan. Yo‗lda o‗g‗rilar tomonidan talangan R.Xogg Orenburg orqali 1742 yil
bahorda Peterburgga etib borgan. 
Buxoroga kelgan G.Tompson savdo aloqalarining ilgarigi davrga nisbatan 
yomonlashganligini ko‗radi. U Buxoroda etishtiriladigan va ishlab chiqiladigan 
mahalliy mahsulot turlari bilan, Buxoro bozorlari va uning tashqi savdo aloqalari 
bilan qiziqadi. G.Tompson buxoroliklarning evropa tovarlariga ehtiyojini o‗rganib,
buxoroliklarning evropa tovarlariga talabi kamligini, movut kabi tovarlardan 
faqatgina bosh kiyim tikishda foydalanishini aniqlagan. U evropa tovarlarini 
Buxoro bozorlariga olib kelib, tavakkal qilishdan foyda yo‗q, degan xulosaga 
keladi. 
G.Tompson Buxoroda boj solig‗i olinishiga o‗z e‘tiborini qaratgan. 
Buxoroda hamma keltiriladigan mollardan 1%, olib chiqiladigan mollardan esa 
10% soliq olingan. Tinchlik davrlarida boj solig‗idan keladigan foyda yiliga 1000 
dukatni tashkil qilgan. Xuddi shunday, Xiva xoni xazinasiga tushadigan boj solig‗i 
foydasi yiliga 100 dukatgacha etgan. Shundan ko‗rinib turibdiki, Xivada Buxoroga 
nisbatan savdo aylanishi ancha past bo‗lgan. 
Bu kabi xolatni biz XVI asr o‗rtalarida Xiva va Buxoroga kelgan A. 
Jenkinson ma‘lomotlarida ham uchratgan edik. Bir asr muqaddam Jenkinsonning 
bergan fikrini G.Tomson va R.Xogglar ham tasdiklab turibdi. Har ikkalasi Buxoro 
bozorlarida o‗zlari olib kelgan movutga xaridor topa olishmagan va bu erda Evropa 
tovarlari narxi hu darajada pastki tavakkal qilib, xatarli yo‗llar bilan tovarlarni olib 
kelib sotishdan foyda yo‗q, degan xulosaga kelishgan. 
Aftidan, G.Tompson va R.Xogglar ushbu ma‘lumotlarning Rossiya orqali 
o‗tishini hisobga olib, rus hukumatining va rus sanoat doiralarining diqqatini 
ataylab chalg‗itishga uringan ko‗rinadi. Mazkur ekspeditsiyadan keyin G.Tompson 
Buxoroga, R.Xogg esa Peterburga qaytib ketadi. 


Xuddi shu davrda Ozarbayjon, Eron va Kaspiybuyi viloyatlarining 
o‗rganilishi natijasida inglizlar bu xududda savdo qilish foydali deb bilishgan. Ular 
bu xududlardan nafaqat ingliz tovarlari uchun bozor, balki xom ashe manbai 
sifatida foydalanishni afzal ko‗rishgan. 
Yuqorida zikr etilgan D.Elton va M.Gremlarning ekspeditsiyasi o‗z 
yo‗nalishi bo‗ylab vaziyatni o‗rganib, ular Mashhadda savdo kontorasini ochib, u 
orqali ingliz mollarini Eron, Afg‗oniston, Hindiston va O‗rta Osiyoga tarqatish 
mumkin degan xulosaga keladilar. Buning uchun tovarlarni Londondan 
Peterburgga, so‗ng Astraxan, u erdan Kaspiy dengizi orqali Astrobod va so‗ng 
Mashhadga olib kelishi kerak edi. 
Shunday kilib, ekspeditsiyalar natijasida ingliz savdogarlari orzulariga 
erishgan. D.Elton va M.Gremlar Kaspiy dengizi bo‗ylarida ingliz savdosini 
kengaytirishdan katta foyda olish mumkin deb hisoblashgan. Hatto Eron shoxi 
Nodirshoxning o‗g‗li Rizoqulidan «Rus kompaniyasi»ga savdo qilish uchun 
imtiyozlar berish haqida farmon ham olgan edi. 
YUqoridagi ikkita kompaniya vakillarining bergan ma‘lumotlarini tahlil 
qilish natijasida ularning bir biriga qarama-qarshi xulosaga kelishgani ma‘lum 
bo‗ldi. D.Elton bilan M.Grem Volga-Kaspiy savdo yo‗li Eronga borish uchun juda 
qulay va bexavotir, hamda bu erda, Eron va Ozarbayjon viloyatlarida ingliz 
savdosini kengaytirish Angliya uchun katta foyda keltiradi, deb hisoblashgan. 
Shunisi e‘tiborga molikki, XVIII asrda hind savdogarlari Astraxanda ham 
savdo qilishgan ekan. Ma‘lumotlarda hind savdogarlarining turli mamlakatlardan, 
xususan, Xiva va Buxorodan Astraxanga tovarlar olib kelganligi qayd etiladi. 
Jumladan, 1733-1734 yillarda hind savdogarlari Rossiyaga, xususan, Astraxanga 
Bokudan 126 to‗p, Gilyandan 56 to‗p, Darbanddan 12 to‗p, Xivadan 3 to‗p va 
Buxorodan 1 to‗p tovarlar; 1744-1745 yillarda Gilyandan 50, Bokudan 24, 
Darbanddan 23, Shemaxadan 1 to‗p tovar Lar keltirgan. Lekin 1744-1745 yillarda 
O‗rta Osiyodan hind savdogarlarining mol olib kelganligi daftarlarda qayd 
qilinmagan ekan. XVIII asrning birinchi yarmida hindlarning O‗rta Osiyo bilan 
savdo aloqalari biroz kamroq bo‗lgan. Jumladan, 1737 yil hind savdogarlari 


Xivadan 1187 rub.lik, 1739 yil 1740 rub.lik va 1742 yil 1181 rub.lik tovar 
keltirgan. Ma‘lumotlarga ko‗ra, xiva va buxoro ip gazlamalari, paxtasi, oshlangan 
qo‗y terisi va qo‗zi terisini Eronda sotib olishgan. Demak Xivadan hind 
savdogarlarining Xiva tovarlarini kam olib kelishining sababi, bu tovarlarni hindlar 
Erondan sotib olib, so‗ng Astraxanga keltirilganligi ekan.
Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko‗rsatmalari, 
elchilarning kundaliklarida e‘lon qilingan xabarlar bizga Xiva xonligining tashqi 
iqtisodiy aloqalari to‗g‗risida muhim ma‘lumotlarni berishi bilan hozirgi kunda 
ham o‗zining qimmatini saqlab qolmoqda. Keltirilgan dalilalarga asoslanib, Xiva 
xonligi XVI-XVIII asrlarda Buxoro, Eron, Hindiston va Rossiya davlatlari bilan 
qizg‗in savdo va diplomatik munosabatlarni yo‗lga qo‗ygan deyish mumkin. 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə