Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


begorni  bajarishga ham majbur edilar. Sug`orish tizimi bilan bog`liq bo`lgan ishlar —  kachi



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

begorni 
bajarishga ham majbur edilar. Sug`orish tizimi bilan bog`liq bo`lgan ishlar — 
kachi 
ular orasida eng og`iri bo`lgan. Xiva dehqonlari har yili kanallarni 
tozalashga, ko`tarmalarni qurish va qayta tiklashga, to`g`onlar va ko`priklarni 
ta‘mirlashga chiqishlari lozim edi. Dehqonlar o`z ish qurollari va ovqati bilan 
kelishgan. Ishga chiqmaganlar esa muayyan mablag`ni xazinaga to`lashi shart 
bo`lgan. Jarchi o`z foydasiga 
"afanakpuli” 
yig`gan, ishlar nazoratchisi va 
mutasaddisi ham o`z ulushini olgan. Sug`orish tizimidagi ishlar dehqonlarni ezib 
ishlatishning eng og`ir shakllaridan biri edi.. 
Aholining 90 foizini tashkil etgan dehqonlar sug`orma yerlarning atigi 5 
foiziga egalik qilishardi. Yersiz va kam yerli dehqonlar esa yirik zamindorlar 
yerlariga va vaqf yerlarida ishlab berishardi. Dehqonlar ulushbay yoki hosilning 
teng yarmi tizimi bo`yicha mehnat qilishgan. Ishlar yakunlanganidan keyin odatda 
yer egasiga hosilning 40—50 foizini berishgan. Ulushchilar 
chorakorlar, 
teng 
yarmiga ishlovchilar esa 
yarimchilar 
deb atalgan. Yeri ham, asbob-uskunalari 
ham, ishchi qoramoli ham bo`lmagan dehqonlar esa zamindorlar qo`lida har 
qanday shart asosida ishlashga majbur edilar. Ularni 
xizmatkor 
(batrak) deb 
atashib, ovqatlanishlariga zo‘rg`a yetadigan arzimas haq berib ishlatishardi. 
Ularning yelkasiga zo`raki shartnomalar yuki osilgan edi. Qarzdor dehqonlar o`z 
qarzlarini uzish uchun ma‘lum vaqt davomida ishlab berishlari lozim edi. Qarzini 
to`lamasdan turib ular xo`jayini xizmatidan keta olmasdilar. 
Shu zaylda, yersiz dehqonlar , soni yildan-yilga o`sib bordi. Ular tobora 
xonlar, beklar va ularning amaldorlariga qaram bo`lib boraverishdi. Bularning bari 
Xiva xonligining umumiy iqtisodiy va ijtimoiy ahvoliga salbiy ta‘sir o`tkazdi. 


XVIII-XIX asrlarda xonlikda muntazam qo‗shin mavjud bo‗lib, uning 
tuzilishi ham Buxoronikiga o‗xshash bo‗lgan. U asosan, otliqlardan tashkil topib, 
qo‗mondonilikni 
lashkarboshi, yuzboshilar
boshqarishgan. Askarlar tinchlik 
paytida dehqonchilik va boshqa kasblar bilan shug‗ulanishgan. XIX asr 30-y.larida 
qo‗shin soni qariyb 40 ming kishi edi. Askar xizmatidagilar soliq va jamoa 
ishlaridan ozod qilinib, har bir harbiy yurishda qatnashganligi uchun 5 oltin tanga, 
jangda rag‗bat ko‗rsatganlar 10-100 tanga olgan. Xon saroyida esa muntazam 
yaxshi qurollangan askar xizmat qilgan (1000 kishi). Qo‗shinning asosiy qismi 
qilich, o‗q-yoy, nayza bilan qurollangan; ba‘zi qismlar miltiq bilan qurollangan. 
Erga egalik turlari. O‗rtta Osiyoning barcha davlatlari singari, Xiva 
xonligida ham er asosiy boylik hisoblangan. Buxoro amirligidagi kabi ular egalik 
shakliga ko‗ra uch guruhga bo‗lingan: 
davlat erlari (amlok), shaxsiy mulk (xususiy 
erlar), vaqf erlari. 
Biroq, er egaligi Buxoro xonligidagi bir qancha farq qilardi: xon 
va uning qarindoshlari barcha erlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. Qolgan 
erlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf erlaridan tashqari). Davlat va xususiy erlar 
dehqonlarga ijaraga berilgan. Dehqonlar olgan hosilning yarmini ijaraga 
to‗laganlar va shu sababdan ularni ―yarimchilar‖ deb ham atashgan. Mayda er 
egalari xonavayron bo‗lib borganlar va oxir-oqibatda erlaridan mahrum bo‗lganlar.
Qishloq xo‗jaligi va sug‗orish ishlari. Xiva xonligida o‗troq aholi 
dehqonchilik, ipakchilik, ko‗chmanchilar esa asosan chorvachilik bilan 
shug‗ullangan. Xonlikning iqtisodiy hayotida sug‗orishga asoslangan dehqonchilik 
muhim o‗rin egallagan. XVI asr o‗rtalarida Yangiariq va Toshli Yormish, 1602 y. 
Arab Muhammad, 60-80 y.larda Shohobod va Yormish, XIX asr boshlarida 
Amudaryodan Lavzan arig‗i chiqarildi va keyinchalik katta kanalga aylantirildi, 
1815 y.da Qilichniyozboy kanali qazildi. Dehqonchilikda bug‗doy, paxta, 
makkajo‗xori, arpa, shuningdek bog‗dorchilik, polizchilik, sabzavot ekinlari 
etishtirilgan. Chorvachilikda quy, echki, tuya, qoramol, otlar boqilgan. Ayniqsa 
qorako‗lchilik yaxshi rivojlangan. 


Hunarmandchilik. Hunarmandchilik shaharlarda rivojlangan bo‗lib, ip, ipak 
va jundan gazlamalar to‗qish keng tarqalgan, shuningdek, kosibchilik, kulolchilik, 
temirchilik, zargarlik, qurolsozlik va b. turlar ham rivojlangan. 
Savdo-sotiq. Ichki va tashqi savdo mamlakat uchn muhim sanalgan. 
Xususan Buxoro xonligi, Eron, Afg‗oniston, Hindiston, Rossiya hamda 
ko‗chmanchi xalqlar bilan savdo aloqalari o‗rnatilgan. Xiva, Urganch, Hazorasp, 
Xonqa, Toshhovuz, Xo‗jayli, Gurlan, Chimboy kabi shaharlar hunarmandchilik va 
savdoning markazlari sanalgan. Rossiyaga turli gazlama, paxta, ipak va b. mollar 
olib borilgan. U erdan temir, cho‗yan, po‗lat, charm, tunuka, movut, to‗tiyo, qand 
va b.mollar keltirilgan. Xonlikning eng yirik shaharlari – Xiva, Ko‗hna–YAngi 
Urganch sanalgan. Xiva shahri XVII asr boshlaridan 1920 yilgacha xonlik poytaxti 
bo‗lgan, u qadimda Xeyvad deb atalgan. XIX asr o‗rtalarida shahar atrofi 6 km. 
Uzunlikdagi devor bilan o‗ralgan; XVIII-XIX asrlarda shaharda ko‗plab me‘moriy 
inshootlar qad ko‗targan. Ularning turkumiga ko‗ra Xiva O‗rta Osiyoda yagona 
shu uslubda qurilgan shahar sanaladi. U Ichan qal‘a (devor uzunligi 2200 m.) va 
Dishan qal‘a (devon uzunligi 6250 m.)lardan iborat. Xivadagi Sayid Alovuddin 
maqbarasi, ko‗hna ark, jome‘ masjidi, Oq majid, Uch avliyo maqbarasi, 
Sherg‗ozixon maqbarasi, Olloqulixon karvonsaroyi va boshqalar muhim 
tarixiyme‘morchilik yodgorliklari sanaldi. 
Muhammad Rahimxon II (1864-1910) xonlik qilgan davrida oldingi xonlar 
kabi xonlikni ma‘muriy boshqarish ishini takomillashtirishga harakat qildi. 
Xivadagi Ko‗hna Ark va Toshhovli saroyida ishlab turgan qonun chiqaruvchi, 
ma‘muriy va sud organi vazifasini bajargan Oliy Kengashda ichki va tashqi 
siyosatning muhim masalalari muhokama etilib turgan. Kengashda nufuzli a‘yonlar 
— qushbegi, mehtar, devonbegi, naqib, shayhislom, qozikalon, otaliq, biy, xonning 
yaqin qarindoshlari qatnashardilar. Xonlikda mavjud 26 beklikni boshqargan bek 
va hokimlar xon tomonidan tayinlangan. O‗zbeklar yashaydigan bekliklar noiblik 
va machit-qavmlarga bo‗linib, ularni noiblar va oqsoqollar boshqarishgan. Qozoq–
qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar 66 biy va otaliqlar tomonidan idora etilardi. 


Turkmanlar urug‗larini esa sardorlar va oqsoqol muhrdorlar boshqarishgan. 
Qozilar shariat va odat qonunlariga asosan hukm chiqarganlar.
Muhammad Rahimxon davrida mavjud otliq navkarlar va sarbozlardan 
iborat piyoda askarlardan muntazam harbiy qo‗shin bo‗lib, u vaqti vaqti bilan 40-
70 mingga etgan. Xon qo‗shini asosan qilich, qalqon, nayza bilan qurollangan. 
Keyinchalik rus to‗plari, ingliz miltiqlari ham olib kelina boshladi. Turkman va 
jamshidlar xon qo‗shinning asosiy tashkil qilgan navkarlar 13 mingga yaqin bo‗lib, 
ularga er-suv ajratilgan va soliqlar kam solingan. Xivada xonning shaxsiy 
soqchilari, darvozabonlar, mirshablar, tungi nazoratchilar ham bo‗lgan. 
1870 yilda Xiva shahrida taxminan 700 dan ortiq mayda hunarmand 
kosiblarning ustaxonasi bo‗lgan. SHu jumladan, shahardagi 54 bo‗yoqchilik, 37 ta 
etikdo‗zlik, 33 maxsi–kavushdo‗zlik, 16 ta ko‗nchilik ustaxonalari xon buyurtmasi 
va aholining kundalik zaruratini qondirish uchun ishlardi. Shaharda do‗konlari bor 
200 dan ortiq savdogarlarning 56 nafari baqqollik, 38 tasi bazzozlik, 32 tasi choy 
va tammakifurushlik, 15 tasi choponfurushlik qilardi
21
. Degrezlik ustaxonalari, 
metall buyumlar ishlab chiqaradigan ustalar, asosan, Hazoraspda to‗plangan edi.
1873 yilda Rossiya bosqinchilarining Xiva xonligini istilo qilishlari uchun 
azaliy mustaqil davlatda barcha shart-sharoitlar pishib etilgandi. Avvalo uzoq yillar 
yonma-yon bir tom ostida yashab kelayotgan turkiy millatlarning boshlari 
qovishmadi, ular orasida milliy va diniy nizolar muntazam ro‗y berib turdi. 
Markaziy Osiyodagi xonliklarning tarqoqligi, etuk va adolatli podshoh yo‘qligi 
ohir oqibatda uch xonlikning rus xukumatining tobe quliga aylanishga, xalqning 
esa ikki tamonlama ezilishiga olib keldi. Peterburgdagi oq podshohning 
qo‗g‗irchoq xokimlariga aylangan xonlar turli-tuman temir tersaklar, orden-
medallar evaziga o‗z xalqini ezib, xo‗rladilar, yurt boshiga misilsiz soliqlar 
yukladilar. Yurtning asil boyliklari shimolga tashib ketila boshladi. XIX asrning 2-
chi yarmi va XX asr boshlariga kelib, Xivada oddiy fuqoroning tirikchiligi xavas 
qiladigan darajada emasdi. Bosqinga qadar xonlikning fuqorolaridan oladigan 
soliqlari turi yigirma to‗rttaga borardi. 1873 yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko‗ra 
21
Yo‘ldоshеv M. Хivа хоnligidа fеоdаl еr egаligi vа dаvlаt tuzilishi, 95–bеt.


esa Xiva xoni Rossiyaga 2-million 200 ming rubl tovon puli to‗lashi shart edi. 
Ma‘lumki bu yirik qiymatni xon va amaldorlari emas oddiy xalq to‗lashi kerak 
bo‗lardi. Xon xazinasini to‗ldirib turish uning amaldorlari, hokimlarini boqish 
uchun fuqorolar yigirma to‗rt hil soliq to‗lashga maxkum edi. Bular –Solg‗it:- Er 
uchun pul solig‘i, Zakot:-sotiladigan mol xisobidan, Daxyak:–xosilning beshdan 
yoki o‗ndan bir qismi uchun. Cho‗p puli– o‗tloqlardan foydalangani uchun. Otliq 
puli:- er va suv uchun tukmanlardan olinadigan soliqlar shular jumlasiga kirardi. 
Bu soliqlarni undirish jarayonida bir necha marta shaxsan ishtirok qilgan 
Amudaryo bo‗limi vakili guvoxligicha noxolol va noto‗g‗ri taqsimlangan soliqlarni 
to‗lash paytida xon amaldorlari muomilaga emas (tayoq va qamchilarga ko‗proq 
suyanardilar deb yozgan ) S.GIAL. SSSR F 183 op 1.d .16.2.
22
Xonlikdagi dehqonlarning boshiga tushgan soliq va majburiyatlar ularning 
tirikchiligi bir tekisda o‗tishga ta‘sir qilar, qashshoqning o‗rta xol, o‗rtaxolning boy 
bo‗lishiga to‗sqinlik qilardi. Yil 12 oy dalada ter to‗kkan dehqon yil oxiri-xosil 
xirmonida etishtirgan maxsulotning yarmini turli xil soliqlarga berib o‗z oilasini 
bahorga qadar boqishga etar etmas don bilan qolardi. Ko‗pincha qish oylarida doni 
tugab boylardan kelajak xosil xisobidan qarz ko‗tarishga majbur bo‗lardi. 
Shaharda yashovchi ishchilarning ahvoli ham o‗rta xol bo‗lgan. Ular ruslar 
tamonidan qurib ishga tushirilgan zavodlarda 13-15 soatlab ishlardi. Shu paytda 
shahardagi zavodlar hayoti bilan tanishib chiqqan graf Palen shunday deb yozadi:-
― Bu erdagi ko‗plab zavodlar rus fuqorolariga tegishli bo‗lib, xech qanday xafsizlik 
texnikasiga rioya qilinmasdi, uskinalar palaportish o‗rnatilgan, bug‗ qozonlari 
avariya ahvolida, meditsina xizmati yo‗q, zavod ma‘muriyati bilan ishchilar 
o‗rtasida munosabat yaxshi emas‖ (Palen. K.K. Otchet po revizii turkistanskogo 
kraya. ch 1. otd.2. 1910. 332 bet.
23
Ishchilar faqat diniy bayramlardagina dam olardilar. Zavod xo‗jayini ularni 
istagan paytda bo‗shatishi kasallansa mehnat xaqi bermasligi qonunlashtirilgandi. 
22
А. Аbdurаsulоv ―ХIVА‖ Tоshkеnt ―O‘zbеkistоn‖nаshryoti 1997 yil 106,107 bеtlаr 
23
А.Аbdurаsulоv ―Хivа tаriхiy-etnоgrаfik оchеrklаr‖ Tоshkеnt 1997 yil. 35-bеt. 


Faqat baxtsiz xodisa tufayli mehnat qobiliyatini yo‗qotgan jabrdiyda ozroq xaq 
olishi mumkin bo‗lardi. 
Xonlikning Xiva, Yangi Urganch, Toshxovuz, Xonqa, Hazorasp va boshqa 
shaxarlarida kapitalistik sanoat ishlab chiqarish korxonalari qurila boshlandi. 1885 
yilda rus ishbilarmoni K.M.Chernikov mahalliy boy Avazboy qozi Madiyorov 
bilan sherikchilik asosida paxtaga ishlov beruvchi zavod qurdi. 1890 yilda 
Xonqada rus ishbilarmoni Manuylov yana bir paxta tozalash zavodi qurdirdi. 
Bundan biroz oldin, 1888 yilda ―Bolshaya Yaroslavskaya manufaktura‖ savdo–
sanoat shirkati vakili I.D.Kuzin xon qabulida bo‗lib, paxta tozalash zavodi qurish 
uchun ruxsat olgandi. Shu maqsadda Yangi Urganchlik Yoqub Ibrohimboydan 2,5 
tanob er sotib olinib, paxta tozalash va moy zavodi qurila boshlandi. Bug‗ bilan
ishlaydigan va AQSHdan keltirilgan 5 ta jin, 2 ta yarim avtomat tarzda ishlovchi 
press bilan jihozlangan korxona 25 ming pud paxtani tozalash quvvatiga ega 
bo‗lgandi
24
. 1891 yilda Xivada hususiy paxta tozalash zavodi qurildi. 1893 yilda 
Hazorasplik mahalliy Madrahimboy ham hususiy paxta tozalash zavodi qurdi. 
Zavodga 3 ta jin uskunasi, 1 ta preslovchi dasgoh, 2 ta elektr energiyasi etkazib 
beruvchi dizel o‗rnatilgan edi
25

Xiva xonligidagi ekin maydonlarining aksariyatini don ekinlari, birinchi 
navbatda jo‗hori egallagan. Paxta etishtirishga esa e‘tibor ruslar istilosidan keyin 
sezirlarli darajada qaratila boshlandi. Ammo xonlikda azaldan ekilib kelinayotgan 
paxtaning ―g‗o‗za‖ deb nomlangan Misr navidan olingan hom–ashyo Rossiya 
to‗qimachilik korxonalari dastgohlariga to‗g‗ri kelmadi. SHu davrda Turkiston 
o‗lkasida Janubiy Amerikadan keltirilgan paxtaning ―Siaylend‖ navini tajriba 
tariqasida ekish boshlangandi. Yangi navning hosil to‗plash davri uzun bo‗lib, 
1880 yilda u Meksikadan keltirilgan tezpishar ―Upland‖ paxta navi bilan
almashtirildi. 1885 yilda Dyukov firmasi Xiva xoni devonbegisi ajratgan erga 10 
pud amerika paxtasi urug‗ini ekdi va undan 150 pud sof paxta tolasi oldi. Xiva 
24
Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzm
pахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi. — T.: SHаrq, 2004. 9, 78– bеt.
25
Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzm
pахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi, 92, 94–bеt.


xonligi erlariga 1901 yildan boshlab ―Upland‖ paxta navi keng ko‗lamda ekila 
boshlandi
26

XIX asr oxirlarida Xiva xonligidagi sug‗oriladigan er maydoni 1 mln. 
tanobdan ziyod bo‗lgan. Xonlikda davlat (podsholik) erlari, hususiy kishilarga 
qarashli mulk (atoyi va yorliqli) hamda diniy muassasalarga berilgan vaqf er 
egaligi mavjud edi. Eng unumdor va sug‗orilishi qulay erlar xon va uning 
yaqinlari, boylar, amaldorlar, dindorlarga tegishli edi. Xonning erlari ―atoyi mulk‖ 
va ―yorliqli mulk‖ deb atalgan hamda avloddan-avlodga meros bo‗lib yoki yorliq 
bilan berilgan. Xon o‗z erlarini mulkdorlarga va ijarachi dehqonlar (batrak, 
mardikor, koranda, bevatan,) ga foydalanish uchun ma‘lum muddatga berardi. 
Xonlikda diniy muassasalar, masjid, madrasa, qabriston va muqaddas joylarga xon, 
amaldorlarga ajratilgan vaqf erlar mavjud edi. Ulardan soliq deyarlik olinmas va 
ersiz, ot-ulovsiz dehqonlar ishlatilib, daromad qilinardi.
Yer maydonlari hajmiga qarab qishloqda yashayotgan mulkdorlar a‘lo, avsat 
va adno degan guruhlarga ajratilgan. Soliq solishda 10 tanobdan ortiq erga ega 
bo‗lgan ―a‘lo

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə