Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

KP??????
bilаn nаmоishgа qo‘yilgаn. 
53
O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 305, l. 233. 
54
O‘shа mаnbа. — L. 237. 


keltiruvchi omil hisoblanadi. O‗ylaymanki, Xiva xalqi g‗amho‗rlik va kelajakdagi 
himmatli ishlaringiz uchun sizdek oliy zotdan yana ko‗p mehribonliklar ko‗radi‖
55
.
Xivadagi kasalxonaning ochilishi marosimida qatnashgan Bayoniy 
yozgandi: ―Ushbu yil zulqa‘da oyida dorushshifo, ya‘ni duxturxonaning binosi 
itmomga etdi. Xon hazratlari onda yaxshi to‗y berib, tamomi ulamo va tamomi 
to‗ralar, beklar va tamomu amaldoru oqsoqollar va tamomi elni da‘vat etdilar va 
Rusiya duxturlaridan ikki duxturni talab etib kelturmish erdilar. Biri muzakkar 
(erkak) va biri muannas (ayol) erdi. Ul ikkovi viloyatning tamomi zukuru anosdin 
(erkagu–ayol) bemor bo‗lg‗onlarga mudovo (shifo) etmakka mutakaffil (kafil) 
bo‗lib, ul duxturxonada qaror toptilar. Olarga vofir vazifalar ta‘yin etdilar. Tamomi 
xaloyiq xushhol bo‗lib, zukur va anosdinkim, bemor bo‗lsa kelib shifo topib ketar 
edilar‖
56

Xiva kasalxonasining dovrug‗i tez orada butun Quyi Amudaryo havzasida 
yashayotgan xalqar orasiga keng tarqaldi. ―Xiva kabi xonlikning shahar–
qishloqlari aholisi ham kasalxonaga tibbiy xizmat so‗rab, o‗z istagi bilan murojaat 
qiladilar‖
57
,— deb yozgandi bosh vrach A.F.Ansimov o‗zining 1914 yil 22 
fevralda Amudaryo bo‗limi boshlig‗i nomiga yozgan maktubida. 1913 yilning 
oktyabrida kasalxona va uning qoshidagi ambulatoriya 1577 erkak va 1162 ayolni, 
noyabrda — 2222 erkak va 1976 ayolni, dekabrda — 2358 erkak va 1609 ayolni 
qabul qildi
58
. Qisman pullik xizmat joriy etilgach, 1914 yil yanvarida 1596 erkak 
va 1128 ayol qabul qilindi, ya‘ni murojaat etuvchilar soni oldingi oyga nisbatan 
1238 nafarga kamayib ketdi
59
. Bunday holatning sabablari qatorida A.F.Anisimov 
kasalxona aptekasidagi zarur dori–darmonlarning etishmasligi va ularning narxi 
qimmat ekanligini ko‗rsatgan. Vaziyatni yaxshilash uchun Urganch va Xivada 
dorixonalar ochish taklif etilgandi.
55
O‘shа mаnbа. — L. 226–оrqаsi. 
56
Bаyoniy M.YU. SHаjаrаyi Хоrаzmshоhiy // ―Mеrоs‖ to‘plаmidа, 264–bеt.
57
O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 309, l. 15. 
58
O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 309, l. 15–оrqаsi. 
59
O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 309, l. 15–оrqаsi. 


Ammo A.F.Ansimov keyinchalik o‗zining ushbu tashabbusidan aziyat 
chekkanligi tarixiy hujjatlarda ko‗rinib turibdi
60
. Chunki Petro–Aleksandrovskdagi 
farmatsevt Matvey Bersudskiy aptekasining Yangi Urganchda ochilgan filialida 
tibbiy dori–darmonlar o‗rniga ko‗proq aroq–vino mahsulotlari sotilishi mahalliy 
aholi bu erda ishlayotgan ruslarning salomatligiga zararli ta‘sir ko‗rsata 
boshlagandi. 
1916–1917 yilldarda Xiva xonligida ro‗y bergan noxush siyosiy voqealar 
kasalxona ahvoliga ham o‗ta qattiq zarar etkazdi. Ajratilayotgan mablag‗larning 
kamligi, tibbiy xodimlar hayotining doimiy xavf–hatar ostida qolishi ularning 
Toshkent va Moskvaga ketib qolishlarini tezlashtirdi. Xonlik aholisi xotirasida 
yorqin iz qoldirgan Xiva kasalxonasi faqat 1920 yil yozidan boshlab yana o‗z 
faoliyatini rus vrachlari yordamida tiklay oldi, xolos.

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə