Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

” 
mulk egalari yiliga 3 tilla, 10 tanobgacha eri bo‗lgan ―avsat‖ mulki 
eagalariga 2 tilla va 5 tanobgacha eri bo‗lgan 

adno
” 
mulki egalariga 1 tilla to‗lash 
majburiyati yuklangan. Ijarachilar 15 tanob erdan 34 tanga, 10 tanob uchun — 22,6 
va nihoyat 5 tanobgacha er uchun — 11,3 tanga miqdorida soliq to‗laganlar
27

O‗troq va chorvador aholisi xiroj (er solig‗i) va zakot (chorva-mol) solig‗i 
to‗lashga majbur edilar. Bundan tashqari, juzya (jon boshiga), savdo solig‗i 
(tamg‗a), bog‗ solig‗i (tanabana) kabi soliqlar bo‗lgan. Aholi qazuv, begar, qochuv, 
otlanuv, boj puli, tarozi haqi, mirobona, darbozabon, mir tuman haqi kabi 
qo‗shimcha soliq va majburiyatlarni ham bajarardi. Xon oilasi va uning 
qarindoshlari, oqsoqollar, beklar, dindorlar, sipohilar, amaldorlar, sarbozlar, 
navkarlar, yuzboshilar, 13 yoshga etmagan va vasiylari bo‗lmagan etimlar 
soliqlardan ozod etilganlar. 
26
Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzm
pахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi. — T.: SHаrq, 2004.9, 14–bеt.
27
Yo‘ldоshеv M. Хivа хоnligidа fеоdаl еr egаligi vа dаvlаt tuzilishi, 76, 98–bеt.


Xiva xonligida Ovro‗pa ishlab chiqarish usuli va madaniyatini tarqatishda 
juda ko‗p xalqlar hizmat qilgan. Ular orasida menonit nemislari alohida o‗rinda 
turadi. Bir vaqtlar Prussiyadan Quyi Volga bo‗ylariga ko‗chib kelgan nemislarning 
harbiy hizmatga safarbar etilishiga norozi bo‗lgan bir qismi Turkiston general–
gubernasiga ketishga ruxsat so‗ragandi. Natijada fon–Kaufman roziligi bilan 
Samara gubernasidan ko‗chib kelgan 10 ta nemis oilasi Toshkent yaqinidagi 
Koplonbek hovlisiga joylashtiriladi. Yangi kelayotgan nemislarning bir guruhi 
Buxoro amirligidagi chegara qishloq bo‗lgan Zirabuloqqa, yana biri esa — Petro–
Aleksandrovskka joylashtiriladi. Amudaryo bo‗limiga kelgan nemislarni kutib 
olgan general Grotten Xelm ularni Xiva xonligining Lavzon kanali yaqiniga 
o‗rnashtirishni Muhammad Rahimxonga taklif qiladi.
1883 yil bahorida Lavzon yaqinida yashay boshlagan nemislar o‗zlariga 
zarur boshpana qurish, tirikchilik uchun zarur bo‗lgan ekinlar ekish va chorva 
mollarini boqish ishlariga kirishib ketadilar. Ammo ularning turmushi notinch 
bo‗lib, yovmut turkmanlarining bosqinchilik tajovuzlari ko‗p bo‗lib turardi. 
Qo‗lga qurol olmaslik va qon to‗kmaslikni urf–odat qilgan nemislar esa o‗zlarini 
himoya qilaolmasdilar.
Murakkab sharoit haqida Petro–Aleksandrovskdagi rus ma‘murlari habar 
topgach, xondan biron chora–tadbir qo‗llashni iltimos qiladilar. Xon nemislar 
oldiga Qosim devon ismli amaldor boshchiligida askarlarni yuboradi. Biroz vaqt 
ahvol bilan tanishgan va nemislarning hunarmandligidan voqif bo‗lgan Qosim 
devon ularni Xiva yaqiniga ko‗chirish haqida xonga taklif kiritadi. Natijada 40 ga 
yaqin nemislar oilasiga xonning Yangiariqdagi Sho‗rko‗l yaqinidagi eridan qishloq 
qurish uchun joy ajratiladi. Yangi qishloqqa berilgan nom nemislarning Sirdaryo 
bo‗yiga dastlab kelib o‗rnashgan Oqmachit qal‘asi bilan bog‗liq edi. 
Tez orada qishloqda uy–joy, cherkov, maktab qurish ishlari boshlab 
yuboriladi. Tartib bilan evropacha qurilayotgan yangi imoratlar mahalliy aholining 
xavasini keltiradi. Nemis duradgorlari xon saroyida yog‗ochdan parket pollarni 
to‗shab berdilar. Xiva shahri ko‗chalarida brichka shaklidagi to‗rt g‗ildirakli yuk 
aravalari va yumshoq faytonlar yura boshladi. Vilgelm Panner ismli nemis 


fotografiya suratchiligiga asos soldi. Xon va badavlat amaldorlarning uylaridagi 
katta xonalarda tunukadan golland pechlari va kamin shaklidagi isitish qurilmalari 
paydo bo‗ldi. Ularning eng go‗zallari Asfandiyorxonning Nurullaboydagi 
xashamatli saroyini bezagan.
Nemislarning Xiva xonligi turmushidan besovita habardor bo‗lgan German 
Yantsen ―Xavf–hatarli Turkistonda: musulmonlar orasidagi hayot‖ nomli kitob 
yozgan va u 1988 yilda Germaniya va Shveysariyada nashr qilingan
28
. Unda 
nemislarning o‗lka halqari bilan birodarlashish, bir biriga yordam berish, 
hamdardlik sahifalari haqida iliq gaplar aytilgan. Yarim asr davom etgan 
birgalikdagi hayot mahalliy aholi kabi nemislarni ham juda ko‗p vojealarni 
boshidan kechirishga majbur qildi. Qatag‗onlar chig‗iriqiga tushgan ushbu 
jafokash xalq o‗z o‗y–joyi, mol–mulkining ko‗p qismini va qadrdon do‗st–
birodalarini tashlab Sharqiy Qozog‗istonga badarga bo‗lib ketdi. 
XIX asr o‗rtalari va oxirgi choragida ko‗zga ko‗ringan adabiy muhitining 
yirik namoyandalaridan biri — Komil Xorazmiy (1825-1897) edi. U o‗z davrining 
iste‘dodli shoiri, tarjimoni, bastakori, ko‗zga ko‗ringan davlat arbobi va hattoti 
bo‗lgan va mirzaboshi, devonbegi lavozimlarida faoliyat ko‗rsatgan. Bastakorlik 
sohasida u maqomi ―Rost‖ning chertim va aytim yo‗llarini qog‗ozga tushirgan. 
Komil Xorazmiyning maqomlarni ilk bor notaga tushurish usuli — ―Tambur 
chizig‗i‖ deb atalgan. Yangi usul asosida Xorazmning 6,5 maqomi to‗ldirilib, 
tambur chizig‗iga joylab notalashtirildi. Shoir va shoh Feruz davri musiqa 
madaniyatini yuksak cho‗qqiga ko‗targan Komil Xorazmiyning ishini o‗g‗li 
Muhammad Rasul Mirzo va shogirdlari davom ettirib, yanada yuqori pog‗onaga 
ko‗tarishga erishganlar.
Muhammad Rahimxon davrida xonlikda maorif va sog‗liqni saqlash 
ishlariga e‘tibor qaratildi. 1880 yilda Xivada birinchi ambulatoriya ishlay boshladi. 
1884 yilda xon saroyida birinchi rus-tuzem maktabi tashkil qilindi. XX asr 
boshlarida Xiva xonligida 1500 ta eski uslubdagi maktablar, 130 ta madrasa bo‗lib, 
28
Sаfаrоv О., Sultоnоv О. Оqmаchit хоtirаlаri // Хоrаzm hаqiqаti, 1993, 23 mаrt; Mаtniyozоv M. Хivа хоnligidа 
yashаgаn хаlqlаr vа ulаrning хоnlik ijtimоiy–siyosiy hаyotidа tutgаn o‘rni vа rоli. — 62–68–bеt.


ularda 50 mingdan ortiq talaba bilim olgandi. Aholining savodxonlik darajasi ham 
ancha ko‗tarildi. 
Ruslar istilosidan keyin Xiva xonligida tabiblar bilan bir qatorda aholiga 
vrach va felsherlar tomonidan tibbiy xizmat ko‗rsatila boshlandi. 1882 yilda 
Muhammad Rahimxonni davolash uchun Qazalidan harbiy vrach N.Norvillo 
yuborildi. 1884 yilda Xivaga rus vrachlari Kolpakov va Kolossovskiylar keldilar. 
1887 yildan Xivada ochilgan felsherlik ambulatoriyasida vrach Kreshkov ishladi. 
1891 yilda Xivadagi felsherlik punkti ishini tekshirish uchun Petro–
Aleksandrovskdan vrach I.M.Avdakushin va akusher–ginekolog Navostruevskaya, 
1897 yilda esa — vrach Kimberg kelishgan
29
.
1897 yilda Xiva xonligida keng tarqalgan chechak kasalligi epidemiyasi 
tarqalishidan cho‗chigan Amudaryo bo‗limi boshlig‗i polkovnik A.S.Galkin 
Muhammad Rahimxonga yozgan maktubida hech bo‗lmaganda xonlik shahar va 
qishloqlaridagi aholi orasida emlash ishlarini bajaradigan odam ajratish va unga 15 
so‗m miqdorida maosh belgilashni taklif qilgan
30
. 1897 yilda Xiva felsherlik 
punktida vrach Popov va feldsher N.Kostenko ishladi.
Xiva 
davlat 
hujjatlari 
orasida 
Petro–Aleksandrovsk 
va 
Shabboz 
kasalxonalarida davolangan xonlik fuqarolarining xizmat haqqini to‗lamasdan 
qochib ketganlari va qarzlarini undirishda yordam so‗rab yozilgan rus 
ma‘muriyatining ko‗plab xatlari saqlanadi
31
.
1874 yilda Sayyid Muhammad Rahimxon buyrug‗i kitob chop etish uchun
Shveysariyaning Jeneva shahrida ishlab chiqarilgan dastgohlar olib kelindi. 
Shartnoma asosida ishga taklif qilingan Ibrohim Sulton ismli eronlik matbaachi 
O‗rta Osiyoda birinchi toshbosmani (litografiya) ishga tushirdi. U shogirdi Otajon 
Abdol o‗g‗li bilan birga 1874 yilda ―Devoni Munis‖ni bosmadan chiqardi. Ibrohim 
Sulton bir yildan keyin yurtiga qaytib ketdi. O.Abdolov esa kitob bosishni davom 
ettirdi. Xiva litografiyasida 1876 yilda Abu Nasr Farohiyning ―Nisobus-sibiyon‖ 
29
Sаdikоv А.S. Nеkоtоriе dаnniе о zdrаvоохrаnеnii v dоrеvоlyutsiоnnоy Хivе // Mаtеriаli pо izuchеniyu Srеdnеy 
Аzii i Uzbеkistаnа. Nаuchniе trudi TаshGU. Nоvаya sеriya, vip. 233. Istоrichеskiе nаuki, kn. 48. — Tаshkеnt, 
1964. — S. 3. 
30
O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 149, l. 76. 
31
O‘zR. MDА, f. I–125, оp. 1, d. 273, l. 1, 3, 6, 8 vа bоshqаlаr. 


(―Bolalar nasibasi‖), 1879 yilda Shermuhammad Munisning ―Munis ul-ushshoq‖, 
1880 yilda Alisher Navoiyning ―Hamsa‖sidan ―Hayratul abror‖ va 1882 yilda 
―Hazoyin ul-maoniy‖ va Muhammad Rizo Ogahiyning ―Ta‘viz ul-oshiqin‖, 1897 
yilda Muhammad Rahim Feruzning ―Devoni Feruz‖, 1909 yilda Tabibiyning 
―Majmuot ush-shuaro‖ kitoblari bosildi
32
.
Sayyid Muhammad Rahimxonning 1898 yil 12 apreldagi farmoniga 
muvofiq, qadimiy yodgorliklar, muzeybop buyumlar to‗plana boshlandi. Yig‗ilgan 
noyb buyumlar va kitoblar 1890 yilda Toshkentda, 1895 yilda Nijniy Novgorodda, 
1900 yilda Parijda, 1904 yilda Amerikaning Missuri shtatida bo‗lib o‗tgan xalqaro 
ko‗rgazmalarda namoyish qilindi.
O‗rta Osiyodagi siyosiy inqiroz va mavjud davlatlarning bir-biri bilan 
kelishmasligi oqibatida ular birin-ketin chor Rossiyasi tomonidan bo‗ysunirilishi 
natijasida Xiva xonligi ham yarim qaram mamlakatlar qatoridan o‗rin oldi. 
Iqtisodiy jihatdan ojiz va siyosiy jihatdan huquqlari cheklangan davlatning kelugsi 
taraqqiyoti deyarlik butunlay chor ma‘murlarining nazorati ostiga olindi. Xiva xoni 
Muhammad Rahimxon o‗z davlatida o‗zi hukmron bo‗lmagan bir sharoitda 
Gandimiyon sulh shartnomasi barcha bandlarini o‗z vaqtida bajarishga harakat 
qildi. Hattoki 2 mln. 200 ming so‗mlik o‗lpon ham muddatidan ilgari to‗lab, 
tugatildi.
1882 yilda Muhammad Rahimxon ilk bor Russiyaga safar qildi va iperator 
Aleksandr III dan xonlikning iqtisodiyoti uchun zarur zavod va farikalarni qurish, 
savdo-sotiq aloqalarini mustahkamlash, bir vaqtlar siyosiy mahbus sifatida hibsga 
olingan amaldorlarni ozod qilishni so‗radi. Vaziyatning o‗zgarganligi va xonning 
itoatgo‗yligi bois yuqoridagi iltimoslarning ayrimlari qondlirildi. Xiva va Rossiya 
o‗rasidagi sal kam chorak asrlik iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalar XX asrda 
amalga oshiriladigan tadbirlar uchun keng yo‗l ochib, yangi imkoniyatlarni yaratdi.
32
YAzbеrdiеv Аlmаz. K vоprоsu о nаchаlnоm priоdе knigоizdаtеlskоy dеyatеlnоsti Хivinskоy litоgrаfii 
(1874–1880) // ―Izvеstiya‖ АN Turkmеnskоy SSR. Sеriya: Оbshеstvеnniе nаuki, 1971, № 4; Mаtrаsulоv SH. 
Pеrvаya tipоgrаfiya v Хоrеzmе // ―Хоrеzmskаya prаvdа‖, 1994, 22 sеnt.; Ахundjаnоv E.А. K istоrii rаzvitiya 
knijnеgо dеlа v Хivе // Оbshеstvеnniе nаuki v Uzbеkistаnе, 1997, № 7-8. — S. 100–103; YUldаshеv U. Оt 
litоgrаfii dо kоmpyutеrа // ―Хоrеzmskаya prаvdа‖, 2003, 19 iyunya. 


XIX asrning 70-80 yillaridayoq xonlikda yuritilayotgan siyosatga qarshi bir 
qancha g‗alayonlar bo‗lib o‗tdi. Unda tukmanlar, qozoqlar va o‗zbeklar 
qatnashgan, o‗sha davr xujjatlarida yozilishicha isyon rahbarlariga murivat 
ko‗rsatilmagan. Biybozorda 4-nafar o‗zbek, Toshhovuzda ikki o‗zbek va ikki 
turkman osib o‗ldirilgan, Ilollida esa 20-kishi xibsga olinib ularning ikkisi qatl 
qilingan. Qo‗zg‗olon ko‗targan Uroz qozi, onasi, akasi o‗ldirilgan 1898 yilda 
qo‗zg‗olon ko‗targan kuli yovmutlar sordori Oqsapak Saxarxon o‗g‗li bilan birga, 
1902-yilda Mahmud Otal boshidan judo qilingan. 
Bu keskin choralar ezilgan xalqni qo‗rquvga sololmadi. G‗alayonlar 
kuchayishining oldini ololmadi. 1900-1902 yillarda xonlikning janubiy-g‗arbiy 
qismida xalq g‗alayonlari yashin tarzida avj olib ketdi. 
Chor xukumati ham xon maxkamasi ham faqat qurol kuchi qo‗rqitish bilan 
endilikda ommani qo‗l ostida saqlab turish mushkulligini anglab etdilar va 1903 
yilda xon yovmut turkmanlarining g‗alabalariga yon berishga majbur bo‗ldi. 
Matmurod devonbegi turkmanlar ustidan nazorat qiluvchilar vazifasidan ozod 
qilinib o‗rniga Xudoyor qushbegi mutasaddi qilib tayinlangan, uy solig‗i esa 20 – 
tangaga kamaytirilgan. 
Rossiyada XX asr boshida ro‗y bergan inqilobiy xarakatlar ta‘siri Xivaga 
ham etib kelishi natijasida soliqlardan ruslarni va mahalliy boylarni zulmidan
bezgan el sinfiy tabaqalanishning mohiyatini anglab etdi. Bu o‗z navbatida 
g‗alayonlarning mazmuniga siyosiy talablarni ham qo‗shib yubordi. G‗alayonlar 
avvalgidek betartib norozilik va ko‗tarilishdan, uyushgan boshqaradigan kuchga 
aylandi.Ularda aniq maqsad ko‗rina boshladi. 1902 yilda Safar Ali ismli 
yovmutning soliq to‗lamaganligi ta‘sirida yovmutlar yo‗lto‗sarlik harakatlarini 
boshlab yubordilar. Natijada xon Sayyyid Abdulla to‗raga taxtni boshqarishni 
topshirib, o‗zi o‗zbek va chovdir turkmanlardan to‗plangan lashkarlarga bosh 
bo‗lib, Toshhovuzga borib 14 kun turdi. Xonning topshirig‗i bilan oldinroq Taxta 
tumanidagi yovmutlar ustiga yuborilgan Nurjon Botir isyonchi Safar Alining 
kallasini kesib keldi. SHundan so‗ng, Taxtaga yuborilgan shahzoda Asfandiyorxon 


va Naqibxo‗ja ismli amaldor yovmutlardan soliq yig‗ib oldi va ularning arzlarini 
tingladi. 
Xon esa Hiloliy va Oqupada biroz to‗xtagach. Ko‗hna Urganchdagi
avliyolar qabrlari va maqbaralarini ziyorat qildi. Keyin besh kun davomida
Xivaga qaytayotgan vaqtida oldiga chiqqan din arboblari va oddiy xalqning duoyi–
fotihasini olib, poytaxtga omon–eson qaytib keldi. ―Faqirga kitobi ―tarixi 
Tabariy‖ni forsiy tilidan turk tilga tarjima etmak xizmatini buyurib erdilar, bu 
sababdan rikobi humoyunda keta olmay amri oliylari bila qolib erdim. Man ham 
istiqbollariga chiqib duo qildim‖
33
,— deb yozgandi muarrih Bayoniy. 
1903 yilda shahzoda Asfandiyorxon Mahmud Vafo karvonboshi va 
Islomxo‗ja hamrohligida Peterburgga safar qildi. SHu yili xonning inisi Otajon 
to‗ra dunyodan o‗tdi. U Kamron tahallusi bilan she‘rlar yozib turardi. Otajon 
to‗radan Muhammad Amin, Sayyid G‗oziy to‗ra va Sayyid Asad to‗ra ismli 
o‗g‗illar yodgor bo‗lib qoldi. 1907 yilda xonning kichik ukalari Ollayor to‗ra 47 
yoshida, 1909 yilda To‗ramurod to‗ra 54 yoshida vafot qildilar.
1905 yilda Xonqa, Xazarasp, Bog‗otda Matyokub pishik qo‗zg‗olon 
ko‗tardi shu yilning bahorida Qo‗ng‗irotda, kuzida Ko‗hna Urganchda o‗zbeklar 
va qozoqlar uyushgan xolda xarakat qilib boy va amaldorlarning ekin maydonlarini 
mol-mulklarini vayron qildilar. Xon bu xarakatlarni chor qo‗shinlari va navkarlar 
yordamida bostirdi lekin soliqlarni undirishdan cho‗chib qoldi. Amudaryo bo‗limi 
boshlig‗ining Turkiston General- gubernatoriga 1905 yil 18-aprelda yozgan xatida 
kuli yovmut qabilalarining soliq to‗lashdan bosh tortganlari mana ikki yilki xon bu 
soliqlarni to‗plashga yurak yutib xarakat qilolmayotganini aytadi.
1905 yil ohiriga kelib ahvol shu daraja yomonlashdiki Xon va uning 
amaldorlari ham uylarida tinch yashay olmay qoldilar. Qashshoqlashgan va norozi 
xalq avval boshda maxalliy boylarning tanobini tortib qo‗yishi, ularning mol- 
mulkini tolon-taroj etib, o‗zlarini jazolashi oddiy xaqiqat edi. Xon ham isyonlar 
tufayli toboro bo‗shab qolayotgan g‗azna taqdirini va o‗z taxtini tinchini o‗yladi.
 
33
Bаyoniy M.YU. SHаjаrаyi Хоrаzmshоhiy // ―Mеrоs‖ to‘plаmidа, 246–bеt.


1908 yilda Muhammad Rahimxon payg‗ambar yoshiga to‗lgani sababli, o‗g‗li 
Asfandiyor to‗ra va Bosh vazir Islomxo‗jani bosh qilib, elga katta to‗y berdi.
 
1910-yilga kelib rus ma‘murlari Turkistonda ba‘zi bir isloxiy xarakatlarni 
o‗tkazishga majbur bo‗ldilar. Shu asosda Xiva xoni xam 1910-yilda besh bandli 
maxsus qarorni imzoladi, ularda quyidagi chekinishlar o‗z aksini topgandi. 
1. Begor mavsumida qazuvchilardan yig‗iladigan 50- tiyinlik (salkam 3-
tanga) soliqni bekor qilish. 
2. Qazuv davrida qatnashgan kishilarga xon xazinasidan har odamga ikki 
tanga (40-tiyin) xizmat xaqi to‗lash. 
3. Begor davrida dehqonlar va ishchilarning qazuvdan boshqa ishlarga, 
boy boyonlarning shaxsiy xo‗jaliklariga majburiy ishga jalb qilish ham bekor 
qilindi.
4. Mansabdor shaxslarga ma‘lum miqtor moyana tayinlandi, pora olish
qat‘iy taqiqlandi. Xukumat odamlari, hokimlar o‗z oldiga ish yuzasidan kelgan 
kishilardan xizmat xaqi olishi sha‘riat qoidalariga zid, deb e‘lon qilindi. 
5. Er solig‗ini aniq belgilash maqsadida erlarni va vaqf erlarni qayta 
xisobga olish va qayta o‗lchab chiqish belgilab qo‗yildi. 
Lekin bu tadbirlar 1910 yil 16- avgustda Muhammad Rahimxon II o‗limi 
tufayli amalga oshmay qog‗ozda qolib ketdi. Muhammad Rahimxon II vafot 
qilganda 66 yoshda bo‗lib, uning jasadi Sayyid Muhammad Mohiro‗yi 
maqbarasiga dafn qilindi. Taxtda 47 yil 15 kun o‗tirgan Muhammad Rahim 
Bahodirxon shubhasiz Xiva xonligi tarixida o‗chmas iz qoldirgan davlat 
arboblaridan biri edi
34
.
Muhammad Rahimxon o‗zining uzoq yillar davomidagi xonlik davrida juda 
ko‗p voqealarning guvohi bo‗ldi. ―Ma‘lum bo‗lsinkim, xon hazratlari bag‗oyat 
mushfiq–fuqaro va bag‗oyat xayrdo‗st kishi erdilar‖
35
,— deb yozgandi Bayoniy.
34
Muhаmmаd Rаhimхоnning yurаk zоtiljаmi оqibаtidа vаfоt qilgаnligi hаqidа хаbаr bеrgаn ―Nivа‖ gаzеtаsi 
o‘zining 1910 yildаgi 45–sоnidа хоngа Оrеnburg kаzаk qo‘shinlаri gеnеrаl–lеytеnаt vа 1902 yildаn 
hаzrаt
unvоni 
bеrilgаnligi hаqidа yozаdi. U 20 yoshidа vоris sifаtidа tахtgа ko‘tаrilgаn bo‘lsа, endilikdа uning 37 yashаr o‘g‘li
Sаyyid Аsfаndiyor to‘rа pоdshо hаzrаti оliylаri ruхsаti bilаnginа оtаsi tахtigа o‘tirishi mumkinligini qаyd qilаdi. 
Ungа hаm Оrеnburg kаzаk qo‘shinlаri gеnеrаl–mаyоri unvоni bеrilgаn. Ushbu mаnbаni tаsdiqlоvchi хujjаt хоzirdа 
―Ichаn-qаl`а‖ dаvlаt muzеy qo‘riqхоnаsining, ―Хivа хоnligi tаriхi‖ bo‘limi ekspоzitsiyasidа sаqlаnmоqdа. 
35
Bаyoniy M.YU. SHаjаrаyi Хоrаzmshоhiy // ―Mеrоs‖ to‘plаmidа. 252–bеt.


Uning davrida Xiva xonligi chor Rossiyasiga qaram davlatga aylandi. Xonlikning 
katta hududi tortib olindi va fuqarolari zimmasiga og‗ir majburiyatlar yuklandi. 
Xonning qobiliyati va amalga oshirgan siyosati natijasida iqtisodiy, ijtimoiy va 
madaniy hayotda sezilarli darajada ijobiy siljishlar bo‗ldi.
1903 yilda aka–uka Kraftlar Yangi Urganchda bank idorasini ochdilar. 
Keyinchalik ushbu bankning filiallari Xonqa, Mang‗it va Gurlanda tashkil etildi. 
1910 yilda Kraftlar oilasi Urganchdagi yog‗ zavodini sotib olib, uni AQSH, 
Germaniya, Angliyadan keltirilgan asbob–uskunlar bilan qayta jihozladilar
36

1905 yilda viloyatdagi paxta zavodlarida 103 ta uskuna ishlab turadi. 
Keyingi 2 yil oralig‗ida ―Poznanskiy va sheriklar‖ manufaktura agentlari Yangi 
Urganch, Toshhovuz, Mang‗it, Xiva, Xonqa, Gurlanda paxta tozalash zavodlari 
qurdilar. Xorazmda Shlossberg va og‗a-inilar‖ degan ishbilarmonlarning zavodi 
ishlay boshladi. Yusufboy Hayitboev, aka-uka Matvafo va Matsapo Baqqolovlar, 
Rizaev, Madiyorov, Boboniyozboy, Matniyozboy kabi mahalliy puldorlar ham 
paxta tozalash zavodlari qurdilar. 1904 yilda Pitnak qal‘asi yaqinida 
Boboniyozboy, Egamberdi noib va Mergan hojilar sherikchiligida ikki jiqli payta 
tozalash zavodi ishga tushirildi. Zavod yonida bug‗ bilan ishlaydigan un tortish 
tegirmoni ham qurildi. Oradan biroz vaqt o‗tgach, Mulla Matyozboy ismli 
pitnaklik boy uch jiqli yana bir paxta tozalash zavodini ishga tushirdi. Zavoddagi 
15 ot kuchiga teng dvigatel yordamida kuniga 100–120 kg. paxta tozalanib, 45–50 
kg. tola olinardi. 1912–1918 yillarda Matyozboyning zavodidagi ishlarga Andrey 
ismli rus ishchisi boshchilik qilgan
37

1911 yilda Petro–Aleksandrovsklik ishbilarmon Pavel Aleksandrovich 
Gurlanda paxta tozalash zavodi qurdi. Uni boshqargan injener Qaymachnikov 
nazorati ostidagi ishchilar 6 ta g‗o‗zani maydalash uskunalari va 3 ta paxtani 
chigitdan tozalash jin mashinalari yordamida kuniga 20–30 ta, har birining og‗irligi 
100–110 kg. keladigan payta toylarini tayyorlashardi
38
.
36
Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzm
pахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi, 12–bеt.
37
Qurbоnbоеv S. Pitnаk tаriхi. — Urgаnch: Хоrаzm, 2001. — 20–bеt.
38
Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzm
pахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi. — 14, 88–bеt.


Xiva xonligida 36 ta paxta tozalash zavodlaridan tashqari, 11 ta g‗isht, 8 ta 
beda urug‗i tozalash, 4 ta charm ishlash, 4 ta yog‗-sovun zavodlari ham bo‗lgan. 
Paxta tozalash zavodlarida kerosin yoqilg‗isi yordamida harakatlanuvchi 
dvigatellar o‗rnatilgan bo‗lib, ularning quvvati 15–45 ot kuchidan oshmasdi. Faqat 
bir necha yirik paxta tozalash zavodlarni elektr yordamida yoritish maqsadida 
kichkina dinamli stansiyalar o‗rnatilgan edi. Zavod va fabrikalarda yollanib 
ishlayotgan mehnatkashlarning ahvoli ham ayanchli edi. Ular kuniga 10–12 soat 
ishlar va juda oz miqdorda xaq olardilar. Bunday ahvol mehnatkashlarning 
mustamlakachilar zulmiga qarshi noroziligini tobora kuchaytirib bordi. Ba‘zi 
zavod fabrikalarda ishchilarning zulmga qarshi namoyish va norozilik harakatlari 
bo‗lib turardi. 
Qishloq xo‗jaligi sohalarini rivojlantirish ishlariga ham e‘tibor ortdi. 
Dehqonlarning mehnati sanoat ishchilariniki kabi juda og‗ir bo‗lib, asosiy ishlarni 
qo‗l kuchi, ho‗kiz, ot, eshak va tuyalar yordamida bajarardilar. 1909 yilgi 
ma‘lumotlarga qaraganda xonlikdagi jami ekin maydonlari — 226983 desyatinani 
tashkil qilgan bo‗lib, shundan bug‗doy ekiladigan maydonlar — 53579 desyatina 
(24,3 %), tariq ― 8470 desyatina (10,6%), jo‗xori ― 31884 desyatina (14,3%), 
mosh ― 5526 desyatina (2,8%), qovun ― 13099 desyatina (5,9%), arpa ― 5959 
desyatina (2,7%), beda ― 35277 desyatina (15,9%), paxta ― 34775 desyatina 
(15,8%) va boshqa ekinlar 9081 desyatina maydonlarni (3,9%) egallagan
39
.
Xorazm dehqonlari azaldan don ekinlari qatorida bug‗doy, arpa, ayniqsa oq jo‗hori 
ekishga ko‗proq e‘tibor beradilar. Shu bilan bir qatorda sabzavot va poliz ekinlari, 
chorva uchun uchun o‗t, em–hashaklarni ko‗proq etishtirishga harakat qilardilar.
Paxta xom–ashyosining bahosi bug‗doy va boshqa turdagi don 
mahsulotlariga qaraganda deyarlik 2 marta yuqori bo‗lsada, xonlikdagi barcha 
sug‗oriladigan er maydonlarining faqat 16,3 foizini paxta egallab turardi, xolos. 
Ayrim tadqiqotchilarning arxiv hujjatlariga tayangan holda ko‗rsatishicha, 1900–
1916 yillar orasida Xiva xonligida paxta etishtirish 21 marta o‗sgan. 1916 yilda 
39
Lоbаchеvskiy V. Хivinskiy rаyоn. — T., 1912. ― 74–bеt.


xonlikda 60 ming tanob erga paxta ekilgan bo‗lib, undan 86400 pud paxta xom–
ashyosi olingan va hosildorlik 11 sentnerni tashkil qilgan
40
.
Xiva xonligida etishtirilgan va dastlabki ishlov berilgan paxta tolasining 
ko‗p qismi Rossiyaga jo‗natilgan hamda uning hajmi tinimsiz ortib borgan. Agar 
1883 yilda Xiva xonligidan Rossiyaga 300 ming pud paxta olib ketilgan bo‗lsa, 
1909 yilda 600 ming pud, 1910 yilda 700 ming pud va 1913 yilda 735 ming pud 
―amirkoni‖ navli .va 100 ming pud mahalliy ―g‗o‗za‖ navli paxta tolasi olib 
ketilgan
41
.
1887-1896 yillarda har yili xonlikdan 178 ming pud paxta chiqarilgan 
bo‗lsa, 1906-1916 yillarda o‗rtacha 767 ming pudga etgan
42
. Paxta hom–ashyosi 
bilan savdo qilish natijasida ayrim xivaliklar juda katta boylik orttirishga
muvaffaq bo‗lishgan. Natijada ular ham zavod–fabrikalar qurishga, sudho‗rlik 
bilan oldi–sotdi muomalasini kengaytirishga harakat qilganlar. Xususan, 1904 
yilda Rossiyaga sotilgan paxtadan xivaliklar 4 mln. so‗m daromad qilgandilar
43
.
Mahalliy boylar orasida Yu.Salimjonov, D.J.Nurov, J.Ibrohimov, A.Allaberganov, 
E.Do‗schanov, V.Botirov, K.Yusupov, X.Avazjanov, Matvafo va Matsafo 
Baqqolovlar, Atabaev, Madiyorov, Rizaev kabilar bo‗lgandi. Ular Rossiyaga paxta 
hom–ashyosidan tashqari beda urug‗i, qorako‗l teri, chit, ipak, ko‗rpalar, paxtadan 
va ipakdan bo‗lgan choponlar, qovun va qoq mevalar va ko‗plab boshqa mollarni 
ham chiqarib turganlar.
XX asr boshlarida Rossiyaning Ivanovo–Voznesensk gubernasidagi 
fabrikalarning arzon matolari, Moskvalik Sapojnikovlar firmasining ipak mollari, 
Germaniyaning ―Zinger‖ firmasi ishlab chiqarayotgan tikish mashinalarini keltirish 
ko‗paydi. Shuningdek, xonlikka neft mahsulotlari, emal va temir idish tovoqlar, 
mehnat qurollari, miltiq va o‗k-dorilar, ayollarning taqinchoqlari, Tula samovarlari 
va grammafonlar va dori-darmonlar ko‗plab olib kelindi.
40
Хudоybеrgаnоv M. Хоrаzm
pахtа tоzаlаsh sаnоаti tаriхi. — 14–bеt.
41
To‘хtаmеtоv T.G. Rоssiya i Хivа v kоntsе XIX — nаchаlе ХХ vеkа.-M., 1969 — 104–bеt.
42
Istоriya Uzbеkskоy SSR. V 2-tоmах. T. 1. — T.: Gоsizdаt, 1956. — S. 323. 
43
Sаdikоv А. Ekоnоmichеskiе svyazi Хivi s Rоssiеy. — S. 28. 


Xiva xonligiga rus kapitali kirib kelishi natijasida ko‗pgina savdo–tijorat 
firmalari va banklar xonlikda idoralar va omborxonalar ocha boshladilar. 
Urganchda ―Katta Yaroslavl manufakturasi‖, ―Og‗a-ini Nobellar‖, ―Moskva savdo-
sanoat jamiyati‖, ―Sindal‖, ―Poznanskiy‖, ―Kavkaz va Merkuriy‖, ―Nadejda‖, 
―Vostochnaya obщestva‖, ―Rossiyskoe transportnoe obщestvo‖ kabi monopolistik 
birlashmalarning idoralari ishlay boshladi. Ularning xodimlari mahalliy 
savdogarlari bilan hamkorlikda chet elga jo‗natiladigan mahsulotlar va xonlikka 
keltirilayotgan tovarlarni joylashtirish ishlarini yo‗lga ko‗yardilar. Oldi–sotdi 
muomalalarida operatsiyalarida paxta olib sotuvchi tarozibonlar, paxta zavodi 
egalari, sudxo‗rlar bog‗lik orttirardilar.
Xonlikdagi savdo, tovar-pul munosabatlari kengayishida bank–kredit 
tarmoqlarining o‗rni mustahkamalan boshladi. 1909 yilda Yangi Urganchda ―Rus-
xitoy banki‖ bo‗limi, 1910 yilda ―Rus-Osiyo banki‖ filiali, 1915 yilda Sibir va 
Moskva savdo banklari agentlari ishlay boshladilar. Banklar paxta xom-ashyosi va 
boshqa tayyor mahsulotlar sotib olish uchun mablag‗larini ayamasdan sarflardilar. 
Ba‘zida banklar paxta va boshqa xom-ashyoni olish uchun kredit pullarni to‗lab 
qo‗yar, raqobatchilarni sindirishning usullarini tinmay joriy etardilar. Xonlikdagi 
yirik banklarning xizmatidan Asfandiyorxon va yirik amaldorlari, moliyaviy 
jihatdan kuchli zavod egalari va savdogarlar keng foydalanib turishardi.
Xonning o‗g‗li Isfandiyor to‗ra otasidan keyin qayin otasi bosh vazir Islom 
Xo‗jani yordami bilan xonlik taxtiga o‗tirdi, aksiga olib 1910-11 yillarda 
qurg‗oqchilik bo‗lib, xalq qashshoqlashdi, paxatchilik shu darajada kuchaydiki, 
Xon va uning amaldorlari soliqlarda belgilangan miqtordagi don-dunni talab qilib, 
tortib olishga o‗tdilar. Xonning soliq to‗lamagan kishilarni jazolarga tortish 
haqidagi farmoni xonlikning barcha xududlarida xalq g‗alayonlarini avj olishiga 
turtki bo‗ldi. 
Qo‗zg‗olonlar ommoviy tus olishini oldini olish uchun Vaziri Akbar Islom 
Xo‗ja xonning yangi farmonini e‘lon qildirdi. ―Bozordagi soliqlar tartibga solinsin, 
ko‗priklar qurilsin, yo‗llar obod bo‗lsin, vaqf erlari qayta xisoblansin, 
fuqoralarimizning bundan keyingi osoyishta, farovon turmush kechirishi bilan 


bog‗lik masalalar o‗rganib, tez fursatda hal qilinsin. Biz tamonimizdan amalga 
oshirilishi lozim bo‗lgan bu ishlarga hech kim to‗sqinlik qilmasligi shart. Ushbu 
ishlarni amalga oshirishni xurmatli Islom xo‗ja Ibrohim xo‗ja o‗g‗liga topshirdik» 
deyiladi farmonda. 
Xo‗sh Isfandiyorxon shaxs sifatida kim edi. U Muhammad Rahimxon II 
o‗g‗li, otasi singari shoir, ya‘ni ―
Farruh”
taxallusida she‘rlar bitgan, soatsoz va 
qilichsoz usta, el kezgan savdogar rus-tuzem maktabida o‗qigan, o‗rta bo‗yli, 
sarg‗ish saqolli, qozoq yuzli kishi bo‗lgan. 
Hukmdordan iltifot ko‗rgan Muhammad Yusuf Bayoniy ham Asfandiyorxon 
haqida ―Ul hazrat ulamoni ko‗p do‗st tutar erdilar va she‘riyati g‗arroning 
irtivojiga sa‘y etar erdilar va bag‗oyat raiyatparvar va shavqatgustar va odilu–bozil 
kishi erdilar‖
44
,— degan ulug‗ so‗zlarni yozgandi.
Islom xo‗ja kuyovi Isfandiyorxonni otasi singari saltanatni odilona 
boshqarishga ishonardi. Isfandiyorxon farmoni kuchga kirib, soliqlar bir muncha 
kamaytirilgan, obodonchilik ishlari olib borilgan o‗sha yilning o‗zida Islom xo‗ja 
xonlikda olib borilishi zarur bo‗lgan isloxot rejasini ishlab chikdi. Isloxat dasturi
10-banddan iborat bo‗lib, o‗sha vaqt uchun taraqqiyparvarlik mezonlari asosida 
ishlab chiqarilgandi. Isfandiyorxon dasturni ko‗zdan kechirib, 10- bandni ham 
tasdiqlagan. 
1.
Xonlikdagi barcha mansabdor shaxslar davlat tomonidan maosh 
oladilar. Oldingi qoida bo‗yicha soliqlardan tushgan daromadning bir qismini 
maosh tariqasida xarajat qilish bekor qilinadi. 
2.
Dehqonlardan olinadigan er solig‗i, qazuv puli bekor kilinadi. Soliq 
to‗lovchilarning toifasi qat‘iy belgilab qo‗yiladi. 
3.
Zakot (Qaromol solig‗i), boj va xiroj soliqlari qayta ko‗rib chiqiladi, 
savdo-sotiq soliqlari muvofiklashtiriladi. 
4.
Shariat qoidalari... (qo‗lyozmada bo‗lgan keyingi so‗zlarni o‗qib 
bo‗lmadi). 
5.
Erlarni sug‗orish yaxshilanadi. 
44
Bаyoniy M.YU. SHаjаrаyi Хоrаzmshоhiy // ―Mеrоs‖ to‘plаmidа, 259–bеt.


6.
Yo‗l qurilishi va ariqlardagi ko‗priklarni yaxshilashga kirishiladi. 
7.
Barcha shahar va noyibliklarda bemorlarni dovolash uchun zamonaviy 
kasalxonalar quriladi, aloxida tibbiy xizmat ko‗rsatish yaxshilanadi. 
8.
Barcha turdagi vaqf erlar qayta xisob kitob qilinadi va ulardan
tushgan daromadlar madaniyat maorifni rivojlantirishga sarflanadi. 
9.
Barcha maktablarda o‗qitish dasturiga ko‗ra, shuningdek, Yangi usul 
maktablarida rus tili, jo‗grofiya, tarix darslik sifatida o‗qitiladi. 
10.
Xon xazinasidagi xisob-kitob qattiq nazorat qilinib, alohida kirim-
chikim daftarlari yuritiladi. 
Ushbu isloxatlarni o‗tkazilishi xonlikda qat‘iy tartib intizom o‗rnatish, 
davlat mulkini talon taroj qilmaslik, soliq to‗lovchilarning uni o‗zlashtirishi, 
avvallari soliq tufayli kelib chiqadigan isyonlarning oldini olishga sabab bo‗lardi. 
Shu kabi bu isloxatlar Xorazmga jadidlar orzusidagi taraqqiy etgan davlatlarning 
ilm-fan, texnika yutuqlarini olib kirishga xizmat qilardi. 
Isloxat xon tomonidan tasdiqlangach, hayotga joriy qilina boshlandi. 
Avvallari soliq undiruvchilarning xalqdan yig‗ib olgan soliqning ma‘lum bir 
qismini o‗ziga olib qolishi kabi talon-tarojlikka chek qo‗yildi. Soliq to‗lashning 
qattiq nazorat ostiga olinishi turkman va qoroqolpoqlarning doimiy ravishda bo‗lib 
turadigan isyonlarining oldini oldi. Davlat er egaligi, mulk er egaligi, vaqf er 
egaligining aniq xisob kitobini qilishga kirishildi. Rossiyadan quruvchi 
muxandislar, er tuzuvchilar Xorazmga olib kelinib, ishga jalb qilindi. Ular bilan 
birgalikda xonlikdagi kanallarga temir ko‗prik o‗rnatish loyixasi tuzildi, mavjud 
barcha maydonlarni o‗lchab chiqishga kirishildi. Xiva shahrining Yangi loixasi 
tuzilib, unga ko‗ra, shahar eniga 3-barobar kengayishi kerak edi.
Asfandiyorxon dastlabki ishlaridan biri — Xiva qal‘asining orqa tarafidagi 
erlarni obodonlashtirish bo‗ldi. Yangi Xiva deb nom olgan bu erdagi Urganch 
darvozasi buzilib, o‗rniga kirish–chiqish uchun qulay 2 yo‗lakli yangi darvoza 
qurish ishi Otajon devonga buyurildi. Darvozaga yaqin joyda Otajon devon
pochta–telegraf binosi uchun yangi imorat qurish ishlarini ham boshlab yubordi.


1911 yilda Asfandiyorxon Peterburgga safarga otlandi. Xonga hamroh 
bo‗lganlar orasida Islomxo‗ja, Husayn Muhammad devonbegi, Muhammad Vafo 
karvonboshi, Tolibxo‗ja ismli amaldor bor edi. Xivaliklar 18 kun deganda Rossiya 
poytaxtiga etib bordilar. Imperator qabulida bo‗lgan vaqtida Asfandiyorxon Xivada 
shahzoda Aleksey nomiga kasalxona qurishga ruxsat so‗radi
45
. Ushbu taklif 
ma‘qullangandan keyin, Islomxo‗ja Peterburg harbiy meditsina akademiyasi 
professori V.N.Sirotinindan qurilishi rejalashtirilayotgan kasalxonada ishlashga 
loyiq tajribali vrachni tanlashda yordam berishni iltimos qildi.
Asfandiyorxon o‗z hamrohlari bilan 11 kun davomida Peterburg atrofidagi 
go‗zal joylarni tamosha qilgach, Moskva orqali yurtiga qaytdilar. Moskvada 
Islomxo‗ja Soldatenkov nomidagi shahar kasalxonasi bosh vrachi F.A.Gete bilan 
uchrashdi va uning tavsiyasi bilan arxitektor A.P.Roopdan Xivada quriladigan 
kasalxona binosi loyihasini tayyorlab berishni so‗radi. Kasalxonadagi teri–tanosil, 
ko‗z va yuqumli kasalliklari, jarrohlik va davolash bo‗limlarida 50 o‗rin
rejalashtirilgan bo‗lib, ularni qurishga 250 ming so‗m ajratildi
46
. Xivadagi pochta 
binosi qarshisida barpo etila boshlagan kasalxona qurilishi Rahimbergan devonga 
topshirildi va u 1912 yilda qad rostladi.
1913 yil 10 fevralda Asfandiyorxon o‗z amaldorlari bilan Romanovlar 
sulolasining Rossiyada 300 yillik hukmronligiga bag‗ishlangan tantanalarda 
qatnashish uchun Chorjo‗ydan poezdga o‗tirdi. 16 feralda Peterburga etib borgan 
xivaliklar ikki oy davomida poytaxtda ushlanib qoldilar. Shu vaqtda o‗tkazilgan bir 
qator muzokaralar natijasi va bosh vazir Islomxo‗janing sa‘y–harakatlari bilan 
Xivada qurilayotgan kasalxonada ishlash uchun vrachlarni taklif qilish masalasi 
nihoyasiga etkazildi
47
.
Asfandiyorxon va uning hamrohlari Rossiyadan 1913 yil 12 martda qaytib 
keldilar
48
. Shu yil may oyida professor Sirotinin Xiva kasalxonasi vrachi 
lavozimiga Saratov guberniyasida ishlayotgan qobiliyatli jarroh va ko‗z 
45
O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 305, l. 233. 
46
O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 305, l. 252. 
47
Mахmudоv M. Pеrvаya bоlnitsа v Хоrеzmе // ―Sоv–е zdr–е‖, 1984, № 1. ― S. 67–69.
48
O‘zR. MDА, f. I–2, оp. 1, d. 305, l. 56. 


kasalliklarini yaxshi biladigan shifokor Aleksey Fedorovich Ansimov nomzodini 
taklif qildi
49
. 1913 yil 4 iyulda Xivaga kelgan A.F.Ansimovga ishonch bildirildi va 
u zarur jihozlarni olib kelish uchun Moskvaga jo‗natildi. Yo‗l–yo‗lakay, 1913 yil 
15 iyulda A.F.Ansimov Toshkentda Turkiston general–gubernatori vazifasini 
bajaruvchi Flug qabulida bo‗ldi va Xiva kasalxonasida 1 sentyabrdan ishga 
tushishga ruxsat oldi
50
.
Kasalxonadagi ikkinchi vrach lavozimiga Namangan viloyatidagi Pop 
qishloq vrachlik punktida ishlayotgan Gulsum Jaffarovna Asfandiyorova taklif 
etildi
51

1908 
yilda 
Peterburg 
ayollar 
meditsina 
institutini 
tugatgan 
G.J.Asfandiyorovaning otasi — polkovnik Sultan Jafar Asfandiyorov Turkiston 
general–gubernatori devonxonasi tarjimoni sifatida ko‗p marta Xivada bo‗lgan, 
ayrim vaqtlarda xonning Rossiyaga qilgan safarlarida hamrohlik ham etgandi
52

1913 yil 23 sentyabrda Xivadagi kasalxona ishga tushirildi. SHu munosabat 
bilan 
Asfandiyorxon 
Turkiston 
general–gubernatori 
nomiga 
quyidagi 
telegrammani jo‗natdi: ―Siz hazrati oliylariga shuni ma‘lum qilamanki, men 
tomondan Xivada martabasi oliy taxt vorisi, buyuk knyaz Aleksey Nikolaevich 
nomiga qurilgan kasalxona shu yilning 23 sentyabrida, general–mayor S.Seyl, 
ulamolar va amaldorlar ishtirokida, meditsina hizmati ko‗rsatish uchun ochildi‖
53

General–gubernator A.V.Samsonov o‗zining javob telegrammasida xonga 
minnatdorchilik bildirish
54
bilan cheklanib qolmasdan, unga xat ham yozdi. Unda 
shunday so‗zlar bor: ―Xalqingiz tomonidan sizning nomingiz hamma vaqt duo 
qilinadi. Holbuki, o‗z xalqi baxti uchun yashash har bir hukmdorga saodat 
49
O‘shа mаnbа. ― ll. 5–7, 233. 
50
O‘shа mаnbа. — l. 259. 
51
Mаhmudоv M. Sаyyid Islоmхo‘jа nоmi bеrilsа // ―Хоrаzm hаqiqаti‖, 1993, 30 iyun; Mаhmudоv M. Хоrаzm: 
tаriх, оdаmlаr, vоqеаlаr. — Urgаnch, 2004. ― 139–bеt.
52
S.Аsfаndiyorоvning 1898 yil 18 оktyabrdа yozgаn tаrjimаyi hоlidа Kichik Juz sultоni Аbulhаyr аvlоdidаn 
ekаnligi vа dеyarlik 30 yil dаvоmidа tаrjimоn sifаtidа Turkistоndа ishlаyotgаnligi, 1874 yildа uylаngаnligi vа 8 tа 
fаrzаndi bоrligi hаqidа mа`lumоt bеrаdi. To‘plаgаn birоz mаblаg‘i оilаsini tа`minlаb turish vа bоlаlаrini tаrbiya 
qilish uchun sаrflаngаnligi, Tоshkеnt yaqinidа sоtib оlgаn 2 еr uchаstkаsi qo‘ldаn kеtgаnligi sаbаbli nаfаqаdа 
yashаsh оg‘irligi hаqidа yozаdi. ―Ichаn-qаl`а‖ dаvlаt muzеy- qo‘riqхоnаsining ―Хivа хоnligi tаriхi‖ bo‘limi 
ekspоzitsiyasidа 1888 yildа Muhаmmаd Rаhimхоn Fеruz, Mаtmurоt dеvоnbеgi vа Kоmil Хоrаzmiy bilаn tushgаn 
S.Аsfаndiyorоvning surаti 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə