Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

eshonning muridiga 
aylanib qolar va o`z xohish-irodasidan butkul voz kechar edi.Ma‘naviy pirlaiga 
bo`ysungan muridlar o`z daromadlarining bir qismatni eshonga berishardi. Xivada 
so`fiylik ayollar orasida ham keng tarqalgan edi. 
Xiva xonligida darveshlik ham keng yoyilgan bo`lib, qashshoq darveshlar — 
qalandarlar 
jamoasiga birlashgan, uning a‘zolari meros tariqasida darbadarlik va 
qashshoqlikda kun kechirardilar. Qalandarlar islom va hokimiyatga mutelikni 
targ`ib etgan holda aholining barcha qatlamlariga katta ta‘sir o`tkazar edi. 
Yer egaligi Shakllari . G`alla yetishtirish qishloq xo`jaligining asosiy 
tarmog`i bo`lib qolaverdi. Bundan tashqari, butun o`rta Osiyoda sevib iste‘mol 
qilinadigan sholi, jo`xori va suli yetishtirilar edi. XIX asrning 90-yillaridan 
boshlab, Rossiya bilan savdo-sotiq rivojlanib borgani sayin paxta yetishtirishga 
ixtisoslashuv ham jadal kechdi. 
Xonlikdagi yerlarning asosiy qismi xon va uning amaldorlariga tegishli edi. 
Amaldor va a‘yonlarga haq to`lash uchun puli bo`lmagan Xiva xonlari ularga 
davlat yerlarini ehson qilishardi. Xonlikdagi hamma yerlar ikki qismga: 
sug`oriladigan yerlar — 
ahya 
va sug`orilmaydigan yerlar — 
adraga 
bo`linar edi. 
Shuningdek, yer egaligining 
amlok 
(davlat yerlari), 
mulk 
(xususiy yerlar) va vaqf 
(masjid va madrasa yerlari) shakllari ham mavjud edi. Xon, amaldorlari va 
ularning qarindoshlari soliqdan ozod edilar. 
Yirik yer maydonlari diniy muassasalar tasarrufida bo`lgan. Xonlikda jami 
sug`orma yerlarning 40 foizi masjidlar mulkiga berilgan. Masalan, 64 ta masjid va 
madrasa XIX asrning so`nggi choragida 205 ming tanobdan ziyod yerga egalik 
qilgan. Xonlar dindorlarga nisbatan hurmat-izzatda bo`lishgan. Ularning 
ko`pchiligi soliqlardan ozod etilgan. XIX asrning oxirida qariyb 4 ming ruhoniylar 
oilasi barcha soliqlardan ozod etilgandi. 
Soliq va majburiyatlar .Yerning katta qismi Rossiya imperiyasi tasarrufiga 


o`tishi sababli, xonlik ma‘muriyati zararni yangi soliqlar joriy etish yoki ilgari 
mavjud bo`lganlarini oshirish yo`li bilan qopladi. Xiva xonligida turli 
majburiyatlar, (doimiy yoki favqulodda) soliqlarning qariyb 25 turi bo`lgan. Bu 
yig`imlar miqdori xonlar va amaldorlar zo`ravonligiga bog`liq bo`lgan. Dehqonlar 
yer solig`i — solg`ut, chorva solig`i — zakot, o`tloqlardan foydalanganlik uchun 
cho`ppuli, turarjoylari uchun o`tov solig`i to`lashgan. 
Bunday soliqlardan tashqari dehqonlar turli-tuman majburiyatlar — 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə