Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

Muhammad Amirxon (1846-
1853)
davrida ham o‘zaro urushlar to‘xtamadi. Olloqulixon Buxoroga 7 marta, 
Xurosonga 5 marta yurish qilgan bo‘lsa, Muhammad Aminxon Marvga 10 marta 
yurish qiladi. o‘nlab shahar va qishloqlar talanadi. Zulm, talonchilik davom etdi. 
Xalq turmushi og‘irlashib bordi. 
19
Azamat Ziyo «O‘zbek dаvlаtchiligi tarixi T. «SHarq» 2000 y. -B.122. 


2-BOB. QO„NG„IROTLAR HUKMRONLIGI DAVRIDA XIVA 
XONLIGINING ICHKI VA TASHQI SIYOSATI. 
 
2.1. XVIII-XX asrlarda Xiva xonligining ichki siyosati. 
Temuriylar o‗rtasida kelib chiqqan o‗zaro qonli urushlar bois, XVasrning 
oxirlari -XVI asrning boshlariga kelib, ularning davlati har taraflama o‗zining 
kuch-qudratini yo‗qotadi. Movaraunnahrda Shayboniylar hukmronligi o‗rnatildi. 
Muhammad Shayboniy vafotidan keyin esa o‗lka hayotida yana alg‗ov-dalg‗ov 
yillar boshlandi. Shu sababli bu erda mustaqil uch xonlik vujudga keldi. Xonliklar 
davrida ham o‗lkada birlik, tinchlik bo‗lmadi. Bu o‗z navbatida xonliklarni Chor 
Rossiyasi va Sho‗rolar hukumati tomonidan yo‗qotilishiga sabab bo‗ldi. 
Xiva xonligida boshqaruv tizimi juda murakkab bo‗lib, urug‗chilikka 
asoslangan byurokratik tizim mavjud edi. Xivada boshqa xonliklardan farqli 
o‗laroq inoq degan lavozim bo‗lib, bu lavozimni egallagan odam xondan keyingi 
odam hisoblanib, amir-ul-umaro, ya‘ni hukmdorlar hukmdori deb atalardi. 
Xonlikda devonbegi ham bo‗lib, u xonning o‗zidan keyingi amaldor hisoblanardi. 
Yana qo‗shbegi degan lavozim bo‗lib, unga xonlikning janubiy qismidagi o‗troq 
aholi buysunardi. Bu erda xon, vazir va qushbegidan tashqari yana 5 kishidan 
iborat xon maslahatchilari (ular urug‗ boshliqlaridan tuzilardi) bo‗lgan har urug‗ 
boshliqlaridan (inoqlar va otaliqlar) 2 kishi davlat boshqaruviga kirgan. 
Xiva xonlik boshqaruvida yasovullar shtati bo‗lgan. Yana yuzboshi
mingboshi kabi amaldorlar bo‗lgan. Yana joylardagi amaldorlar o‗zlarining quyi 
boshqaruv tizmlariga ega bo‗lib, o‗z erlarini mustaqil boshqarishgan. Xonlik o‗z 
navbatida okruglarga bo‗lingan bo‗lib, ularni hokimlar va qozilar boshqargan. 
Xonlikda yashovchi turkman, qozoq va qoraqalpoqlar hokimlarga buyso‗nmay, 
faqat o‗zlarining urug‗ boshliqlariga itoat qilganlar. Turkmanlarda ular bek hamda 
vakillar deyilsa, qoraqalpoq va qozoqlarda biy deb atalganlar. Xonlikda din ahllari: 
so‗filar, shayxlar katta hurmat e‘tiborga ega bo‗lganlar. 
Xonlikda XIX asr 1 yarmida ham feodal munosabatlarning rivojlanib 


borishiga qaramay, o‗tmish patriarxal hayot qoldiqlari saqlanib qolayotgan edi. Er 
hamda suv xon, yirik feodallar qo‗lida edi. Ayrim feodallar qo‗li ostidagi erlar 15 
ming tanobni tashkil qilganda, oddiy jamoa a‘zosi bo‗lgan dehqonning eri 1-2 
tanobdan oshmas edi. 
Rus elchisi (Moskva) Ivan Xoxlov ma‘lumotiga ko‗ra XVII asrda xon 
qo‗shinlari soni 15 mingdan 30 minggacha bo‗lgan. 
Xiva xonligi iqtisodini bu davrda og‗ir soliqlardan tushgan pullar tashkil 
qilgan. Iqtisodiy hayot xonlikda juda og‗ir bo‗lgan. Xiva xonligida erning bir qismi 
hukmronlik qildayotgan sulola a‘zolariga (to‗ralarga), shuningdek harbiy 
boshliqlarga (sarkardalarga) hamda vaqf erlari sifatida masjid-madrasalarga 
berilgan. Bu erlarda ishlovchi ijarachilar ―bevatanlar‖, ―yarimchilar‖ deb 
atalganlar. Oddiy mehnatkash xonga ―salgut‖ deb atalgan og‗ir er solig‗ini 
to‗lagan. Yana ―begar‖deb atalgan majburiyat bo‗lib, bunga asosan har bir 
xonadondan bir kishi 12 kun davomida xonga ishlab bergan. Aholining 
dehqonchilik bilan shug‗ullanadigan qismi suvni etishmasligidan azob chekkan. 
Boylarning erlarida qullar ishlab zilgan. Shahardagi hayot bu davrda og‗ir bo‗lgan. 
Shahar aholisi hunarmandchilik, ayrimlari dehqonchilik bilan shug‗ullangan. 
Bug‗doy, arpa ekkan, qurt boqishgan. Savdo kam rivojlangan. CHunki qaroqchilar 
hujum qilib turgan. Savdoni og‗ir ahvolga tushishi shahar aholisi hayotini yomon 
ahvolga tushirib qo‗yganini 1558 yilda xivani kuzatgan Jenkinson yozadi
20

1573-1575 yilda Amudaryo o‗z izini o‗zgartiradi natijada eski izi atrofidagi 
joylashgan qishloq va shaharlarda hayot to‗xtaydi. Odamlar eski Urganchdan, 
yangi Urganch janubroqqa o‗tib yashaydigan bo‗ladi. 
Amudaryo eski o‗zanini qurishi xonlik markazini Xivaga ko‗chishiga sabab 
bo‗ladi. 
Amudaryo o‗zanini o‗zgarishi mamlakat iqtisodiy hayotiga katta ta‘sir qildi. 
Xonlik xazinasi bo‗shab, hatto amaldorlarga ham yillab oylik to‗lanmay qoldi. 
Qishloq xo‗jaligida asosan qo‗l mehnatidan foydalanilgan. Mehnat qurollari 
20
Gulyamov H.G. Srednyaya Aziya I Rossiya: istoki formirovaniya mejgosudarstvennix otnosheniy. 
T.,‖Universitet‖ 2005 g. 3-60 st. 


qoloq bo‗lgan. Bu o‗z navbatida xonlikda iqtisodiy ahvolni yomonligiga sabab 
bo‗lgan Har uch xonlikda, jumladan Xiva xonligida ham o‗z puli bo‗lgan. Bu 
pullar oltin, kumush tangalar va mis puldan iborat bo‗lgan. 
XVIII asr boshlariga kelganda iqtisodiy tushkunlik vujudga keldi. Bunga 
sabab shu davrda o‗zbeklar bilan turkmanlar o‗rtasidagi to‗xtovsiz urushlar, 
Buxoro xonlarining Xiva xonlari ichki ishlariga aralashuvi, Qozoq qolmiqlarini 
to‗xtovsiz hujumlari, Eron shohi Nodirshohni Xorazmni 1740 yilda bosib olishi 
(Elbarsxon davrida) bo‗ldi. 
Bundan foydalangan Petr 1 1714-1717 Xorazmga Bekovich-Cherkasskiy 
ekspeditsiyasini yubordi. Bu vaqtda Xiva taxtida Sherg‗ozi xon o‗tirgan edi. 
(1715-1718 yillar) 
Xiva xonligida aholi XIX asr I yarmida 350000-500000 ni tashkil qilgan. 
Asosiy qismi o‗troq aholi edi. Bir qismi chorvachilik bilan shug‗ullangan. 
Xiva xonligining ijtimoiy-siyosiy tuzumi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida 
deyarli o`zgarmadi. Rossiya imperiyasi hukumati Xivani doimiy nazoratda tutar va 
ichki siyosatdagi, shuningdek, tashqi siyosatdagi arzimas o`zgarishlarni Xiva 
hukumati Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon 
ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta‘sis etilgan 
bo`lib, ulardan to`rt nafari podsho hukumati ma‘muriyati vakillari edi. 
Amudaryoning bir zamonlar Xiva xonligi tasarrufida bo`lgan va 
Gandimiyon shartnomasiga ko`ra Rossiya ixtiyoriga o`tgan o`ng qirg`og`i 
hududida Turkiston general-gubernatorligining Amudaryo bo`limi tashkil etilgan 
bo`lib, uning boshlig`i ayni mahalda Rossiyaning Xiva xonligidagi vakili sifatida 
mamlakatni boshqarishda xonning hamma harakatlari ustidan nazoratni amalga 
oshirar edi. 
Xonlik qo`ng`irot urug`i avlo-diga mansub xon boshida tu-ravchi feodal 
monarxiya edi.Qo`ng`irotlar siyosiy, ijtimoiyhayotda va harbiy ishlarda 
uningsuyangan tog`i edi. Qo`ng`irotlarming yillik tarixga ega va o`zbekxalqining 
madaniy rivojlanishi-da muhim rol o`ynagan turkiyurug`dir. Xon cheklanmagan 
mustabidma‘muriy-sudlov 
va 
harbiy 
ho-kimiyatga 
ega 
edi. 



mamlakatniqo`ng`irot urug`i zodagonlari,saroy a‘yonlari va oliy ruhoniylar guruhi 
madadiga tayanib boshqarardi. Demak, siyosatni, davlat faoliyatini belgilashda xon 
hokimiyati Xiva xalqining manfaatlari bilan hech bir mushtarak jihatlari 
bo`lmagan, tor xudbinona manfaatlardan kelib chiqib, ish olib borar edi. 
Lashkar Xiva davlatida xalq qarshiligini bostirish va davlat yaxlitligi uchun 
kurash vositasi edi. U uyushmagan, tartibsiz va nochor qurollangandi. Lashkar 
xonning yasovul qo`shinlarini (uni 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə