Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I


-BOB. XIVA XONLIGINING TASHKIL TOPISHI, XIVA XONLIGI



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

1-BOB. XIVA XONLIGINING TASHKIL TOPISHI, XIVA XONLIGI 
QO„NG„IROTLAR SULOLASINING HUKMRONLIGI DAVRIDA 
1.1.
 
Xiva xonligining vujudga kelishi. 
Markaziy Osiyo ayniqsa o‗zbek xalqi tarixida –xonliklar davri alohida o‗rin 
tutadi. Ko‗p ming yillik o‗zbek xalqi tarixida bu davr o‗zining muddati bilangina 
emas, balki, shu davrda xalqimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan juda 
katta voqealar bilan ham ajralib turadi. 
Temur vafotidan so‗ng Temuriy shahzodalar o‗rtasida boshlanib ketgan 
to‗xtovsiz urushlar sohibqiron ne mashaqqatlar bilan bunyod etgan qudratli 
davlatni parchalanib ketishiga sabab bo‗ldi. Asta-sekin bu qudratli davlat 
tarkibidan qator davlatlar va mulklar ajralib chiqib ketdi. Xorazmdan 
Astrobodgacha keng hududda joylashgan turkmanlar birinchilardan bo‗lib 
temuriylar davlatidan ajralib chiqdilar. Xuddi shu vaqtda Farg‗ona vodiysi ham 
ajralib mustaqil bo‗lib oldi. Shuningdek, Hisor va Badaxshon ham mustaqil 
davlatga aylandi. Natijada O‗rta Osiyodagina emas balki, Xuroson va Eron 
hududlarida ham temuriylar davlati yiqilgan edi. 
Temuriylar davrida buyuk Temur davlatining bunday parchalanib ketishi 
G‗arbda Qora dengiz qirg‗oqlaridan boshlanib, Sharqda Irtish daryosi va Balxash 
ko‗liga qadar, janubda esa Sirdaryoning quyi oqimlarigacha cho‗zilgan. Qipchoq 
dashtlarida yashovchi O‗zbeklar deb atalmish turkiy tilda so‗zlashuvchi 
ko‗chmanchilarni Movaraunnahr erlariga hujum qilib uni zabt etishlari uchun 
qulay sharoit yaratib berdi
14

O‗z vaqtida mug‗ullar istilosi ostida qolgan hududi zabt etilib, Jo‗ji ulusiga 
kiritilgan Dashti Qipchoq aholisi Jo‗ji o‗limidan keyin uning o‗g‗illaridan biri 
SHaybonquli ostida o‗zining mustaqil ulusini tashkil etish uchun kurash olib 
boradi. Natijada Yoyiq daryosining Sharqidan Sirdaryo buylarigacha bo‗lgan 
14
O‘zbekiston tarixi T., «Yangi asr avlodi» 2003 y. 299-334 betlar. 


erlarda bunday ulus bapro etiladi. XV asrda ana shu Shaybon boshchiligidagi 
ulusda yashagan ko‗chmanchilar o‗zbek nomi bilan atalganlar.
XVI asr Xiva tarixchisi Abdulg‗oziyning yozishicha (1603-1664) asosan 
chorvachilik va ko‗chmanchilik bilan shug‗ullanuvchi o‗zbeklarning ko‗pchiligi 
yozni Yoyiq daryosining yuqori oqimida, qishni esa Sirdaryoning quyi oqimida 
o‗tkazadilar. Bu erda o‗zbeklardan tashqari qipchoqlar qo‗ng‗irotlar uyshun, 
nayman va boshqa qabilalar ham yashagan bo‗lib, ular o‗sha o‗zbeklar tarkibiga 
kirar edi. 
XV asrning 20 yillariga kelib Dashti Qipchoq urug‗lari ichida Shayboniylar 
urug‗i (o‗zbeklar) oldinga chiqdi. Bu urug‗ning eng ko‗ga ko‗ringan vakili, 
ko‗chmanchi o‗zbeklar davlatining asoschisi Abdulxayrxon bo‗lib, u o‗zidan oldin 
bu erda hukmronlik qilgan Baroqxondan farqli o‗laroq, taxtni o‗zgalar yordamida 
emas, balki bir qator o‗zbek qabilalari, chunonchi Nayman, Qo‗ng‗irot, Qiyot, 
Durman, Uyg‗ur, Uyshun va boshqa qabilalarning yordamida egalladi. U juda 
qisqa vaqt ichida yirik davlatni vujudga keltirdi va bu davlatni uning o‗zi 1428 
yildan 1468 yilgacha boshqardi
15

Biz yuqorida ta‘kidlaganimizdek, Abdulhayrhon boshliq o‗zbeklar asosan 
ko‗chmanchi xalq bo‗lib chorvachilik bilan shug‗ullanganlar. Shu bois ularga 
chorvachilik mahsulotlarini hunarmandchilik va qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga 
almashadigan xalqlar va hududlar kerak edi. 
Bundang tashqari bu davrga kelganda ko‗chmanchi o‗zbeklarning katta 
qismi feodal munosabatlarining rivojlanishi natijasida o‗z o‗tloq va podalaridan 
ajragan bo‗lib, ularning o‗troq hayot kechirishi uchun Movaraunnahr erlari kerak 
edi. 
Shu va boshqa bir qator sabablarga ko‗ra hali Abdulxayrxon davridanoq 
o‗zbeklar Sirdaryoning quyi oqimidagi Sig‗noq, Oqqo‗rg‗on, Suzoq, Uzgan va 
boshqa erlarga hujum qilib, u erlarni bosib oldi. 
Ko‗chmanchi o‗zbeklar tomonidan Movaraunnahr hududlarini egallash 
uchun kurash Abdulxayrxonning nabirasi Muhammad Shohbaht Shayboniy 
15
O‘shа mаnbа. 320-332-bеtlаr. 


davrida (1451-1510) kuchaydi. 
XV asrning ikkinchi yarmida Movaraunnahrdagi o‗zaro kurashlar bilan band 
bo‗lgan temuriylarning asosiy raqibi shimoldagi mo‗g‗ullar edi. Ularning 
Movaraunnahr erlariga to‗xtovsiz talonchilik hujumlaridan bezor bo‗lgan temuriy 
shahzodalar mo‗g‗ullarga qarshi kurashda Shayboniyxondan foydalanish 
maqsadida u bilan ittifoq tuzdilar. Biroq Shayboniyxon bu ittifoqqa tez-tez xiyonat 
qilib, goh temuriylar, goh mo‗g‗ullar tomonida turib harakat qilar edi. 
Shayboniyxon bobosi Abdulxayrxon Dashti Qipchoqda tashkil etgan 
davlatni bir tomonlama kuchaytirib, o‗z oldiga hali o‗sha bobosi rejalashtirgan 
Movaraunnahr erlarini bosib olish ishini hal etishni maqsad qilib qo‗ydi va uni 
amalga oshirishga kirishdi. Bu ishga kirishar ekan, Shayboniyxon eng avvalo 1480 
yilda Qozoq xoni Burunduqxonga katta zarba berdi. Shundan so‗ng Shayboniyxon 
1488-1500 yillar ichida O‗tror, Yassi, Sig‗anoq, Shaxrisabz. Turkiston shaharlarini 
egallaydi. SHundan so‗ng Temuriylar poytaxti Samarqandni egallashni o‗z oldiga 
maqsad qilib qo‗ydi. 
Shayboniyxon 1499 yilda dastlab Samarqandni qamal qilganda bu erda 
Sulton Ahmad Mirzoning o‗g‗illaridan biri, Sulton Ali Mirzo hukmronlik qilardi. 
Uning qobiliyatsiz, har tomonlama ojizligidan xabar topgan Shayboniyxon 
Samarqand shahriga kirmay Shahrisabz va Qarshi shaharlarini talab Qipchoq 
dashtiga qaytib ketadi. Ozroq vaqt o‗tgach Shayboniyxon Toshkent hokimi 
Mahmudxondan ozroq yordam olib, Samarqandga yangidan hujum boshlaydi. 
Xuddi shu payt Buxoro hokimi Muhammad-Boqi tarxon qo‗shinlari Samarqand 
hukmdori Sulton Ali Mirzoga yordamga kelayotganligini haqida SHayboniyxon 
xabar topadi. Shundan so‗ng u Samarqand qamalini to‗xtatib, asosiy kuchlarini 
Buxoro qo‗shinlariga qarshi qaratadi natijada Dabusiya qal‘asida (hozigi 
Ziyovuddin stansiyasi yaqinida) bo‗lgan jangda (1500) Shayboniyxon qo‗shinlari 
g‗alaba qozonadilar. Shundan so‗ng Shayboniyxon Buxoroga tomon shiddat bilan 
harakat qiladi va shaharni uch kun qamaldan so‗ng qo‗lga kiritadi. Shayboniyxon 
tomonidan Buxoroni qo‗lga kiritilgani haqidagi xabar Samarqandning hukmron 
doiralari orasida sarosima keltirib chiqaradi Samarqand hukmdori Sulton Ali 


Mirzodan norozi bo‗lgan amirlarning bir guruhi Andijonda hukmronlik qilayotgan 
temuriy Bobur ixtiyoriga, ikkinchi guruhi, Sulton Ali Mirzoning Toshkentda 
hukmronlik qilayotgan akasi Uvays Mirzo yoniga ravona bo‗ldilar
16

Voqealar rivojini sinchiklab kuzatib turgan Samarqand hokimi Sulton Ali 
Mirzo bu vaziyatda SHayboniyxon bilan muzokaralar olib borishni lozim topib, bir 
guruh o‗ziga yaqin kishilar bilan uning huzuriga tashrif buyuradi. 
Shu tariqa Shayboniyxon 1500 yilda jangsiz Samarqandni birinchi marta 
egallaydi. Sulton Ali Mirzoni qatl etib, shaharni ayovsiz tarzda talaydi.. 
Biroq, Samarqand ruhoniylarining ko‗zga ko‗ringan namoyondalaridan biri 
xo‗ja Abdulmakarim yordamida Bobur tez orada Samarqandni egallab, 
shayboniylarning shaharda qoldirilgan qo‗shinlarini va ularni tarafdorlarini qirib 
tashlaydi. Shundan so‗ng Bobur Shayboniyxon qo‗shinlarini ta‘qib etishga 
kirishadi. Lekin 1501 yil aprelida Zarafshon daryosi bo‗yida Sariko‗l degan 
dashtdagi jangda talofat ko‗rib Samarqandga chekinadi. Bu erda 4 oy qamalda 
bo‗lib, oxiri 1501 yilning ikkinchi yarmida Samarqandni tashlab chiqadi va 
Toshkent hokimi Mahmudxon huzuriga ketadi. Shayboniyxon ikkinchi marta 
Samarqandni qo‗lga kiritib, uni ayovsiz taladi. 
Shayboniyxon Samarqandni qo‗lga kiritgach, 1503 yilda Sirdaryoning 
yuqori qismiga qarab yurish qildi. Bu erda (Toshkent hokimi) Mahmudxon, Bobir 
boshliq birlashgan kuchlarga duch keldi. Arxiyon yonidagi shiddatli jangda ular 
ustidan g‗alabaga erishib. Toshkent, Shoxruhiya, Farg‗ona shaharlarini qo‗lga 
kiritdi(1504).
Shayboniyxon 1505 yilda Xorazmni, Movaraunnahrning asosiy shaharlarini 
egallagach, Xurosonni va unga qarashli erlarni bosib olishni maqsad qildi. 
Xuroson sultoni Husayn Boyqaro (Sulton Husayn) (1489-1506) o‗zining 
to‗ng‗ich o‗g‗li Balx hokimi Badiuzzamon bilan birga Shayboniyxonga qarshi 
kurashmoqchi bo‗ladi. Lekin bu ko‗zlangan natijani bermaydi. Muhammad 
SHayboniyxon Hirotga qarshi yurish arafasida Husayn Boyqaroning ikki o‗g‗li 
16
Istoriya Uzbekistana. T. Universitet, 2004 g. s. 74-87. 


Badiuzzamon bilan Muzaffar Mirzo o‗rtasida taxt kurashi boshlanadi. Natijada 
Hirot taxtiga ular bir vaqtda podsho bo‗lib ko‗tariladilar. Bu Shayboniyxonga qo‗l 
keladi. SHayboniyxon qo‗shinlari 1504 yilda Xisravshoh hukmronlik qilgan 
Qunduz shahrini egalladi. 1507 yilda esa Shayboniyxon Xuroson poytaxti Hirotni 
egalladi, so‗ngra Astrabodni egalladi. Taxt talashgan aka-uka temuriylar esa biri 
G‗arbga, biri Sharqqa qochdi. Qisqa vaqt ichida Shayboniyxon Temuriylar erlari 
bo‗lgan Buxoro, Samarqand, Balh Mahshad, Nishopur, Kaba shaharlarini egalladi. 
U Sirdaryodan Afg‗onistongacha bo‗lgan erlarning hukmdori bo‗lib oldi. 
Faqatgina Sirdaryo bo‗yidagi erlar Toshkent hukmronligida bo‗lsada, bular ham 
SHayboniyxonga yarim qaram edi. Xullas Shayboniyxon 8 yil ichida Timuriylar 
davlati hududlarini butunlay istilo qildi. Shayboniyxonning birin-ketin bergan 
harbiy zarbalari tufayli Temuriylar davlatining qulashiga olib kelgan asosiy 
sabablar haqida ham alohida to‗xtalib o‗tish zarur bo‗ladi. 
Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo Shayboniyxon hujumi arafasida o‗lkadagi 
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yomonligi, mehnatkash xalq ommasining qashshoq 
hayoti ko‗chmanchi o‗zbeklar-g‗alabasining asosiy omillarida biri bo‗lganligini 
ko‗rsatib o‗tish zarurdir
17

Ahvol shunga borib etgan ediki, Farg‗onadek eri serunum, dehqoni 
mirishkor yurtda o‗zbeklar hujumi kunlarida 3-4 ming askarni boqish uchun 
mablag‗ yo‗q edi. 
Temuriylar o‗sha davrdagi og‗ir iqtisodiy ahvolini ular saroyida xizmat 
qilgan o‗z davrining zabardast shoirlaridan biri Binoiy shunday hikoya bilan 
ifodalaydi: ―Na egulik g‗allam bor va ne kiyimga g‗amlangan baxmalim bor. 
Eyadigani, kiyadigani bo‗lmagan kishi ilm va hunarga qanday urina olsin.‖ 
Ana shunday og‗ir iqtisodiy ahvol sabab mamlakatda ko‗p ruhoniylar va 
ziyolilar SHayboniyxon tarafiga o‗tib ketgan edilar. 
Tinib-tinchimagan Shayboniyxon 1508-1509 yillarda qozoq erlari ustiga 
yurish qildi va erlarni egalladi. Natijada Shayboniyxon bir tomondan Kaspiy 
dengizi qirg‗oqlaridan Xitoygacha, ikkinchi tomondan Sirdaryo qirg‗oqlaridan 
17
O‘zbekiston tarixi - Toshkent Davlat universiteti - T. Universitet, 1997 yil 


Markaziy Afg‗onistongacha cho‗zilgan erga ega bo‗lgan yirik feodal davlatga ega 
bo‗ldi. 
Bu bilan ham kifoyalanmagan Shayboniyxon 1510 yildan boshlab qolgan 
Xuroson erlarini bosib olishga kirishdi. Xuddi shu vaqtda. Ya‘ni XV asrning 
oxirlarida Erondagi o‗zaro feodal urushlar natijasida xokimiyat tepasiga safafiylar 
sulolasining ko‗zga ko‗ringan vakili Ismoil Safaviy kelgan edi. Ismoil Safaviy 
Xurosonni Shayboniyxondan tortib olmoqchi bo‗ldi. SHayboniyxon bunga 
ko‗nmadi. Natijada Ismoil Safaviy Shayboniyxonga qarshi qo‗shin tortdi va 1510 
y. dekabrda Marv yonidagi jangda Shayboniyxonning 17 minglik armiyasi qirib 
tashlandi. Shayboniy asirga olinib kallasi kesildi va uni kallasidan shox Ismoil 
sharob ichadigan idish yasatdi. 
Ismoil Safaviy butun Xurosonga ega bo‗lib chegaralari Ozarbayjondan 
Bog‗dodgacha cho‗zilgan Eron davlati xududlarini yanada kengaytirdi. 
SHayboniyxon o‗ldirilgach, Xorazm xam Eron shoxi Ismoil qo‗li ostiga 
o‗tadi va Xorazmda Eronlik 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə