Oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I



Yüklə 1,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/22
tarix15.04.2023
ölçüsü1,3 Mb.
#105801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Qo\'ng\'irot inoqlari

 
1.2.
 
Xiva xonligida qo‟ng‟irotlar sulolasining hokimiyat tepasiga 
kelishi 
Xiva xonligidagi siyosiy vaziyat hukmron tabaqalarning urushlari va 
qabilalar o‘rtasidagi mojarolarni to‘xtatishga qodir bo‘lgan kuchli markaziy 
hokimiyatning barpo etilishini taqozo etardi. Bunday hokimiyatni barpo etishga 
qodir kuch sifatida maydonga o‘zbeklarning qo‘ng‘irot qabilasi chiqdi. Bu 


zaruriyatning natijasi o‘laroq, XVIII asrning 60- yillaridan boshlab, Xiva xonligida 
hokimiyatni qo‘ng‘irot qabilasi boshliqlari asta-sekin o‘z qo‘llariga ola boshladilar. 
Yirik zodagonlar va ruhoniy tabaqasining madadiga tayangan qo‘ng‘irot 
qabilasining yo‘lboshchisi Muhammad Amin 1761-yilda inoqlik lavozimiga 
ko‘tarilgan. U turkmanlaming yovmut va chovduz qabilalariga qarshi kurash olib 
borgan. Biroq u dastlab muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Buxoroga - Doniyolbiy otaliq 
yoniga ketadi. Turkman qabilalari Xorazmni egallab, Hazorasp, Xonqa, Urganch, 
Kat, Shohobod shaharlarini xonavayron qiladilar. Ocharchilik va vabo tarqalib, 
o‘zbeklar Orol va Buxoroga ketishga majbur bo‘ladilar. 1770- yilda Muhammad 
Amin inoq Buxorodan qaytib kelib, yovmutlarga qarshi kurashni uyushtiradi va 
ularni Xorazmdan haydab chiqaradi
18

Muhammad Amin mahalliy beklarni ham bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi. 
U xon avlodidan bo‘lmagani sababli taxtga Abulfayzxonning o‘g‘li Bo‘lakayxonni 
nomiga, qo‘g‘irchoq xon sifatida o‘tqazadi. Hokimiyatni esa o‘zi boshqaradi. 
1782- yilda Buxoro amirligi qo‘shinlarining hujumini qaytarib, Xiva xonligi 
mustaqilligini saqlab qoladi. Xiva xonligini boshqargan Muhammad Amin

inoq 20 
yil davomida 13 marta soxta xonlarni almashtirgan. 
Hukmronligining so‘nggi yillarida o‘z qabilasining faol qatlamiga, 
savdogarlar va ruhoniylar madadiga tayangan hamda turli turkman qabilalari 
o‘rtasidagi o‘zaro nizolardan oqilona foydalana olgan Muhammad Amin 
mamlakatda nisbatan siyosiy osoyishtalik vaziyatini yaratishga erishdi. Bularning 
barchasi mamlakat iqtisodining ko‘tarilishini ta‘minlaydi. Jon saqlash uchun o‘zga 
yurtlarga qochib ketgan fuqarolar yana qaytib kela boshladilar. Avaz Muhammad 
inoq davrida Xiva xonligi iqtisodiy jihatdan ancha mustahkamlandi. 
Muhammad Amin ham, uning o‘g‘li Avaz (1790-1804) ham davlat 
hokimiyatini inoq unvonida boshqarganlar. Qozoqchingiz biylaridan soxta xonlar 
chaqirilib turilgan. Hokimiyat amalda inoq va maxsus kengash tomonidan 
18
I.SHоdmоnqulоv, Q.Ergаshеv, H.Hаmidоv, N.Ergаshеv, I.Аbdurаhmоnоv, F.Ernаzаrоv ―O‘zbеkistоn tаriхidаn 
tа`lim tехnоlоgiyalаri‖ TDIU. 2006 y 


boshqarilgan. Kengash tarkibiga qo‘shbegi, mehnat, vazir va otaliqlar kirgan. Inoq 
va kengash soxta xon nomidan ish yuritgan. 
Faqat Avazning o‘g‘li Eltuzar (1804-1806) hukmronligi davrida chetdan 
soxta xon chaqirish to‘xtatildi. Nafaqat to‘xtatildi, ayni paytda 1804- yildayoq 
chetdan chaqirilgan soxta xon Abulg‘ozini taxtdan tushirib, o‘zini xon deb e‘lon 
qildi. Shu tariqa, qo‘ng‘irotlar sulolasi Xiva xonligi taxtini rasman egalladi. Bu 
sulola 1920- yilga qadar Xiva xonligini idora qildi. 
Eltuzarxon xonlikda markazlashgan davlat siyosati yuritish uchun harakat 
qiladi. 1804- yilda Eltuzarxon Buxoroga yurish qildi. 1806-yilda Amudaryo 
bo‘yida bo‘lgan hal qiluvchi jangda Xiva qo‘shinlari tor-mor etildi, Eltuzarxon 
ham halok bo‘ldi. 
Eltuzarxon vafot etgach taxtga uning ukasi Muhammad Rahim I o‘tirdi. 
Muhammad Rahim I Xiva xonligini siyosiy jihatdan birlashtirishga kirishdi. 
Ayni paytda turkmanlarni bo‘ysundirish masalasi yetakchi o‘ringa chiqdi. 
Turkmanlarning turli qabilalari qanchalik qattiq qarshilik ko‘rsatmasinlar, birin-
ketin bo‘ysundirilib borildi. 
Bo‘ysunishni istamagan yovmut qabilasi Xurosonga ko‘chib ketdi. Biroq, 
Eron hukumatining tazyiqi ostida, shuningdek, yaylov maydoni topilmaganligi 
uchun yana Xiva xonligi hududiga qaytib keldi. Endi ular Xiva xoni tomonidan 
ajratib berilgan hududga joylashishga majbur bo‘ldilar. Shu davrdan boshlab 
yovmut qabilasining taqdiri Xiva xonligi bilan uzil-kesil bog‘landi va ular xonlik 
fuqarolari tarkibiga olindi. Ularga ham soliq to‘lash belgilandi. Shuningdek, xon 
qo‘shiniga belgilangan miqdorda navkar yuborish majburiyati ham yuklandi. 
Uzoq davom etgan urushlar va yillab sarson-sargardonlikda yurish 
yovmutlarni qishloq xo‘jaligidan ancha uzoqlashtirib qo‘ygan edi. Shu tufayli ular 
xon qo‘shinida sidqidildan xizmat qildilar. Ulardan o‘z zamonasining eng jangovar 
otliq harbiy qism tuzilganligi ham bejiz bo‘lmagan. 
Muhammad Rahimxon I o‘zbeklar va turkmanlardan tuzilgan qo‘shinga 
tayanib yirik zodagonlar qarshiligini sindirish uchun shiddatli kurash olib bordi. 
Bu kurashda o‘z raqiblarini birin-ketin bo‘ysundira bordi. 


Muhammad Rahim I ga dushmanlik ruhidagi Orolbo‘yi zodagonlari guruhi 
qattiq qarshilik ko‘rsatdi. 1811 - yilda uning ham qarshiligi sindirildi. Qo‘ng‘irot 
shahri yakson qilindi. Xiva xoni mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan qoraqalpoqlarni 
bo‘ysundirishga kirishdi. Qoraqalpoqlar Buxoro amiri Haydardan yordam olishga 
harakat qildilar. Biroq, bunga erisha olmagach, Xiva xonligiga bo‘ysunishga 
majbur bo‘ldilar
19

1812-1820- yillar oralig‘ida qozoqlarning Kichik juz xonligi hududiga 2 
marta hujum uyushtirildi. Buning oqibatida, xonlik hududlarining yanada 
kengayishiga erishildi. 
1813- yilda Shimoliy Xurosonda joylashgan turkmanlarning takya qabilasi 
Xiva xonligiga qaramligini tan olishga va belgilangan hajmda soliq to‘lab turishga 
majbur etildi. 
1822- yilda esa Marv shahri xonlikka qo‘shib olindi. 1824yilda Yangi Marv 
shahri bunyod etildi. 
Muhammad Rahimxon I bo‘ysundirilgan qabilalar zodagonlarining qabila 
orasidagj mavqeyi nihoyatda qudratli bo‘lganligini hisobga olib, Ularga u yer-mulk 
va turli imtiyozlar in‘om etgan. Bu omil xonlikda siyosiy barqarorlikni 
ta‘minlashga xizmat qilishi kerak edi. 
Muhammad Rahimxon I davrida xonlik siyosiy jihatdan birlashtirildi. Ayni 
paytda mamlakatda nisbiy barqarorlik ta‘minlandi. Uning hududlari yanada 
kengaydi. 
Xiva xonlari Olloqulixon (1825-1842) va 

Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə