Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Kirish. O‘quv fanining talab va maqsadlari, umumiy mazmuni, o‘quv va ilmiy adabiyotlari, reyting tizimi



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə3/32
tarix22.03.2024
ölçüsü0,66 Mb.
#183253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro

Kirish. O‘quv fanining talab va maqsadlari, umumiy mazmuni, o‘quv va ilmiy adabiyotlari, reyting tizimi.
Reja:
1. O‘quv fanining talab, maqsadi va vazifalari.
3. O‘quv fanining zaruriy adabiyotlari va ularning ustida ish usullari.
2. O‘quv fanining reyting tizimi - JB,OB,YB silsilasi, mustaqil ta’limga chiqarilgan mavzular.
4. Mustaqil o‘rganishga chiqarilgan mavzular va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorlanish uchun tavsiyalar.
5. Yakun.
Adabiyotlar1: /1;4;6;15;17/.
“O‘zbek filologiyasi” yo‘nalishi o‘quv rejasida VII-VIII-o‘quv jarayonlarida jami 104 soatlik (30 soat ma’ruza, 22 soat amaliy, 22 soat seminar, 30 soat mustaqil ta’lim) “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” o‘quv fanini o‘rganish nazarda tutilgan. Universitetimizda tasdiqlangan namunaviy va ishchi dasturda bu o‘quv fanini bakalavriat bosqichida o‘rganish oldida muayyan nazariy va pragmatik maqsad va vazifalar qo‘yilgan. Nazariy jihatdan bu o‘quv fani talabalarni qiyosiy tariziy metod tushunchasi, uning asosiy tamoyillari, ish usullari, maqsad va vazifalari, turkiy tillar tavsifida qo‘llamilishi bilan, o‘zbek tili shevalari va adabiy tili orasidagi farqlarning manbalari va sabablari, turkiy tillar qiyosiy-tarixiy fonetikasi va grammatikasining asosiy taraqqiyot qonuniyatlari bialn tanishtirishni ko‘zlasa, pragmatic nuqtayi nazarian – ta’lim oluvchilarni O‘rta Osiyoda keng tarqalgan turkiy tillarning (qozoq, qoraqalpoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur tillarining) o‘zbek tili qurilishidan jiddiy farqli fonetik-grammatik xusususiyatlari bilan tanishtirish va bu tillarda nashr etilayotgan ijtimoiy-siyosiy va rasmiy matnlarni uqiy olish ko‘nikmalarini hosil qilish vazifasi qoyilgan. O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan o‘zbek-qozoq, o‘zbek-turkman, o‘zbek-qirg‘iz, o‘zbek-uyg‘ur kabi zullisonaynlikni hisobga olsak, bu o‘quv fanining amamliy ahamiyati yna ham oshadi va ma`lum metodik maqsadlarni ham ko‘zlaydi – o‘zbek adabiy tilini ona tili hodisalari sifatida o‘rganish jarayonida ularni shu mintaqa uchun yondosh qozoq / qirg‘iz / turkman / uyg‘ur kabi turkiy tillar bilan qiyoslash sheva xatolarini bartaraf etishda katta amamliy ahamiyatga ega.
Turkiy tillarning o‘zaro qarindoshligi masalasi turkiyshunoslik olamida keng ommalashgan, bu o‘quv fani bo‘yicha barcha darslik va qo‘llanmalarda sharhlangan qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning bobotil nazariyasi tamoyillari asosida yoritilgan.
Talabalarini turkiy tillar fonetikasi, grammatnkasi bo‘yicha mustaqil qiyosiy-tarixiy ilmiy izlanishlar olib borishga tayyorlash, ularda qiyosiy-tarixiy lingvistik tadqiq metodidan amaliy foydalana olish malaka hamda ko‘nikmalarini hosil qilish uchun qiyosiy-tarixiy tilshunoslikda eng muhim masala – tillarning genealogik (qarindoshlik) munosbatlari talqinida turkiyshunoslikda ikki xil yondashish mavjudligi hisobga olindi. Bulardan biri bobotil nazariyasi va shajara daraxti bo‘lsa, ikkinchisi “to‘lqin nazariyasi”dir. Bobotil nazariyasi bilan talabalar, ilmiy adabiyotlar asosida osonlikcha tanisha oladilar, shuning uchun qo‘llanmada qiyosiy-tarixiy tahlil va talqinni, asosan, “to‘lqin nazariyasi” tamoyillari asosida berish lozim ko‘rildi.
Bu o‘quv fani uchun eng asosiy ilmiy adabiyot hozircha jahonda yagona va eng keyingi umumlashtiruvchi ilmiy tadqiqot bo‘lgan RF FA Tilshunoslik instituti tomonidan E.R.Tenishev (1921-2005) umumiy tahriri ostida 1984-1988-yillarda nashr etilgan (o‘quv fani namunaviy va ishchi dasturlarida keltirilgan) 4 qismdan iborat “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” (uning 3-sintaksisga bag‘ishlagan qismi N.Z.Gajiyeva va B.A.Serebrennikovlar muallifligida berilgan) tadqiqotidir. Bu umumlashma asardan to‘laroq va mukammalroq tadqiqot hali butun dunyoda yo‘q 2. Bu kitobdan universitet kutubxonasida yetarli miqdorda bo‘lganligi sababli talabalar undan bemalol foydalana oladilar.
Bundan tashqari, yuqorida zikr etilgan ilmiy umumlashma bilan oldinma-keyin nashr etilgan rus tadqiqotchisi – o‘zbek tili tarixini o‘rganishga salmoqli hissa qo‘shgan Aleksandr Shcherbakning ( tug‘. 1928 ) turkiy tillarning qiyosiy fonetikasiga bag‘ishlangan doktorlik monografiyasi (Щербак А.М. Сравнительная фонетика тюркских языков. Л.: 1970), shu olimning 1-qismi turkiy tillarda ismlar (ot, sifat, son, olmosh), 2-qismi fe’llar, 3-qismi ravish va yordamchi so‘z turkumlarining morologik xususiyatlari qiyosiy-tarixiy tadqiqiga bag‘ishlangan ishlari silsilasi ham fan olamida mashhurdir. Afsuski, bu nashrlar hozirgi kunda universitetimiz kutubxonasida mavjud emas, lekin markaziy kutubxonalarda, o‘zimizda xususiy kutubxonalarda bor.
Har ikkala nashrda eng qadimgi va hozirgi turkiy tillarning X asrdan XX asrning 80-yillarigacha bo‘lgan davridagi tadqiqida erishilgan katta yutuqlar va tadqiqotlarning natijalari umumlashtirilgan va juda katta bibliograik material keltirilgan.
Tabiiyki, turkiy filologiyaga kirish bo‘yicha butun dunyoda (qator G‘arb va Sharq tillariga tarjima qilingan) asosiy qo‘llanma bo‘lgan A.N.Baskakovning (1905-1998) “Turkiy tillarni o‘rganishga kirish” asari ( shu asar asosida yaratilgan va turli tillarda – jumladan, o‘zbek tilida ham Iristoy Qo‘chqortoyev va Baxtiyor Isobekovlar tomonidan – nashr etilgan o‘quv qo‘llanmalari) materiallari ham bu o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun juda zarurdir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mavzu bo‘yicha yuqorida zikr etilgan olamshumul tadqiqoqotlarning natijalarini to‘la hisobga olib Termiz universiteti dotsenti Yomg‘ir Abdurasulov (1932-2010)ning 2005-yilda yakunlangan, lekin nashr etilmagan “ТУРКИЙ ТИЛЛАРНИНГ ҚИЁСИЙ-ТАРИХИЙ ГРАММАТИКАСИ. Филология факультети учун (ўқув-усулий қўлланма)” asari ham mavjuddir. Bu nashrga tavsiya etilgan, lekin noma’lum sabablarga ko‘ra haligacha yorug‘ olam yizini ko‘ra olmayotgan qo‘llanmaning elektron nusaxasi kafedra kompyuteri xotirasida va unversitet elektron kutubxonasida mavjud bo‘lib, talabalar undan bemalol foydalanishlari va hatto nusxa chiqarib olishlari mumkin.
Har bir alohida mavzu bo‘yicha asosisy adabiyotlar yuqorida sanalagan umumlashma ishlarda, eslatib o‘tganimizdek, m u f a s s a l keltirilgan. Qo‘shimcha adabiyotlar ma`ruza matni ichidagi ilmiy havolalarda beriladi.
O‘quv fnining reyting tizimi – har bir JB,OB mazmuni, talab va baholash mezonlari – o‘quv fani ishchi dasturiga ilova qilingan “TURKIY TILLARNING QIYOSIY GRAMMATIKASI o‘quv fanidan reytingni baholash m e z o n l a r”ida ochib berilgan.
FAN BO`YICHA SOATLAR TAQSOMOTI

Ma`ruza

Tajriba

Amaliy va seminar

Jami

Audotor

Mustaqil

Audotor

Mustaqil

Audotor

Mustaqil

Audotor

Mustaqil

30

10

-

-

22+22

20

74

30

FAN BO`YICHA BALLAR TAQSOMOTI



Audior

Mutaqil

JB

OB

Jami

JB

OB

Jami

30

20+20




-




70




Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə