Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Qiyosiy (qiyosiy-chog‘ishtirma), tarixiy va qiyosiy-tarixiy metodlar



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə9/32
tarix22.03.2024
ölçüsü0,66 Mb.
#183253
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
turkiy tillarning qiyosiy-tariixy grammatikasi-buxoro

Qiyosiy (qiyosiy-chog‘ishtirma), tarixiy va qiyosiy-tarixiy metodlar orasida haqiqatan ham o‘zaro o‘xshashlik mavjud – ularda ikki va undan ortiq til yoki lingvistik (lisoniy) hodisa bir-biri bilan qiyoslab tadqiq qilinadi. Bunda qiyosiy bilan tarixiy orasida farq shundan iboratki, tarixiy metodda tadqiq etiladigan, qiyoslanadigan tillar (hodisalar)ning har biri t u r l i tarixiy davrlarga mansub va bunday tadqiqotda, albatta, davr, zamon tushunchasi va parametri (o‘lchov birligi) mavjud. Qiyosiy metodda o‘rganiladigan hodisalar orasida turli davrlarga mansublik belgisi shart emas - bu usul bilan bir davrga mansub tillar (hodisalar) ham, turli davrlarga mansub tillar (hodisalar) ham qiyoslab tadqiq etilishi mumkin9. Bundan tashqari qiyosiy metod bilan ham, tarixiy metod bilan ham o‘zaro deyarli hech qanday bog‘lanishga ega bo‘lmagan tillar ham qiyoslanib, qurilish va turli qonuniyatlarning voqelanishi nuqtayi nazaridan o‘rganilishi mumkin.
Qiyosiy va tarixiy so‘zlarining birikishidan hosil bo‘lgan qiyosiy-tarixiy qo‘shma (yoki juft) so‘zi metod so‘zi bilan birikkanda tamoman boshqa mohiyat kasb etadi – u G‘arbda, odatda, xususan, ilk taraqqiyot bosqichlarida asosan komparativistika deb ataluvchi va tillararo qarindoshlik – genealogik aloqalarni ­ tillar oilasi ichida tillarning o‘zaro aloqalarini o‘raganishni, qarindoshlik doirasida bir guruh tillarning alohida-alohida hodisalarining boshqa guruh tillarida qanday va nima sababdan shunday o‘zgarishlarga uchrashini q a t ‘i y qonuniyatlarini, til oilasi ichida konkret tillarning o‘zaro yaqin-uzoqligini (qarindoshlik darajasini) aniqlashni, shu tillar oilasi uchun bir zamonlar yagona, yaxlit sifatida mavjud bo‘lib bo‘linib-parchalanib ketgan eng qadimgi mansha’ til – bobotil (prayazik, Ursprache)ni, boboshakllarni (praformalarni) tiklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, QTM va QTT ayni bir yoki turli davr tillari hodisalarini o‘zaro qiyoslab, chog‘ishtirib o‘rgansa-da, ularning maqsadi, ish usullari alohida-alohida olingan qiyosiy metod (tilshunoslik) va tarixiy tilshunoslikdan butkul farq qiladi – QTM genealogik aloqalar, tarixiy perspektiva, o‘zgarish va mos kelishlarning qat’iy qonuniyatlari, bobounsurlarni tiklash, uning keyingi davr taraqqoyoti davomida “buzilish”larining sabablari va yo‘lanisjlarini qat’iy qonuniyatlar sifatida belgilash bilan ish ko‘radi. QTM va QTTning mana shunday mohiyatini chuqur bilmagan zohirbinlar istagan turdagi qiyoslashni QTM deb baholayveradilar. Katta-katta olimlar tomonidan QTM va QTTning asoschisi Frans Bopp (1791-1867), Rasmus Rask-u (1787-1837) Yakob Grimm(1785-1863)lar emas, balki Mahmud Koshg‘ariy (X1 asr) yoki arab tilshunosligi poydevorini V11-V111 asrlrda barpo qilgan Xalil ibn Ahmad va Sibovayh Basriy sanashlari mana shunday – QTM mohiyatini uqmaslik, uzoqni ko‘ra biulmaslik bilan bog‘liq
QTMning eng asosiy tushunchalaridan biri tovushlarning mos kelish qonunidir. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, ma’lum holat va mavqeda bir tilning (yoki oila ichidagi bir guruhlarning) biror tovushiga (tovushlar birikmasiga) ikkinchi tilda boshqa bir tovush to‘g‘ri keladi. Chunonchi, o‘zbek tilidagi so‘z boshidagi sirg‘aluvchi /y/ undoshiga qozoq tilida portlovchi affrikat /j/ mos keladi: o‘zb. yo‘q ~ qoz..joq. Bu qonunda holat deganda tovushning urg‘uli~urg‘usiz, so‘zning nechanchi bo‘g‘inida qo‘llanilishi anglashilsa, mavqe (pozotsiya) deganda tovushning so‘zning boshida (anslautda), oxirida (auslautda), o‘rtasida (inlautda), ikki unli orasida (intervokalda), qanday unli yoki undosh bilan yonma-yon kelishi tushuniladi va bularning barchasi, shuningdek so‘zning (o‘zak va qo‘shimchalarning) tarixiy-etimologik mansubiyati ham ahamiyatlidir. Jumladan, yuqoridagi o‘zbekcha~qozoqcha tovush mos kelish qonuni turkiy so‘zlargagina taalluqlidir.
Tovush mos kelish qonuni QTTda q o n u n kuchiga, ya’ni mutlaqlik, qat’iylik, doimiylik, hamisha amalda bo‘lishlik kuchiga ega. Agar qonun tilning ma’lum bir taraqqiyot davri uchungina xos bo‘lsa, qonun ichida u o‘z aksini topishi kerak: chunonchi, IX-XIII asrlarda qoraxoniylar davlati adabiy tilida – turkiy xoqoniyda (eski turkiy adabiy tilda) inlaut va auslautdagi interdental /dh/ undoshiga o‘g‘uz shevalarida til-tish /z/ mos kelgan – adhaq~azaq – “oyoq”. Tovush mos kelish qonunidan farqlanuvchi har bir mustasno (holat) albatta sharhlanishi va asoslanishi lozim. Chunonchi o‘zbek tilida janub, jabr… kabi so‘zlar arabiy, juda, jo‘ja… kabi so‘zlar eroniy tillardan olingan, shuning uchun ular har ikkala qozoq va o‘`zbek tillarida ham /j/ bilan qo‘llaniladi. Lekin o‘zbek tilidagi /jo‘nalish/ so‘zi bu tilga qozoq (qipchoq tillari) tilining ta’siri sifatida baholanishi lozim.
Tovushlar mos kelishi bilan bog‘liq ravishda QTTda analogiya qonuni ham amalda. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki. Tilda mavjud bo‘lgan biror qonuniyat yoki hodisa shu qonuniyatga bo‘ysunmaydigan hodisalarga ham ko‘chiriladi. Chunonchi, o‘zbek tilida /q/ va /k/ auslautli turkiy so‘zlarga unli bilan boshlanagigan qo‘shimchalar qo‘shilganda bu undoshlar jarangilashadi qishloq~ qishlog‘im, tilak~tilagim. Bu qoniniyat arabiy, eroniy, yevropaviy tillardan olingan so‘zlar uchun amalda emas. Lekin nutqda ar.mantiq~mantig‘i, tadqiq~tadqig‘i, suluk~sulugi;toj.sak~sagi, rus.srok~srog…hodisalarini keng uchratamiz. Bu analogiya qonuni ta’siridir.
Tovushlar mos kelishidan tovushlar almashishinishini farqlash lozim. Tovush almashinuvlari deganda ma’lum bir til ichida yoki qardosh tillarni o‘zaro qiyoslaganda o‘zak va qo‘shimchalarda tovushlarning o‘zaro almashunuvi tushuniladi. Bunday tovush almashunuvlari, asosan, ikki turli bo‘lib, ulardan biri fonetik ­ pozitsion va kombinator ozgarishlardir. Bunday o‘zgarishlar ­ assimilatsiya (jumladan, singarmonizm), dissimilatsiya, metateza, epinteza, prokopa, eliziya, reduksiya, diyerezis v.b ma’lum qoniniyatlar bilan boshqariladi va izohlanadi. Shuning uchun ular fonetik o‘zgarishlar deb nomlanadi. Yondosh tovushlarning o‘zaro ta’siri bilan shartlanadi. Odatda ma’noga daxldor bo‘lmaydi.Masalan, ketdi so‘zini ketti sifatida talaffuz etish va ba’zi hollada yozish ham.
Endi boshqa turdagi almashinishni olib ko‘raylik: Chunonchi, tilimizda yog‘och ~ yig‘och , o‘tqazmoq ~ o‘tqizmoq, o‘tkazmoq ~ o‘tkizmoq, bo‘lar ~ bo‘lur, kelar ~ kelur kabi hodisalarni olaylik. Bu juftliklarda keng va tor unlilarning o‘zaro almashunuvi ma’noga mutlaqo ta’sit etmaydi va hech qanday qonuniyat bilan ham boshqarilmaydi. Tovush almashinuvlari deganda mana shunday izohlanmas hodisalar tushuniladi10. Tovush almashinuvlari odatda o‘zak va qo‘shimchalarning variantlarini tashkil etadi va ma’noviy-vazifaviy ixtisosolashish uchun o‘ziga xos bir imkoniyat, bo‘shliqdir (vakuum, potensiyadir). Tilimiz bu imkoniyatdan juda samarali foydalanadi.
QTM va QTT asosiy tushunchalri va ish (tadqiq) usullari mana shulardir.
Endi qisqagina bo‘lsa-da turkiy tillarning QT o‘rganilishi masalasi bilan tanishib o‘tamiz.
Turkiy tillar qurilishini qiyosiy-tarixiy o‘rganishda bu tillarning qiyosiy, tarixiy va tipologik o‘rganilishini farqlash lozim. Turkiy tillarning qiyosiy o‘rganilishi uzoq tarixga ega va uning hozircha asoschisi turkiy xalqlar ichidan yetishib chqqan, arab tilshunosligi asoslarini puxta egallagan Manmud ibn Husayn ibn Muhammad Koshg‘ariydir va uning bizgacha yetib kelgan “Devonu lug‘otit turk” asari sizga maktabdan tanish. Mahmud Koshg‘aiy an’anasi boshqa arabzabon turkiyshunoslar tomonida XV asrgacha davom ettirilib kelishdi.
Tom ma’noda o‘zbek tilining tarixiy o‘rganilshi asoschilari Mir Alisher asarlari sharhlovchilari Tole’ Hiraviy (XV asr) va Mirza Mahdixondirlar. XIX-XX asrlarda bu an’ana qiyosiy-tarixiy metodning yosh grammatikachilar yo‘nalishi tamoyillari asosida rus olimlari Vasiliy Radlov, Sergey Malov, Aleksandr Samoylovich, Yevgeniy Bertels, Andrey Kononov, Sergey Ivanov, Aleksanr Shcherbak, Galina Blagovalar, g‘arb olimlari Karl Menges, Anna Gaben, Omelyan Pritsaklar davon etdilar.
XX asrning 20-yillaridan boshlab o‘zbek tilini tarixiy o‘rganishda yetakcilik o‘zbek milliy olimlari qo‘liga o‘tdi va buni qator o‘zbek zamonaviy fanlari asoschisi Abdurauf Firtat boshlab berdi. G‘oziolim Yunusov, Ayyub G‘ulomov, Ulug‘ Tursunov, Solih Mutallibov, G‘anijon Abdurahmonov, Tesha Salimov, Fattoh Abdullayev, Ergash Fozilov, Nosir Abdurahmonov, Shamsuddin Shukurov, Naimjon Karimov, Ergash Umarov, Hamidulla Dadaboyev, Akbarjon Matg‘oziyev, Bozorboy O‘rinboyev kabi o‘nlab olimlar davom ettirdilar. Ularning xizmatlari A.Nurmonovning “O‘zbek tilshunosligi tarixi” o‘quv qo‘llanmasida batafsil yoritilgan. Birinchi ma’ruzada aytib o‘tganimizdek, Yomg‘ir Abdurasulov tomonidan bu yo‘nalishda o‘zbek tilshunosligida ilk o‘quv qo‘lanmasi ham yaratilgan.
O‘zbek olimlarining qiyosiy-tarixiy tadqiqotlari ko‘p emas. Bu silsilada Fattoh Abdullayevning turkiy tillarda /ng/ tovushining urchishi. Kelishik qo‘shimchlarinig shakllanishi va taraqqiyoti haqidagi katta tadqiqotlarini, I.Ismoilovning turkiy tillarda qavm-qarindoshlik nomlari, Yusuf Eshonqulovning turkiy tillarda meva nomlari taraqqiyoti kabi ishlarini sanab o‘tish mumkin.
Qiyosiy-tarixiy tilshunoslik bilan aloqador ravishda o‘zbek tilshunosligida qiyosiy-tipologik tadqiqotlar miqdori ham anchagina. Bu yo‘nalaishdagi tadqiqotlarni ikki guruhga ajratish ma’qul:
1) QTTlikka bevosita aloqador bo‘lgan O‘rta Osiyo turkiy tillarining qiyosiy tadqiqi,
2) o‘zbek tilining bu mintaqada tarqalangan noturkiy tillar bilan qiyosiy-chog‘ishtirma tadqiqi.
O‘zbek ~ qozoq, o‘zbek ~ qirg‘iz, o‘zbek ~ turkman lisoniy aloqalariga bunday zullisonaynlik hukmron bo‘lgan mintaqa shevalarining tadqiqida, asosan, XX asrning 50-80-yillarida anchagina e’tibor qaratilgan bo‘lsa, tilimizning noturkiy ­ arab, fors-tojik, rus, ingliz, nemis, fransuz tillari bilan tipologik umumiyliklari va farqlariga bag‘ishlangan tadqiqotlar juda uzoq tarixga ega; fanimizda bunday tadqiqotlarni Mahmud Koshg‘ariy boshlab bergan va Mir Alisher mahorat bilan davom ettirgan edi. Mahnud Koshg‘ariy “Devon”ining juda ko‘p o‘rinlarida turkiy tilning fonetik, morfologik, sintaktik va leksik-semantik xususiyatlarini arab tili qurilishi bilan qiyoslab, o‘xshashlik va farqli tomonlarini sanab o‘tgan bo‘lsa, Mir Alisher Navoiy “Muhokamatul lig‘atayn” asarini maxsus – turkiy va sort (fors-tojik) tillarining tipologik tadqiqi va turkiy tilning boyligi-yu imkoniyatlarini tarannum qilib, ularni ko‘z-ko‘z qilishga bag‘ishlaydi. Tilshunoslik va poetikaga bag‘ishlab XV-XIX asrlarda yaratilgan barcha asarlarda (jumladan, Ahmad Taroziy, Tole’ Hiraviy, Mirza Mahdixon, Yoqub Chingi, Kojariy v.b. lug‘at va tavsiflarida) bu uch tilni qiyoslash an’anasi davom ettirildi.
XX asr boshlarida O‘zbekiston Sharq taraqqiyot tizimidan chiqib, G‘arb taraqqiyot yo‘nalishiga o‘tishi bilan bog‘liq ravishda yangi turdagi tipologik izlanishlar ­ o‘zbek tilining Yevropa tilllari bilan tipologik tadqiqi avj oldi. Mustaqil tadqiq va tahlil manbayi bo‘la oladigan bu yo‘nalsih hozirgi kunda yangi-yangi tarmoqlarni bermoqda va tez rivojlanmoqda.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə