Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/6
tarix09.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#89172
1   2   3   4   5   6
Bobojonova Nazokat

Kurs ishining maqsadi-
Kurs ishining vazifasi: Ustoz-shogird an’analari haqida ma’lumot berish va o’qitishda fanlararo bog’lanishini o’rganish .Ustoz-shogird an’analarining tarixiy taraqqiyotini o’rganish.Ustoz –shogird an’analarining zamonaviy talqinda qanday davom ettirilishi va ahamyatlarini o’rganish.Ustoz-shogird an’analarining hunarmandchilik bilan bog’liqligini keltirish.Ustoz shogird an’analarini o’qitishda turli usullarda dars ishlanmalarini tayyorlash.
Tadqiqot predmeti:Tasviriy san’atdan darsdan tashqari ishlarni olib borish.
Tadqiqot ob’ekti:Umumta’lim maktablari 1-7 sinf o’quvchilari.
Tadqiqot metodlari: Kuzatish ,ilg’or tajribalarni o’rganish,adabiyotlarni tahlil qiliash,eksperiment.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishi kirish ,ikkita bob ,adabiyotlar ro’yxati ,xulosa va ilovalarda iborat.


I.bob .Talimda’’ ustoz- shogird’’ an’analari va milliy qadiryat.
1.1 Ta’lim sohasida’’ ustoz-shogird’’ an’analari.
Yurtimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda .Yosh avlodni barkamol va yetuk qilib tarbiyalash hamda ta’lim berish bosh maqsadimiz hisoblanadi. Bunda zamonaviy pedogogik texnalogyalardan ham, buyuk ajdodlarimiz o’g’itlaridan ham foydalanilmoqda .Ta’lim sohasida qo’llanilayotgan ‘’Ustoz-shogird’’ an’analari farzandlarimizning yanada bilimli ,odobli teran fikirli,mehirli bo’lib yetishishlsriga yordam beradi.Har bir yosh kadir ishga joylashar ekan , shu joyda halol mehnat qilib , vatanimiz gullab yashnashiga o’z hissasini qo’shadigan , el ardog’idagi inson bo’lishga harakat qiladi.Buning uchun albatta ,ustoz maslahati va ko’rsatmalari zarur.Ish jarayonida ustoz shogirdiga mehnat faolyati davomida uchraydigan qiyinchiliklarni qanday yengib o’tishni,muvaffaqiyatdan qanday zavq olishni tushuntirib boradi.
Ma’lumki oily o’quv yurtlarida bo’lg’usi mutaxassis o’qtuvchilarga tarbiyaviy ta’sir qiluvchi ustoz –shogird an’analari tajribasi amaliy tasdiqlangan omil sifatida ifodalanadi. Tez sur’atda ilmiy –texnik rivojlanish jarayonini amalga oshirilib borishi natijasida ta’lim jarayonining qirralari mukammallashib borayotganligi , ularning tizmiga yangi pedagogic texnalogyalarni ,innovatsion uslublarni keng doirada kirib kelishi kabi hollar bo’lg’usi mutaxassislarni kasbiy taalluqliligi masalalarini aniqlash,ularga o’z vaqtida yordam berish kabi masalalarga e’tibor qaratish ,ustoz-shogirdlik an’analaridan foydalanish zarurligini keltirib chiqarmoqda .Uning asosida bir tamonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetkazish masalalari o’z ifodasini topadi.
Bugungi kunda yosh mutaxassislarni har tamonlama shakillantirishga e’tibor har qachongacha nisbatan tezlashtirish ehtiyoji zamon talabiga aylanadi,ularni kasbiy faolyatini oshirishga qaratiladi.Tarixiy sharoitlarning o’zgarishi borasida to’plagan tajribalarini yoshlar ongiga yetkazish shakillari ham o’zgarib bormoqda .Mustaqillik sharofati tufayli ustoz-shogird an’analari yanada rivojlantirishning asosiy vazifalaridan biri mustaqil O’zbekistonni rivojlantirishga asos bo’ladigan yangi ta’lim tizmining tashkil etilishidir.1997-yil 29-avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida qabul qilingan ‘’Ta’lim to’g’risida’’gi qonuni Qonun va Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi uni amalga oshirish uchun huquqiy asos bo’lib qolmoqda .
Bugungi kunda ham ustoz-shogirdlik an’analari ko’plab mehnat jamoalarida ,shu jumladan, davlat idoralarida qo’llanib keladi.Biroq,hozirgi vaqtda kadrlar siyosatida olib borilayotgan islohatlar ustozlikni rasmiy va professional tartibda amalga oshirishni talab qiladi. Hayotda yozilmagan, ammo unga amal qilinmasa ,xunuk oqibatlarga olib keladigan qonunlar bor.Shulardan biri ustoz va shogirdlik munosabatlaridir.Xalq orasida ustoz va shogirdlik odobi , qadiryati,muloqat shartlari ana shunday yozilmagan qonunlar shaklida millon yillardan buyon yashab,kamolga yetib ,rivojlanib kelayotir. Biron bir kasb egasi yo’qki ,u ustoz ko’rib kamolga yetmagan bo’lsin.Ustoz va shogirdlik rishtalari juda nozik bo’lib ,sal qaltis harakat qilinsa ,uzilishi,ulangandan ham tugun qolishi mumkin .Ana shunday hol yuz bermasligi uchun ,avvalo shogird ustoziga cheksiz mehr qo’yishi ,ishonishi ,uning har bir so’zi ,xatti-harakatini tushunishi ,unga rioya qilishi shart .Shogird ustozidan o’rganganlarini maromga yetkazib, mustaqil ish boshlashdan oldin ustozini rozi qilib,duosini olishi ham odat tusiga kirgan.Duo olmagan shogirdlarning esa kosasi oqarmagan,biri ikki bo’lmagan.Rozilik olish ko’ngil obodligini ta’minlashdir.Shogirdidan ko’ngli to’lgan ustozgina unga chin dildan fotiha beradi.Xalqimiz’’Ustoz ko’rmagan shogird-har maqomga yo’rg’alar’’ degan hikmatli iborani bejiz to’qimagan. Shogird ustoz rahbarligida bilim yoki hunar o’rganayotgan muddatidan uning har bi r harakati va ish uslubini , hatto nimani qayerga qo’yish, qaysi tamonga ko’proq e’tibor berish holatlarini ham sinchiklab kuzatishi talab qilinadi.Odatda ustoz ba’zan hunarning har bir ikr- chikirini ham aytavermaydi , balki amalda ko’rsatadi . Ehtimol bu bilan ustoz shogirdining , hushyorligini ,sinchikovligi va qiziqishini sinab ko’rmoqchidir?
Shu sinovdan muvaffaqiyatli o’tgan shogirdining oshig’I shubhasiz, olcha bo’ladi.
Boshqa kasiblarni mutlaqo kamsitmagan holda aytish joizki, hunarlar orasida eng qiyini ilm o’rganishdir. Bu borada ustoz tanlashning ham, ahamyati katta.Avvalo ,ustoz bilan shogird bir- biriga munosib bo’lishi ,bir-birini tushunishi lozim.Bunda ko’proq ma’suliyat shogird zimmasiga tushadi.Negaki, shogird ustozini avaylashi, uning hurmatini joyiga qo’yishi,ba’zi injiqliklariga chidashi,igna bilan quduq qazishdek zahmadli ishga bardosh berishi shart.
Ustozlik- bu yoshlarni har tamonlama tarbiyalashdagi bir yo’nalishi hisoblanadi. Lekin bu an’ ana oila , maktab kabi turli mavzudagi yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullanuvchi ijtimoiy inistitutlarning ta’lim- tarbiyaviy ta’sirlarni davomchisi sifatida ifodalanadi. Shuning uchun ham ustoz-shogirdlik faolyatlarida oila, maktab kabi jamoalar faolyatlari bilan hamkorlik amalga oshirilib ,bir- birlarining ta’sir qilish kuchlari mustahkamlanib boradi.Ijtimoiy hayot tajribasining tasdiqlash insonyatning bo’lg’usi ijtimoiy -siyosiy faolligi ta’lim- tarbiyani oshirib bir- birlarining ta’sir qilish kuchlari mustahkamlanib boradi. Ijtimoiy hayot tajribasining tasdiqlashicha insonyatning bo’lg’usi ijtimoiy - siyosiy faolligi ta’lim- tarbiyani avloddan avlodga yetkazish asosida amalga oshirilishini tasdiqlaydi. Bunday yuqori darajadagi tasdiqlanishlar ustozlik faolyatini ham yuqori darajada baholash zarurligini ifodalaydi. Ustozlarning faolyati shogirdlarda vaqt ko’rsatkichlarini umuman davlat miqiyosida amalga oshirishga o’rnatishdan iborat .Bu jarayonda esa vaqtni qanday taqsimlash maqsad vazifa vositalardan qanday foydalanish zarurligini o’rgatib shogirdlarni bo’sh vaqtlarini sermazmun yo’nalishda bilim ko’nikma malakalar egallashga jalb qila bilish ustoz siymosini yanada obro’ etiborli shaxsga aylantiradi. Shuni ham takidlab o’tish zarurki ustoz-shogirdlik an’anasining faqat moddiy -iqtisodiy tamoniga e’tibor qilinadigan bo’lsa bu faolyat asosi hech qanday ta’lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lmaydi.
Demak bu faolyat asosida ixtiyorlik tamoyili bilan bir qatorda tizimli ravishda hamkorlik mazmunida har ikkala tamonini mutaxassislik darajasini yuqori darajaga ko’tarishi ham o’z ifodasini topadi .Ularni yuqori darajadagi umum mutaxassislik xususyatlari bilan birgalikda madaniy muloqat munosabot darajalari ham rivojlanib shakillanib boradi .Ya’ni ulug’ mutafakkirlarning fikirlariga ko’ra bo’lg’usi mutaxassisni har tamonlama shakillantirish uchun uni o’zini ham har tamonlama bilish zarur degan talablar ‘’Ustoz-shogird ‘’an’analari asosida amalga oshiriladi .
Qadimda ustozlarni ustozlarni ulug’lash ularga chuqur hurmat bilan qarash millatimizga xos odatlardan biridir. Komil insonni shakillantirishda ustozlarning o’rni beqiyos . Ustoz shogirdlikning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Hatto ibtidoiy jamoa davrida ham birovning boshqa birovga ov qilishni o’rgatishiyoq ilk ustoz shogirtlikning bir ko’rinishi.Pir va murudlar aslida ustoz va uning ortidan ergashuvchilar . Yurtimiz allomalari biz bilgan va bilmagan ustozlari o’rgatgan ilimlarni egallash natijasida tariximizda o’chmas iz qoldirganlar .Jumladan Abu Nosir Farobiy buyuk yunon olimi Aristotelning asarlarini o’rganib ‘’Metafizika’’ ni sharhlagn; Ploton asarlaridan ilhomlanib ‘’Fozil odamlar shahrin’’ni yozgan.Ustozi Abu Nosir Iroqning pand nasihatlariga quloq solgan Abu Rayhon Beruniy ‘’Gieodeziya’’,’’Mineralogiya’’,’’Saydana’’, kabi asarlarni bitgan. Agar sodiq shogirt Ubay Jurjoniy bo’lmaganida tabobat ilmining Benazir namoyondasi Abu Ali Ibn Sinoning asarlari bizgacha yetib kelmasmidi? !
Buyuk ustozimiz Mahmud Qashg’ariy dastlabki turkey lug’atini ya’ni ‘’Devoni lug’atit turk’’ asarini biz avlodlarga meros qilib qoldirgan .To’g’ri mazkur asardagi so’zlar bugungi kunda eskirgan ammo shu risola bizning tilimiz takomilida yetakchi vazifani bajaradi. Yusuf Xos Hojib va Ahmad Yuganakiy o’zlarining ‘’Qutadg’u bilig’’ hamda ‘’Hibbat ul Haqoyiq’’ asarlarida haqiqiy bilim saodatga ,yetuk tarbiya esa kamolatga elitishini bayon etganlar.
Buyuk Amir Temur o’zining muavaffaqiyatlaridan piri komil Mirsaid Barakaning hizmatlarini cheksiz deb hisoblagan edi.
Shunday buyuk ajdodlarning nabirasi bo’lgan Mirzo Ulug’bek yetuk astranom olim Qozizoda Rumiy kabi ustozdan ilm olib o’zi ham bemisil shogirdlarni tayyorladi.Afkor ommaga Mirzo Ulug’bekni ‘’Ziji jadidiy ko’ragoniy ‘’asari tanitgan bo’lsada u tarix, matematika, muxandislikn sohasida ham qator ijod qiladi.’’To’rt ulus tarixi’’ asari o’zining teran mulohazalari bilan ko’pchilikni e’tiborini tortgan .Mirzo Ulug’bekning aasl shogirdi Alovuddin Ali Qushchi talotoplar davrida Turkiyaga o’tib ketadiva fan mash’alini o’sha davrning endigina rivojlanib boshlagan ilm o’chog’ida yoqadi.
Shundan kelib chiqadiki yurtimizda ustoz- shogirdlik an’anasi tarixi xilma-xil va sezilarli ko’rinishlarga ega .Bugungi kunda ham ilmiy tafakkurni rivojlantirishda ustoz- shogirdlik tamoyillarini yangilash davri kelganini his qilmoqdamiz.Chunki butun dunyo ilm fan olamida qomusiy bilimlar emas tor sohadagi mutaxasislarning mukammal darajada tahsil olib ,o’z yo’nalishi bo’yicha beqiyos darajaga erishishi kuzatilmoqda .
Xulosa qilib aytishimiz mumkunki ilmiy izlanish va tadqiqotlarni olib borishda ustozning roli katta. Ustoz shogirdiga har tamonlama o’rnak bo’ladi uni to’g’ri yo’lga boshlaydi.Bu kabi ustozlar safiga Ozod Sharafiddinov,Qozoqboy Yo’ldashev,Omonulla Madayev, Nasimhon Rahmon ,Safarova Rohatoy, Muhammadjon Quranov va boshqalarni misol qilish mumkin.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə