Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


II bob . O’zbek milliy xalq amaliy san’atida ustoz va shogird an’analari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə4/6
tarix09.06.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#89172
1   2   3   4   5   6
Bobojonova Nazokat

II bob . O’zbek milliy xalq amaliy san’atida ustoz va shogird an’analari .
2.1 Hunarmandchilik tarixi ,hunarmandlar mahallalari haqida ma’lumot
O’zbekiston xalqlarining tarixi ,qdiryatlari ilm –fan madanyatlari durdonalarini har tamonlama ilmiy o’rganish va tahlil etish g’oyat muhimdir.’’Bugun bizning oldimizga shunday tarixiy imkoniyat paydo bo’ldikiy- degan edi muxtaram birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.
- biz bosib o’tgan yo’limizni tanqidiy baxolab, milliy davlatchiligimiz negizlarini aniqlab, buyuk madaniyatimiz tomirlariga qaytib, o’tmishdagi boy an’analarini yangi jamiyat qurilishiga tadbiq etmog’imiz kerak. Shu maqsadda Respublikamiz xukumatining qator xujjatlari Vatanimizning har tomonlama Jaxon andozalari asosida rivojlanishiga qaratilmoqda. Jumladan yoshlarga ta’lim tarbiya berishda madaniyatimiz, Qadryatlarimiz, Milliy san’atimiz namunalaridan ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jaxonga mashxur bo’lgan ajoyib san’at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda.
Ajdodlarimiz tajribalari yoritilgan Adabiyotlarni ham yetarli deb bo’lmaydi. Bundan tashqari ajdodlarimiz boy tajribalarini hozirda hunar o’rgatilayotgan joylarda chunonchi: oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida, shaxsiy ustoz-shogird asosida o’rgatilayotgan ustaxonalarda qo’shimcha ta’lim muassasalarida usta va shogird sharqona odobi to’liq o’rgatilmasligi o’quvchi-yoshlarimizni axloq-odobiga va bilim darajasiga, umuman ularning ma’naviyatini shakillanishiga salbiy ta’sir ko’rsatilayotganliging guvohi bo’lamiz.
Shuning uchun ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosdan to’g’ri va unumli foydalanish lozm. Shunda ajdodlarimiz ma’naviy merosga bo’lgan hurmat etibor kuchayadi; o’z ota-onasiga, ustoziga, o’rtoqlariga xullas insonlarga bo’lgan hurmati oshadi; ularning shu xunarini maromiga yetkazib o’rganishda asos bo’lib hizmat qiladi.
O’zbek xalq amaliy an’atida qadimiyligi, madaniyatining boy hamda serqirraligi bilan butun dunyoga mashhurdir. Samarqand, Buhoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg’ona va boshqa shaharlardagi har bir tarixiy obida, har bir xalq amaliy bezak san’ati namunasi ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan takrorlanmas, bebaxo san’at asarlari bo’lib jaxon madaniyati durdonalari qatoridan o’rin olgan.
Asrlar davomida orttirilgan madaniy va ma’naviy boyligimiz, xususan o’zbek xalq amaliy bezak san’atining eng ko’p rivojlangan turlari: naqqoshlik, ganchikorlik, yog’och o’ymakorligi, toshtaroshlik, suyak o’ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, ustalarining haqiqiy asl nomlari, o’ziga xos maktablari, yaratgan uslublari sobiq sho’ra tuzmi davrida asta-sekin yo’qolib ketishi xavfi ostida qolgan edi.
Bugungi kunda mustaqil Respublikamizda xalqimizning asrlar bo’yi yaratgan ijodiy mehnati natijasidayaratgan amaliy bezak san’atini ko’z qorachig’iday saqlash, qadrlash, ulardan amaliy foydalanish, ular orqali yoshlar estetik didini o’stirish hamda yuksak madanyatli kishilar qilib tarbiyalashga keng imkonyatlar ochildi. Al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Xorazimiy, Imom Buxoriy, Baxavuddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi jahonga mashhur olim, shoir va musavvirlar go’zallikka intilishga chaqirganlar.Bobomiz Amir Temur hunar va ilm egalari, yirik mutaxassis olimlar yordamiga tayanib matematika, geometrya, me’morchilik, astronomiya, adabiyot, tilshunoslik, tarix, musiqa, tasviriy san’at va xattotlik kabi sohalarni rivojlantirishga katta ahamiyat berdi. Shaharlarning har tamonlama chiroyli va ulig’vor qilishga intilgan.


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə