Ona tili 4 sinf ona tilidan dars ishlanmalari 1-dars Darsning mavzusi: 3-sinfda o‘tilganlarni takrorlash. Gap



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə3/297
tarix21.10.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#129689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297
ONA TILI 4 sinf Tayyor konspekt (1)

Lug‘at ishi:
tug‘ro gerb
qopqa — darvoza
fozil — bilimlarni yaxshi egallab olgan kishi

1 -topshiriq.
1-mashq asosidagi multimedia ilovasida tartibsiz berilgan so‘zlardan gap tuzish topshirig‘i berilgan. O‘quvchilar tartibsiz berilgan so‘zlardan gaplarni tuzib bo‘lishgach, ekranda matn hosil bo‘ladi.

2-mashq. She’rni ifodali o‘qitiladi va she’rga sarlavha topib, husnixat bilan ko‘chirish topshirigi beriladi.
O‘zbekiston
Sahrolar gul ochar senda,
Samolar nur sochar senda.
Yulduzlaring so‘nmasin hech,
Bag‘ringga g‘am qo‘nmasin hech.
Mening uchun aziz bo‘ston,
O‘zbekiston, O‘zbekiston!
She’rdagi tinish belgilarining qo‘llanishiga e’tibor beriladi va nechta gap borligi so‘raladi.
Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toptiriladi.
Samo- osmon, fazo

2 -topshiriq.
2-mashqdagi she’r tinish belgilarsiz beriladi. O‘quvchi tegishli tinish belgini to‘g‘ri tanlasa, katakchada shu belgi yoziladi.

She’rni ifodali o‘qib, unga sarlavha toping. She’rda nechta gap borligini ayting. Samo so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping kabi topshiriqlar beriladi.
3-mashq asosida dars mustahkamlanadi. Matnda berilgan gaplarni o‘qib gaplarning chegarasi aniqlanadi va sarlavha qo‘yiladi.
Kuz erta tushdi.Qovun palagi qurimasdan havoda mezon uchdi. Kechalari osmonda turnalarning horg‘in nolasi eshitildi. Bu yil qish qattiq keladiganga o‘xshaydi. Teraklar bargini erta to‘kdi. ( O‘tkir Hoshimov)
Mashq matni yuzasidan suhbat:

  • Matn mazmuniga mos sarlavha toping.

  • Matn nechta gapdan iborat?

  • Gaplar qanday mazmunni bildiryapti?

  • Horg‘in so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting.

L ug‘at ishi: Horg‘in – charchagan, toliqqan.
Savolning javobini top” ta’limiy o‘yini. O‘quvchilar bilimini mudtahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Buning uchun o‘quvchilar savol va javoblarni o‘qib to‘g‘ri javoblarni strelka yordamida belgilab chiqadilar.

1. Gaplarning oxiriga qanday tinish belgilar qo‘yiladi?




Tugallangan fikrni bildiradi

2 . Gap qanday harf bilan boshlanadi?

Ohang yordamida aniqlanadi

3. Gap qanday fikrni bildiradi?

Charchadi

4. Gap nimalardan tuziladi?

Gaplar yordamida fikrlarini bir-biriga aytadi

5. Gapning chegarasi qanday aniqlanadi?

Nuqta, so‘roq va undov belgisi tinish belgilari qo‘yiladi?

6. Odam o‘zaro nimalar yordamida fikrlarini bir-biriga aytadi?

So‘zlardan tuziladi

7. Horg‘in so‘ziga ma’nodosh so‘z topib ayting.

Bosh harf bilan boshlanadi




Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə