Ona tili darslarida o‘quvchi soz boyligini o‘stirish usullari



Yüklə 129,86 Kb.
səhifə10/11
tarix30.12.2023
ölçüsü129,86 Kb.
#166883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ONA TILI DARSLARIDA O

4. Nutq texnikasi:
- nutqning jarangdorligi, masofasi;
- talaffuzning va ovozning mayinligi;
- ovoz kuchining to‘g‘ri tanlanishi;
- nutq tezligining to‘g‘ri tanlanganligi;
- nutqning talaffuz tarzi, so‘zlarning aniq, ravshan aytilishi;
- nutq gigienasiga rioya qilinishi va shu kabilar.


XULOSA
Umum ta`lim maktablarida ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga, tafakurini rivojlantirishga alohida ahamiyati berish talab etilmoqda. Shu kunga qadar o‘quvchilar so‘z boyligi oshirish, og`zaki va yozma nutqini o‘stirishga doir besh- olti nomzodlik dissertatsiyasi yoqlandi, xolos.
Respublikiamizda 1969 yilda nutq madaniyatiga bag`ishlangan konfrensiya o‘tkazilgan bo‘lsa ham, bu anjumanda nutq madaniyatini rivojlantirishga doir nazariya masalalar muhokama qilinib,konfrensiya materialini ilmiy to‘plam sifatida nashr qilish bilan kifoyalanilgan. Hozirgi kunga qadar maktab o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga bag`ishlangan sanoqli metodik qo‘llanma va tavsiyalar yaratilgan, xolos. Shu sababli Ona tili « darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish ’» mavzusida metodik qo‘llanma yaratishga kirishdik.
Metodik qo‘llanma nutq madaniyati va o‘quvchilar nutqini o‘stirishga bag`ishlangan materiallardan foydalandik, ularga munosabatini bildirdik.
Qo‘llanma ona tili darslikning “Morfologiya va imlo” bo‘limining “Olmosh uning ma`no turlari” , “Yordamchi turlar” : ko‘makchi, bog`lovchi, yuklama , ularningma`no turlari “ Fe`l uning zamonlari, mayllari “, “Zamon shakli “,
“Zamon shakli “, “ Zamon shakli ma`nolari “ , “ Ot-kesimi zamon shakli “ , “Kesimlik so‘zlari”, “So‘z gaplar “ - “ Modal so‘z –gaplar “, “ Undov so‘z- gaplar “ Tasdiq va inkor so‘zlarni “ o‘rganish jarayonida o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o‘stirish, tafakkarini rivojlantirishni turli metod va usullarda- darslik ustida ishlash, savol va javob, o‘qituvchining bayoni, suhbat usullarida bayon qildik.
Tadqiqot ishida olmosh, yordamchi so‘zlar, ko‘makchi, bog`lovchi, yuklama, fe`l, ot- kesim zamon shakillari, kesimlikso‘zlar, modal so‘z gaplari, undov so‘z gaplari, tasdiq va inkor so‘z gaplarga doir materiallarni mustahkamlash, o‘quvchilar nutqini o‘stirish maqsadida mustaqil ish, og`zaki va yozma mashqlar, og`zaki bayon, ijodiy ish, ta`limiy diktant, kichik bayon va kichik insho kabi ish turlaridan foydalandik. Metodik qo‘llanma 7-sinfda ona tili o‘qitish sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Shunday qilib, ona tilidan ta'lim mazmuni o‘quv topshiriqlarida ham o‘z ifodasini topadi. O‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini faollantirishda ularning imkoniyatlari bеnihoya katta. O‘quv topshiriqlarining sharti o‘quvchilar faoliyatini faollashtirishning muhim vositassidir. Topshiriq sharti o‘quvchilarni qiziqtirsagina, uni bajarish jarayonida faoliyat faol bo‘ladi. Topshiriqning matеriali faollikni qo‘zg`atuvchi yana bir elеmеntidir. O‘quv matеrialining tеmatik rang-barangligi, o‘quvchilarning til muhiti va o‘lka talablariga muvofiq tushishi ularning faolligini oshirishga katta ta'sir ko‘rsatadi.
Ona tili darslarida faqat standart topshiriqlar bilan chеgaralanib qolmay, balki nostandart topshiriqlardan ham unumli foydalanishga ko‘proq zarurat sеzilmoqda. Nostandart topshiriqlar o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini kuchaytiradi, uni bajarishga bo‘lgan ishtiyoqini oshiradi. Bu esa faollikni ta'minlashning muhim omilidir.
Dars jarayonida olib boriladigan o‘yinlarning qiziqarli va mavzuga oid bo‘lishi o‘quvchilarning darsda faol ishtirok etishiga olib kеladi. Ona tili darslari mazmunini takomillashtirish va uni o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini faollashtiradigan muhim manbaga aylantirish choralaridan yana biri fan ichidagi fan va fanlararo bog`lanish imkoniyatlarini kеngroq ishga solishdir.



Yüklə 129,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə