“ona vatan” konseptini o’rganishda maqol-matallar va hikmatli so’zlarning o’rni, ularning milliy-madaniy konseptual belgilari



Yüklə 489,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü489,11 Kb.
#135008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ona-vatan-konseptini-o-rganishda-maqol-matallar-va-hikmatli-so-zlarning-o-rni-ularning-milliy-madaniy-konseptual-belgilari (1)

MUHOKAMA VA TAHLILLAR 
Vatanga bo‟lgan muhabbat, unga nisbatan sodiqlik, o‟z ona yurtini ardoqlash 
va sevish dunyoning istalgan davlatida, jamiiki xalqlar, elatlar va millatlarning qon 
qoniga singib ketganini ularning o‟z ota makonini har xil go‟zal va nafis so‟zlar, 
gaplar, she‟rlar, asarlar, maqollar, matallar, aforizmlar, hikmatli so‟zlar orqali ifoda 
etishidan ham bilib olish qiyin emas. Vatan juda keng va chuqur ma‟noga ega 
bo‟lgan, insonlar tomonidan eng ko‟p ishlatiladigan so‟zlardan biridir. Ta‟kidlash 
joizki, „Ona Vatan‟ konseptiga oid maqol-matallar va hikmatli so‟zlarni o‟rganish 
mobaynida, ularning juda ko‟p va serqirra ekanligi ayon bo‟ldi. 
Xalq og„zaki ijodining ommaviy janrlaridan biri sanalgan maqollar asrlar 
davomida og„izdan-og„izga o„tib kelib, xalqning dunyoqarashi, jamiyatga bo„lgan 
munosabati, tarixi va ruhiy holatini ifodalovchi muhim vosita hisoblanib kelinadi. 
Maqollarda hayotiy tajribalar natijasida kelib chiqqan, qimmatli fikrlarning xulosasi 
ifodalanadi. “Maqol - xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va 
mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli va muayyan ritmik shaklga 
ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, 
ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar 
mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan”.
Maqollar ko„pincha she‟riy shaklga ega bo„ladi. Ular o„zining ixcham, pishiq va 
puxtaligi bilan ham xalq og„zaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Maqollar 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 

Yüklə 489,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə