“ona vatan” konseptini o’rganishda maqol-matallar va hikmatli so’zlarning o’rni, ularning milliy-madaniy konseptual belgilari



Yüklə 489,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/10
tarix28.11.2023
ölçüsü489,11 Kb.
#135008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ona-vatan-konseptini-o-rganishda-maqol-matallar-va-hikmatli-so-zlarning-o-rni-ularning-milliy-madaniy-konseptual-belgilari (1)

Keywords:
Concept, conceptual symbol, proverb, homeland, country, theme. 
KIRISH 
Ma‟lumki, konsept termini 
ongda, nutqda yoki tafakkurda vujudga keladigan 
oddiy g'oyalar yoki umumiy tushunchalarning umumiy yig‟indisini tashkil qiladigan 
tasavvurni anglatadi. U prinsiplar, fikrlar va e'tiqodlar konseptsiyasining asosiy 
qurilish bloklari sifatida tushuniladi
. Konsept tilshunoslik, psixologiya va falsafa kabi 
bir qancha fanlar tomonidan o'rganiladi va bu fanlarni konseptning mantiqiy va 
psixologik tuzilishi, ularni qanday birlashtirib fikr va jumlalar tuzish qiziqtiradi. 

АDАBIYOTLАR TАHLILI VА METODOLOGIYA 
Konsept atamasiga oid juda ko‟plab nazariyalar vafikrlar bo‟lishiga 
qaramasdan bugungi kungacha aniq bir to‟xtamga kelinmaganligini ko‟rish mumkin. 
“Konsept” termin ko„plab fanlarning faol yadroviy tushunchasi o„laroq juda muhim 
ilmiy xarakter va maqomga ega. Izlanishlarshuni ko‟rsatdiki, konseptni o„rganish, 
bilishning chegarasi yo„q. Bugungi kunda dunyo miqyosida minglab olimlar 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 717 www.ares.uz 
konseptning o„zi nima, u qanday ilmiy hodisa degan savolga hali tugal javobni 
berolmagan bo„lsa, konseptning qirralari, strukturasi, kategoriyalari, xarakterini to„liq 
ta‟riflashga hali tilshunoslikdek fan ham biroz ojizdek, nazarimizda. Shu bir 
tushunchaga tegishli yuzlab fikrlarni umumlashtirib qiyoslab ko„rilsa ularning hech 
birini noto„g„ri deb aytish qiyin, aksincha, ular mazkur tushuncha uchun yangi 
tasavvur kengliklarini yaratib beradi. Lekin ba‟zi asosli manbalardan foydalangan 
holda quyida ba‟zi ta‟riflar keltirib o‟tiladi. Xususan,Lingvistik ensiklopedik lug‟atda 
konsept atamasiga quyidagicha ta‟rif beriladi: «konsept bu - «so‟z ma‟nosi» kabi 
tushuncha bo‟lib, faqat bog‟lanishlar tizimi nuqtai nazaridan farqlanadi; ma‟no-til 
tizimida; tushuncha ham mantiqda, ham tilshunoslikda tadqiq etiladigan mantiqiy 
munosabatlar va formalar tizimida bo‟ladi».Konseptni o„rganuvchi tilshunos 
olimlarning konsept haqida fikrlari ichida eng ma‟qul kelgan ta‟rif bu rus olimasi 
Pimenova
ning 
“Odam nimani bilsa, qanday deb hisoblasa , ichki va tashqi dunyo 
ob‟ektlari haqida nimani tasavvuriga sig„dira olsa, u konsept hisoblanadi”
dir. 

Yüklə 489,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə