“ona vatan” konseptini o’rganishda maqol-matallar va hikmatli so’zlarning o’rni, ularning milliy-madaniy konseptual belgilari



Yüklə 489,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix28.11.2023
ölçüsü489,11 Kb.
#135008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ona-vatan-konseptini-o-rganishda-maqol-matallar-va-hikmatli-so-zlarning-o-rni-ularning-milliy-madaniy-konseptual-belgilari (1)

Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-716-722 
Google Scholar 
Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 720 www.ares.uz 
qoʻshganlar. 
Hikmatli so‟zlarni vatan mavzusi bilan bog‟langanda uning o„zbek 
xalqining boy va shonli tarixida juda katta o„rin tutishini bilish mumkin. Butun dunyo 
bo‟ylab, istalgan davlatlardagi adib va arboblardan Vatanni ulug„lamagani, 
shoirlardan esa Vatanni madh etmagani topilmasa kerak. Vatan haqida ko„p va ho„p 
aytilgan purma‟no va mantiqan o„rinli ta‟riflar bo„lgan-ki, ular vaqt o„tishi bilan 
kuchli falsafiy talqinga ega bo„lganligi bois o‟sha xalqning og„zaki ijodi, adabiyoti, 
ma‟naviy va madaniy turmush tarziga singib borib, o„rnashib, hikmatlar xazinasiga 
aylangan. O‟zbek xalqining suyukli farzandi bo„lgan, har misrasida Vatanga bo„lgan 
mehri otashin bo„lgan, 
Fitrat 
shunday deydi: 
“Vatan mening jonu tanim 
sajdagohimdir. U mening to„lin oyim, tinch-omonim, izzatim, sharofatim. Ka‟bam, 
qiblam hamda gulistonimdir”

Hamidjon Hamidiy 
va 
Mahmud Hasaniy
lar hammuallifligida to„plangan 
“Mashrik zamin - hikmat bo„stoni” 
hamda 
M.Saidov 
va 
Z.Toirov
lar 
hammuallifligida yaratilgan
“Komillik o„gitlari”
asaridan o„rin olgan quyidagi 
hikmatli va qimmatli fikrlar Vatanni tushunish uchun yaxshi manba bo„lib xizmat 
qiladi. 
Vatan gadosi - kafan gadosi.
Bu maqol orqali kelajak avlodga vatanni sevish, 
unga sodiq bo„lish zarurligini uqtiriladi, unib-o„sgan yerni noshukrchilik qilib tashlab 
ketish juda yomon va xunuk oqibatlarga olib kelishini ko„rsatadi. 

Yüklə 489,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə