Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)


II BOB. OVQATLANISH DISBALANSI VA OQSIL TAQCHILLIGI



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

II BOB. OVQATLANISH DISBALANSI VA OQSIL TAQCHILLIGI.
2.1. Ovqatlanish disbalansida oqsil va oqsil-energetik taqchillikning o‘rni 
va kelib chiqish sabablari. 
Ovqat tarkibidagi oziq moddalar organizmda ikkita asosiy maqsad uchun 
sarflanadi. Birinchidan, ovqat yashash uchun zarur bo‘lgan faoliyatlarga (jismoniy 
va aqliy mehnat, barcha ichki a'zolarning ishlashi) kerak bo‘ladigan energiya 
manbai bo‘lib xizmat qilsa, ikkinchidan, u tanadagi jamiki hujayra va 
to‘qimalarning yangilanishi, o‘sishi hamda yangidan hosil bo‘lishi, ya’ni metabolik 
jarayonlar uchun kerak. Shunga ko‘ra, iste’mol qilinadigan taom tarkibidagi 
mavjud energiya va oziq moddalar har bir organizmning talab darajasiga mos 
kelishi me'yoriy o‘sish, rivojlanish va faoliyat ko‘rsatish uchun katta ahamiyatga 
ega. Bir vaqtning o‘zida to‘qimalarning yangilanishi, o‘sishi, qon hujayralari, 
fermentlar va gormonlarning hosil bo‘lishi uchun ma'lum miqdorda oqsil, yog‘, 
mineral moddalar talab qilinsa, kunlik ratsion aynan shuncha miqdordagi 
moddalarga ega bo‘lishi kerak. Shunday bo‘lganida tanadagi moddalar va energiya 
almashinuvi jarayonlari, barcha a'zo va tizimlar ishi maqsadga muvofiq bo‘lib bir 
butun organizm me'yoriy holda faoliyat ko‘rsatadi. Lekin turli xil sabablarga ko‘ra 
yeyilgan ovqat tana ehtiyojidan yo kam, yo ko‘p bo‘lishi mumkin. Agar bunday 
nomutanosiblik o’zoq vaqt, ya’ni surunkali davom etsa, tanada qator morfologik va 
funksional o‘zgarishlar yuzaga keladi. Masalan, iste’mol taomida oziq 
moddalarning me'yordan ko‘p bo‘lishi aksariyat hollarda semirish va u sababli 
yuzaga keladigan qator xastaliklarga olib kelsa, kam bo‘lishi oriqlab ketish, kam 
darmonlilik, bo‘y o‘sishi va rivojlanishining me'yordan past bo‘lishi kabi holatlar
ko’zatiladi (27,28). 
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish ko‘p hollarda ovqatlanish disbalansi bilan 
bog‘liq bo‘ladi. Bunda oziq moddalari ichida ovqat tarkibida ayniqsa oqsil miqdori
me'yordan kam bo‘ladi. Iste’mol taomi tarkibida oqsil yetishmasligi sababli 
to‘yinish hisi yuzaga kelmaydi, organizm yetishmagan oqsil miqdorini ortiqcha 


26 
miqdordagi ovqat hisobiga to‘ldirishga harakat qladi va shu sababli odam ovqatni 
keragidan ko‘p qabul qiladi. Natijada ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish holati yuzaga 
keladi 
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish keyingi o‘n yilliklarga kelib butun dunyo 
bo‘ylab keng tarqalmoqda. Sivilizatsiya bois yeyiladigan, ichiladigan taomlar turi 
ko‘payib, insoniyat tobora o‘ta tozalangan (rafinatsiya qilingan) mahsulotlarni 
(yuqori navli undan tayyorlangan non, makaronlar, har xil pishiriqlar, shakar, 
shirin ichimliklar va boshqalar), semiz hayvonlarning go‘shtlari, yog‘larini 
iste’mol qilishga ruju qo‘ymoqda. Bunday taomlanish davomli bo‘lganida albatta 
tanaga ehtiyojdan oshiq oziq moddalari qabul qilinadi va natijada semirish 
alomatlari paydo bo‘ladi. Semizlik va oshiqcha tana massasiga ega bo‘lish esa juda 
ko‘p surunkali xastaliklarni yuzaga kelishida hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Ushbu 
holat iqtisodiy jihatdan boy davlatlarda boshqalariga nisbatan ko‘p uchraydi. 
Masalan, keyingi ma'lumotlarga qaraganda, hozir AQSh aholisining 52 % dan 
ko‘prog‘i oshiqcha tana vazniga ega. Avstriyaliklarning esa 60% dan ko‘prog‘i 
semiz. Rossiyaliklarning 55% da bu holat mavjud. Shahar aholisi orasida semiz 
odamlar qishloqda yashovchilarga qaraganda ko‘p uchraydi. Butun Jahon 
Sog‘liqni Saqlash tashkilotining hisobotlarida e'lon qilinishicha, yer yo’zidagi 
aholining taxminan 1 mld-da ehtiyojdan oshiqcha ovqatlanish ko’zatilib, shu 
sababga ko‘ra ular orasida sivilizatsiya kasalliklari hisoblanmish arterial 
gipertoniya (xafaqon), yurakning ishemik kasalligi, ateroskleroz, qandli diabet, 
giperxolesterinemiya va boshqalar keng tarqalgan (40). Shunday ekan semizlikka 
olib keladigan asosiy omil, ya’ni ehtiyojdan ko‘p ovqatlanishning oldini olish 
hozirgi kunning eng dolzarb biologik va tibbiy muammolaridan bo‘lib hisoblanadi. 
Ushbu masalalarni hal qilishda qayd qilingan holatning yuzaga kelish sabablari, 
uning fiziologik mexanizmlari va oldini olish yo‘llarini o‘rganish muhim ilmiy-
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanishga olib keladigan asosiy sabablardan biri bu 
kundalik iste’mol taomlarining mo‘l-ko‘lligi, turli texnologik jarayonlarning 


27 
qo‘llanilishi tufayli ularning tobora mazali bo‘lib borishi hamda xilma-xilligidir. 
Shu narsa diqqatga sazavorki, ovqatning mazaliligi ko‘pincha undagi go‘sht, yog‘ 
va boshqa masalliqlarning miqdori va tarkibi bilan belgilanadi. Shu bois taom 
qancha mazali bo‘lsa, tarkibidagi energiya ham shuncha ko‘p bo‘ladi, chunonchi, 
bir xil og‘irlikdagi yog‘li qo‘y go‘shtining tarkibidagi energiya, so‘m (lahm) 
go‘shtga qaraganda qariyb ikki baravar ziyod, shirin kulchadagi zahira energiya 
shuncha og‘irlikka ega bo‘lgan oddiy nonnikidan ancha ziyod va hokazo. Amalga 
oshiriladigan turli xil faoliyatlarga nisbatan (jismoniy va aqliy mehnat miqdori) 
energetik jihatdan yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘lgan taom iste’mol qilinsa, uning 
tarkibidagi oziq moddalar parchalanib tegishli faoliyatga sarf bo‘lmasdan tanada 
zahira yoqqa aylanadi va tananing turli qismlarida to‘plana boshlaydi va oqibatda 
semirish alomatlari paydo bo‘ladi.
Yeyiladigan ovqat hisobidan semirish paydo bo‘lishida asosan karbonsuvlar, 
xususan shakarni oshiqcha iste’mol qilish alohida o‘rin egallaydi. Shakar iste’mol 
qilinadigan karbonsuvlar ichida tez parchalanib, bajariladigan aqliy va jismoniy 
mehnat uchun kerakli energiyani osonlik bilan beradi (31). Shuning uchun nerv 
tizimi, muskullar faoliyati uchun u ma'lum miqdorda zarur. Bir vaqtning o‘zida 
shuni ham qayd qilish lozimki, yeyiladigan non, turli-tuman un mahsulotlari, 
kartoshka, sabzovot va poliz mahsulotlari hamda meva-chevadagi kraxmal 
kishining 
oshqozon 
ichak 
tizimida 
dastlab 
shakarga, 
keyin 
oddiy 
karbonsuvlargacha (masalan, glyo‘qoza) parchalanib, keyin qonga so‘riladi. 
Shunig uchun, shakar sof holda iste’mol qilinmasa ham, qayd qilingan oziq 
moddalar hisobidan umuman shakar yemagan odam qonida uning miqdori me'yor 
darajasida bo‘ladi. Oshqozon ichak tizimiga tushgan shakar energetik ehtiyoj 
bo‘lmasligi tufayli parchalanmasa, uning ma'lum qismi zahira karbonsuv - 
glikogenga aylanib muskullar va jigarda to‘planadi, yog‘ga aylanadi. Odamning 
shakarga bo‘lgan kunlik ehtiyoji o‘rtacha 50 g atrofida. Kun o’zog‘ida sof sha-
kardan tashqari iste’mol qilinadigan har xil shirinliklar, meva-chevalar hamda 


28 
ichimliklar hisobidan bu miqdorning me'yorga nisbatan bir necha marta oshib 
ketishi mumkin. 
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish haqida gap ketganida O‘zbekistonda mahalliy 
aholi tomonidan non va un mahsulotlarining me'yor darajasidan ancha oshiqcha 
iste’mol qilinishini alohida qayd etish kerak. Qator ob'ektiv va sub'ektiv 
sabablarga ko‘ra qishloq aholisi ko‘pincha un va un mahsulotlaridan (non, 
makaron va boshqalar) tayyorlangan har xil taomlar bilan oziqlanadi. Ularning 
ertalabki nonushtasi, tushlik va kechki ovqatida ham ko‘p vaqtlari ana shu 
mahsulotlar asosiy o‘rin egallaydi. Kundalik taomlarda oqsil va yog‘ me'yor 
darajasidan ancha past bo‘lsa-da, qabul qilingan umumiy energiya yeyilgan non va 
un mahsulotlari hisobidan tegishli miqdorda, ba'zan esa kerakligidan ancha oshiq 
bo‘lishi ham mumkin. Qabul qilingan xalqaro ovqatlanish formulasiga ko‘ra, kishi 
kunlik ovqatining bir hissasi oqsil, bir hissasi yog‘ va to‘rt hissasi karbonsuvlardan 
iborat bo‘lishi kerak. Shu nuqtai nazardan bu formula 1:1:4 ko‘rinishida 
ifodalanadi. Olib borilgan hisob-kitoblar shu narsani ko‘rsatadiki, Respublikamiz 
sharoitida bu formula 0,5:0,7:5 ga o‘zgargan, ya’ni aholi kunlik ovqatida 
karbonsuvlar hissasi me'yoridan oshiq. O‘zbekistonda o‘rtacha jon boshiga har yili 
98 kg o‘rniga 140-145 kg non yeyilmoqda (33). Non va un mahsulotlarining 
me'yor darajasidan ko‘p iste’mol qilinishi qishloq joylarida yanada yaqqolroq 
namoyon bo‘lmoqda. 
Ehtiyojdan oshiqcha ovqatlanish holatiga olib keladigan omillardan yana biri 
bu hozir aholi orasida, ayniqsa shaharlarda, gipodinamiya, ya’ni kamharakatlilik 
elementlarining rivojlanib borayotganligidir. Bunday holat asosan o‘tirib mehnat 
qiladigan kishilar, hisobchilar, turli xil boshqaruv tizimini nazorat qilib turuvchilar, 
ilmiy xodimlar, rahbarlar va boshqalarning turmush tarzida tez-tez ko’zatiladi. 
Gipodinamiya sharoitida ehtiyojdan oshiqcha ovqatlanish iste’mol qilingan 
taomlar tarkibidagi umumiy energiyaning tegishli darajada sarflanmay qolishidan 
kelib chiqadi, ya’ni ovqat bilan qabul qilingan energiya bevosita harakat qilish 
kamligi bois sarflanmasdan to‘planib qoladi. Shunga ko‘ra bunday 


29 
nomutonosiblikning oldini olish uchun yeyiladigan ovqat va undagi energiya 
miqdorini kamaytirish yoki bevosita tegishli holda jismoniy harakat bilan 
shug‘ullanishni tegishli darajada oshirish lozim. Bunday to’zatishlarni amalga 
oshirish har doim ham oson kechmaydi, chunki ovqatlanishdagi milliy an'analar, 
odatlar qolaversa har kimdagi mazali ovqatlarni ko‘proq iste’mol qilish istagi qayd 
qilingan cheklanishlarni ancha qiyinlashtiradi. Yana bu o‘rinda shuni ham 
ta'kidlash kerakki, tegishli jismoniy yo‘qlamani bilib-bilmasdan ko‘paytirish kishi 
sog‘ligi nuqtai nazaridan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Hozirgi paytda ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish holatini yuzaga keltiradigan 
sabablardan yana biri taomlanishda iloji boricha rafinatsiya qilingan, ya’ni o‘ta 
tozalangan, masalan, kepagidan obdon tozalangan oliy navli unlardan pishirilgan 
non, makaron, shirinliklar, po‘stlog‘idan ajratilgan olma, nok kabi mevalar va 
o’zum, anorlarni urug‘idan ajratib iste’mol qilishdir. Boshqacha aytganda, 
rafinatsiyalangan oziq moddalarni iste’mol qilish bilan tanaga qabul qilinishi lozim 
bo‘lgan oziq tolalari (kletchatka, pektin, lignin va boshqalar) nihoyatda kamayib 
ketadi. Ular kepakda, meva-chevalarning po‘sti va urug‘ida mo‘l bo‘lib, oqilona 
ovqatlanish qoidasiga ko‘ra har kuni 30 g oziq tolasi taomlar bilan yeyilishi kerak. 
Gap shundaki, oziq tolalari tanada hazm bo‘lmaganligi bois (odam oshqozon-ichak 
tizimida ularni parchalaydigan fermentlar bo‘lmaydi), iste’mol qilinadigan taom 
miqdorini anchagina oshirsa-da, energiya manbai bo‘la olmaydi. Oziq tolalari har 
xil ko‘katlar, karam, sholg‘aom, lavlagi va boshqa poliz mahsulotlari tarkibida 
ham mo‘l bo‘ladi va ovqatdan oldin aytilgan mahsulotlardan tayyorlangan salatlar, 
meva-chevalardan anchagina yeb olish birinchidan nafsni “orom” oldirib, kamroq 
ovqat yeyishga olib keladi. Yana shunisi muhimki, oziq tolalari ovqat hazm qilish 
tizimiga oshiqcha miqdorda tushgan oziq moddalarni masalan, xolesterinni, o‘ziga 
shimib tanadan chiqib ketadi. Yana ular oshqozon ichaklarning harakat 
funksiyasini, qaysikim hazm jarayoni uchun zarur, jadallashtiradi. Oziq tolalari 
tanada shakarning so‘rilishini ham ko‘paytirmasdan ma'lum me'yorda ushlab 
turadi. Shuning uchun qandli diabetga uchragan kishilarning yeydigan nonida oziq 


30 
tolalari yetarli bo‘lishi kerak (ular uchun mo‘ljallangan nonlarda oziq tolalari 
odatdagidan ko‘p bo‘ladi), aks holda oq non va shirinliklar yeyilganida ular tezgina 
shakarga aylanib, ingichka ichak devori orqali so‘riladi oqibatda qonda bu 
moddaning miqdori yanada ko‘payadi. 
Mineral moddalar, xususan osh to’zining keragidan ko‘p iste’mol qilinishi 
ham ehtiyojdan oshiqcha ovqatlanishning bir turi hisoblanib, bunday holat tanadagi 
me'yoriy fiziologik jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Oqilona ovqatlanish 
shartlariga muvofiq odamning osh to’ziga bo‘lgan sutkalik talabi 6 g ga teng. Bu 
ko‘rsatgich iste’mol qilinadigan taomlar tarkibidagi barcha osh to’zini o‘z ichiga 
oladi. Issiq iqlimli o‘lkalarda xususan Respublikamiz sharoitida yashash va mehnat 
qilish, ko‘p terlash sodir bo‘lishi bois to’zga bo‘lgan ehtiyojni bir-muncha oshiradi 
albatta.
Osh to’zining me'yoridan ko‘p iste’mol qilinishi ko‘p suv ichishni chaqiradi 
va to‘qima, hujayra hamda qon tarkibida bunday suyuqlik miqdori ko‘payib yurak-
qon tomirlari faoliyatiga oshiqcha yo‘qlama tushadi. Hisob-kitoblarga qaraganda 
hozir rivojlangan mamlakatlar aholisi iste’mol qiladigan to’z miqdori me'yor 
darajasidan 10 marta ko‘p ekan (40, 41). Ma'lumki, Yaponiyada boshqa 
mamlakatlarda yashaydiganlarga qaraganda tuzni ko‘p iste’mol qilishadi. Ularda 
qon bosimi yuqori bo‘lib, insult xastaligining tez-tez uchrab turishini shu sabab 
bilan tushuntirishadi. 
Hozirgi zamon kishisi kundalik hayotda tez-tez ruhiy-hissiy stress 
(zo‘riqish) holatiga uchrab turadi. Bunday paytlari kishi bilib-bilmasdan yeydigan 
ovqati ustidan nazoratni yo‘qotadi, ba'zan “achchig‘ini” ovqatdan olib, duch 
kelgan taomni ancha-muncha yeb qo‘yganini bilmay qoladi. 
Yuqorida biz ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish va uning ayrim asosiy 
sababalariga to‘xtaldik. Har qanday holatda ham organizmga qabul qilingan 
oshiqcha oziq moddalari ma'lum vaqt o‘tishi bilan semirish alomatlariga olib 
keladi, hatto har kuni bir bo‘lakcha non ko‘p yeyilsa ham tana vazni 10 yildan 
keyin 4,5 kg oshadi. Semizlik holati kishi yoshi 50 ga yaqinlashishi bilan aniq 


31 
sezila boshlaydi, chunki bu vaqtga kelib faol jismoniy harakat qilish kamayadi, 
lekin shunga yarasha iste’mol qilingan taomlar miqdori kamaytirilmaydi. Xotin-
qizlar organizmida semirish alomatlari yosh oshib borishi bilan erkaklarga nisbatan 
kuchliroq rivojlanadi. Bu narsa faqat yeyiladigan ovqatga bog‘liq bo‘lib 
qolmasdan, endokrin bezlar faoliyati o‘zgarishidan ham yo’z berishi mumkin. 
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish tufayli kelib chiqadigan xastaliklarga qator 
yurak-qon tomirlari kasalliklari kiradi. Ularning ichida hozir eng ko‘p tarqalgani 
qon bosimining yuqori bo‘lishi - arterial gipertoniya yoxud xafaqondir. Tana vazni 
oshib borishi bilan aksariyat hollarda qon bosimi ko‘tariladi. Buning asosida 
dastavval hosil bo‘lgan yog‘ qatlamida paydo bo‘lgan kapillyar qon tomirlaridan 
qonni oqizish uchun yurakdan qon kattaroq bosim bilan chiqishi yotadi. Keyin 
semizlik tufayli qon tarkibida yog‘simon moddalar ko‘payib, ular asta-sekin yurak, 
miya va boshqa a'zolardagi tomirlarning ichki devoriga cho‘kib, ularni toraytiradi 
va qon aylanishni qiyinlashtirib qo‘yadi. Bunday torayib qolgan tomirlarda qonni 
tegishli tezlik bilan harakatga keltirish uchun yurakdan qon katta bosim bilan 
chiqishi kerak.
Rivojlangan mamlakatlarda sodir bo‘ladigan o‘limning teng yarmi yurak-
qon tomirlari kasalliklari tufayli ro‘y berishi aniqlangan. Semizlik alomatlaridan 
qutilish bilan (buning uchun birinchi navbatda ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish 
holatlarini bartaraf qilish va tegishli ravishda faol jismoniy harakat bilan 
shug‘ullanish eng yaxshi natija beradi) ko‘p hollarda xafaqon xastaligi chekinadi, 
chunki tanada oshiqcha yog‘ qatlami yo‘qolishi bilan ulardagi mayda qon tomirlari 
ham keskin kamayib, qon oqishi osonlashadi, yurak yengil ishlay boshlaydi.
Ehtiyojdan ko‘p ovqatlanishning keng yoyilishi qandli diabet kasalligini 
ham ko‘paytirib yubordi. Masalan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida 1965 yildan 
1973 yilgacha bu kasallik 50 % ga oshgan va hozir qandli diabet tufayli 
kishilarning nobud bo‘lishi yurak-qon tomirlari va saraton xastaliklaridan keyin 
uchinchi o‘rinda turadi (27, 28). Ushbu xastalikning paydo bo‘lishida toza shakar 
va turli tuman shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish asosiy sabablardan biridir. Gap 


32 
shundaki, yeyilgan shirinliklar oshqozon-ichak tizimida shimilib, qonda shakar 
miqdori ko‘payadi. Oshiqcha shakarni zahira glikogenga aylantirish uchun me'da 
osti bezidan ajralib chiqadigan insulin gormoni xizmat qiladi, qonda shakar qancha 
ko‘paysa bezdan insulin shuncha ko‘p ajralib chiqaboshlaydi. Ushbu holatning 
doimiy suratda yillab davom etaverishi natijasida aytilgan bez o‘z imkoniyatlarini 
sarflab qo‘yib (tanadagi hech bir a'zo bir umr maksimum holda ishlash 
xususiyatiga ega emas), insulin ishlab chiqarish kamayib ketadi va qonda shakar 
miqdori yuqoriligicha qolaveradi. Uni me'yoriga tushirish uchun esa qo‘shimcha 
ravishda insulin tashqaridan qabul qilinishi kerak. 
Aytilgan sabablarga ko‘ra, yosh bolalarning ham ko‘plab shakar, har xil 
shirinliklar, qand-qurslarni yeyishi zararli, ya’ni bunday ovqatlanish oqibatida 
me'da osti bezining insulin ishlab chiqish imkoniyatlar ertachi pasayib qandli 
diabet kasalligining paydo bo‘lish xavfi kuchayadi. 
Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy izlanishlar shu narsani ta'kidlaydiki, turli 
a'zolarning (yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak, me'da osti bezi, sut bezlari va boshqalar) 
saraton kasalligi ham ko‘p hollarda ehtiyojdan ko‘p ovqatlanish tufayli paydo 
bo‘lar ekan. AQSh va Buyo‘q Britaniyada kam oziq tolali va hayvon yog‘idan 
tayyorlangan taomlarni xush ko‘ruvchilar orasida ichak saratoni bilan og‘riganlar 
ko‘p uchraganligi yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi (43). Buning fiziologik mexanizmi 
shundan iboratki, surunkali holatda rafinatsiyalangan taomlar iste’mol qilish 
tufayli ularning kam miqdordagi qoldiqlari ichaklarda odatdagidan ancha o’zoq 
vaqt saqlanadi va natijada u yerda saraton uyg‘otuvchi qonserogen moddalar hosil 
bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari hozir ekologik sharoitning 
yomonlashuvi tufayli (qishloq ho‘jaligida pestitsid, gerbitsid, insektitsid va 
boshqalarning ko‘p qo‘llanilishi, zavod, fabrika va ichdan yonar dvigatellar hamda 
yong‘inlar tufayli hosil bo‘ladigan tutun, zaharli gazlar va boshqalar) oziq 
moddalar bilan qonserogenlarning oshqozon ichakka tushishi ehtimoli ham yo‘q 
emas. Kanserogen moddalarning hosil bo‘lishida yog‘li ovqatlarning oshiqcha 


33 
iste’mol qilinishi (ayniqsa hayvon yog‘ida tayyorlangan taomlar yeyish) ham 
ichaklarda o‘t kislotalarini ko‘paytirishi bois tegishli o‘rin egalalydi. 
Keyingi yillarda har xil kimyoviy moddalar qo‘shilgan ichimliklar (koka-
kola, pepsi-kola, fanta va shunga o‘xshash rangli shirin suyuqliklar), qand-
qurslarning ko‘payib ketishi va ularning, ayniqsa bolalar tomonidan ko‘p iste’mol 
qilinishi natijasida oshqozon-ichaklarda qonserogen moddalar hosil bo‘lmasligiga 
hech kim kafolat bera olmaydi. 
Iste’mol taomlari tarkibida bo‘ladigan oziq moddalarning har bir organizm 
vazni, jinsi, yoshi, qiladigan aqliy va jismoniy mehnati, ob-havo sharoitilariga 
qarab me'yordan kam qabul qilinishi odatdagi fiziologik jarayonlarni izdan 
chiqaradi. Mavjud manbalarda bu boradagi materiallar asosan iste’mol taomlarida 
oqsil yetishmasligi tufayli odam va hayvonlar organizmida yo’z beradigan 
fiziologik siljishlarga tegishli bo‘lganligi bois aynan shu masalani chuqurroq 
yoritishni lozim topdik. Tanada har bir a'zo tarkibidagi hujayra va to‘qimalar 
to‘xtovsiz ravishda yangilanib boradi, yosh organizmlarda esa buning ustiga 
bevosita o‘sish ko’zatilib, bu jarayonlar asosan oqsillar hisobidan bo‘ladi. Shuning 
uchun ham yosh, o‘suvchi organizmlarda oqsilga bo‘lgan ehtiyoj katta 
odamlarnikiga qaraganda bir necha bor ziyod, agar o‘rtacha odam bir sutka 
davomida har 1 kg tana vazniga nisbatan 1,0-1,2 g oqsil talab qilsa, bu ko‘rsatgich 
yosh bolalarda - 1,5-3,0 g gacha, ba'zan bundan ham yuqori bo‘ladi (22,23,24). 
Bola organizmining o‘sishi, undagi a'zolarning shakllanishi qancha jadal bo‘lsa 
uning oqsillarga bo‘lgan talabi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ma'lumki, odam 
tanasining o‘sishi asosan 25 yoshgacha davom etadi, shuning uchun bu davrda 
kishining oqsilli ovqatlarga bo‘lgan ehtiyoji qolgan davrlarga nisbatan yuqori 
bo‘ladi. 
Ma'lumki kerakli oqsillar ikki xil oziq ovqat ya’ni hayvon va o‘simlik 
mahsulotlari bilan qabul qilinadi. Birinchi guruhga go‘sht va undan tayyorlangan 
turli taomlar, kalla-poycha, sut va sut mahsulotlari, baliq, tuxum va boshqalar, 
ikkinchi guruhga, non, un mahsulotlari no‘xat, loviya, soya, kartoshka kabilar 


34 
kiradi. Qayd qilingan mahsulotlar oqsil qiymati nuqtai nazaridan tarkibida mavjud 
bo‘lgan aminokislotalarning turiga qarab baholanadi. Odam tanasida hosil 
bo‘lmaydigan, ya’ni sintezlanmaydigan aminokislotalar (valin, leytsin, izoleytsin, 
metionin, fenilalanin, triptofan, lizin va treonin) ko‘proq hayvon mahsulotlari va 
dukkaklilar tarkibida bo‘lib, aynan shular hisobidan yangi hujayra, to‘qimalar, 
biologik faol moddalar hosil bo‘ladi va shuning uchun ham bunday 
aminokislotalardan tarkib topgan oqsillar biologik to‘la qiymatli oqsillar deyiladi. 
Ikkinchi guruh oqsillar odam tanasida sintez qilinadigan aminokislotalardan 
(alanin, glitsin va boshqalar) tashkil topgan, ular asosan o‘simlik mahsulotlarida 
uchraydi va biologik to‘la qiymatsiz oqsillar deyiladi (3). 
Ovqat bilan iste’mol qilinadigan oqsillarning shunday xususiyati borki, ular 
tanada yog‘ va karbonsuvlar singari zahira saqlanmaydi, qancha iste’mol qilinsa 
ham ularning tegishli qismi hujayra va to‘qimalarning yangilanishi uchun sarf 
bo‘lib, qolgan qismi parchalanib organizmdan tashqariga chiqarilib yuborilaveradi. 
Kunlik yeyiladigan ovqatda me'yor darajasida 30-35% hayvon, 65-70% o‘simlik 
oqsillari bo‘lishi kerak. Bunday mo‘tadil ovqatlanishga har bir odam ayniqsa 
bolalar, homilador va sut emizadigan onalar qat’iy rioya qilishi kerak, aks holda 
o‘sish, ulg‘ayish va rivojlanish me'yor darajasidan past bo‘lib, odatdagi fiziologik 
jarayonlarning buzilishi bilan bog‘liq bir qator ko‘ngilsiz holatlar, kasalliklar kelib 
chiqishi mumkin. 
Iste’mol taomlarida organizm uchun asosiy “qurilish” materiali bo‘lmish 
oqsillarning belgilangan miqdoridan kamligi oqsil energetik taqchillik deyiladi. 
Bunday holatda asli funksiyasi to‘qima va hujayrlarning yangilanishi va tananing 
o‘sishi hamda rivojlanishi uchun mo‘ljallangan oqsil parchalanib tegishli energiya 
hosil bo‘lishi uchun sarflanadi natijada qayd qilingan fiziologik jarayonlar 
maqsadga muvofiq ravishda bormaydi. Oqsil energetik taqchillikdan farqli oqsil 
taqchilligi ham mavjud bo‘lib, bunda energetik nuqtai nazardan yetishmagan oqsil 
o‘rnini aksariyat hollarda me'yordan ziyod darajada qabul qilinadigan 
karbonsuvlar, ba'zan esa yog‘lar bosadi. Bunday taqchillik oqsil energetik 


35 
yetishmaslikka nisbatan aholi orasida ko‘p uchraydi. Uning asoratlari darhol 
sezilmasdan surunkali bo‘ladi. Ba'zan esa qabul qilingan ko‘p miqdordagi 
karbonsuvlar hisobidan (ularning yog’ga aylanishi bois) semirish alomatlari 
ko’zatiladi. 
BMT qoshidagi oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi masalalari bilan 
shug‘ullanadigan bo‘lim ma'lumotiga ko‘ra hozir yer yo’zidagi aholining qariyb 
yarmisi iste’mol qiladigan ovqatida yoki oqsil yoki umumiy energiya tavsiya 
qilinadigan miqdoridan kamligiga alohida e'tibor qaratilgan (27,28). Oqsil 
energetik taqchillik odamni kam darmonlilik jismoniy ish qilganda tez 
charchaydigan, kamqonlilik kabi holatlarga olib keladi. Kamqonlilik bizning 
respublikamizda ham ayniqsa qishloq sharoitida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar va 
bolalar orasida tez-tez uchrab turadi. Aholining amaldagi ovqatlanishini o‘rganish 
bo‘yicha olib borilgan kuzatuvlar shu narsani ko‘rsatadiki, Qashqadaryo viloyatida 
bunday ayollar va bolalar ovqatida oqsil miqdori me'yor darajasidan sezilarli 
darajada kam bo‘lib ayniqsa ularning hayvon oqsiliga bo‘lgan ehtiyoji ko‘p 
hollarda 50% ga ham qoniqtirilmaydi (42, 43). 
Oqsil energetik taqchillikdan bolalar, homilador va sut emizuvchi onalar 
ko‘proq zarar ko‘radi, chunki ular uchun bu oziq modda qabul qilinishi, qayd 
qilinganidek, katta odamlarnikiga qaraganda kamida ikki baravar (tana massasiga 
ko‘ra) ziyod bo‘ladi. Oqsil energetik taqchillikni surunkali holda boshidan 
o‘tkazgan onalardan tug‘ilgan bolalar vazni me'yoridan ancha kam bo‘ladi va har 
xil kasalliklarga tez beriluvchan bo‘ladi. Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar tana 
massasining va bo‘y o’zunligining me'yor darajasidan kamligi ular ovqatlanishida 
oqsil taqchilligi mavjudligidan darak beruvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Agar 
ushbu ko‘rsatkichlar me'yor darajasidan 80% ni tashkil qilsa ovqatlanishdagi 
kamchiliklar yengil formada, 70% bo‘lganida esa og‘ir formada bo‘lganligini 
ko‘rsatadi (27, 28, 29). 
Yegan-ichgan narsalarning o‘z vaqtida hazm bo‘lishi uchun ingichka ichak 
shilliq qavati morfologik va funksional jihatdan yetarli darajada shakllangan va 


36 
rivojlangan bo‘lishi kerak. Bunday holat esa to‘la qiymatli oqsillarning ovqat bilan 
yetarli miqdorda qabul qilib turilishini talab qiladi. Surunkali oqsil taqchilligida 
ichak hujayralari (enterotsitlar) o‘z vaqtida yangilana olmaydi, ishlab 
chiqariladigan fermentlar faolligi past bo‘ladi, oziq moddalarning qonga o‘tishini 
ta’minlaydigan maxsus o‘tkazgichlar funksiyasi pasayib ketadi (14,17). 
Laboratoriya sharoitida olib borilgan maxsus tajribalar oqsil energetik taqchillik 
oqibatida oshqozon-ichak tizimida sodir bo‘ladigan ko‘pgina fiziologik salbiy 
siljishlar ancha chuqur bo‘lishini ko‘rsatadi (14, 17, 30). Ona organizmidagi 
kundalik ovqatidagi bunday surunkali taqchillik rivojlanayotgan bola tana 
massasini kamaytirib yuborishdan tashqari uni ko‘p kasalliklarga tez beriluvchan 
qiladi, ularda ovqat hazm qilish a'zolarining rivojlanishi ancha sekin o‘tib, turli xil 
oziq moddalarni parchalovchi fermentlar faolligini pasaytirib yuboradi. Bu holat 
o‘z navbatida iste’mol qilingan ovqatni hazm qilmaslik, surunkali ich ketishga 
(ichburug‘) olib keladi. Surunkali ichburug‘ tufayli ovqat bilan qabul qilingan 
oqsillar, mineral moddalar, vitaminlar qonga so‘rilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
yuboriladi, natijada bu moddalarga bo‘lgan ehtiyoj yanada chuqurlashib qator 
fiziologik ko‘rsatgichlar yomonlashib boraveradi. 
Ichburug‘ bolalarda kamdarmonlilik, injiqlik, immunitetning pasayib ketishi 
va moddalar almashinuvi jarayonining buzilishi bilan bog‘liq xastaliklarga olib 
keladi. Yoshligida o’zoq vaqt oqsil energetik taqchillikka uchratilgan hayvonlar 
voyaga yetganidan keyin to‘yib yeb-ichib nasl berganida ham ular bolalarining 
ovqat hazm qilish a'zolari faoliyatida qayd qilingan salbiy o‘zgarishlar tamoman 
yo‘q bo‘lib ketmaganligi aniqlangan
Odamlarda olib borilgan kuzatuvlar shu narsani tasdiqlaydiki, homilador 
onalar kunlik ratsionining energetik miqdori kimyoviy tarkibi ular organizmining 
talabidan kam bo‘lsa va bu hol surunkali davom etsa birinchidan bola tug‘ilishi 
vaqtidan oldin bo‘ladi (chala tug‘ilish), ikkinchidan bolaning vazni me'yor 
darajasidan ancha kam bo‘ladi, uchinchidan turli xil kasalliklarga tez beriluvchan 
bo‘ladi (27, 28). Ehtiyojdan kam ovqatlanishning homilador onalarda bo‘lishi ular 


37 
faqat u yoki bu asosiy oziq moddalarga to‘ymasdan ovqatlanganida yo’z berib 
qolmasdan, iste’mol taomlariga e'tiborsizlik, bu sohadagi bilimlarning yetarli 
bo‘lmasligi natijasida zarur moddalarni (ko‘pincha vitaminlar va mineral 
moddalarni) kerakligicha iste’mol qilmaslik oqibatida ham kelib chiqadi. Ba'zan 
yosh onalar homiladorlik davrida o‘zini u yoki bu oziq moddalardan semirib 
ketmaslik, qaddi qomatning buzilishidan saqlanish uchun ortiqcha darajada 
cheklab bo‘lajak boladagi me'yoriy fiziologik o‘sish va rivojlanish jarayonlarini 
buzadi. 
Aniqlanishicha, besh yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida kuzatiladigan o‘lim 
aksariyat hollarda onalarning yoki sutdan ajratilgandan keyin o‘zlarining 
ovqatlanishda oqsil va oqsil-energetik taqchillik surunkali o‘rin olganligidan sodir 
bo‘lar ekan. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra ovqatlanishi maqsadga muvofiq ravishda 
tashkil qilingan joylarda tug‘ilgan bolalarning har 1000 tasidan bittasi nobud 
bo‘lsa, ovqatlanishdagi tegishli tanqisliklar bor hududlarda bu ko‘rsatgich 40-50 
tani tashkil etadi. Bolalarda oqsil hamda oqsil-energetik taqchillikning salbiy 
asoratlari ular bunday holatni o‘z rivojlanishining kritik davrida (ona qornidalik 
paytining 20 haftaligidan tug‘ilganidan keyin 2 yoshgacha bo‘lgan davr) boshidan 
kechirganida sodir bo‘lar ekan (40). Xususan bunday taqchillik tufayli yuzaga 
kelgan salbiy asoratlar bosh miya, ayniqsa uning yarimsharlar po‘stlog‘i faoliyati 
bilan bog‘liq funksiyalarda bir umr tiklanmay qolishi ham mumkin. Yoshligida 
surunkali oqsil yoki oqsil-energetik taqchillikka uchragan bolalar jismonan 
ojizlikdan tashqari aqliy jihatdan ham ancha-muncha zaif bo‘lishi ko‘pgina 
kuzatuvlarda aniqlangan. Ularning asab tizimi faoliyatida enertlik alomatlari 
mavjud bo‘lib, bunday bolalar ko‘pchilikdan ajralgan holda, yolg‘iz yashashga 
intiladi, ularning darslardan o‘zlashtirishi past bo‘ladi, sotsial masalalarda nofaol 
bo‘lishadi (41, 42). 
Oqsil energetik taqchillikni yuzaga keltiradigan sabablar haqida gapirganda 
dastavval shuni ta'kidlash joizki yer yo’zidagi aholi hech vaqt keyingi 
yillardagidek tez ko‘paymagan. 1650 yilda yer kurrasida 500.000.000 bo‘lgan 


38 
aholi XIX asr boshiga kelib 1 milliardga yetdi, ya’ni 200 yil davomida uning soni 
ikki baravar ko‘paydi. Shundan keyin ikkinchi milliard 100 yil o‘tishi bilan paydo 
bo‘ldi va uchinchi milliard hosil bo‘lishiga 40 yil kifoya qildi xolos. To‘rtinchi 
milliard 15 yil ichida yuzaga keldi. Hozirgi paytda har kuni insoniyat 250.000 taga 
ko‘payib, uning soni 6,5 milliardga yetdi. Agar aholi sonining o‘sishi shu zaylda 
davom etaversa bundan keyin har 11 yilda umumiy aholi soniga yana 1 mld kishi 
qo‘shilib boradi. Shu narsa diqqatga sazovorki, aholi o‘sishining 90% 
rivojlanayotgan mamlakatlar hisobidan bormoqda (8, 9). 
BMT qoshidagi Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra yer 
yo’zi aholisi uchun oziq-ovqat mahsulotlari to‘liq miqdorda yetarli qilib 
qo‘yilganida ham ovqatlanish yoki ochin-to‘qinlik xavfidan insoniyatning qutilishi 
ancha qiyin (27, 28, 29). 
Oqsil energetik taqchillikning kelib chiqishida omma orasida ovqatlanish 
madaniyatining qay darajada shakllanganligi muhim ahamiyatga ega. Dunyo 
miqyosida olib borilgan kuzatuvlar, tadqiqotlar shu narsani ko‘rsatadiki, ko‘pgina 
moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan oilalarda ham ovqatlanish madaniyatining 
pastligi (xususan ona va bola organizmining oziq moddalarga talabi, hamda uning 
qondirilishi qonun qoidalarini bilmaslik va hokoza) ehtiyojdan kam ovqatlanishga 
va uning asorati tufayli qator kasalliklar kelib chiqishiga olib keladi. Har kimning 
qanday, qachon va qancha ovqatlanishi lozim ekanligini, hazm a'zolarining ishlash 
xususiyatlarini hamda oziq-ovqatlarning kimyoviy, fizikaviy tarkiblari va 
xususiyatlari 
haqida 
umumiy 
ma'lumotlarga 
ega 
bo‘lishi ovqatlanish 
madaniyatining asosiy prinsiplarini tashkil qiladi. 
Sifatli ovqat deganda ko‘pchilik asosan sergo‘sht va yog‘li taomlarni 
tushunadi. Lekin aslini olib qaraganda go‘sht tarkibidagi biologik jihatdan to‘la 
qiymatli oqsillar va almashinmaydigan aminokislotalar, tuxum, baliq, sut va sut 
mahsulotlari, donlar, dukkakli o‘simliklarning donlarida hamda arpa-bug‘doy, 
makkajuxori, tariq, sholi, meva urug‘lari tarkibida ham ancha-muncha bo‘ladi. 
Agar mol go‘shtining 100 g-da 7137 mg almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar 
va shulardan leytsin 1478 mg bo‘lsa bu ko‘rsatgichlar moshda tegishli ravishda 


39 
8820 va 1950 mg, no‘xatda almashinmaydigan aminokislotalar 8290 mg-ga teng. 
Baliqda ham bu moddalar mol go‘shtiga nisbatan ko‘p (100 g baliqda o‘rtacha 
7980 mg almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar va 1800 mg leytsin bo‘ladi). 
Yana o‘simlik mahsulotlaridan har xil donlar (bug‘doy, arpa, makkajuxori, tariq va 
boshqalar) sabzovot, mevalar jumladan, ildizmevalarda hamda hayvon 
mahsulotlaridan kalla-pocha, ichak-chovoqlar tarkibida ham aytib o‘tilgan oqsillar 
organizmning talabini bemalol qondira oladigan miqdorda bo‘ladi. Ulardan tegishli 
miqdorda qo‘shib tayyorlangan taomlar kishining kerakli oqsillarga bo‘lgan 
talabini bemalol qondiradi. Buning ustiga oqsilga bo‘lgan ehtiyojni faqat go‘sht 
bilan qondirish dastavval har qanday oila uchun iqtisodiy tomondan oson 
bo‘lmasligi mumkin. Ikkinchidan organizmning tabiiy talab darajasidan ziyod 
go‘sht yeyilsa, undagi oqsillarning parchalanishi tufayli yuzaga keladigan ayrim 
kimyoviy birikmalar bilan organizmni ma'lum darajada zaharlanishi va xastalanish 
hech gap emas. Go‘sht oqsillar va vitaminlarga eng boy, to‘yimli oziq sifatida 
organizm uchun zarur, ayniqsa yosh organizmlarning o‘sishi, ulg‘ayishida uning 
ahamiyati juda tengsiz, faqat go‘shtdan kerakli miqdorda, tejab-tergab ehtiyojga 
yarasha foydalanilsa ham fiziologik, ham iqtisodiy, ham ekologik jihatdan 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Oqsil-energetik taqchillikni bartaraf qilish uchun aholi turli guruh 
vakillarining aniq ovqatlanishi to‘g‘risida ma'lumotlar yig‘ish, ularni fiziologik 
tahlil qilish hal qiluvchi ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ko‘pgina rivojlangan 
mamlakatlarda (AQSh, Fransiya, Angliya, Shveytsariya, Norvegiya va boshqalar) 
bunday masalalar bilan shug‘ullanadigan maxsus davlat tashkilotlari bo‘lib, 
ularning samarali mehnati tufayli aholi oqilona ovqatlanishi bilan bog‘liq bir qator 
iqtisodiy, sotsial, ekologik va tibbiy muammolar muvaffaqiyatli yechilmoqda. 
Mana shunday bo‘limlar bizning mamlakatimizda ham tegishli mutaxassislarni 
to‘plab har bir viloyat, tuman hokimliklari qoshida faoliyat ko‘rsatib turishi 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Respublika sanitariya va gigiena ilmgohi, tibbiyot 
oliygohlarining mutasaddi olimlari olib borayotgan ishlar tufayli bir qator 
ma'lumotlar to‘planmoqda. Lekin bunday tadqiqotlarning samaradorli, keng-
ko‘lamda bo‘lishini ta’minlash uchun bo‘lar oz. Shuning uchun amaliy 
tekshirishlar, kuzatuvlar va masalani ilmiy tahlil qilishga boshqa kasb egalarini, 


40 
jumladan, biologlar, ekologlar, qishloq xo‘jalik mutaxassislari, iqtisodchilar, 
sotsiologlarni jalb etish ancha samara bergan bo‘lar edi. 
Oqilona ovqatlanish, unga amal qilish va tashkil qilishda, hamda oqsil 
energetik taqchillikni oldini olishda yana shu narsani hisobga olish kerakki, 
kishilarning u yoki bu oziq moddalariga bo‘lgan ehtiyoji o‘zgarmas bo‘lmasdan 
turli omillar ta’sirida bu ko‘rsatgichlar ba'zan kamayib yoki ko‘payib turadi. 
Bunday omillar kishining yoshi, jismoniy faoliyati, ob-havo sharoitlaridan tashqari 
vaqt o‘tishi bilan fan va texnikaning rivojlanishi, turli xil texnologik jarayonlarning 
turmushga joriy qilinishi hamda ekologik o‘zgarishlar ta’sirida vitaminlar yoki 
ayrim mikro va makroelementlarga bo‘lgan talab o‘zgaradi. Masalan, ob-havoning 
isib ketishi, turli xil zararli moddalar bilan ifloslanishi yoki kuchli jismoniy ish 
oqsillar hamda vitamin C ga bo‘lgan talabni anchagina oshiradi. Shuning uchun 
ham hozirgi paytda kishilarning oqsilga bo‘lgan ehtiyojini belgilangan me'yoriy 
ko‘rsatkichlarga nisbatan 15% ga ko‘tarish tavsiya qilinmoqda. Gap shundaki, 
oziq-ovqat mahsulotlari, havo bilan qabul qilingan har xil zaharli va zararli 
kimyoviy moddalar, radioktiv nurlanish, tele-va radio to‘lqinlar oqsil 
molekulalarini 
deformativ 
o‘zgarishlarga 
olib 
keladi. 
Natijada 
ular 
dinaturatsiyalanib hujayra va to‘qimalarning yangilanishi va qaytadan hosil 
bo‘lishi uchun yaroqsiz bo‘lib qoladi. Shu sababdan kishining oqsilga bo‘lgan 
talabi ekologik noqulay sharoitlarda tobora oshib boradi. Shuning uchun oqilona 
ovqatlanish me'yorlari kamida har 10 yilda mutasaddi tashkilotlar tomonidan 
(maxsus ovqatlanish ilmiy tekshirish institutlari, davlat sanitariya-epidemiologiya 
xizmatlari va boshqalar) qayta ko‘rib chiqilib, aholi orasida tegishli yo‘llar bilan 
(ommaviy axborot vositalari, maktablar, o‘quv yurtlarida tegishli mashg‘ulotlar 
olib borish, sanitariya-gigiena oqartuv ishlari) yoyilishi lozim. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə