Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

 
1.1. To‘la qiymatli oqsillar 
Oqsillar oldingi bo‘limda aytib o‘tilganidek polimer moddalar bo‘lib, ular 
aminokislotalardan tashkil topgan. Mavjud aminokislotalardan 20 tasi tirik 
organizmlarda uchraydi. Bu 20 ta aminokislota bir-biri bilan turli-tuman 
variantlarda birikishi mumkin. Oqsilning aminokislota tarkibi uning muhim 
tavsifidir. 
Oqsillarning tarkibi aminokislotalardan iborat ekan, demak, ularning 
xossalari, tuzilishi va boshqa biokimyoviy va kimyoviy xususiyatlari 
aminokislotalarga bog‘liq bo‘lishi tabiiy. Oqsillarning organizm uchun ahamiyati 
o’rganilganda ham oqsillar ana shu aminokislota tarkibiga qarab o’ziga xos 
klassifikatsiyaga solinadi. 
Ma'lumki, bir qator aminokislotalar odam organizmida ham, yuksak 
hayvonlar organizmida ham sintezlanmaydi. Lekin bu aminokislotalar doimiy 
ravishda organizmga kirib turishi zarur.
Bunday aminokislotalar 8 ta: lizin, leytsin, 
izoleytsin, fenilalanin, metionin, valin, treonin va triptofandir. Keyinchalik bu 
aminokislotalarga gistidin va arginin ham kiritilgan. Bular 
almashtirib 
bo‘lmaydigan aminokislotalar
deyiladi.


20 
Bu aminokislotalar organizm uchun o‘ta muhim sanaladi. Bunday tipdagi 
aminokislotalarni biz doimiy ravishda yeydigan ovqat mahsulotlari yordamida olib 
turishimiz lozim. Ovqat tarkibida almashtirib bo‘lmaydigan va shu bilan bir 
qatorda almashtirib bo‘ladigan aminokislotalarning ko‘p miqdorda sarflanib 
ketishini oldini oladi. Quyidagi jadvalda ana shu aminokislotalar haqida ma'lumot 
berib o‘tamiz. 
1 – jadval.
Odamning almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga bo‘lgan talabi
(grammlarda) 
 
№ Aminokislotalar 
Bir kunlik minimum 
Bir kunlik miqdor 
1. 
Triptofan 
0,25 
0,5 
2. 
Fenilalanin 
1,10 
2,2 
3. 
Lizin 
0,80 
1,6 
4. 
Treonin 
0,50 
1,0 
5. 
Valin 
0,80 
1,6 
6. 
Metionin 
1,10 
2,2 
7. 
Leytsin 
1,10 
2,2 
8. 
Izoleytsin 
0,70 
1,4 
(manba) 
Sut va sut mahsulotlari, tuxum, go‘sht, baliq, jigar, kalla-poycha 
mahsulotlari to‘la qiymatli oqsil manbai bo‘lib hisoblanadi. 
Oqsillarning oziqlik qiymati aminokislotalarning miqdori va harakteriga 
bog‘liq bo‘ladi. Chunki har bir aminokislota odam organizmi uchun muhim 
ahamiyatga ega. Demak, biz aminokislotalarni harakteriga qarab almashtirib 
bo‘lmaydigan va almashtirib bo‘ladigan aminokislotalarga bo‘ldik.
Yuqorida aytib o‘tilgan almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning 
fiziologik ahamiyati juda katta va xilma-xildir. Masalan, triptofan pellagraga qarshi 
vitamin hosil bo‘lishida, fenilalanin esa qalqonsimon bez gormoni bo‘lgan tirozin 
hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Agar biz tanovul qiladigan ovqatlar tarkibida ana 


21 
shu almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar ishtirok etadigan oqsillar taqchil 
bo‘lsa, organizmda azotning muvozanati buzilishi kuzatiladi. Bu kishi organizmi 
uchun salbiy oqibatlarni yuzaga chiqaradi: odam ozadi va o‘sishdan to’xtaydi. 
Bundan tashqari, organizmda spetsifik o’zgarishlar ham ro’y beradi. Oqsillar ham 
uni tashkil qilgan aminokislotalarning xususiyatlariga qarab klassifikatsiya 
qilinadi, ya’ni to‘la qiymatli va to‘la qiymatga ega bo‘lmagan oqsillar. 
Organizmning hujayralariga almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarni yetkazib 
beradign oqsillar to‘la qiymatli oqsillardir. Qolgan oqsillar esa to‘la qiymatli 
bo‘lmagan oqsillar guruhiga kiradi. To‘la qiymatli oqsillarga boy oziq-ovqat 
mahsulotlari quyidagilardir: go‘sht, tuxum, baliq, sut oqsillari. To‘la qiymatga ega 
bo‘lmagan oqsilli oziq-ovqat mahsulotlariga jelatin, makkajuxori oqsili (zein), 
bug’doy oqsili (gliadin), arpa oqsili (gardein) kiradi. 
Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, oqsillarning to‘la qiymatliligi ular 
tarkibidagi almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarga bog‘liq. Chunki organizm 
o’zi uchun bu oqsillarni sintezlay olmaydi. Quyida almashtirib bo‘lmaydigan 
aminokislotalarning ahamiyati haqida to’xtalib o‘tamiz.

Lizin - uning ovqatda yetishmasligi qon aylanishining buzilishiga, 
eritrotsitlar miqdorining kamayib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, uning 
yetishmasligi azot almashinuvining buzilishiga, muskullarning holdan toyib 
qolishiga, suyaklarda kalsiy tuzlari to’planishining buzilishiga olib keladi. Lizin 
quyidagi mahsulotlarda ko‘p bo‘ladi (100 g mahsulotda mg hisobida): go‘shtda - 
1529, baliqda - 144, yog’siz suzmada - 1289, tuxumda - 819, sutda - 272, bug’doy 
unida - 365, kartoshkada - 107, sabzida - 52. 

Triptofan – muhim aminokislota bo‘lib, to‘qima sintezi, almashinuv 
va o‘sish jarayonlari bilan eng ko‘p darajada bog’langan. Organizmning 
triptofanga bo‘lgan sutkalik talabi taxminan 1 g ni tashkil qiladi. Tarkibida 
metionin va lizin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarida triptofan ko‘p miqdorda 
bo‘ladi. U dukkakli o‘simliklardan no’xat va loviyada ayniqsa ko‘p. 


22 

Fenilalanin – deyarli barcha tabiiy oqsil (protamindan tashqari) 
tarkibiga 
kirib, 
organizmda 
erkin 
holda 
uchraydi. 
O‘simlik 
va 
mikroorganizmlardagi fenilalanin biosintezida fenilpirouzum kislota ishtirok etadi.

Valin – hamma oqsillar guruhiga kiradi, pantotenat kislota 
biosintezida ishtirok etadi. O‘simliklar va mikroorganizmlarda valin biosintezida 
ikki molekula piruvat ishtirok etadi. Oxirgi bosqichda ketoizovalerian kislota hosil 
bo‘ladi. 

Treonin – almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota bo‘lib, hamma 
oqsillar tarkibiga kiradi. O‘simlik va mikroorganizmlarda aspartat kislota hosil 
bo‘ladi. Ba'zi bakteriyalarda izoleytsin biosintezida ishtirok etadi. 

Metionin – jigarni yog’ bosishiga yo’l qo’ymaydigan xususiyatga ega 
modda. U organizmdagi yog’ almashininuvi boshqarilishiga ta’sir ko‘rsatadi va uni 
me'yorida saqlab turadi. Metionin yog’siz suzma, tuxumda, mol go‘shtida, 
qaymog’i olinmagan sutda, loviyada, no’xatda, bug’doy va juxori unida, 
kartoshkada ko‘p bo‘ladi.

Leytsin – almashtirib bo‘lmaydigan aminokislota bo‘lib, xolesterin va 
boshqa steroidlar biosintezida asosiy bog’lovchi bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunga kelib aynan to‘la qiymatli oqsillar yetishmasligi ko‘pchilik 
aholining salomatligiga xavf tug’dirmoqda. Bu oqsillarning va uning tarkibida 
mavjud bo‘lgan aminokislotalarning organizm uchun qanchalik muhim ekanini 
ko‘rib chiqdik. Demak, ularning taqchilligi jiddiy oqibatlarga olib kelar ekan, bu 
oqsillar va organizmning to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qoplash 
borasida fikr yuritish zamonamizning muhim muammolaridan biridir. 
Bu oqsillar taqchilligining asosiy sababi, ko‘rib o‘tganimizdek, kunlik 
ratsionda hayvon mahsulotlarining juda kam bo‘lishi yoki umuman bo‘lmasligidir. 
Bizning sharoitni misol sifatida oladigan bo‘lsak, darhaqiqat bizda go‘sht va unga 
bo‘lgan talabni qondirish anchagina qiyin bo‘lishi mumkin. Ammo to‘la qiymatli 
oqsillarni boshqacha yo’l bilan olish mumkin. Bu birinchi navbatda tuxum, sut va 


23 
sut mahsulotlari, qatiq kabi moddalarni ko‘proq iste’mol qilish bilan amalga 
oshiriladi. Bir tomondan olib qaraganda, bu mahsulotlar unchalik qimmat emas va 
ularni yetishtirish ham katta harajatlarni talab qilmaydi. Shu bilan birga 
parrandalarni yoki quyon, kurka, kabi uncha katta harajat talab qilmaydigan 
hayvonlarni boqib ko‘paytirish va ularning go‘shtini iste’mol qilish chora-
tadbirlarini ko‘rish ham ancha ijobiy natija beradi. Umuman olganda, bizning 
respublikamizdagi qishloq sharoitida hayvon mahsulotlarini (sut, qatiq, parrandalar 
go‘shti va boshqalar) ko‘plab yetishtirish imkoniyatlari mavjud. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə