Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)


III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

III BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI.
 
3.1. Qo‘llanilgan usullar va yig‘ilgan materiallar. 
Tekshiriluvchilarning kunlik iste’mol taomlari tarkibidagi hayvon va 
o‘simlik oqsillarining miqdori qay darajada ekanligini aniqlash uchun tekshirishlar 
maxsus anketa-so‘rov usulida olib borildi (11). 
Anketa-so‘rov usuli o‘zining tezkorligi, analiz qilish va taqqoslash hamda 
taomlarning tarkibini aniqlash imkoniyatlari kengligi bilan boshqa usullardan 
ajralib turadi. 
Ovqatlanish statusini anketa-so‘rov usulida o‘rganishda tekshiriluvchilarning 
yoshi, jinsi, jismoniy rivojlanishi, taraqqiyoti va salomatligi jihatdan bir-biriga 
yaqin turishi alohida ahamiyat kasb etadi. 
Anketa-so‘rov usulining samaradorligi tekshiriluvchilarning soniga hamda 
yashash sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. 
Bu usul asosida maxsus tayyorlangan anketalar to‘ldiriladi (1-ilova). 
Anketaga ovqatlanish haqida ma'lumotlar, sutkalik energiya sarfi va 
tekshiriluvchining ovqatlanishi holati haqidagi ma'lumotlar kiritiladi. 
Kuzatuvlar davomida tekshiriluvchilarning ovqatlanishi va antropometrik 
ko‘rsatkichlari haqida ma'lumotlar olindi. Bunda har bir tekshiriluvchining, 
jumladan big‘cha tarbiyalanuvchilarning bog‘chada va uyida qabul qilgan kunlik 
ratsioni tarkibi va uning asosida qabul qilingan hayvon va o‘simlik oqsillarining 
miqdori aniqlanib, guruhlar uchun o‘rtacha raqamlar hisoblab topildi. 
Belgilangan guruhlarda olib borilgan tekshirishlar natijalari tekshiriluvchilar 
organizmining oqsillarga bo‘lgan talabining qondirilishi turlicha ekanligini 
ko‘rsatdi. 
3.2. Antropometrik tekshirishlar. 


58 
Tekshirruvlar olib borilgan guruhlarda antropometrik o‘lchovlar amalga 
oshirib borildi. Tekshiriluvchilarning tana vazni va bo‘y uzunligi aniqlab borildi. 
Asosan bog‘chada bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari ma‘lum darajada 
me'yor ko‘rsatkichlaridan chetga chiqqanligi aniqlandi. Tekshirilgan qiz va o‘g‘il 
bolalarning bo‘y uzunligi o‘rta hisobda me'yor darajasida bo‘lsada (tegishli 
ravishda 98,5 va 97,5 sm, me'yor 95 sm), tana massasi bir oz past, qizlarda bu 
ko‘rsatkich 14,8, o‘g‘il bolalarda 15,8 kg ni tashkil qiladi (me'yor 16 kg). 
Tekshiruvlarda 
ishtirok 
etgan 
boshqa 
guruhlarda 
antropometrik 
ko‘rsatkichlarda me’yorlardan tashqari chiqishlar deyarli kuzatilmadi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə