Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

Ishning maqsadi va vazifalari
. Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz o‘z 
oldimizga bog‘cha yoshidagi bolalar, maktab yoshidagi bolalar, katta yoshdagi 
kishilar va keksalar ovqatlanishi va bunda orgnizmni oqsillar bilan ta’minlanganlik 
darajasini o‘rganib chiqishni asosiy maqsad qilib oldik. Olingan natijalarni mavjud 
adabiyotlardagi me'yoriy normativlarga solishtirib, tegishli xulosalar chiqarishga 
harakat qildik.
Ishimizning maqsadiga ko‘ra o‘z oldimizga belgilangan guruhlar aniq 
ovqatlanishini o‘rganish ishlarini olib borish va jadvallar asosida ularning kunlik 
ratsionida oqsillar miqdorini aniqlash, ular ovqatlanishi qanday ahvolda ekanligini 
yoritib berish, va shular asosida tavsiyalar ishlab chiqish vazifasini qo‘ydik. 
Ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati.
O‘zbekiston 
Respublikasining janubiy viloyati – Qashqadaryo viloyati sharoitida istiqomat 
qilayotgan bog‘cha yoshidagi bolalar, maktab yoshidagi bolalar, katta yoshdagi 
kishilar va keksalarning oqsillarga bo‘lgan fiziologik talabining qondirilishi 
o‘rganildi.
Kishilarning 
aniq 
ovqatlanishini 
o‘rganish 
ular 
ovqatlanishini 
ratsionallashtirish borasida olib boriladigan ishlar uchun amaliy ahamiyat kasb 
etadi. Biz olgan natijalar aholi orasida oqilona ovqatlanish prinsiplari bo‘yicha 
tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borishda, kishilar ratsional ovqatlanishi 
uchun tavsiyanomalar berishda ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. 
O‘shbu dissertatsiyada keltirilgan kuzatuv ishlar Qarshi shahri aholisining 
turli guruhlarida – bog‘cha tarbiyalanuvchi bolalari, maktab o‘quvchilari, katta 
yoshdagi kishilar va keksalar orasida olib borildi.
Tadqiqot ishning mazmun-mohiyati barcha tekshiriluvchilarga, jumladan 
bog‘chadagi tarbiyachilar va ota-onalarga tushuntirildi. Ularga bajarilishi kerak 



bo‘lgan ishlar tartibi va bu ishlarni oqilona tashkil etish yo‘l-yo‘riqlari 
tushuntirildi. Anketa tarqatish bilan bir qatorda olib borayotgan tadqiqot ishlarning 
bog‘chadagi bolalarning salomatligini saqlash xususidagi foydasi haqida ham 
tushuntirish ishlari olib borildi. Tekshiriluvchilarning haftalik iste’mol taomlari 
o‘rganib (bog‘chada va uyda) chiqilib, bir hafta davomida anketalar to‘lg‘azib 
borildi. Bunda tarbiyachilar va ona-otalar yordam berib turishdi.
Tekshiruv ishlari 2013 yil fevral oyi oxiri va mart oyining dastlabki kunlarida 
olib borildi. Har bir tekshirilgan guruhda 30 kishi (bola), shundan 15 ta ayol (qiz) 
va 15 ta erkak (o‘g‘il) ishtirok etdi. 
Ishda tekshiriluvchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari, kunlik iste’mol 
taomlarining energetik qiymati va undagi oqsillar miqdori aniqlandi. Olingan 
natijalar statistik qayta ishlandi. 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə