Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

1.2. To‘la qiymatsiz oqsillar 
Endi yuqorida aytib o‘tilganlarni inobatga olgan holda aytadigan bo‘lsak, 
oqsillarning ikkinchi guruhi bu to‘la qiymatsiz oqsillar bo‘lib, bular tarkibida 
almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalarning kamligi yoki butunlay yo‘qligi bilan 
to‘la qiymatli oqsillardan farq qiladi. 
Almashtirib bo‘ladigan aminokislotalarni organizmning o’zi sintez qila 
oladi. Shuning uchun ularning kunlik ovqat tarkibida yetarli bo‘lmasligi ham jiddiy 
oqibatlarga olib kelmaydi. Yuqorida hayvon mahsulotlarining asosini to‘la 
qiymatli oqsillar tashkil qilishini aytib o‘tgan edik. Oqsillar bundan tashqari 
o‘simlik mahsulotlarida ham mavjud. Masalan, dukkaklilar – mosh, loviya, no’xat, 
soya va boshqalarda, makkajuxorida, bug’doyda va boshqa mahsulotlarda ham 
oqsillar bor. Ammo o‘simlik mahsulotlaridagi oqsillarda almashtirib bo‘lmaydigan 
aminokislotalar miqdori juda kam yoki butunlay mavjud emas. O‘simlik va hayvon 
mahsulotlarining biologik qiymati ana shu oqsillarga qarab aniqlanadi. O‘simlik 
mahsulotlarining biologik qiymati uncha yuqori emas. Masalan, bug’doy unida bu 
ko‘rsatkich 52-65 %, nonda 7 %, har xil yormalarda 6-10%, dukkaklilarda (no’xat, 
loviya, mosh) 24% bo‘ladi.
Bugungi kunga kelib bizning kunlik ratsionimizda to‘la qiymatsiz oqsillar 
ko‘plab mavjud. Ammo yomon tomoni shundaki, yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, 
ular o’z nomi bilan to‘la qiymatsizdir. Ularning kamroq qismi o’zlashtiriladi va 
shu bilan birga ular tarkibida organizm uchun muhim bo‘lgan almashtirib 


24 
bo‘lmaydigan aminokislotalar kam yoki deyarli yo‘q. Bu esa organizm uchun 
unchalik ham samarali hisoblanmaydi. To‘g‘ri, bu oqsillar ham oqsil, ularning 
organizmda muhim vazifalarni bajarishini va katta ahamiyatga ega ekanini tan 
olmaslik mumkin emas. Ammo ular har qancha bo‘lganda ham to‘la qiymatli 
oqsillar bilan tenglasha olmaydi. 
Bu oqsillar asosan o‘simlik mahsulotlarida uchrab, ular ham organizmda 
plastik material va energetik manba vazifasini bajaradi. Butun dunyo miqyosida 
ko‘rib chiqadigan bo‘lsak ham, bu oqsillar ko‘p iste’mol qilinadi. Ya’ni to‘la 
qiymatli oqsillarga bo‘lgan talabning yetirlicha qondirilmasligi faqat bizda emas
balki boshqa davlatlarda ham ko‘p uchraydi. Ayniqsa, Afrika, Hindiston, Lotin 
Amerikasi mamlakatlari, ko‘pgina Osiyo mamlakatlari va boshqalarda ham asosan 
to‘la qiymatsiz oqsillar iste’mol qilinib, to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan ehtiyoj 
yetarlicha qondirilmay kelayotir.
Bizning sharoitimizda to‘la kimatsiz oqsillarga boy bo‘lgan mahsulotlarni 
yetishtirish borasida bir talay ishlar qilinmokda. Ular organizmda to‘la qiymatli 
oqsillar kabi muhim bo‘lmasa-da, ammo organizmning oqsillarga bo‘lgan 
ehtiyojini bir qadar qondirishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham 
nutritsiologiyada bu oqsillarning bahosi pasaytirilmaydi, ularni ratsiondan butunlay 
chiqarib tashlash tavsiya etilmaydi, balki hech bo‘lmaganda ana shu oqsillarga 
bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi organizm uchun muhim deb, hisoblanadi. 
Shularni e'tiborga oladigan bo‘lsak, to‘la qiymatsiz oqsillarni iste’mol qilish 
ham kishi organizmi uchun katta ahamiyat kasb etishining guvohi bo‘lamiz. 
Bizning qishloq xo’jalik sanoatimizda mosh, loviya, no’xat, soya, arpa, 
makkajuxori kabi mahsulotlarni ekish va ulardan yuqori hosil olish mumkin. Bu 
aholining oqsillarga bo‘lgan talabini qondirish yo’lidagi muhim omillardan biri 
bo‘lib qolaveradi. 


25 

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə