Oqsil va oqsil-energetik taqchillik (yetishmovchilik sabablari, oqibatlari va oldini olish yo‘llari)



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/23
tarix23.06.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#90029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
oqsil va oqsil-energetik taqchillik yetishmovchilik sabablari oqibatlari va oldini olish yollari

Dissertatsiyaning tuzilishi
.
Dissertatsiya 74 bet va 3 bobdan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga kirish, xulosa va 
adabiyotlar ro‘yxatini (43 ta adabiyot) ham oladi. Ishda 6 ta jadval va 1 ta ilova 
keltirilgan. 



I BOB. OQSILLAR VA ULARNING INSON ORGANIZMI UCHUN 
AHAMIYАTI 
Oqsillar yoki proteinlar organizmda mavjud bo‘lgan eng muhim 
moddalardan biri hisoblanib, ularning ahamiyatini hech bir oziq modda bilan 
taqqoslab bo‘lmaydi, ularning o’rnini hech qaysi oziq modda bosa olmaydi. 
Oqsillar boshqa oziq moddalardan farq qilib, tarkibida azot to‘tadi. Ular barcha 
hayotiy jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Barcha tirik organizmlarda 
kechadigan hayotiy jarayonlar oqsillarsiz amalga oshmaydi. Oqsillarning tirik 
organizmlar hayotida tutgan o’rni haqida ko‘pgina olimlar va mutafakkirlar 
yo‘qsak fikrlarni bildirishgan. 
Proteinlar, ya’ni oqsillar hujayra tarkibidagi barcha organik moddalarning 50 
foizini tashkil etadi. Ular barcha tirik organizmlar, bir hujayrali suv o‘simliklari va 
bakteriyalar, ko‘p hujayrali hayvonlar hamda odam organizmi, tirik organizmlar 
bilan jonsiz tabiat chegarasida turuvchi viruslar tarkibining ajralmas qismini 
tashkil qiladilar. Hujayralarda ro’y beradigan jarayonlarda oqsillar yo substrat, yo 
ferment yoki bir vaqtda ham substrat, ham ferment sifatida ishtirok etishi mumkin. 
Birinchi marta tarkibida azot tutuvchi shu xildagi moddalarni golland olimi 
Mulder muntazam ravishda tekshirgan. Keyinchalik ana shu modalarga “protein” 
degan nom berildi. “
Protos
” - yunonchada birinchi darajali degan ma'noni 
bildiradi. Bu atamani qo’llashni mashhur kimyogar olim Berselius taklif etgan. 
Ana shu paytdan boshlab hayot uchun eng muhim va birinchi darajali bo‘lgan bu 
organik moddalar proteinlar, ya’ni oqsillar deb nomlanadi. 
Barcha tirik organizmlarning tarkibiga kiruvchi organik moddalardan 
biologik jihatdan eng muhimi va struktura jihatdan eng murakkabi oqsillar 
sanaladi. Oqsillarning murakkabligini ularning molekulyar og’irligi va boshqa 
fizik va kimyoviy konstantalari misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin. 
Tabiatda uchraydigan barcha oqsillar tarkibiga va to’zilish strukturasining 
xususiyatlariga ko‘ra xilma-xil fizik-kimyoviy xossalarga ega. Masalan, ba'zi 
oqsillar suvda umumun erimaydi va aksincha suvda juda yaxshi eriydigan oqsillar 


10 
ham uchraydi. Tashqi ta’sirotlarga juda chidamli oqsillar bo‘lishi bilan birga 
ko’zga ko‘rinmaydigan nur ta’sirida yoki hatto biroz mexanik ta’sir natijasida 
o’zgaradigan beqaror oqsillar ham bo‘ladi. Molekulalari bir necha o‘n millimetrga 
yetadigan ip shaklidagi yoki diametri bir necha o‘nlab angstrem (Å) ga teng 
keladigan shar shaklidagi oqsillar ham bor. Biroq, barcha holda ham oqsillarning 
to’zilishi va xossalari ular bajaradigan vazifalar bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. 
Tiriklikning, hayotning ajralmas qismi bo‘lgan oqsillar tirik organizmlar 
uchun xos bo‘lgan xilma-xil vazifalarni bajaradi. Quyida ana shu vazifalar 
xususida biroz to’xtalib o‘tamiz. 
Oqsillarning eng muhim bilogik vazifalaridan biri bu ularning fermentativ 
faolligidir. Fermentativ xususiyatga ega bo‘lgan oqsillar tirik organizmda 
boradigan kimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi. Fermentlar bir qancha sinflarga va 
o’z navbatida sinflar ham pastroq sinflarga bo‘linadi. Bu sinflarning har biri o’ziga 
xos muhim vazifani bajaradi. Misol sifatida birgina gidrolazalarni oladigan 
bo‘lsak, ularning bir qancha turlari asosan iste’mol qilingan oziq moddalarni 
(oqsillar, yog’lar va uglevodlarni) parchalash vazifasini bajaradi. Ana shu tarzda 
monomerlargacha parchalangan oziq moddalargina qonga so’rilishi mumkin. Yoki 
fermentlarning boshqa bir guruhi moddalar almashinuvining asosi bo‘lgan 
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi. Umuman olganda fermentlar 
organizmda keng miqyosda ulkan vazifalarni bajaradi. Bularning barchasi 
oqsillarning vazifalariga kiradi. Chunki fermentlarning 90 % i oqsildan iborat. 
Gormonlar sifatida fiziologik jarayonlar ma'lum tartibda borishida va 
boshqarilishida qatnashadi. Ma'lumki, ichki sekretsiya bezlari organizmda juda 
katta ahamiyatga ega. Ular organizmni tashqi muhitning noqulay omillari ta’siriga 
moslashtiradi. Ular gormonlar vositasida organizmga ta’sir etadi. Gormonlar eng 
biologik faol moddalardan biri sanalib, ularning juda oz miqdordagisi ham jiddiy 
oqibatlarga olib keladi. Misol sifatida adrenalin va noradrenalinni oladigan bo‘lsak, 
ular organizmni stress holatlardan saqlaydi. Buyrak usti bezidan ushbu 
gormonlarning ajralishi yurak faoliyatini tezlashtiradi, modda almashinuvini 


11 
kuchaytiradi, hujayralardagi zahira imkoniyatlarni, energiya zahiralarini ishga 
soladi, umuman olganda kishi tashqi muhitdan xavf solib turgan ta’sirotlarga 
qarshi kurashishga tayyor holga keladi. Ana shu gormonlar ham oqsillardan iborat. 
Hayot uchun zarur bo‘lgan oqsillar zahira oziq manbai vazifasini ham 
bajaradi. Masalan, tuxum, sut oqsillari (kazein), bug’doy oqsillari (gliadin), 
makkajuxori oqsili (zein) tirik organizmlarning rivojlanishi uchun zarur oziq 
bo‘ladi. O‘simliklar unib chiqayotganda yoki tuxumdan jo’ja ochib chiqayotganda 
ularning me'yorida o‘sib rivojlanishi uchun oqsillar juda muhim. Oqsilsiz o‘sish va 
rivojlanishni tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Oqsillar organizmda turli moddalarni a'zolarga tashishda qatnashadi. 
Masalan, gemoglobin va gemotsianin oqsillari O
2
va CO
2
ni tashiydi. Ya’ni havo 
bilan o’pkaga kirgan kislorod alveolalardagi kapillyar qon tomirlari orqali qonga 
o‘tadi va qondagi gemoglobin kislorodni o’zi bilan biriktirib (oksigemoglobin) 
hujayra va to‘qimalarga olib boradi. Qon tarkibidagi kislorod hujayralarga 
o‘tkazilgach, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat 
angidrid gazi qonga birikadi (karboksigemoglobin) va qon bilan o’pkaga kelib, 
tashqariga chiqarib yuboriladi. Bularning barchasini oqsil modda - gemoglobin 
bajaradi. Bundan tashqari oqsillar oziq moddalarni, ionlarni, biologik faol 
moddalarni tashishda ham ishtirok etadi. 
Oqsillar tirik organizm uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan himoya 
vazifasini bajaradi. Organizmning immunologik tizimi tanaga kirgan bakteriya, 
toksin yoki viruslarga qarshi javob reaksiyasi sifatida oqsil tabiatli antitelolar 
ishlab chiqradi. Ma'lumki. organizmda tashqi muhitdan kirishi mumkin bo‘lgan yot 
moddalarga qarshi kurashuvchi immun tizimi mavjud. Uning asosiy vositasi bo‘lib 
antitelolar hisoblanadi. Ular organizmga kirgan begona moddalarni qamrab oladi 
va yo‘q qiladi. Ana shu antitelolar ham oqsildir. 
Bir guruh oqsillar harakatlanish va muskul tizimlarining asosiy tuzilish 
komponenti bo‘lib, organizm tomonidan mexanik ish bajarilishida qatnashadi. 
Aktin va miozin oqsillari muskullar qisqarishida, dienin
oqsili eng sodda 


12 
organizmlar xivchinlarining harkatlanishida ishtirok etadi. Muskullarning 
qisqarishida asosiy qisqaruvchi vositasi sifatida aktin va miozin ishtirok etadi. Ular 
bir-birining orasiga sirg’alib kirishi natijasida muskullar qisqara oladi. 
Oqsillarning eng asosiy vazifalari bu energetik manba va plastik material 
ekanligidir. Ya’ni organizmdagi eng asosiy energetik manbalardan biri bu 
oqsillardir. 1 g oqsil parchalanganda 4,1 kkal energiya ajraladi. Biz har kuni qabul 
qiladigan energiyaning 1/3 qismini oqsillar hisobidan olishimiz lozim. Bundan 
ham muhimrog’i esa oqsillarning plastik material sifatidagi vazifasidir. Plastik 
material deganda hujayralarning qurilish materiali, yangi hujayralar va to‘qimalar 
uchun zarur bo‘lgan a'zolar va organellalarning tashkil topishi uchun zarur 
moddalar tushuniladi. Ana shu vazifani bajaradigan muhim elementlardan biri bu 
oqsillardir. Misol uchun, hujayra membranasini oladigan bo‘lsak, uning ikki chetki 
tomoni ham oqsil qavatdan iborat. 
Oqsillar bundan tashqari yana bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Masalan, 
asalari zahari, ilon zahari, bir qator turli biologik faol moddalar oqsillardir. Bu 
biologik faol moddalar organizm uchun juda muhim, ularsiz moddalar almashinuvi 
sekinlashib, buziladi va organizmda kechadigan biokimyoviy va fiziologik 
jarayonlar izdan chiqishi mumkin. Umuman olganda oqsillarsiz tiriklikni tasavvur 
etib bo‘lmaydi. 
Oqsillarning tarkibiga murojaat qiladigan bo‘lsak, uning xilma-xil 
ekanligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Oqsillarning elementar tarkibi ularning 
molekulyar massasidan foizlarda quyidagicha bo‘ladi: uglerod - 50-54%, vodorod - 
6,7-7,3%, kislorod - 21,5-23,5%, azot - 15-17%, oltingugurt - 0,3-2,5% va hokazo.
Oqsillarning
tarkibida shuningdek fosfor, yod, temir, kremniy va boshqa 
mikroelementlar ham uchrashi isbotlangan. Oqsillarning kimyoviy jihatdan qanday 
tuzilganligini bilish ularning hayotiy jarayonlardagi tutgan o’rnini yaxshiroq 
o’rganish imkonini yaratadi. 
Oqsillarning tarkibi kimyoviy jihatdan analiz qilinganda uning asosiy 
tarkibiy qismi monomeri - aminokislota ekanligi fanda isbotlangan. Bundan 


13 
shunday xulosa chiqarish mumkinki, oqsillar asosan aminokislotalardan tashkil 
topgan va hujayralarda kolloid holatda bo‘lgan yuqori molekulali organik tutuvchi 
biopolimerlar ekan. 
Oqsillar turli-tuman bo‘ladi. Ular tarkibida qanday modda tutishiga qarab 
ularni bir necha guruhga bo‘lish mumkin. Oqsillar tarkibida uglevodlarni, 
yog’larni, metallarni, bo‘yoq moddalarni, nuklein kislotalarni, fosfat kislotasini va 
boshqa moddalarni tutishi mumkin. 
Oqsillarning 
ovqat 
tarkibida 
yetishmasligi 
yoki 
oqsil 
takchilligi 
muammosiga keladigan bo‘lsak, bu har bir mamlakatning, aniqrog’i yer yuzidagi 
barcha davlatlar aholisining muhim muammolaridan biriga aylanib qoldi. Oqsil 
taqchilligini aholining har bir guruhida, u qanday sharoitda yashashi yoki nima 
kasb 
bilan 
shug‘ullanishidan qat’iy nazar uchratish mumkin. Oqsil 
yetishmovchiligi jiddiy oqibatlarga olib kelishi hammamizga ma'lum. Ana shu 
holat oqsillar to‘g‘risida, organizmning oqsillarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash 
borasida fikr yuritishga o‘ylashga majbur etadi. Buning ustiga, oqsillar, xususan, 
to‘la qiymatli oqsillar faqat go‘sht, tuxum, sut va qatiq mahsulotlaridagina 
mavjuddir. Bu mahsulotlar esa ko‘pchilik davlatlarda anchagina qimmat sanaladi. 
Umuman olganda, oqsil taqchilligi bu oqilona ovqatlanish holati buzilishining eng 
jiddiy ko‘rinishlaridan biri va uning oldini olish choralarini tezlik bilan ko‘rish 
asosiy vazifa bo‘lib turibdi. 
Oqsillar xususan yosh bolalar organizmida muhim ahamiyatga ega. Ularda 
oqsil taqchilligining yuzaga kelishi eng jiddiy holatlardan biridir. Yosh bolalar va 
o‘smir yoshdagi maktab o‘quvchilari ayni o‘suv yoshida bo‘lib, ularning organizmi 
ko‘p miqdorda oqsil talab qiladi. Shuning uchun ular kunlik yeydigan ovqatining 
tarkibidagi oqsillarning 80-90 foizi to‘la qiymatli oqsillar bo‘lishi lozim. Kattalar 
ovqati tarkibidagi oqsillarning 50 foizi to‘la qiymatli va 50 foizi to‘la qiymatga ega 
bo‘lmagan oqsillar bo‘lishi mumkin. Oqsillarning yetishmasligiga ayniqsa, bolalar
va o‘smirlar organizmi juda sezgir bo‘ladi, bunday hol bo‘y o‘smay qolishiga, 
kaltafahmlikka, turli xil kasalliklar va stresslarga chidamsizlikka olib keladi. Oziq-


14 
ovqat tanqisligi yuz berib turgan shu kecha-kunduzda bolalarning oqsilli 
ovqatlarga bo‘lgan talabini, ehtiyojini to‘la qondirish imkoniyatini yaratish har bir 
kelajagini o‘ylagan davlatning kechiktirib bo‘lmaydigan ishidir. Chunki bir 
marotaba oqsil yetishmovchiligiga uchrab kasal bo‘lgan bola organizmining qaytib 
o’z holiga kelishi juda qiyin. Hozirgi kunda ko‘pgina qishloq va shaharlardagi 
aholi ovqatlanishida oqsilli moddalarga taqchillik sezilib turadi. Chunki ular 
kundalik oziq ratsionining asosiy qismini non, ya’ni karbonsuvlar tashkil qiladi. 
Ushbu holat, ya’ni kunlik ovqat ratsionida oqsil me'yoridan kam bo‘lib, 
karbonsuvlarning asosiy o’rinni tutishi katta yoshdagi odamlarda ham, bolalarda 
ham sezilmoqda. Zero, hamma oilalarda ham hozirgi iqtisodiy taqchillik sharoitida 
hayvon mahsulotlaridan doimiy ravishda iste’mol qilish imkoniyati yo‘q. 
Qishloqdagi ko‘p bolali, iqtisodiy jihatdan kam ta’minlangan qishloq xo’jalik 
mehnatkashlarining oilalarida bu holat yaqqol ko’zga tashlanadi. Bunday oilalarda 
bolalarning oziq ratsionida oqsil, yog’larning miqdori normada emasligi va 
karbonsuvlarning oshib ketganligi ma'lum bo‘ldi. Buning natijasida aholi orasida 
qandli diabet kasalligi tez-tez uchrab turibdi. 
Hozirgi paytda olimlarimiz va shu bilan birga chet ellik olimlar tomonidan 
bunday noxush holatni bartaraf qilishning bir necha yo’llari mavjudligi 
o’rganilmoqda. Masalan, to‘la qiymatli oqsilga ega bo‘lgan o‘simliklar mavjud. 
Ularni yetishtirish, ko‘paytirish hayvonlarga nisbatan oson va arzonga tushadi. 
Aytaylik, dukkakli o‘simliklardan ekib o‘stirishni yaxshi yo’lga qo’yish bilan ham 
o‘suvchi organizm yoki umuman insonlarni oqsilga bo‘lgan talabini vaqtinchalik 
qondirish mumkin bo‘ladi. Bu bilan oqsilga bo‘lgan ehtiyojni o‘simlik oqsili bilan 
qondirish mumkin degan fikrga kelish yaroqsiz. Albatta, sut va go‘sht, baliq 
mahsulotlarini iste’mol qilib turish lozim bo‘ladi. 
Yosh va o‘suvchi organizmlarning oqsilga bo‘lgan ehtiyoji o‘sishdan 
to’xtaganlarga qaraganda olti marta, ba'zi hollarda undan ham yuqori bo‘ladi. 
Buning sababi, eslatganimizdek, barcha yangidan hosil bo‘ladigan to‘qima va 
hujayralar iste’mol qilinadigan ovqat tarkibidagi oqsillardan sintez bo‘ladi. Agar 


15 
ular me'yoridan kam bo‘lsa yoki to‘la qiymatsiz bo‘lsa, bola organizmi o‘sishdan 
to’xtaydi, ikkinchidan, har xil kasalliklarga beriluvchi bo‘lib qoladi. Natijada 
jismoniy va aqliy jihatdan barkamol bo‘lmaydi. Demak, bolalikda har kimning 
oqsillarga bo‘lgan ehtiyoji har qanday sharoitda ham to‘liq qondirilishi shart, buni 
har bir ota-ona, tarbiyachi, qolaversa, rahbar, davlat arbobining tushunib yetishi 
qanchalik muhimligini ilg’ab olish qiyin emas. 
Shu narsani alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, agar bola yoshligidan, ya’ni 
uning markaziy nerv tuzilmasi shakllanishidan boshlab oqsillarga tom ma'noda 
“to’ymasa”, uning aqliy faoliyati, shunga ko‘ra fahm-farosati ko‘ngildagidek 
bo‘lmaydi. Shuning uchun kelajak avlodning sog’lom va har tomonlama yetuk 
bo‘lishini, ayniqsa, to‘la qiymatli oqsillarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga e'tibor 
berish muhim masaladir. 
Ma'lumki, 
odam 
organizmi 
doimo 
o’zi uchun zarur bo‘lgan 
aminokislotalarning yetarli miqdorda organizmga kirishini ta’minlaydigan to‘la 
qiymatli hamda to‘la qiymatga ega bo‘lmagan oqsillar birikmasiga muhtoj bo‘ladi. 
Shunga ko‘ra ovqat ratsioniga shunday mahsulotlar kiritilishi zarurki, bularning 
tarkibida organizm uchun zarur bo‘lgan hamma aminokislotalar bo‘lishi lozim.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə