O‘quv daftari suv hayot uchun Suv oziq-ovqat uchun


2023-YIL BOOK Plakatlar tanlovi



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix28.11.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#134545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tetrad FAO UZ-2

3


2023-YIL BOOK
Plakatlar tanlovi
Har kim oziq-ovqat va suvdan bahra-
mand bo‘lgan dunyoni tasavvur qil. Bu 
qanday dunyo? Butunjahon oziq-ovqat 
kuniga bag‘ishlangan plakatlar tanlovi-
da ishtirok et. Vazifaga ijodiy yondash 
hamda sening suv va oziq-ovqatni as-
rash bo‘yicha harakatlaring aks etadigan 
plakat tayyorla.
Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu 
havolaga o‘t: 
www.fao.org/world-fo-
od-day/contest
Tanlov yoshi 5 dan 19 gacha bo‘lgan 
ishtirokchilar uchun ochiq bo‘lib, ishlarni 
taqdim etishning eng oxirgi sanasi — 
2023-yil 3-noyabr. Har bir yosh toifasi-
dagi uch nafar g‘olibga faxriy yorliqlar va 
sovg‘a to‘plamlari topshiriladi. G‘oliblar
-
ning ismlari Butunjahon oziq-ovqat kuni 
saytida hamda FAOning ijtimoiy tarmoq-
lardagi sahifalarida e’lon qilinadi.
Suv va qishloq 
xo‘jaligi
Dunyodagi qariyb barcha turdagi oziq-ovqat 
mahsulotlari dalalarda tuproq va suvdan 
foydalangan holda yetishtiriladi. Qadim 
zamondan buyon yerga ishov berish va 
hayvonlarni ko‘paytirishni o‘z ichiga oluvchi 
qishloq xo‘jaligida sabzavotlar, mevali 
daraxtlar va donli ekinlarni sug‘orishning turli 
usullaridan foydalanib kelingan.
Urug‘, tuproq va 
suv — qishloq 
xo‘jaligi asosi
Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanish uchun 
daryo va ko‘llarning suvi hamda quduqlardan 
olinadigan yerosti suvi ishlatiladi. Yomg‘ir kam 
yog‘adigan joylarda sug‘orish uchun asosan 
yerosti suvi ishlatiladi. Oxirgi 70 million yilda 
odamlar quduq qazish va yer ostidan suv 
olish texnologiyalari tufayli qashshoqlik va 
ocharchilikni yengib o‘tishga muvaffaq bo‘ldilar. 
Lekin bugun chuchuk suv kamayib bormoqda.
Ushbu qimmatli ne’mat zaxiralarining 
qisqarishiga sayyora aholisi sonining tez 
o‘sishi, global isish hamda butun dunyoda 
tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmining 
oshishi sabab bo‘lmoqda.
4


Yerosti suvlaridan me’yoridan ortiq foydalanish 
ko‘plab odamlarning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid 
solmoqda. Butun dunyoda qishloq xo‘jaligida jami 
chuchuk suv hajmining 72 foizi ishlatilmoqda. 
Shaharlar va aholi yashash maskanlarida kundalik 
hayot uchun butun chuchuk suvning atigi 16 foizi, 
sanoatda esa 12 foizi sarflanmoqda.
Agar biz suv zaxiralarini asrab qolmoqchi bo‘lsak, 
qishloq xo‘jaligi va umuman oziq-ovqat tizimidan 
boshlashimiz kerak.
Jahonda hamma hodisalar katta zanjirning 
bo‘g‘inlari kabi bir-biriga bog‘liq: qishloq xo‘jaligi suv 
manbalarining tamom bo‘lishiga olib kelmoqda va 
shu bilan birga suv tanqisligidan aziyat chekmoqda. 
Bu vaziyatda eng katta og‘irlik kundalik ehtiyojlarini 
qondirishda qiyinchilikka duch kelayotgan mayda 
fermerlar, ayniqsa xotin-qizlar, tub xalqlar vakillari, 
migrantlar va qochoqlar yelkasiga tushmoqda.
Suv resurslarining qisqarishi turli darajada 
insoniyatning uchdan bir qismiga o‘z ta’sirini 
ko‘rsatmoqda, sayyoramiz aholisining o‘ndan bir 
qismi esa o‘zi yashaydigan joylarda ichimlik suv 
yetishmasligi oqibatida jiddiy qiyinchiliklarni boshidan 
kechirmoqda. Ayni paytda sayyora aholisi ko‘paygan 
sari suvga ehtiyoj ham ortib bormoqda.
Bugun dunyoda sakkiz milliardga yaqin kishi hayot 
kechirmoqda: agarda 2025-yilga borib Yerda odamlar 
soni, prognoz qilinganidek, to‘qqiz milliardga yetsa, 
suvga bo‘lgan ehtiyoj 35 foizga oshadi.
Bunda ko‘proq oziq-ovqat yetishtirish, lekin suvni kamroq 
ishlatishga to‘g‘ri keladi. Buni qanday qilish mumkin?

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə