O‘quv daftari suv hayot uchun Suv oziq-ovqat uchun


Butunjahon oziq-ovqat kuni



Yüklə 2,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix28.11.2023
ölçüsü2,3 Mb.
#134545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Tetrad FAO UZ-2

Butunjahon oziq-ovqat kuni
Har yili 16-oktyabr kuni 150 dan ortiq mamlakatlar birgalikda Butunjahon 
oziq-ovqat kunini (BOOK) nishonlaydilar. 1945-yilda dunyo davlatlari 
ochlikka barham berish va barcha uchun sog‘lom ovqatlanishni 
ta’minlash bo‘yicha umumiy xabardorlikni oshirish va chora ko‘rish 
uchun sa’y-harakatlarini birlashtirdilar. Shu kuni FAOga asos solindi. Lekin 
BOOK — SENING ham kuning! Oziq-ovqat uchun kurash qahramoni 
bo‘l va boshqalarni hech kim e’tibordan chetda qolmaydigan yanada 
barqaror dunyoni yaratishga ilhomlantir.
O‘qituvchilar uchun eslatma
Ushbu ish daftari sayyoramizdagi suv haqida ko‘proq bilishga qiziquvchi 
turli yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan. U 2023 yilgi Butunjahon oziq-
ovqat kuni (BOOK) doirasidagi plakatlar tanlovida ishtirok etmoqchi 
bo‘lganlar uchun ilhom manbai bo‘lib ham xizmat qilishi mumkin. U 
asosan 8 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan, lekin 
bundan kichikroq yoshdagi o‘quvchilar uchun ham, kattaroq yoshdagi 
o‘quvchilar uchun ham qimmatli o‘quv qo‘llanmasi bo‘lishi mumkin.
Minnatdorlik
FAO yozuvchi Syuzanna Mattyanjeli va illyustrator Lorenso Terraneraga 
ushbu asarning yaratilishiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik 
bildiradi.
2


Suvdan iborat sayyora
Biz yashayotgan sayyora “Yer” deb nomlanadi, lekin 
aslida u asosan suvdan iborat. Ushbu qadrli resurs 
hissasiga butun Yer yuzasining to‘rtdan uchga yaqin 
qismi to‘g‘ri keladi. Aynan suvda ilk hayot shakllari 
paydo bo‘ldi, o‘zimiz ham suvdan dunyoga kelamiz. 
Suv tufayli o‘samiz va yashaymiz. O‘z tanang haqida 
o‘ylab ko‘r: u ham asosan suvdan tarkib topgan.
Dunyoda qancha 
suv borligini 
bilasanmi?
Suv havzalarida millionlab milliard litr suv bor, ularning 
maydoni esa barcha qit’alarni qo‘shib hisoblagandan 
ham katta. Lekin biz ushbu ulkan hajmning kichik 
qisminigina ishlatishimiz mumkin.
Nega? Chunki suv chuchuk yoki sho‘r, distillangan yoki 
mineral, toza yoki iflos bo‘lishi mumkin. Barchasi suvda 
erigan moddalarga bog‘liq.
Yerdagi suvning aksariyat qismi sho‘r (71 foiz) — bu 
dengiz va okeanlar suvidir. Chuchuk suv juda kam: 
sayyoramizdagi suvning butun hajmidan atigi uch foiz. 
U asosan muzlik va qor shaklida, yer ostida oqadi, ko‘l, 
daryo va botqoqlarda bo‘ladi.

Yüklə 2,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə