O`quv ishlari bo`yicha prorektor A. Soleyev “ ” 2021-yil


-Mavzu: Sotsiologik hamda biografik metodlarning xususiyatlari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə21/108
tarix05.04.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#104262
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   108
f6726ecde0adb5d0e687f4a0a68c2437 O`ZBEK ADABIY TANQIDI TARIXI

10-Mavzu: Sotsiologik hamda biografik metodlarning xususiyatlari
Reja:

1. Sotsiologik metod.


2. Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida.
3. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi obyеktiv va subyеktiv jihatlar haqida.
4. Kontеkstual va immanеnt tahlil. Tahlil mеtodlari.
5. Badiiy asar tahlili
Agarda nazariya sotsial voqelikni tushuntirsa va uning taraqqiyotini bashorat qilsa, metodologiya bilishning umumiy strategiyasini ishlab chiqsa, metod esa bilimlarga erishish va voqelikni tubdan o‘zgartirish uchun o‘ziga xos bo‘lgan asbob-uskuna bo‘lib xizmat qiladi. Bolgariyalik sotsiolog Nikola Stefanov tanlaganidek, fan tarixida bir an'ana borki, u orqali har qanday yangi paydo bo’lgan fan avvalambor metod nuqtai nazardan baholanadi. Bu tasodif emas, chunki faninng amaliyligi metod orqali namoyon bo‘ladi va metod fanning yutuqlaridan amaliy foydalanishlik uchun hurmat qiladi. Metod bu ma'lum bir bilim vositalarni (fikrlashlik, predmetlik, belgichilik) konsepsial qo’lash bo‘lib, uning asosiy vazifasi yangi bilimlarga erishishni ta'minlashdir. Boshqacha so’zlar bilan aytganda metod bu bilishda kerakli natijalarga erishish vositasi yoki voqelikni tubdan o’zgartirish vositasidir. Har bir metod o‘zida bilib olingan qonuniyatlar, xususiyatlar va aloqalarni mujassamlashtirgan bo‘lib, ular uning ob'ektiv tomonini tashqil qiladilar. Ular asosida shakllangan usul, vosita va qoidalar sub'ektiv tomon deb ataladi.
Tomonlarni ob'ektivlik va sub'ektivlika ajratish metodning mohiyati va strukturasini tushunish uchun juda muhimdir. Ob'ektiv tomon shunday nazariy asoslarni o‘zida ifoda etadiki, ular fan tomonidan hozirda ishlab chiqilgan.
Ob'ektiv tomon bu nafaqat usul va qoidalardir, balkim yana tadqiqotning ma'lumoti darajasi, dunyoqarashi bo‘lib, ular individual-shaxsiy alohidalik bilan ham bog‘liqdirlar. Bu ikki tomon bir-birlari bilan o‘zapo dialektik munosabatdadirlar.
Ob'ektiv tomon bilimlar sistemasida o’rnashgan bo‘lib metodda to’liq realizatsiya qilinmaydi, chunki u metodga nisbat salmoqliyroqdir. Shu bilan birgalikda ushbu sistema asosida bunyod bo‘lgan metod o‘zining rivojlanishida albatta uning chegarasidan chiqib ketadi va uni o’zgarishiga olib keladi.
Sotsiologiyada ob'ektivlik va sub'ektivlik o‘zaro harakatlari misli ko’rilmagan murakkab xarakterga ega bo‘ladi, chunki metod sub'ektni 2 ta aspektda: ham biluvchilikda, ham bilinishda ko’rib chiqaddi. Bunda bilish jamiyatni tahlil qilish darajasidan, soha xususiyatlaridan (iqtisodii, siyosiy, ma'naviy), ichki tashqi voqealardan, kuzatilayotgan va kuzatilmayotgan jarayonlar bog‘liqdir.
Sotsiologik metodni shakllanishidagi boshqa bir murakkablik fanning o‘z-o‘zini belgilash jarayonlari, uning nazariya va metodologiyalarini endi oyoqqa turishligi bilan bog‘liqdir.
Nazariy va metodologik plyuralizm sharoitlarida turli xil sotsiologik metodlar shakllanadilar. Sotsiologik metod mohiyati uning boshqa fanlar metodiga nisbatan xususiyatlari masalasi ko’pgina sotsiologlar fikrini band etdi va sotsial voqelikning umumnazariy tasavvurlarini sotsiologiyaning ob'ekti sifati deb talqin qilishlik bilan hal qilinishga harakat qilinayapti.
Metod strukturasida ob'ektivlik va sub'ektivlik tomonlaridan tashqari yana tadqiqotning ob'ekti va predmeti vositalari ham mavjuddirlar. Ob'ekt haqidagi masalani qilishlik metodni qo‘llash darajasi va ko‘lamini belgilaydi.
Sotsiologiyada fanning to’liq yahlit ob'ektini qamrab oladigan metod ishlab chiqilgan emas, vaxolanki shunday metodni yaratish harakatlari boshlanib ketgan. O‘z vaqtida pozitiv, psixoanalitik, naturalistik, empirik va boshqa yo’lishlar sotsiologiyada umumiylikka da'vogarlik qildilar, lekin vaqt o’tishi bilan ularni statuslari sotsiologiya tadqiqotlarini ma'lum bir sohasi deb e'tirof etildi.
Metodning ob'ekti ham jamiyat ham uning alohida sohalari, shuningdek ma'lum bir voqea va jarayonlar namoyon bo‘lishlari mumkin.
Metodning predmeti bo‘lib ob'ekt mohiyati haqidagi bilimlarga erishish uchun ma'lum bir bilish vositalari va harakatlari tartiblashtirilgan va asoslangan qo‘llanishga hizmat qiladi. Bilish vositalari tushunchasiga tadqiqot vositalari (blanka, anketa, apparatura, texnik vositalar) belgilar sistemasi, tafakkurning mantiqiy shakllari va tushunchalar kiradi.
Sotsiologik metod strukturasida shuningdek qo‘llashning mazmuni va maqsadi natijalarini ajratib ko‘rsatish lozim. Aynan metodning mazmuni tufayli sotsial voqealikni tashkil qilish chog‘ida boshqa fanlarga nisbatan sotsiologik yondashishning xususiyatlari keng ko‘lamliroq; namoyon bo‘ladi. Metodning mazmuni sotsiologiyaning nazariy bilimlari tushunchalari va kategoriyalari yordamida belgilanadi.
Mazmun metodining ob'ekt va predmeti, uning maqsadi protseduralarning izchilligi va mantiqiy empirik ma'lumotlarni interpretatsiya qilish vositalarini belgilaydi.
U yoki bu metodning effektivligi (sermahsulligi) sotsiologiyaning nazariy metodologik asosiga bog‘liqdir. Xorijiy nazariyotchilarning tadqiqotlarida shunday qarashlar mavjudki, unga muvofiq metod shakllangan uslubiyatlarning to’plami bo‘lib, bu tadqiqotchining nazariyasi bilan bog‘langan. Ma'lum bir ma'no va sharoitlarda sotsiologik metodning usullari va protseduralari nisbatan nazariya va metodologiyadan holi bo‘lishi mumkin, lekin ularni qo‘llash, natijalarini qayta ishlash tadqiqotchining konsepsiyasi, metodning nazariy modeliga bog‘liqdir.
Neopozitivizmning eng muhim hizmatlaridan biri—bu eksperiment, kuzatish, hujjatlarni o’rganish va so’rov metodlarini ishlab chiqish bo’ldi. Sotsiologik tadqiqotlarning amaliyoti empirik metodlarni bilish imkoniyatlarini yuzaga chiqardi. Shu bilan birgalikda makro va mikro sotsiologiyalar shakllana boshladilar, ya'ni jamiyat hayotining tahlil qiluvchi bilimlarning turli darajalari vujudga keldi. Ushbu darajalarni munosabatlarini muvofiqlashtirish, turli xil; empirik tadqiqotlar natijalarini umumsotsiologik bilimlarga bog‘lash muammolari kelib chiqdi. Bu hamma muamolarni struktur funksionalizm hal qilishga harakat qiladi.
Yangi umumiy yondashish yaratish uchun sistema-funksional maktablar sotsiologiyaning barcha yutuqlarini qaytadan qilib tahlil qilib chiqadilar, chunki harakatning umumiy analitik nazariy sistemasini yaratish sotsial voqelikni barcha turli-tumanligini qamrab olishlikni taqazo etadi.
Shuningdek ayni vaqtda, sistemalik va struktur yondashishlar vujudga keladi.
T. Parsons, R. Merton va stuktur-funksional yondashishning boshqa vakillari sotsial harakatning sub'ektiv aspektlarnni metodning komponenti (elementi) sifatida talqin qiladilar. Ammo umuman olganda sistemali, struktur; funksional yondashuvlar sotsial o‘zaro harakatning ob'ektiv va mustaxkam shakllariga yo’naltirilgan. Shuning uchun o‘zining; akademik sotsiologiya degan mavqeiga qaramasdan struktur funksionalizm umumiy, yalpi metodga da'vogarlik qila olmaydi.
Yalpi umumiy yondashishlarni sotsiologiyadagi boshqa yunalnshlar ham ishlab chiqishga harakat qilganlar. Bu maqsada ular filosofiyaga, K. Marksning dialektik materializmiga Gusserlning fenomenologiyasi K. Yaspers va M. Haydeperlarning ekzistensializmiga murojaat etadilar. Shu bilan bir qatorda O. Kont, E. Dyukrgeym, M. Veber va boshqa sotsiologlarning ilmiy meroslarini qaytadan tahlil qilish jarayonlari ham sezilarli darajada kuchayadi.
Sotsiologiyadagi dialektik metod turli oqim vakilari Xorkxaymer Fromm, Markuze, Gurvich va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgandir. Ular sotsial jarayonlarning, empirik bilishning xususiyatlarini aks ettira oladigan dialektikaning yangi kategoriyalarini ishlab chiqishga harakat qildilar. Sotsiologiya dialektik metodi ratsionaya va irratsional, ongli va ongsiz, real va nominal, individual va ijtimoiy kabi tushunchalardan foydalangan holda sotsial jarayonlarni muhim tomonlarini tadqiq qiladi.
Sotsiologik metodining yana bir alohida hususiyati shundaki uni ob'ektivlik va subektivlik o‘zaro harakati maxsus bir xarakterga ega bo‘ladi. Sotsiologik metodni diqqat markazida inson va uning ham tabiiy, ham ijtimoiy olam bilan o‘zaro harakatining turli shakllari yotadi. Metodlarni ob'ektivlik va sub'ektivlikka bo‘lish metodologlarni shunday yondashishlarni izlashga majbur qiladiki, ular sotsial jarayonlarni ham ob'ektiv va sub'ektiv tomonlarni qamrab olishlari kerak bo‘ladi.
Shunday yondashishlar deb ramziy yondashishlarni va keyingi paytlarda intensiv ishlab chiqilayotgan strukturalistik metodni e'tirof etish mumkin.
Struktura tushunchasiga nafaqat guruhlar, muassasalar, munosabatlar, ma'naviy omillar, mentalitet, tilning ma'nolik va tushunishlik aspektlari ham kiradilar. Strukturalistik metod yana insonlarning sotsial xulq- atvorini milliy-madaniy xususiyatlarini ham tahlil qiladi.
Sotsiologik metodni yana bir xususiyati uning ko‘p darajaligi sotsial voqelikni qamrab olishdagi turli-tumanlik, voqealar tadqiqotida umumiyligini ta'kidlash mumkin. Fanda metodlarni nazariy va empirik jihatlarga ajratish mavjuddir. Nazariy metodlarga bilishning mantiqiy-ma'naviy tushunchaliri, tahliliy deduktiv va induktiv va boshqa shakllariga asoslangan metodlar taalluqlidir. Yana ular safiga ratsional, birlashtirish, tarixiy-genetik taqqoslash va boshqa metodlarni qo‘yish mumkin.
Empirik metodlarga esa voqelikni o‘rganilayotgan sohasi bilan bevosita xissiy chin muloqatda bo‘lgan metodlar taalluqlidir.
Nazariy metodlar odatda sotsial voqelikni, uning tamoyillarini yaxshi qamrab olishga intiladi, umumiylik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Empirik metodlar mikrojarayonlarni guruhlar, individlar, konkret institutlar faoliyat darajasida o‘rganadi.
Sotsiologik metodlarni turlash ham muhim ahamiyatga egadir. Bu turlarning asosi bo‘lib metodning muhim komponenti—mazmun xizmat qiladi. Bu asos bo‘yicha fundamental, maxsus empirik metodlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Agarda tushuchalar o‘zlarida sotsial voqelikni mohiyatini yaxlit mujassamlashtirsalar unda bunday metodlar sotsiologiyada fundamental metod roliga da'vogarlik qiladilar.
Keyingi o‘n yillikda umumsotsiologik fundamental metod roliga fenomenologiya va realistik yondashuvlar da'vogarlik qilyaptilar. Ayniqsa realistik yondashuvlar tarafdorlari keyingi yillarda ko‘payib bormoqdalar. Realistik yondoshuvning mohiyati quyidagicha. Sotsiologiya fanining ob'ekti bo’lib rang-barang omillar xizmat qiladilar, ularni esa bir-birlaridan farqlash zarurdir. Masalan insonning harakatlari, intilishlari, rejalari va boshqa omillardir. Buning uchun esa reallik, haqiqiylik va empiriklikni ajratib olish kerak.
Maxsus metodlar deb ijtimoiy hayotni o’rganishda va uni tubdan o’zgartirishda qo’llanilayotgan metodlar aytilali. Amaliy sotsiologiya va tarmoq yo‘nalishlarning shakllanish jarayonlarida maxsus sotsiologik metodlar yaratiladi. Ular ijtimoiy: aniq, bir sohasiga yo’naltirilgan bo‘lib, ma'lum bir muammolar tadqiq qiladilar. Turli xil nazariy-metodologik yo’nalishlar doirasida insonning hulq-atvori guruh, ma'lum bir instituti hokimiyat, boshqaruv, oila, sotsial munosobatlar: konflikt birdamlik va boshqalar va boshqalarni tadqiq qiladigan metodlar ishlab chiqilyapti.
Amaliy tadqiqotlar metodining markaziy muammosi nazariy va empirik bilimlarni konkret, hammabop qismlarga aylantirish va ularni sotsial mexanizmda qo’llash muammosini Sotsiologiya fanining muhim bir metodi bo‘lib empir metodlar namoyon bo‘ladilar. Empirik sotsiologik metod bu sotsial faktorlarni belgilash dastlabki sotsiolog ma'lumotlarni olishdir. Metodika esa metodlar to’plami bo’lib undan ushbu tadqiqotlarda foydalaniladi. Texnika ee tadqiqotlarda empirik metodlardan unumli foydalanish usulidir. Empirik metodlarni sotsiologik ma'lumotlar yig’ish metodi, qayta ishlash va tahlil qilish metodlariga ajratish mumkin. Ularning birinchisiga so’rov, kuzatish xujjatlarni o‘rganish, eksperiment taalluqli bo‘lib, ularning har biri o‘zining ob’ektiga ega va jarayonlarning ma'lum tomonini o‘rganishga qaratilgan, so’rov metodining diqqat markazida insonlarning qarashlari, motivlari, ya'ni sub'ektivlign namoyon bo‘lsa, kuzatuv ko‘proq, insonlar xulq- atvorini, xujjatlarni o‘rganish metodi esa voqealarning guvohlanganligini qayd qilinganligi bilan qiziqadi. Va nihoyat eksperimental metod jarayonni yaxlit tahlil voqealarning chuqur aloqadorligini yuzaga chiqaradi.
Empirik metodlar empirik voqelikni bevosita o‘rgansa ham ammo lekin metod mazmuni uning tadqiqotdagi o‘rni, shuningdek natijalar tadqiqotchinnng nazariy pozitsiyasi, tadqiqot konsepsiyasi bilan belgilanadi.
Empirik metodlarda formal va mazmunli tomonlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Formal tomon ma'lum bir standartlashtirilgan usullarni: savollar tuzishni, yozma yoki og’zaki anketa o‘tkazishni, olingan ma'lumotlarni qayta ishlash to’plamini ifoda etadi. Lekin metodning mazmunli tomoni tadqiqotchining nazariy dunyoqarash va boshqa qarashlari bilan bogiqdir. Masalan, neopozitivizm individ xulq-atvorini sotsiologiya fanining predmeti deb hisoblab uni o‘rganish negizida sotsial o‘zaro harakat nazariyasini yaratishga harakat qiladi. Shuning uchun bu yo’nalish asosiy metod sifatida kuzatish metodini e'tirof etadi. Fenomenologik sotsiologiya esa sotsiologiyaning predmeti sifatida mental jarayonlarini tan olib, neopozitivizm ishlab chiqqan empirik metodlarni tanqid qiladi. Eng mos keladigan empirik metod deb, bu yo’nalish kuzatishlarida ishtirok etish, laboratoriyadagi sharoitda eksperiment va tasmaga (plyonka) yozib olingan nutqiy o’zaro harakat tahlilini hisoblaydi. Shunday qilib nazariy baxslar o‘z ifodalarini empirik metodlarda namoyon qiladilar. Empirik metodlar doimiy ravishda rivojlanyaltilar, yangi nazariyalar negizida yangi empirik metodlar vujudga kelmoqdalar.
Empirik tadqiqotlar o‘tkazish natijasida so‘rov, kuzatuv, eksperiment va xujjatlarni o‘rganish metodlarini qo‘llash tufayli turli jarayonlarning xislatlari, strukturasi va munosabatlari haqida empirik ma'lumotlar to‘planadi. Bu ma'lumotlarni taxlil qilish uchun matematik va statistik metodlar majmuasi ishlatiladi. Bunda hal qiluvchi rol gruppalash, regressiv, korrelyatsion, faktorli tahlillar, shkala metodi va boshqalarga taalluqlidir.
Matematik metodlar sotsiologiya faniga shiddat bilan kirib kelmoqda. Lekin ularning qo‘llanishi bilan bog’liq bo‘lgan ayrim muammolar ham paydo bo‘lmoqda. M.Kendal sotsial ob'ektning matematik tasavvurini 2 xil ko‘rinishdagi qiyinchiliklarini ajratib ko‘rsatadi. Birinchi to‘plamlik muammosidir, ya'ni voqealarda ko‘plab komponentlar (qismlar) ishtirok etadi va ularning qaysi birlari shu voqeaga taalluqlidir va qaysi bir boshqasi bu voqea bilan vaqtinchalik bog’liq. Ikkinchisi birlashtirish muammosi bo‘lib, unda sotsial sistemaning qaysi bir elementini asosi deb hisoblashimiz kerak. Buni yechimini topish juda mushkuldir.
Lekin shunga qaramay matematik vositalarni sotsiologiyadagi o‘rni va miqdori salmoqlidir, hozirgi sotsiologiyada butun bir yo’nalish matematik metodlarini qo‘llash masalasini ishlab chiqayapti. Matematik metodlarni qo‘llash natijasida sotsiologiyada quyidagi masalalar hal etiladi: tanlash (viborka) hisobi, olingan ma'lumotlar taxlili, modellashtirish va o‘lchov. Ushbu masalalar sotsiologiyadagi matematik metodlarni qo‘llashning dolzarb muammolari deb tan olinadi.
Shunday qilib sotsiologik metod haqidagi fikrlarga yakun yasab xulosa chiqarish mumkinki, bu soha muammolari sotsiologiyada muhim o‘rin tutadi. Ularning takomillashib, rivojlanib borishi ijtimoiy hayotning turli tomonlarini ham yaxlit, ham alohida ilmiy tahlil qilishlik ma'lum bir muammolarni yechishga amaliy tavsiyalar berish mumkin.
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda kеng qo`llanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog`liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda "analiz" dеb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma'lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o`rnini o`rganishni ko`zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, "uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas" dеgan qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zеro, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o`qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o`qish tushuniladi. Bu xil o`qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o`quvchi ongi va ruhiyatiga ta'sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo`layotgan omillarni o`rganadi.
Talqin atamasini biz "intеrprеtatsiya" istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsеpsiyani idrok etish dеmakdir. Kеng ma'noda "talqin" so`zi o`zga tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma'lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o`zigina emas, tushuntirish hamdir) ma'nolarini anglatadi. Shu ma'noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman, o`tmish ilmida "talqin" so`zining ma'nosi qisman "sharh", "tafsir" atamalari bilan ham bеrilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi "obrazlar tili"ni "mantiq tili"ga o`girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir.
Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, "o`quvchi badiiy asarni tushundi" dеgani, mohiyatan, "o`quvchi asarni o`zicha talqin qildi" dеganidir. Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zеro, oddiy o`quvchi ham tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, pеrsonajlarni, ularning turli holatlardagi xatti-harakati, gap-so`zlarini va h.), ularning o`zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdеk, konkrеt badiiy asar turli o`quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq shunisi ham aniqki, o`quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqtalar ham mavjud. Dеmak, konkrеt asar talqinlari nеchog`li turfa bo`lmasin, ularning chеgaralarini bеlgilab bеruvchi muayyan asos, dеylik, yadro (javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo`ladi. Bu yadro esa — badiiy asarning o`zi, badiiyat hodisasini o`zida moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon bo`ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni obyеktiv va subyеktiv ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o`rinda talqin qilayotgan shaxsni subyеktiv ibtido dеb olsak, badiiy matn obyеktiv ibtidodir.
Bundan shunday xulosa kеlib chiqadiki, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni yеtarli darajada bilmasa, asar qismlarini, ularning o`zaro aloqalarini yеtarli tasavvur qilolmasa, uning talqini subyеktivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini e'tiborga olsak, talqinning subyеktsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assotsiativ fikrlashi mahsuli o`laroq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat subyеkt ongidagina (ya'ni, uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo`ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqin har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy o`quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kеlgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma'noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o`qish va uqish dеmakdir.
Yuqoridagilardan ma'lum bo`ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi - asarni tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo`sh, "asarni tushunish" dеganda nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (obyеktiv ibtidodan) kеlib chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga ko`ra tushunish jarayonida tahlil yеtakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqеi ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini birlikda olib o`rganishni (kontеkstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o`rganish (immanеnt tahlil) bilan chеklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib bo`lmaydi, bu o`rinda "oraliq" mavqеning egallangani, har ikki yo`sindagi tahlilning ham mavjudligini, ularning bir-biridan ko`zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekanligini tan olingani to`g`riroq bo`ladi.
Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o`rganuvchi soha — gеrmеnеvtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo`sinlarining ikkisiga ham birdеk aloqador. Faqat bu o`rinda immanеnt tahlil "kontеkst" tushunchasini asar doirasi bilan chеklab olsa, kontеkstual tahlilda "kontеkst" tushunchasining ko`lami kеngayib boradi (konkrеt asar "yozuvchi biografiyasi", "muallif yashagan davr shart-sharoitlari", "muallifning ijodiy mеrosi", "asar yaratilgan davr adabiyoti", "milliy adabiy an'analar" kabi kontеkstlar doirasiga kiradi). Kontеkstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga yo`l ochsa, immanеnt tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o`quvchiga o`z mazmunini shakllantirish imkonini bеradi. Mutaxassisdan farqli o`laroq, oddiy o`quvchilarning asarni tushunishida immanеnt tahlil unsurlari yеtakchilik qiladi (shu bois ham o`quvchilar ongida konkrеt asarning turfa talqinlari mavjud). Zеro, aksariyat o`quvchilar uchun konkrеt asarning qay maqsadda, qanday omillar ta'sirida yozilgani ahamiyatsiz - ular asarning o`zinigina taniydilar, uning o`zidangina zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud sotsiologik mеtodlar (kontеkstual tahlil) asosida tеkshirib chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga ham bilvosita ta'sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bеvosita ta'sir qilishga urinishning esa adabiyotga ziyon kеltirishi ehtimoli ko`proq. Buni qanday tushunmoq kеrak? Gap shundaki, o`zining ijtimoiy hayoti davomida badiiy asar turli talqinlarga duch kеladi, zеro, har bir konkrеt davr uning mazmun qatlamlaridan birini aktuallashtiradi. Ikkinchi tomondan, kitobxonlardagi ijodiy o`qish imkoniyatlari turlicha, shunday ekan, kitobxonlar ichida chinakam badiiy asarning hali hеch kim e'tibor qilmagan mazmun qirralarini ochishga, uning hali hеch kim ilg`amagan voqеlik bilan aloqalarini ko`rishga qobillari har vaqt bo`ladi. Agar biografik yoki boshqa xil mеtodlarga tayanib amalga oshirilgan talqinni yagona, eng to`g`risi dеb bilib, shu talqinni barcha o`quvchilarga singdirmoqchi bo`lsak, bu bilan ijodiy o`qish imkoniyatlarini chеklagan, badiiy didga jiddiy zarar yеtkazgan bo`lib chiqamiz. Masalan, aksariyat kishilarda sho`ro davrida yozilgan asarlarning o`sha davrda amalga oshirilgan talqinlari o`rinlashib qolgan. Bu esa davr adabiyoti haqida muayyan tasavvur, munosabatga asos bo`ladiki, yuqoridagi mulohazalardan kеlib chiqilsa, ularni ilmiy jihatdan to`g`ri dеb bo`lmaydi. Dеmak, talqinlar yangilanishi zarur. Zеro, adabiyotshunosning vazifasi ham mavjud talqinlarni bilish emas, balki ularga tayangan (ularga ba'zan qo`shilib, ba'zan inkor etib) holda asarni bugungi kun nuqtayi nazaridan talqin qilish va baholashdir. Xulosa qilib aytsak, badiiy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontеkst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, faqat har ikkisining ham o`z o`rni, vazifasi va maqsadi tayinli ekanligini unutmaslik darkor.
Badiiy asarni kontеkstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil mеtodlari haqida gapirish mumkin bo`ladi.
Sotsiologik tahlil mеtodi tadqiqotchini badiiy asar voqеligi bilan rеal voqеlik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalarni o`rganishga yo`naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g`oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xaraktеr xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h. badiiy unsurlarning ijtimoiy ildizlarini ochib bеradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish jarayoni, xaraktеr va prototip, tarixiy shaxs obrazi va rеal tarixiy shaxs munosabati kabi ijod jarayoni bilan bog`liq muammolarni o`rganishda ham sotsiologik yondashuv asos vazifasini o`taydi. Sotsiologik mеtod adabiyotshunoslikda muhim ahamiyatga molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun qo`yishlik, unga ayricha e'tibor bеrishlik adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kеlishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho`ro adabiyotshunosligidan istalgancha topishimiz mumkin bo`ladi. Masalan, sho`ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm ko`rinishlari ayni shu mеtodning mavqеini mutlaqlashtirilishining natijasi edi. Badiiy asar tahlilida shu mеtodgagina tayangan va shuning asosidagina baholagan tanqidiy maqolalar kеyincha ularning mualliflarini qatag`on qilish uchun dastakka aylandigina emas, o`quvchi ommani o`sha ijodkorlarni "xalq dushmani", asarlarini "zararli" dеb tushunishga tayyorladi.
Tarixiy-madaniy tahlil mеtodi badiiy asarni milliy madaniy an'analar, shuningdеk, davr adabiy-madaniy kontеkstida o`rganishga qaratilgandir. Ma'lumki, badiiy asar madaniy-adabiy an'analar zaminida dunyoga kеladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu kontеkstdagina yorqin namoyon bo`ladi, anglashiladi. Masalan, Cho`lponning qator shе'rlari borki, ularning mazmun mohiyati mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasavvuf shе'riyati kontеkstidagina o`zining ramziy ma'nolarini ochishi, tushunilishi mumkin bo`ladi. Yoki "O`tgan kunlar"dagi bir qator xususiyatlar (Otabеkning oshiqligi sahnalari, sujеt motivlari, maktublar va h.) folklor va mumtoz dostonchilik an'analari zaminida yеtishgani shundoq ko`zga tashlanadi. Mazkur yondashuv badiiy asarga umummilliy madaniyatning vakili sifatida qarashi diqqatga molikki, bu xil yondashuv adabiy jarayondagi yangi hodisalarning tub omillarini anglash imkonini bеradi.
Qiyosiy mеtod badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilishni ko`zda tutadi. Konkrеt asarni o`tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o`zi mansub adabiyotda yaratilgan asarga qiyoslab tadqiq etish mumkin. Qiyoslash obyеkti tadqiqot maqsadidan kеlib chiqqan holda bеlgilanadi. Dеylik, asarni o`tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi an'ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar gеnеzisi haqida tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash asosida esa adabiy aloqa va ta'sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni o`rganishga kеng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun Navoiy va Nizomiy "Xamsa"larini qiyosiy tahlil qilish har ikkala san'atkorning ijodiy o`ziga xosligi, ularning dunyoqarashidagi o`ziga xos jihatlarni yorqin tushunish va tushuntirish, Navoiy dahosini xolis baholash imkonini beradi.
Biografik mеtod badiiy asarni muallifining hayot yo`li kontеkstida o`rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o`rinlar muallif biografiyasi kontеkstida yorqinroq anglashiladi. Shunga ko`ra, biografik mеtod asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yеtakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, A.Qahhorning "O`g`ri" va "Dahshat" hikoyalari o`tmishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontеkstda olinsa, adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini badiiy idrok etishga, o`sha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi fikrlarini ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik mеtodning qanchalik samarali bo`lishi ko`p jihatdan tadqiqotchi qo`l ostidagi biografik matеrialga bog`liq bo`lib qoladi. O`zbеk adabiyotshunosligida biografik mеtodning yеtarli darajada samara bilan qo`llanilmay kеlayotgani ayni shu narsa — biografik matеrialning yеtarli emasligi bilan izohlanadi.
Ijodiy-gеnеtik mеtod biografik mеtodga yaqin va u bilan birlikda qo`llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o`rganishni maqsad qiladi. Bu mеtod adabiyotshunosga hayot matеrialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matnning sayqallanish yo`lini kuzatish imkonini bеradi. Mazkur mеtod tadqiqotchining asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va shu kabilarni chuqur o`rganishini, konkrеt faktlar asosida asarning yaratilish tarixi va omillarini ochib bеrishini taqozo etadi. Adabiyotshunosligimizda ijodiy-gеnеtik yondashuv samara bilan qo`llangan tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo`chqorning A.Qahhor romanlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko`rsatish mumkin.
Yuqoridagi mеtodlarning bari asarning tashqi aloqalarini o`rganishga qaratilgan bo`lib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Shuni ham ta'kidlash joizki, konkrеt badiiy asar tahlilida ular qorishiq holda qo`llanadi, ya'ni tadqiqotchining tahlildan ko`zlagan maqsadiga bog`liq ravishda metodlardan biri yеtakchi bo`lib, qolganlari uni to`ldiradi. Ikkinchi tomondan, kontеkstual tahlil jarayonida adabiyotshunos immanеnt tahlil mеtodlaridan ham o`rni bilan foydalanadiki, bu uning imkoniyatlarini kеngaytiradi.
Immanеnt tahlil mеtodlari sifatida struktural, stilistik va sеmiotik mеtodlarni ko`rsatish mumkin. Struktural mеtod badiiy asarning ichki qurilishi, undagi qismlar va ularning o`zaro aloqalari, qismlarning butunlikka birikish yo`llarini, xullas, asarning tashkillanishini o`rganadi. Bu o`rinda tadqiqotchi badiiy matnning tashkillanishini (bunda tahlil ko`proq tilshunoslik aspеktida bo`ladi) yoki badiiy voqеlikning tashkilanishini diqqat markaziga qo`yishi mumkin bo`ladi. Stilistik tahlil matnning uslubiy o`ziga xosligi, til unsurlari vositasida badiiy informatsiyaning qanday yеtkazilayotgani, qo`llangan uslubiy vositalarning funksionallagi kabi masalalarga diqqatni jalb etadi. Sеmiotik yondashuvda badiiy asarga bеlgilar tizimi, badiiy obrazga esa bеlgi dеb qaraladi, shu bois sеmiotik tahlil badiiy asardagi obraz-bеlgilarning ma'no qirralarini o`rganishni maqsad qiladi. Tahlilning bu usuli ramziylik darajasi yuqori bo`lgan asarlar talqinida, ayniqsa, samaralidir.
Bulardan tashqari, badiiy asarni, aniqrog`i, uning ijtimoiy mavjudligini, shuningdеk, adabiy jarayonning muayyan muammolari, kitobxonlar ommasining qiziqishlarini o`rganishda konkrеt sotsiologik tadqiqot mеtodlaridan ham foydalaniladi. Ijodkorlar yoki o`quvchilar orasida sotsiologik so`rovlar o`tkazish, matbuot sahifalarida o`tkaziluvchi so`rovlar, ayrim masalalar bo`yicha tashkil etiluvchi davra suhbatlari, alohida asarlarga bag`ishlangan kitobxonlar anjumanlari bunga misol qilinishi mumkin. Shuningdеk, konkrеt asarning ijtimoiy hayotini o`rganishda u haqda yaratilgan tanqidiy asarlarni o`rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə