Organik maxsulotlar yetishtirishda qoʻllaniladigan dehqonchilik tizimlari almashlab va navbatlab ekish talablari Kirish


Almashlab ekish texnologiyasi va unga qo`yiladigan talablar



Yüklə 96,29 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü96,29 Kb.
#137141
1   2   3   4   5
Organik maxsulotlar yetishtirishda qoʻllaniladigan dehqonchilik tizimlari almashlab va navbatlab ekish talablari

Almashlab ekish texnologiyasi va unga qo`yiladigan talablar

Almashlab ekish dalalarda o’tkaziladigan barcha agrotexnik tadbir-larning asosi bo’lib hisoblanadi. U to’g’ri tashkil etilganda tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishni, begona o’tlar, zararku-nanda hamda kasalliklarni keskin kamayishini ta’minlaydi.
Agar bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilsa, u surunkasiga ekish deyiladi. Xo’jalikda asosan bitta ekin surunkasiga yetishtirilsa, bu monokultura deyiladi. Mono - yunoncha so’z bo’lib bir, yagona demak-dir. Masalan, xo’jalikda monokultura sifatida yetishtirilayotgan bug’-doy toza shudgor bilan almashsa uning surunkasiga ekilishi uziladi, lekin monokulturaligi saqlanadi. Surunkasiga ekish va monokulturaning zarari juda katta. Bir ekin bitta dalada uzoq yillar davomida ekilaversa shu ekinga moslashgan begona o’tlar, zararkunandalar va kasalliklar ko’payib ketadi. O’zbekistondagi ko’pgina xo’jaliklarda g’o’zani uzoq yillar davomida almashtirilmasdan ekish natijasida vilt bilan zararlangan maydonlar ko’paydi. O’zO’HQITI ning Qo’qon tayanch punktida g’o’za surunkasiga ekilganda 49,1-50,9 foizi vilt bilan zararlangan.
Bir maydonning o’zida bir xil ekin uzoq vaqt ekilsa oziq elementlarining bir tomonlama kamayishi yuz beradi. Ma’lumki, ekinlarning oziq elementlariga talabi turlicha bo’ladi. G’alla ekinlari, kartoshka fosforni, ildizmevalilar kaliyni, dukkaklilar fosfor va kaliyni, g’o’za azot va fosforni ko’p o’zlashtiradi. Bundan tashqari turli o’simliklarning ildiz sistemasi har xil bo’ladi va suv hamda oziq moddalarni tuproqning turli qatlamlaridan har xil miqdorda o’zlash-tiradi.
Surunkasiga ekishning zarari rivojlangan mamlakatlarda o’tkazilgan ilmiy tajribalarda olingan natijalar bilan isbotlangan. K.A.Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jalik akademiyasida 1912 yildan buyon ko’p yillik tajriba olib boriladi.
Unda kuzgi javdar, suli, kartoshka, zig’ir, sebarga surunkasiga hamda olti dalali almashlab ekiladi va toza shudgor bilan hosili taqqoslanadi. Bu ekinlar surunkasiga ekilganda ularning hosildorligi har xil miqdorda kamaygan. Almashlab ekish dala-larida esa hosil sezilarli darajada ortiq bo’lgan.
Zig’ir, sebarga surunkasiga ekishga bardosh berolmay, fuzarioz va boshqa kasalliklardan umuman nobud bo’lgan. Kartoshkaning hosili esa, unchalik kamaymagan.
Yuqoridagi ma’lumotlarga qaraganda ekinlarni surunkasiga ekish ularning hosildorligini 10-40 % gacha, kamayishiga, ba’zi hollarda esa, o’simliklarning kasalliklarini ko’payishi tufayli umuman nobud bo’li-shiga olib kelar ekan.
.Almashlab ekishga kiritilgan ekinlarning ro’yxati yoki shu ekinlar bilan band bo’lgan dalalarning bir-biriga bo’lgan nisbati almashlab ekish sxemasi deyiladi.
Almashlab ekish ro’yxatiga kiritilgan har bir ekinning rejadagi hamma dalalarda bir marta to’liq aylanib ekilishi uchun 
ketgan vaqt rotatsiya deyiladi. Almashlab ekishning rotatsiya davri almashlab ekishdagi dalalar soniga teng bo’ladi.
Agar, amashlab ekishda bug’doy-paxta 1:2:1:2:1:2 sxemada joylashti-rilishi lozim bo’lsa, uning rotatsion jadvali quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. (3-jadval).
Almashlab ekishdagi yetishtirilayotgan ekindan oldin ekilgan ekin o’tmishdosh hisoblanadi. Masalan, bug’doydan keyin g’o’za ekilsa, bug’doy, g’o’za uchun o’tmishdosh bo’ladi. Ekinlarni yetishtirishda qo’llanilgan agrotexnik tadbirlar tuproqning unumdorligiga, agrofizik xossalariga va mikroorganizmlar faoliyatiga ta’sir etadi. Bu keyin ekiladigan ekinning o’sishi va rivojlanishiga salbiy yoki ijobiy ta’sir etishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda o’tmishdosh ekinlarni tanlashda, ya’ni almashlab ekishni tashkil etishda ekinlarning biologik xususiyatlariga, ularga moslashgan begona o’tlar, zararkunandalar va kasalliklarga e’tibor qilish lozim.


  1. Yüklə 96,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə