Organik maxsulotlar yetishtirishda qoʻllaniladigan dehqonchilik tizimlari almashlab va navbatlab ekish talablari Kirish


Dexqonchilik tizimi haqida tushuncha



Yüklə 96,29 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü96,29 Kb.
#137141
1   2   3   4   5
Organik maxsulotlar yetishtirishda qoʻllaniladigan dehqonchilik tizimlari almashlab va navbatlab ekish talablari

1.Dexqonchilik tizimi haqida tushuncha
Dehqonchilik tizimi - yerdan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini tiklash va oshirish, ekinlardan yuqori va barqaror hosil olishga qaratilgan, oʻzaro bir-biriga boglik texnologik (agrotexnik), meliorativ va tashkiliy iqtisodiy tadbirlar majmui. Hozirgi qishloq xoʻjaligi da D. t. oʻzaro aloqador bir qancha boʻgʻinlarni oʻz ichiga oladi: almashlab ekishnp tashkil etish; ekinni yetishtirish texnologiyasi; yerni ishlash tizimi; oʻgʻitlash tizimi; begona oʻt, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari; urugʻchilik; yerni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish tadbirlari; suvdan toʻgʻri foydalanish, tuproqning shoʻrlanishi va botqoklanishiga qarshi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish va b.; ayrim mintaqalarda suv chiqarish, botqoq yerlarni quritish, kimyoviy melioratsiyalash (yerni ohaklash, gipslash va b.), dala ihota oʻrmonzorlari barpo etish ham D. t. tarkibiga kiradi.
D. t. ning paydo boʻlishi va oʻzgarib borishi jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari, ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi va fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas boglikdir. D. t. yerga egalik shakli, yerga ishlov berish texnikasi va agronomiya fani taraqqiyotiga, shuningdek, tabiiy sharoitlarga bogʻliq holda takomillashib bordi. D. t. taraqqiyoti dehqonchilikni intensivlashning turli bosqichlarini aks ettiradi Deqqonchilikning quyi shakllaridan yuqori shakllariga oʻtila borgan sayin haydaladigan yerlarda yetish-tiriladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari turli guruhlarining nisbati, xususan, don, texnika va ozuka ekinlarining muayyan nisbatda yetishtirilishi D. t. ning eng muhim belgisi boʻlib qoladi. Samaradorlik darajasiga koʻra, D. t. 4 guruhga boʻlinadi: ibtidoiy, ekstensiv, oraliq va intensiv.
Jamiyat taraqqiyotining ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab shakllana boshlagan ibtidoiy dehqonchilik tizimlarida ochilgan va oʻzlashtirilgan yerning bir qismida — kichik yer maydonlarida deqqonchilik qilingan. Qolgan yerlar tabiiy oʻtlar bilan band boʻlgan. Tuproq unumdorligi odamning ishtirokisiz oʻsimliklar, mikroorganizmlar taʼsirida tabiiy yoʻllar bilan tiklangan. U davrda yerga xususiy mulkchilik boʻlmagan, dehqonlarning ixtiyorida qoʻriq yerlar miqdori cheklanmagan, yer ibtidoiy usulda ishlangan, yerning quvvati ketib hosildorlik pasaygach, u yer tashlanib, boshqa yangi yer oʻzlashtirilgan. Uzoq muddatga (15—20 yillar) tashlab qoʻyilgan yer maydonining unumdorligi tabiiy yoʻl bilan kayta tiklangan. Bunday dehqonchilik qoʻriq yer D. t. nomini olgan. Keyin-chalik ilgari foydalanilgan yerlarga kaytib kelib ekin ekishgan. Shunday qilib, qoʻriqer D. t. partover D. t. gaalmashingan. Ekstensiv D. t. (asosan oʻrta asrlarda yuzaga kelgan) oʻtmishda qoʻllanilib kelgan tizimlarning yanada mukammallashtirilgan koʻrinishidir. Bunda haydashga yaroqli barcha yerlarning yarmi yoki ularning koʻpchilik qismi shudgorlanib, asosan, gʻalla ekilgan. Tuproq unumdorligi tabiiy tiklanishi jarayonlari inson tomonidan toza shudgorga ishlov berish, koʻp yillik oʻtlar ekish bilan qis-man boshqarilgan. Bunda yerni uzok, muddat bekorga tashlab qoʻyish emas, balki yerni begona oʻtlardan toza tutish va unumdorligini oshirish maqsadida donoʻt almashlab ekishda koʻp yillik oʻtlar va chopiqtalab ekinlarni ekish, dam berilgan shudgorlarni qayta ishlash yoʻli bilan tuproq unumdorligini tartibga solib turish, koʻp yillik oʻtlarni ekish harakterlidir.
Aholining oʻsishi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning ortishi D. t.ni ham oʻzgartirdi, yaʼni yerni uzoq muddat ekmay tashlab qoʻyish emas, balki yerni begona oʻtlardan toza tutish va unumdorligini oshirish maqsadida bir yoz shudgorlab qoʻyish usuli qoʻllanadigan boʻldi. Bu shudgor D. t. d deb ataldi. Bunda bir dala yozi bilan shudgor qilib qoldirilsa, ikkinchi dala ekin bilan band qilinadi. Shudgorlash D. t. da haydaladigan yerlardan tashqari, oʻtloq-yaylov yerlar ham boʻlgan. Keyinchalik bu yerlar ham haydalib shudgor D. t. ga kiritila boshlandi. Bu tizimni tuproq unumdorligini oshirishdagi birinchi urinish desa boʻladi. Unda ekinlarni navbatlab ekish tartibi, tuproqni ishlash (asosiy qurol omoch va yogʻoch mola) va goʻng bilan oʻgʻitlash mavjud edi. Yogʻingarchilik yetarli miqdorda boʻlgan yillari shudgorga chopiq qilinadigan ertagi poliz yoki yem-xashak ekinlari ekilgan.
17—18-asrlarda sanoatning rivojlanishi, shaharlarning kengayishi, aholining oʻsishi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning orti-shi, chorvachilikning rivojlanishi D. t. ni ham oʻzgartirdi.
Oraliq D. t. (kapitalizmning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga kirib kelishi darajasiga qarab qoʻllanilgan) ekishga yarokli yerlardan toʻliq va samarali foydalanish hamda odamning tuproq unumdorligini tiklashga taʼsiri kuchayishi bilan ajralib turadi. Tabiiy yem-xashak resurslarining yetishmasligi, tabiiy oʻtlokdar maydonining qisqarishi, yem-xashak ekinlari (beda, yoʻngʻichgʻa, ildizmevalilar) ekishni taqozo qildi. Dondam berilgan shudgor D. t. ni yanada takomillashtirish, koʻp yillik oʻtlar yoki chopiq qilinadigan ekinlar — dondam berilgan shudgor almashlab ekishni qoʻllash, organik oʻgʻitlarni koʻproq ishlatish, tuproqqa yaxshi ishlov berish bu tizimning asosiy belgilaridir. Bunda ekishga yarokli yerlardan unumliroq foydalaniladi.
Intensiv D. t. (Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 18-asr oʻrtalaridan qoʻllanila boshlagan) dalali (navbatlab) ekish D. t., chopiq qilinadigan ekinlar D. t., yemxashak ekinlari D. t. ekishga yarokli yerlardan 100 foiz yuqori hosildor ekinlar ekib foydalanish, oraliq ekinlarni ekish bilan tavsiflanadi. Bu D. t. da haydaladigan jami yerlar don, dukkakli don, texnika va yem-xashak ekinlari bilan band qilinadi. Intensiv D. t.da chopiq qilinmaydigan ekinlar (donli, dukkakli ekinlar) bilan chopiq qilinadigan ekinlar (gʻoʻza, kanop va b.) ni almashlab ekish yoʻli bilan tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, organik va mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish, tuproqni ishlash; ekishga yarokli yerlarda bozor talablariga qarab tovar mahsulotlar beradigan ekinlarni yetishtirish, kompleks mexanizatsiyani qoʻllash, sugʻorish, erozi-yaga qarshi kurash harakterlidir.
Oʻrta Osiyo dehqonchiligi tarixida yuqorida keltirilgan jami tizimlardan foydalanilgan. 20-asrning 20-yillaridan boshlab sugʻoriladigan mintaqalarida chopiq qilinadigan ekinlar almashlab ekish tizimi vujudga keldi. Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida bunday D. t.da chopiq qilinadigan ekinlar, ayniqsa gʻoʻza—gʻalla—beda almashlab ekishda haydaladigan yerlarning 50—70% ni egallaydi. Toza shudgor (dam berilgan yerlar) deyarli uchramaydi. Yerlardan yanada unumli foydalanish maqsadlarida asosiy ekindan boʻshagan yerlarga oraliq, qoplama, takroriy ekinlar koʻp ekiladi. Almashlab ekishning oʻt dalasiga bedadan tashqari makkajoʻxori, oq joʻxori, lavlagi, xashaki poliz ekinlari (chorvachilik uchun) ekiladi. Oʻzbekistonda har bir viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun ilmiy asoslangan zonal D. t. ishlab chiqilgan, bu D. t. quyidagi tarkibiy qismlarni (kenja tizimlarni) oʻz ichiga oladi: almashlab ekish, tup-roqni ishlash tizimi; oʻgʻitlash tizimi; begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlari; sugʻorish va melioratsiya; tuproqni eroziyadan asrash; mashinalar tizimi va b. Yerlarning unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishning va tuproqni ishlashning oqilona usullari qoʻllaniladi, yetishtirilayotgan ekinlarga melioratsiya va sugʻorish talabiga koʻra koʻp miqsorda organik va mineral oʻgʻitlar solib turiladi, suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash olib boriladi va h. k. Dehqonchilik tizimlari ibtidoiy dehqonchilikdan (primitiv, qadimiy) hozirgi zamon jadal sur’atdagi tizimgacha o’zgargan. Dehqonchilik tizimi samaradorlik darajasiga ko’ra 3 turga bo’linadi: ibtidoiy, ekstensiv va intensiv. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimiga o’rmonlarni kesish va kuydirish, qo’riq yoki bo’z yer tizimi, partov er tizimi kiradi. Takomillashgan ekstensiv va intensiv tizimga siderastiyalash, o’tuvchi, ko’p dalali o’t almashlab ekish, yaxshilangan g’allachilik, urug’ almashlash, o’t-dalali almashlab ekish, sanoat-zavod va zamonaviy tizimlari kiradi. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimi qadimiy tizimlardan hisoblanib, bunda yerlar oddiy usulda ishlangan, hosildorlik tuproqlarning tabiiy unumdorligi hisobiga olingan. O’rmonlarni kesish va kuydirish, qo’riq yoki bo’z yer tizimlarida inson uchun juda katta yer zaxiralari bo’lgan. Dehqonlar o’rmon massivlari va qo’riq yerlarni o’zlashtirib, 3-4 yil muttasil ekin (bug’doy, tariq, arpa va h.k.) ekkanda, tuproq unumdorligini oshirish yoki xossalarini yaxshilash to’g’risida mutlaqo qayg’urmaganlar. Natijada ma’lum vaqt o’tgach, dala begona o’tlar bilan ifloslanib, hosildorlik pasayib ketgan va dehqon ishlanib kelinayotgan yerlarni tashlab qo’yib, tabiiy xossalari yaxshi bo’lgan yangi qo’riq yerlarga ekin ekkan. Tashlangan yerlar esa 15-20 yil ichida tabiiy kuchlar (iqlim, o’simlik qoplami, mikroorganizmlar va boshqalar) ta’sirida yo’qotgan unumdorligini biologik yo’l bilan qayta tiklaganlar. Tuproq unumdorligining shu usulda tiklanishi dehqonchilikning qo’riq yoki bo’z yer tizimi deyiladi. Keyinchilik quldorlik davriga kelib yerga nisbatan xususiy mulkchilikning vujudga kelishi yerlardan samarali foydalanishni taqozo etdi. Natijada kishilar ilgari foydalanilgan, tashlab qo’yilgan yerlarga qaytib kelib, ekin ekishga majbur bo’lishgan. Shunday қilib, dehqonchilikning qo’riq yer tizimi partov yer tizimi bilan almashilgan. Portov yer deganda, ilgari ishlanib, bir necha ekin ekilgan, unumdorligi pasaygandan keyin 8-15 yil ekin ekilmay tashlab qo’yilgan maydon tushuniladi. Partov yer tizimi davrining oxirlarida (feodalizm davrida) partovdagi begona o’tlarni bir yil ichida yo’qotish zarurati tug’ildi. Buning uchun dala bir yil ekin ekilmasdan, begona o’tlardan tozalanadi. Bunday yerlar shudgordexqonchilik tizimi esa shudgorlash tizimi deb ataladi. Partov yer tizimi bilan bir vaqtda siderastiyalash tizimi ҳam mavjud bo’lgan. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, har yili yoki 2-3 yilda bir marta ekinlarning ҳosili yig’ib olingandan keyin kuzgi javdar yoki yashil ko’katlar ekilib, javdarni nay o’rash, yashil o’tlarni gullash davrida tuproqqa qo’shib haydab yuborilgan. Siderastiyalash tizimida tuproq unumdorligi ko’kat o’g’itlar hisobiga oshirilgan bo’lib, undan hozirgi vaqtda ham keng foydalaniladi. Dehqonchilikning ko’p dalali-o’t almashlab ekish tizimi asosan iqlimi ser yog’in bo’ladigan, chorvachilikga ixtisoslashgan xo’jaliklarda qo’llanilgan. Bunda yerlarning yarimi yoki undan ham ko’p qismi avval tabiiy, keyinchalik esa ko’p yillik o’tlar bilan band bo’ladi. Sut chorvachiligi rivojlangan yoki texnika ekinlarini yetishtirishga yo’naltirilgan xo’jaliklarda dexqonchilikning yaxshilangan g’allachilik tizimi joriy etilgan. Bunda ko’p yillik o’tlar maydonini qisqartirish hisobiga don ekinlari maydoni kengaytiriladi. G’arbiy Yevropa mamlakatlarida kapitalizmning jadal rivojlanishi dehqonchilikda yana ҳam intensivroq tizimlarga tezroq o’tishni taqozo etdi. Natijada urug’ almashish tizimi paydo bo’ldi. Uning mohiyati asosan texnika va o’g’itlardan foydalanib,yerlarni ancha takomillashgan usullarda ishlash, almashlab ekishni to’g’ri tashkil qilish hisobiga tuproq unumdorligini tiklash va oshirishdan iborat. XX asrning 30 yillarida mayda, tarqoq dehqon xo’jaliklari qo’shilib, jamoa va davlat xo’jaliklari tashkil etila boshlangan davrda o’t va dala almashlab ekishlar birlashtirilib, o’t-dalali almashlab ekish tizimiga o’tildi. Qishloq xo’jaligi jadal rivojlangan ҳozirgi sharoitda dehqonchilikning sanoat-zavod va zamonaviy tizimlari joriy etilgan. Ushbu tizimlar ancha intensiv bo’lib, katta kapital va moddiy mablag’ talab qiladi. Bunday tizim sharoitida ҳamma haydaladigan yerlar ekinlar bilan, almashlab ekish maydonlarining 50%dan ortig’i qator oralari ishlanadigan ekinlar bilan band bo’ladi. Hozirgi qishloq xo’jaligida Dehqonchilik tizimi oʻzaro aloqador bir qancha boʻgʻinlarni oʻz ichiga oladi: almashlab ekishni tashkil etish; ekinni yetishtirish texnologiyasi; yerni ishlash tizimi; oʻgʻitlash tizimi; begona oʻt, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash tadbirlari; urugʻchilik; yerni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish tadbirlari; suvdan toʻgʻri foydalanish, tuproqning shoʻrlanishi va botqoklanishiga qarshi irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish va boshqalar; ayrim mintaqalarda suv chiqarish, botqoq yerlarni quritish, kimyoviy melioratsiyalash (yerni ohaklash, gipslash va boshqalar), dala ihota oʻrmonzorlari barpo etish ham Dexqonchilik tizimi tarkibiga kiradi. Dehqonchilik tizimining paydo boʻlishi va oʻzgarib borishi jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlari, ayniqsa sanoat ishlab chiqarishi va fan-texnika taraqqiyoti bilan chambarchas bogliqdir. Dehqonchilik tizimi yerga egalik shakli, yerga ishlov berish texnikasi va agronomiya fani taraqqiyotiga, shuningdek, tabiiy sharoitlarga bogʻliq holda takomillashib bordi. Dehqonchilik tizimi taraqqiyoti dehqonchilikni intensivlashning turli bosqichlarini aks ettiradi Dehqonchilikning quyi shakllaridan yuqori shakllariga oʻtila borgan sayin haydaladigan yerlarda yetish-tiriladigan qishloq xo’jaligi ekinlari turli guruhlarining nisbati, xususan, don, texnika va ozuqa ekinlarining muayyan nisbatda yetishtirilishi Dehqonchilik tizimining eng muhim belgisi boʻlib qoladi. Samaradorlik darajasiga koʻra, Dexqonchilik tizimi 4 guruhga boʻlinadi: ibtidoiy, ekstensiv, oraliq va intensiv. Jamiyat taraqqiyotining ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab shakllana boshlagan ibtidoiy dehqonchilik tizimlarida ochilgan va oʻzlashtirilgan yerning bir qismida — kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilingan. Qolgan yerlar tabiiy oʻtlar bilan band boʻlgan. Tuproq unumdorligi odamning ishtirokisiz oʻsimliklar, mikroorganizmlar taʼsirida tabiiy yoʻllar bilan tiklangan. U davrda yerga xususiy mulkchilik boʻlmagan, dehqonlarning ixtiyorida qoʻriq yerlar miqdori cheklanmagan, yer ibtidoiy usulda ishlangan, yerning quvvati ketib hosildorlik pasaygach, u yer tashlanib, boshqa yangi yer oʻzlashtirilgan. Uzoq muddatga (15—20 yillar) tashlab qoʻyilgan yer maydonining unumdorligi tabiiy yoʻl bilan kayta tiklangan. Bunday dehqonchilik qoʻriq yer Dehqonchilik tizimi nomini olgan. Keyinchalik ilgari foydalanilgan yerlarga kaytib kelib ekin ekishgan. Shunday qilib, qoʻriqer Dexqonchilik partover Dexqonchilik tizimiga almashingan. Ekstensiv Dexqonchilik tizimi (asosan oʻrta asrlarda yuzaga kelgan) oʻtmishda qoʻllanilib kelgan tizimlarning yanada mukammallashtirilgan koʻrinishidir. Bunda haydashga yaroqli barcha yerlarning yarmi yoki ularning koʻpchilik qismi shudgorlanib, asosan, gʻalla ekilgan. Tuproq unumdorligi tabiiy tiklanishi jarayonlari inson tomonidan toza shudgorga ishlov berish, koʻp yillik oʻtlar ekish bilan qis-man boshqarilgan. Bunda yerni uzok, muddat bekorga tashlab qoʻyish emas, balki yerni begona oʻtlardan toza tutish va unumdorligini oshirish maqsadida donoʻt almashlab ekishda koʻp yillik oʻtlar va chopiqtalab ekinlarni ekish, dam berilgan shudgorlarni qayta ishlash yoʻli bilan tuproq unumdorligini tartibga solib turish, koʻp yillik oʻtlarni ekish harakterlidir. Aholining oʻsishi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning ortishi Dehqonchilik tizimini ham oʻzgartirdi, yaʼni yerni uzoq muddat ekmay tashlab qoʻyish emas, balki yerni begona oʻtlardan toza tutish va unumdorligini oshirish maqsadida bir yoz shudgorlab qoʻyish usuli qoʻllanadigan boʻldi. Bu shudgor Dehqonchilik tizimi deb ataldi. Bunda bir dala yozi bilan shudgor qilib qoldirilsa, ikkinchi dala ekin bilan band qilinadi. Shudgorlash Dehqonchilik tizimida haydaladigan yerlardan tashqari, oʻtloq-yaylov yerlar ham boʻlgan. Keyinchalik bu yerlar ham haydalib shudgor D. t. ga kiritila boshlandi. Bu tizimni tuproq unumdorligini oshirishdagi birinchi urinish desa boʻladi. Unda ekinlarni navbatlab ekish tartibi, tuproqni ishlash (asosiy qurol omoch va yogʻoch mola) va goʻng bilan oʻgʻitlash mavjud edi. Yogʻingarchilik yetarli miqdorda boʻlgan yillari shudgorga chopiq qilinadigan ertagi poliz yoki yem-xashak ekinlari ekilgan.
17—18-asrlarda sanoatning rivojlanishi, shaharlarning kengayishi, aholining oʻsishi va oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojning orti-shi, chorvachilikning rivojlanishi Dehqonchilik tizimini ham oʻzgartirdi. Oraliq Dexqonchilik tizimi (kapitalizmning qishloq ho’jaligi ishlab chiqarishiga kirib kelishi darajasiga qarab qoʻllanilgan) ekishga yarokli yerlardan toʻliq va samarali foydalanish hamda odamning tuproq unumdorligini tiklashga taʼsiri kuchayishi bilan ajralib turadi. Tabiiy yem-xashak resurslarining yetishmasligi, tabiiy oʻtlokdar maydonining qisqarishi, yem-xashak ekinlari (beda, yoʻngʻichgʻa, ildizmevalilar) ekishni taqozo qildi. Dondam berilgan shudgor Dehqonchilik tizimini yanada takomillashtirish, koʻp yillik oʻtlar yoki chopiq qilinadigan ekinlar — dondam berilgan shudgor almashlab ekishni qoʻllash, organik oʻgʻitlarni koʻproq ishlatish, tuproqqa yaxshi ishlov berish bu tizimning asosiy belgilaridir. Bunda ekishga yaroqli yerlardan unumliroq foydalaniladi. Intensiv Dehqonchilik tizimi (Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 18-asr oʻrtalaridan qoʻllanila boshlagan) dalali (navbatlab) ekish Dehqonchilik tizimi, chopiq qilinadigan ekinlar Dehqonchilik tizimi, yemxashak ekinlari Dehqonchilik tizimi ekishga yaroqli yerlardan 100 foiz yuqori hosildor ekinlar ekib foydalanish, oraliq ekinlarni ekish bilan tavsiflanadi. Bu Dehqonchilik tizimida haydaladigan jami yerlar don, dukkakli don, texnika va yem-xashak ekinlari bilan band qilinadi. Intensiv Dehqonchilik tizimida chopiq qilinmaydigan ekinlar (donli, dukkakli ekinlar) bilan chopiq qilinadigan ekinlar (gʻoʻza, kanop va b.) ni almashlab ekish yoʻli bilan tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, organik va mineral oʻgʻitlardan samarali foydalanish, tuproqni ishlash; ekishga yarokli yerlarda bozor talablariga qarab tovar mahsulotlar beradigan ekinlarni yetishtirish, kompleks mexanizatsiyani qoʻllash, sugʻorish, erozi-yaga qarshi kurash harakterlidir. Oʻrta Osiyo dehqonchiligi tarixida yuqorida keltirilgan jami tizimlardan foydalanilgan. 20-asrning 20-y.laridan boshlab sugʻoriladigan mintaqalarida chopiq qilinadigan ekinlar almashlab ekish tizimi vujudga keldi.
Sugʻoriladigan dehqonchilik mintaqalarida bunday D. t.da chopiq qilinadigan ekinlar, ayniqsa gʻoʻza—gʻalla—beda almashlab ekishda haydaladigan yerlarning 50—70% ni egallaydi. Toza shudgor (dam berilgan yerlar) deyarli uchramaydi. Yerlardan yanada unumli foydalanish maqsadlarida asosiy ekindan boʻshagan yerlarga oraliq, qoplama, takroriy ekinlar koʻp ekiladi. Almashlab ekishning oʻt dalasiga bedadan tashqari makkajoʻxori, oq joʻxori, lavlagi, xashaki poliz ekinlari (chorvachilik uchun) ekiladi. Oʻzbekistonda har bir viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun ilmiy asoslangan zonal D. t. ishlab chiqilgan, bu D. t. quyidagi tarkibiy qismlarni (kenja tizimlarni) oʻz ichiga oladi: almashlab ekish, tup-roqni ishlash tizimi; oʻgʻitlash tizimi; begona oʻtlar, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlari; sugʻorish va melioratsiya; tuproqni eroziyadan asrash; mashinalar tizimi va b. Yerlarning unumdorligini oshirish uchun almashlab ekishning va tuproqni ishlashning oqilona usullari qoʻllaniladi, yetishtirilayotgan ekinlarga melioratsiya va sugʻorish talabiga koʻra koʻp miqsorda organik va mineral oʻgʻitlar solib turiladi, suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash olib boriladi va h. k. Hozirgi vaqtda tuproq unumdorligini oshirish va tiklash usullarini, yerlardan foydalanish samaradorligini ifodalaydigan o’zaro aloqador agrotexnika, melioratsiya va tashkiliy tadbirlar majmuasi, dehqonchilik shakllari dehqonchilik tizimi deb tuchuniladi.Hozirgi zamon dehqonchilik tizimi yerlardan samarali foydalanishni va uning unumdorligini oshirishni, eng kam mehnat va mablag’ sarflagan holda har gektar yerdan eng ko’p va yuqori hosil etishtirishni ta’minlashi zarur. Dehqonchilikning ilmiy asoslangan tizimi qishloq xo’jaligini tabiiy ofatlardan saqlash, tuproq unumdarligini oshirishda, ilg’or agrotexnika tadbirlarinio’zlashtirishda, yerlarni sug’orishda, kimyoviy preparatlardan foydalanishda, oqilona almashlab ekishda, yaxshi nav ekinlarni ekishda texnikadan keng ko’lamda foydalanishga yordamlashishi zarur.Barcha dehqonchilik tizimlari umumiy tarkibga ega.
Bunga quyidagilar: xo’jalik xududining agrotexnikasini tuzish va almashlab ekish tizimi; yerni ishlash tizimi; o’g’itlash tizimi;
begona o’tlarga, kasallik va zarakunandalarga qarshi kurash tizimi; urug’chilik; tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish Dehqonchilik tizimi samaradorlik darajasiga ko’ra uchdan ibtidoiy, ekstensiv intensiv turga bo’linadi. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimiga qo’riq yoki bo’z yer tizimi, partov yertizimi; ekstensiv tizimga esa shudgorlash tizimi kiradi. Intensiv tizimga fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga asoslangan tuproq unumdorligini oshirishni va ekinlardan yuqori hamda sifatli hosil olishni ta’minlaydigan hozirgi zamon tizimlari kiradi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida qo’riq yer yoki bo’z yer tizimi qo’llanilgan. Bu tizimda dehqonlar qo’riq yer ochib dehqonchilik qilishgan. Yerga oddiy qurollarda ishlov berganlar, 3-4 yil g’alla ekinlari ekilgandan so’ng tuproq unumdorligi kamaygan, hashorotlar, kasalliklar, begona o’tlar ko’payib ketgan. Hosildorlikni pasayib ketishi dehqonlarni bu yerni tashlab boshqa yangi yer ochishga majbur qilgan. Tashlab ketilgan yerning hususiyatlari 15-20 yildan keyin tabiiy ravishda tiklangan. Shu usulda tuproq unumdorligi tiklash va dehqonchilik yuritish partov yer tizimi deyiladi. Tashlab ketilgna yerga ba’zi joylarda 8-15 yildan so’ng foydalanish uchun qaytilgan. Dehqonchilikning o’rmon kesish va kuydirish tizimi ham xuddi qo’riq yer tizimiga o’xshaydi. Ya’ni o’rmon kesilib yoki kuydirilib yer ochilgan. Hosildorlik pasayib ketishi bilan dehqonlar boshqa joyga o’tishgan. Dehqonchilikni sidyeratsiyalash tizimi bundan ikki ming yillar ilgari sharq mamlakatlarida, Qadimgi Gretsiyada, Rim imperiyasi va boshqa mamalakatlarda qo’llanilgan. Ekinlar hosili yig’ishtirib olingandan so’ng kuzgi javdar yoki rango’t ekib bu o’simliklar ma’lum bir fazaga kirganda ko’k o’g’it sifatida haydab yuborilgan. Dehqonchilikning ko’p dalali o’t tizimida yerlarning yarmidan ko’pi tabiiy yaylov va ko’p yillik o’tlar bilan band bo’lgan. Qolgan qismiga don ekilgan. Ya’ni quyidagiga o’xshash bo’lgan: 1-6 dala ko’p yillik o’tlar, 7-dala zig’ir, 8-dala toza shudgor, 9-dala javdar, 10-dala javdar, 11-dala toza shudgor, 12-15 dalalar g’alla ekinlari. Bu tizim XIX asrning ikkinchi va XX asrning birinchi yarmida yog’insochin ko’p bo’ladigan Evropa mamlakatlarida qo’llanilgan. Dehqonchilikning yaxshilangan g’allachilik tizimida toza shudgor, dukkakli va g’alla ekinlari almashlab ekilgan. Almashlab ekishda shudgor qo’llanilmasdan yoki nihoyatda oz maydonlarda qo’llanilib don va boshqa ekinlar navbatlab ekish ekin almashinadigan tizim deyiladi. Bu tizimda fan va texnika yutuqlaridan foydalaniladi. Dehqonchilikning o’t-dalali tizimi XIX asrning birinsi yarmida qo’llanildi.Bu tizimda ko’p yillik o’tlar va dala ekinlari navbatlab ekiladi. Yerning yarmini yoki undan ko’prog’ini o’t egallagani uchun bu tizim ham samarasiz deb topildi. Dehqonshilimkning intensiv tizimiga qator oralari ishlanadigan sanoat –zavod, o’t qator oralari ishlanadigan ekinlari tizimlari kiradi. Bu tizimlarda yerlar ekinlar bilan to’liq band bo’ladi. Agrotexnik, agrokimyoviy, agromeliorativ tadbirlar fan va texnikaning hozirgi zamon yutuqlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.



  1. Yüklə 96,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə