Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 411,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix19.12.2023
ölçüsü411,53 Kb.
#152664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
vitaminlarning-inson-hayotida-tutgan-o-rni



Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(1), Jan., 2023 
288 
VITAMINLARNING INSON HAYOTIDA TUTGAN O’RNI 
Aminjonova Charosxon Akmalovna 
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti o’qituvchisi 
Jaloldinova Madina Mirodil qizi
Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti talabasi 
ANNOTATSIYA
Maqolada vitaminlarning inson hayotida tutgan o’rni, vitaminlarning turlari va 
ularning ahamiyati, qanday kasalliklarni keltirib chiqarishi haqida fikrlar bayon 
etilgan. 
Kalit so’zlar:
vitamin, beriberi, multivitaminoz, gipovitaminoz, gipervitaminoz, 
dorivor giyohlar, biotin, asparagin, serin, karotin, katexin, flavonol. 
ABSTRACT 
The article describes the role of vitamins in human life, the types of vitamins and 
their importance, and what diseases they cause. 
Key words:
vitamin, beriberi, multivitamin, hypovitaminosis, hypervitaminosis, 
medicinal herbs, biotin, asparagine, serine, carotene, catechin, flavonol. 
KIRISH 
Vitaminlar inson va hayvonlar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, turli 
kimyoviy tuzilishdagi organik birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda 
talab etiladigan (oqsil, yog’ va uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar 
molekulasi tarkibiga kirib, to’qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi. 
Odam va hayvonlar organizmi ko’pchilik vitaminlarni faqat o’simliklardan oziq-
ovqat bilan birga oladi. Shuning uchun ovqat mahsulotlari tarkibida biror vitaminning 
bo’lmasligi yoki yetishmasligi inson ya hayvonlar organizmida moddalar 
almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa avitaminoz hamda gipovitaminoz deb 
ataladigan og’ir kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. 
Vitaminlar o’simliklar hayotida katta rol o’ynaydi. Ular moddalar 
almashinuvining asosiy regulyatori - fermentlar biosintezida ishtirok etadi. 
Vitaminlarning ko’pchiligi oqsillar bilan birlashib, fermentlar hosil qiladi. Ba’zi 
vitaminlar aminokislotalar (masalan, vitamin H-biotin, asparagin, serin va boshqa 
aminokislotalar) almashinuvida ishtirok etadi. Vitamin С, karotin, katexinlar va 
flavonollar o’simlik to’qimalarida doimiy ravishda ro’y berib turadigan oksidlanish 
va qaytarilish jarayonida faol qatnashadi. Bu jarayon davrida vitaminlar ma’lum vaqt 
ichida oksidlanib va qaytarilib turadi. Vitaminlar ta’sirida о’simliklarning hosildorligi 
oshadi, yetilishi tezlashadi va ildizi tez rivojlanadi. Ba’zi vitaminlar (karotinoidlar) 
esa fotosintez jarayonida va o’simlik gullarining changlanishida ishtirok etadi. 



Yüklə 411,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə